Quyosh tizimidagi yangi yirik sayyora mavjudligining nishonasi aniqlandi

2015 BP519jismini Koinot kengayishining tadqiq qilinishi va qora quvvatni izlash uchun moʻljallangan Dark Energy Survey loyihasi doirasida Chilidagi Viktor Blanko nomidagi teleskop aniqladi. DECam oʻta sezgir kamerasi Somon Yoʻlidan tashqari joylashgan oʻta xira jismlarni izlash uchun ishlatiladi, biroq shuningdek Quyosh tizimining Neptun orbitasidan tashqarida joylashgan koinot jismlarini aniqlash uchun ham mos kelaveradi.

Hisoblar boʻyicha,agar 2015 BP519 Quyosh tizimining tekisligida vujudga kelgan boʻlsa, bunday orbitaning maʼlum yirik sayyoralarning gravitatsion taʼsiri bilan ifodalab boʻlmaydi. Modellashning natijalari shuni koʻrsatdiki, kuzatilayotgan egilish va kattayarim oʻq faqat hali ochilmagan toʻqqizinchi sayyoraning taʼsiridagina uzoq davom etgan vaqt mobaynida shakllanishi mumkin ekan.
Pluton orbitasidan tashqari yirik koinot jismi ochilganining ehtimoli toʻgʻrisida olimlar 2016 yilning yanvar oyida xabar bergan edilar.

Gipotetik jism Quyoshatrofida choʻzilgan traektoriya boʻylab (va Yer orbitasiga nisbatan egilgan tekkislikda) 15 ming yillik aylanish davri bilan harakatlanadi, oʻz fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan esa Neptunni eslatadi.
Transneptun jism deb (TNJ) Neptun orbitasidan toʻlaligicha yoki deyarli toʻlaligicha tashqarida joylashgan koinot jismiga nisbatan aytiladi. Ayrim jismlarda obbitalari choʻzinchoq boʻlishi mumkin, buning natijasida ular gohida Quyoshga sakkizinchi sayyoradan ham yaqinlashishi mumkin. Ayrim TNJlar, masalan Pluton, deyarli aʼlo darajadagi soqqa shaklga ega, shuning uchun ham astrongomlar ularni mitti sayyoralar qatoriga qoʻshadilar.Sayyoralar va mitti sayyoralarning nishonalari 2006 yilda Xalqaro Astronomik Ittifoqning XXVI Assambleyasida aniqlanib olingan edi. Shunga qaramay koʻpchilik mutaxassislar, shu jumladan, sayyorashunoslar, haligacha ularni tanqid qiladilar. Shunday qilib, Pluton Quyosh tizimining toʻqqizinchi sayyorasi deb hisoblanmay qoʻydi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



