Qiziqarli

Muvaffaqiyat yoʻli muvaffaqiyatsizlikdan boshlanadi

Muvaffaqiyat yoʻli muvaffaqiyatsizlikdan boshlanadi

1. Bugungi kunda dunyoga mashhur J.K. Rouling ishsiz qolganidan keyin uni eri ham tark etdi. UGarri Potter toʻgʻrisidagi uchinchi romanini yoza boshlaganida qizini ijtimoiy nafaqa hisobiga boqib katta qilishga majbur edi. Dastlabki ikkita romanni uning oʻzi yoʻqqa chiqardi, chunki ularni yetarlicha yaxshi yozilmagan, deb hisoblagandi, faqat uchinchisi bilan nashriyotga murojaat qilishga jurʼat etdi. Hali hech kimga tanish boʻlmagan yozuvchi ayolning asarini tavakkal qilib chop etganlar mislsiz hayratomuz hodisaning guvohi boʻldi: u Buyuk Britaniyadagi eng yaxshi bolalar kitobi sifatida eʼtirof etildi.

Keyinchalik J.K.Rouling oʻzining hamma romanlarini nashr etdi, ular 65 dan ortiq tilga tarjima qilingan.Garri Potter toʻgʻrisidagi romanlarning muallifi tarixda ilk marotaba dunyoga kitoblar yozib, milliardlab dollar ishlash mumkinligini koʻrsatdi.

 

Muvaffaqiyat yoʻli muvaffaqiyatsizlikdan boshlanadi

 

2. Tomas Edisonning oʻqituvchilari uni biror narsani oʻrganish uchun juda befarosat ekanligini aytishar edi. Ehtimol, baʼzi narsalarda ular haq boʻlgandir, lekin uning qatʼiyatini hech  hisobga olmaganlar - u oʻz lampochkasini yaratishdan oldin mingdan ortiqroq urinishlarni amalga oshirgan. Bir naqlda aytilganidek, sabr-toqat va tinimsiz mehnat, hamma narsani yengadi, albatta!

Muvaffaqiyat yoʻli muvaffaqiyatsizlikdan boshlanadi

 

3. Golivudning eng yaxshi rejissyorlaridan biri, Stiven Spilberg Janubiy Kaliforniya universitetiga kirishni orzu qilar edi, lekin birin-ketin uch marta kirish imtihonlaridan yiqilgan. U baribir Oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirgan, biroq boshqasiga. Oʻqish unga yoqmas edi, shuning uchun ham u tez orada oʻqishni tashladi. Hech qanday qiladiganishi yoʻqligidan, muvaffaqiyatga zarracha umid qilmasdan u oʻzini rejissyorsifatida sinab koʻrishga qaror qildi. Bu gʻoyadan oqibatda qanday natija chiqqanini hammamiz bilamiz. 

Muvaffaqiyat yoʻli muvaffaqiyatsizlikdan boshlanadi

 

4. Uolt Disney jurnalist boʻlib ishlagan gazeta muharriri uni ishdan boʻshatib yubordi, chunki u “tasavvur va yaxshi gʻoyalarga ega emas” emish. Hech umidsizlanmagan boʻlajak animator bir nechta kompaniyani yaratdi, ammo uning barcha ishlarini muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Uolt Disneyga muvaffaqiyat "Oppoqoyim" multfilmidan keyin keldi. Bu uning yulduzlik mavqeining boshlanishi edi. 

Muvaffaqiyat yoʻli muvaffaqiyatsizlikdan boshlanadi

5. Albert Eynshteyn faqat toʻrt yoshidan keyingina gapira boshlagan, yetti yoshida esa yoza boshlagan. Oʻqituvchilar uni "oʻta imillagan" deb "aqliy toʻliq rivojlanmagan" ekanligiga ishonishgan. Ammo uning oʻziga xos fikrlashi tufayli dunyo nisbiylik nazariyasi haqida bilib oldi, Eynshteyn esa fizika boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi.

Muvaffaqiyat yoʻli muvaffaqiyatsizlikdan boshlanadi

6. Opra Uinfri oʻzining birinchi teledasturidan chiqarib yuborildi: rahbariyat uning tashqi qiyofasi ekranga toʻgʻri kelmaydi, deb hisobladi. Lekin ularning soʻzlari yetarlicha ahamiyat kasb etmadi. Opra sarvqomat boʻlib koʻrinish maqsadida ozish uchun bir necha marta jiddiy urinishlarga qoʻl urdi. Lekin har bir tinka-madorini quritadigan parhezdan keyin,  hech boʻlmaganda avvalgidan-da ortiqroq boʻlmasa ham, boyagidek oʻzining avvalgi vazniga qaytar edi.

Oxir-oqibatda u ozish gʻoyasidan voz kechdi, lekin hech narsa uni hamma narsadan ham ortiqroq ishidan voz kechishiga majbur qila olmasdi. Har bir muvaffaqiyatsizlikdan soʻng, u oʻzida yana kuchlarini jamlab tinmay ishlashni davom ettirdi va pirovardida televidenie tok-shoularining malikasiga aylandi. Undan tashqari milliarderga ham.

 

Muvaffaqiyat yoʻli muvaffaqiyatsizlikdan boshlanadi

 

7. Genri Fordning birinchi avtomobil kompaniyasi kasodga uchradi. Ikkinchisidan u sheriklari bilan munosabatlari buzilgani tufayli voz kechdi, uchinchisi esa sotuvning yuqori surʼatiga erisha olmadi. Koʻpchilikni allaqchon tushkunlikka tushirib yuborishi mumkin boʻlgan narsa Genri Fordni toʻxtata olmadi, aks holda u amerikalik eng buyuk tadbirkorlarning biriga aylanmagan boʻlar edi.

 

Muvaffaqiyat yoʻli muvaffaqiyatsizlikdan boshlanadi

8. Isaak Nyuton janoblariga oilaviy fermer xoʻjaligini boshqarishdek muhim va masʼuliyatli vazifa topshirilgan edi, lekin yigitcha koʻpincha olma daraxtlari ostida oʻtirib, qandaydir bemaʼni hayolparastlik qilib vaqt oʻtkazardi. Natijada, u qaqshatgich muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Qarindoshlari unga qoʻlini siltab, u juda orzu qilgan Kembrij universitetiga joʻnatishdi. Isaak Nyuton hozirgi kunga qadar eslab, alohida tilga olinadigan va shunga toʻlaligicha arziydigan fizik olimga aylandi.

 

Muvaffaqiyat yoʻli muvaffaqiyatsizlikdan boshlanadi

9. Soichiro Xonda Toyota kompaniyasida oddiy muxandis vazifasiga ishga kira olmadi (tahminlarcha Xondaning oʻzidan koʻra bu haqda Toyota kompaniyasi koʻproq pushaymon boʻlsa kerak). Soichiro tirikchilikni oʻtkazish uchun zarracha mablagʻsiz holda ishsiz qolgan edi. Birorta ham ish beruvchiga yoqmagan holda, Honda, tashlab yuborilgan eski-tuski ehtiyot qismlar va chiqindixonalardan topilgan boshqa vositalar yordamida motosikllarni yigʻa boshladi. Keyinchalik u oʻzining ishini boshladi, undan keyin nima boʻlgani oʻzingizga yaxshi maʼlum.

Muvaffaqiyat yoʻli muvaffaqiyatsizlikdan boshlanadi

10. Vinsent Van Gog oʻz hayoti davomida atigi bir dona suratini, uni boʻlsa ham doʻstiga sotgan edi. Goho u oʻz suratlarini chizishi uchun oʻlgudek och qolib ketishiga toʻgʻri kelar edi. U oʻz hayoti davomida 800 dan ortiq durdona asarlarni yaratgan. Uboshqa nimani rad qila olsa ham,  sanʼatni hech rad qila olmas edi. Ancha vaqtlardan keyin, yaʼni bizning zamonimizda vrachlar tomonidan Van Gog shizofreniyadan azoblangani tasdiqlandi, biroq bu uning nodir isteʼdod egasi boʻlgan ekanligini zarracha ham shubhaga qoʻymaydi. U oʻzidan keyin qoldirgan barcha ishlari hozirgi paytda bebahodir.

 

Muvaffaqiyat yoʻli muvaffaqiyatsizlikdan boshlanadi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar