Imkoniyatlari chegaralangan kishilar qatoridagi buyuk insonlar

Har jihatdan normal, toʻrt muchali sogʻ boʻlgan odam oʻziga ishonmay qoʻysa, orzu qilmay qoʻysa, barkamollik sari intilmasa, uni qanday deb atash boshqa gap. Uxlab qolgan, hayot uchun uygʻonmaganlarni yana qanday deb atash mumkin?
Iloji yoʻq narsaning oʻzi yoʻq. Zamondoshlarimiz va oʻtmishdoshlarimiz orasidagi imkoniyatlari chegaralangan buyuk kishilarni toʻxtatish kerak boʻlgan vaziyatlarga qaramay erishgan muvaffaqiyatlari buning yaqqol dalilidir.

1. Lina Po - Polina Mixaylovna Gorenshteynning (1899-1948) - 1918 yilda balerina, balet raqqosasi sifatida ijod boshlagan paytida olgan taxallusi.
1934 yilda Lina Po Entsefalit bilan kasallanib, falaj boʻlib qoldi va koʻrish qobiliyatini butunlay yoʻqotdi. Sodir boʻlgan voqeadan keiyn Lina Po haykaltaroshlik bilan shugʻullangan va 1937 yildayoq uning asarlari Aleksandr Sergeyevich Pushkin nomidagi tasviriy sanʼat muzeyidagi koʻrgazmada namoyish etilgan.
1939 yilda LinPo sovet rassomlarining Moskva shahri uyushmasiga qabul qilingan. Hozirda Lina Poning yakkaxon ishlari Tretyakov galereyasi va mamlakatning boshqa muzeylar kolleksiyalarida uchratish mumkin. Ammo, haykallarning asosiy kolleksiyasi –Butunrossiya koʻrlar jamiyatining muzeyidagi Lina Po hotirasi sharafiga ochilgan yodgorlik zalida.

2. Jozef Pulitser (1847 - 1911) - Amerika nashriyotchisi, jurnalist, "sariq matbuot" janrining asoschisi. Uning koʻzlari 40 yoshida koʻrmay qoldi. U oʻlimidan keyin Kolumbiya universitetiga 2 million AQSH dollarini qoldirdi. Ushbu mablagʻlarning toʻrtdan uch qismi Oliy jurnalistika maktabining yaratilishiga, qolgan qismi esa 1917 yildan beri amerikalik jurnalistlar uchun topshirilidigan mukofot taʼsis etildi.

3. Franklin Delano Ruzvelt (1882-1945) – Amerika Qoʻshma Shtatlarning 32-chi prezidenti (1933-1945). 1921 yilda Ruzvelt poliomielit bilan qattiq kasal boʻlib qoldi. Yillar davomida kasallikni yengishga qaratilgan harakatlarga qaramay, Ruzvelt falaj boʻlib, nogironlar aravachasiga bogʻlanib qoldi.
Uning nomi bilan AQSH tashqi siyosati va diplomatiyasi tarixidagi eng muhim sahifalardan biri, xususan, Sovet Ittifoqi bilan diplomatik aloqalarning oʻrnatilishi, tartibga solinishi hamda AQSHning Gitlerga qarshi koalitsiyada ishtirok etishi bogʻliq.

4. Lyudvig van Betxoven (1770-1827) - nemis bastakori, Vena klassik maktabining vakili. Bastakor sifatida allaqachon mashhurlikka erishib boʻlgan 1796 yilda, Betxoven eshitish qobiliyatini yoʻqota boshladi, unda tinit - ichki quloq yalligʻlanishi rivojlandi.
1802 yilga kelib, Betxoven butunlay kar boʻlib qoldi, lekin aynan shu paytdan boshlab bastakor oʻzining eng mashxur asarlarini yaratgan. 1803-1804 yillarda Betxoven Qahramona simfoniyani, 1803-1805-yillarda - "Fidelio" operasini yozgan.
Bundan tashqari, oʻsha vaqtda Betxovenning yigirma sakkizinchidan oxirgi - oʻttiz ikkinchiga qadar fortepiano sonatalari yozilgan edi; violochnel uchun ikki sonata, kvartet, "Uzoq sevgilimga" vokal sikli yaratildi. Mutlaqo kar boʻlgan holda Betxoven oʻzining eng monumental asarlari - Tantanavor Messa va xor bilan aytiladigan toʻqqizinchi simfoniyani (1824) yaratgan.

5. Helen Keller (1880-1968) - amerikalik yozuvchi, oʻqituvchi va jamoat arbobi. Bir yarim yoshga toʻlgan paytidagi kasallikdan soʻng, u koʻr, kar va soqov boʻlib qolgan edi.1887 yildan boshlab u bilan Perkins institutining yosh oʻqituvchisi Enn Sallivan shugʻullana boshlangan. Uzoq oylar davomidagi qatʼiy ishlashdan keyin qizcha imo-ishora tilini oʻrgangan, keyin esa lablar va boʻgʻizning toʻgʻri harakatlantirishni oʻzlashtirib gapirishni oʻrgana boshlagan. 1900 yilda Helen Keller Redkliff kollejiga oʻqishga kirib, 1904-yilda uni imtiyozli bitirgan. U oʻzi, oʻz hissiyotlari, oʻqishi, dunyoqarashi va dinni anglashi toʻgʻrisida oʻndan ortiq kitoblarni yozib chop etgan. Ular qatoridan "Men yashayotgan dunyo", "Xelen Keller kundaligi” va boshqalari qolgan. U koʻr, kar va soqov kishilarni faol ijtimoiy hayotda qatnashishi uchun imkon yaratish fikrini ilgari surdi. Xelenning tarixi 1962 yilda namoyish etilgan Gibsonning "Moʻjiza yaratgan ayol" sahna asari (1959) asosini tashkil etdi.

6. Erik Vayxenmayer (1968) – koʻr boʻla turib Everest choʻqqisi zabt etgan dunyodagi birinchi qoyachi alpinist. Erik Vayxenmayer 13 yoshida koʻrish qobiliyatini yoʻqotdi. Biroq u oʻqishni tugatib, oʻrta maktab oʻqituvchisi boʻldi, soʻngra kurash boʻyicha murabbiy va jahon miqyosidagi sportchiga aylandi. Vayxenmayer sayohati toʻgʻrisida rejissyor Peter Uinter "Dunyoning choʻqqisiga tegish" filmini suratga olgan. Everestdan tashqari Vayxenmayer dunyodagi eng baland togʻ choʻqqilarini, shu jumladan Kilimandjaro va Elbrusni ham zabt etdi.

7. Migel de Servantes Saavedra (1547-1616) - ispan yozuvchisi. Servantes avvalo jahon adabiyotining eng buyuk asarlaridan biri “Ustomon idalgo La Manchlik Don Kixot”ning muallifi sifatida tanilgan. 1571 yilda Servantes harbiy dengiz kuchlarida xizmatda boʻla turib Lepantodagi jangda ishtirok etgan. Shu jangda u arkebuzadan otilgan oʻqdan ogʻir yaralanishi tufayli chap qoʻlidan ayrilgan. Keyinchalik u: "Meni chap qoʻlimdan mahrum qilib, Xudo mening oʻng qoʻlim bilan yanada kuchliroq ishlashga majbur qildi", deb yozgan.

8. Louis Braille (1809 - 1852) - fransuz tiflo-pedagogi. Brayl 3 yoshida oʻz koʻzini oʻymakorlik pichogʻi bilan yaralagan, shu tufayli koʻzlarning simpatik yalligʻlanishi rivojlanib u koʻrish qobiliyatini yoʻqotdi. 1829-yilda Lui Brayl butun dunyoda koʻzi ojizlar uchun haligacha ishlatilib kelayotgan relʼef-nuqtali Brayl shriftini ishlab chiqargan. Huddi shu tarzga asoslanib harflar va raqamlarga qoʻshimcha ravishda u notalar yaratgan va koʻzi ojizlarga musiqadan dars bergan.

9. Ester Vergeer (1981) – gollandiyalik tennischi qiz. Insoniyat tarixidagi eng buyuk aravachadagi tennischilardan biri hisoblanadi. U toʻqqiz yoshida umurtqa pogʻonasidagi jarrohlik operatsiyasi tufayli yotoq joyiga mixlanib qolgan.
Ester Vergeer –Katta Shlem musobaqalarining bir necha bor gʻolibi, yetti marta jahon chempioni, toʻrt marta olimiada chempioni. Sidneyda va Afinada u bir oʻzi boʻlgandan tashqari juftlikda ham chiqqan. 2003 yil yanvarida Vergeer birin-keting 240 nafar setda gʻalaba qozonib bir marta ham magʻlub boʻlmagan. 2002 va 2008 yillarda u “Laures” jahon sport akademiya tomonidan beriladigan “Imkoni cheklangan eng yaxshi sportchi” mukofoti laureati boʻlgan.

10. Sara Bernar (1844-1923) - fransuz aktrisasi. Teatrning koʻplab taniqli namoyandalari, masalan, Konstantin Stanislavskiy, Bernar sanʼatini texnik barkamollik namunasi deb hisoblar edi. 1914 yilda avtohalokatga uchraganidan soʻng, uning oyogʻi amputatsiya qilingan, lekin aktrisa ijodini davom ettirdi. 1922 yilda Sara Bernar soʻnggi marta sahnaga chiqdi. U allaqachon 80 yoshda edi va “Kameliyali xonim”dagi rolini kursida oʻtirib ijro etdi.

11. Ray Charlz (1930 - 2004) - amerikalik musiqachi, 70 dan ortiq studiyaviy albomlar muallifi, soul, jaz, ritm end blyuz usullaridagi musiqa ijrochilarining eng taniqlilaridan biri. U yetti yoshida koʻzi ojiz boʻlib qolgan – tahminlarcha glaukom tufayli. Rey Charlz hozirgi davrning eng mashhur koʻzi ojiz musiqachisi; u 12 marta “Gremmi” mukofotiga sazovor boʻlgan, rok-n-rol, jaz, Gruziya shon-shuhratining zalida mashhurlik rok-rollarini, jaz, kantri va blyuz sharafi zaliga, Djodjiya sharafi zaliga kirgan, uning yozuvlari AQSH Kongress kutubxonasiga kiritilgan. Frenk Sinatra Charlzni "shou-biznesdagi yagona haqiqiy daho" deb atagan. 2004-yilda "Rolling Stoun" jurnali Rey Charlzni oʻzining barcha zamonlardagi 100 nafar eng buyuk artistlarning "Umri boqiylar roʻyxati"ga 10-raqami bilan kiritib qoʻygan.

12. Stiven Xoking (1942 - 2018) - taniqli ingliz fizik-nazariyotchi va astrofizigi, birlamchi qora tuynuklar va boshqalar toʻgʻrisidagi nazariyaning muallifi. 1962yilda Oksford universitetini tamomlagan va nazariy fizika boʻyicha oʻz faoliyatini boshlagan. Shu paytning oʻzida Xokingda lateral amiotrofik skleroz alomatlari namoyon boʻla boshlagan va bu paralichga olib kelgan. 1985 yilda tomoqda oʻtkazgan operatsiyadan keyin Stiven Xoking gapirish qobiliyatini yoʻqotgan. Undagi faqat oʻng qoʻlining barmoqlarini harakatlana olardi, u shu qoʻli bilan kursini va oʻzi uchun gapiradigan maxsus kompyuterni boshqarar edi. Stiven Xoking Kembrij universitetida uch asr avval Isaak Nyuton tomonidan egallangan vazifani - Matematikadan Lukas professor vazifasini egallagan.

13. Aleksey Mareseyev (1916 - 2001) - afsonaviy uchuvchi, Sovet Ittifoqi Qahramoni. 1942 yilning 4 aprelida "Demyan qozoni" (Novgorod viloyati) deb nom olgan hududda fashistlar bilan boʻlgan jangda Aleksey Mareseyevning samolyoti urib tushirilgan, Alekseyning oʻzi esa ogʻir yaralangan. Oyogʻidan yaralangan uchuvchi 18 kun front liniyasiga emaklab, oʻrmalab borgan. Kasalxonada uning ikkala oyogʻi ham amputatsiya qilingan.Lekin u shifoxonadan chiqib, yana samolyotni boshqarishga kirishdi. Urush paytida u jami 86 ta jangovar parvoz qilib, dushmanning 11 ta samolyotini urib tushirgan: toʻrt marta jarohat olishdan oldin va yetti marta jarohat olganidan keyin Mareseyev Boris Polevoyning "Haqiqiy inson hikoyasi" romani qahramonining protatipiga aylandi.

14. Mixail Suvorov (1930 - 1998) - oʻn olti nafar sheʼriy toʻplam muallifi. 13 yoshida mina portlashidan koʻzlari ojiz boʻlib qoldi. Shoirning koʻp sheʼrlariga musiqaga bastalanib, keng omma tomonidan tan olingan: "Qizil chinnigul", "Qizlar sevgini kuylaydi", "Zerikma" va boshqalar. Oʻttiz yildan ortiq Mixail Suvorov koʻzi ojizlar uchun ishlaydigan yoshlar maxsus sirtqi-kunduzgi maktabida oʻqituvchilik qilgan. U Rossiya Federatsiyasining faxriy oʻqituvchisi unvoniga sazovor boʻlgan.

15. Valeriy Fefelov (1949 - 2008) - nogironlar huquqlari uchun Sovet Ittifoqidagi kurash harakati aʼzosi, dissident.
1966 yilda elektromontyor boʻlib ishlagan paytda Elektr Uzatmalar Liniyasi tayanchidan tushib ketgan va umurtqa pogʻonasi singan. Shundan keyin u bir umrga nogiron boʻlib qolgan va faqatgina nogironlar aravachasida harakatlanishi mumkin edi. 1978 yilning May oyida Yuriy Kiselyov (Moskva) va Fayzulla Husainov (Chistopol, Tatariston)bilan SSSR nogironlar huquqlarini himoya qilish uchun harakat guruhini tashkil etgan. Guruhning asosiy maqsadi – “Butunittifoq” nogironlar jamiyatini tashkil etish edi. Tashabbus guruhining faoliyati hokimiyat tomonidan antisovet faoliyat sifatida qabul qilingan. 1982 yil may oyida Valeriy Fefelova qarshi "Hokimiyat qarshilik” moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan edi. Hibsga olish tahdidi ostida Fefelov Davlat Havfsizlik Komitetining chet elga chiqib ketish talabiga rozi boʻlib, 1982 yil oktyabrida u GFRga chiqib ketdi va oʻsha yerda1983 yilda siyosiy boshpana oldi. U rus, ingliz va nemis tillarida chop etilgan "Sovet Ittifoqida nogironlar yoʻq" kitobining muallifi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



