FOREX xalqaro valyuta bozori: Boʻlgʻusi birja qirollari uchun eng toʻliq va batafsil yoʻriqnoma (1-qism)

FOREX bozoridapul bilan savdo qilinadi, yaʼni unda pul sotilib, pul sotib olinadi. Masalan, yevroga dollar yoki dollarga yevro harid qilish, frankni funtga sotib olish, iyona uchun frank bilan toʻlash mumkin va hokazo. Shu oʻrinda bir narsaga eʼtibor berish kerakki, talab va taklif, bu esa turli valyutalar uchun narhlar ham degani, dunyoda sodir boʻlayotgan turli hodisalarning taʼsiri tufayli doimiy ravishda oʻzgarib turadi. Talab-taklif yaratilgan mexanizmi insonga maʼlum pul birliklarini arzonroq sotib olib, keyinchalik uni qimmatroqqa sotish imkonidan foydalangan holda kurslarning farqida biroz mablagʻ ishla olish imkonini beradi.Bu bozor hajmi boʻyicha boshqa hammasidan oʻtib tushadi. Masalan, qimmatli qogʻozlar bozorining kundalik hajmi tahminan 500 milliard AQSH dollariga teng boʻlsa FOREX bozoridagi bir kunlik aylanmalar hajmi eng kamida 3–4 trillion AQSH dollariga baholanadi.

Jiddiy aytganda, FOREXushbu soʻzning anʼanaviy maʼnosidagi “bozor” ham emas. Masalan,u fond birjasi kabi savdoning aniq joyiga (aslini olganda, bu yerda ham bozorning geografik chegaralari yuvilib ketib, chegaralar koʻproq ramziy maʼnoda namoyon boʻladi) ega emas. Savdo butun dunyodagi yuzlab banklarda bir vaqtning oʻzida telefon, kompyuter terminallari, internet orqali amalga oshiriladi. Bu bozordagi olibsotar oʻyinchining nuqtai nazaridan qaraganda FOREX bozorining yana bir ustunligi shundaki, FOREX sutkasiga 24 soat ishlaydi va valyuta ayriboshlash butun ishchi hafta davomida toʻhtamaydi. Amaliy jihatdan, har bir soat mintaqasida (yaʼni, London, Nyu-York, Tokio, Gonkong, Sidney va hokazo)valyutani sotish yoki sotib olish istagidagi dilerlar mavjud. Shuning uchun ham FOREX ishtirokchilari istagan paytda savdo qilishi mumkin: ishdan oldin, ishdan keyin, ishning oʻrniga – ertalab, kunduzi, oqshomda va tunda.

Valyuta olib sotarligi – marja yoki mijoz Forexga chiqishi uchun u bilan bank oʻrtasidagi bitimga asosan belgilanadigan kredit “yyelkasi”ning oʻlchamiga bogʻliq boʻlgan marjinal bitimlar sinfiga oid. Ushbu marjali kreditning oʻlchami faqat mijozning savdo garoviga bogʻliq va odatda 1:100 nisbatiga toʻgʻri keladi. Yaʼni,garovga 3000 AQSH dollarini kiritib va 1:100 “yelkasi”ga ega boʻlib mijoz 300000 AQSH dollari ekvivalentiga toʻgʻri keladigan bitimlarni amalga oshiraoladi. Aynan mana shunday katta “yelkalar”dan foydalanish valyutalar kodirovkalarining kuchli oʻzgaruvchanligi bilan uygʻunlikda shu bozorni yuqori daromadli qiladi.
Turli savdo, iqtisodiy va boshqa koʻrsatkichlar, hisob stavkalari, markaziy banklar siyosatlari, kunning vaqti birja oʻyinining istaklari va kutishlari, turli sabablarga bogʻliq ravishda oʻzaro kotirovkalar tinmay harakatda boʻladi. Dilerning vazifasi baho oʻzgarishining yoʻnalishini aniqlab narhi koʻtarilayotgan valyutani sotib olish yoki narhi pasayayotgan valyutani sotish, keyin esa teskari bitimni amalga oshirib oradagif arq hisobidan daromadga ega boʻlib qolish.
Marjinal bitimlardan tashqi savdo kontraktlarini kurs ehtimollarini sugʻurtalash vositasi sifatida ham foydalanadi. Ehtimollarni sugʻurtalash hodisasida, dilerningvazifasi, kredit “yelkasi”dan foydalangan holda mavjud boʻlgan bitimga teskari bitimni amalga oshirib, valyuta kursini nomaʼqul oʻzgarishidan oʻzini himoyalash.
Forex(FOReign EXchangemarket) bozori – 1971 yilda xalqaro savdo valyutalarning belilangan kursidan suzib yuruvchi kursiga oʻtgan paytida shakllangan banklararo bozor. Bu maʼlum sanadagi kelishilgan valyuta kursi boʻyicha bir valyutani boshqa valyutaga almashadigan miqdorini almashish bitimlarining majmuasi. Bir valyutani ikkinchi valyutaga nisbatan almashilgan paytdagi kursi juda oson belgilanadi: talab va taklifdan kelib chiqqan holda – ikkala taraf ham rozi boʻlgan almashish.

Dunyo valyuta bozoridagi amaliyotlar hajmi kun sayin koʻpaib bormoqda. Bu xalqaro savdo va koʻp mamlakatlarda valyuta cheklovlarini bekor qilinishi bilan bogʻliq. Dunyo miqyosidagi konversion amaliyotlarning kundalik hajmi 1998 yilning oʻrtalarida 1 trillion 982 AQSH dollarini tashkil etgan (London bozorining ulushiga kundalik aylanmaning tahminan 32 foizi, Nyu-York 18 foizga yaqini, german bozori – 10foizga toʻgʻri kelgan)
Eng taasurotlisi faqatgina amaliyotlarning hajmi emas, bozor rivojlanishining templaridir: 1977 yilda kundalik aylanma besh milliard AQSH dollarini tashkiletgan. U oʻn yil ichida 600 milliardgacha oʻsib chiqqan va 1992 yilda birtrillion AQSH dollariga yetib olgan.Barcha bitimlarning 80 foiziga yaqini valyutalar kursidagi oʻyindan foyda olish maqsadidagi olib sotarlik amaliyotlaridir.
Bu oʻyin juda koʻp ishtirokchilarni oʻziga jalb qiladi, moliyaviy tashkilotlar bilan birga yakka tartibdagi sarmoyadorlarni ham.

Oxirgi yigirma-yigirma besh yil ichidagi axborot texnologiyalar rivojlanishining oʻta jadal surʼati bozorni tanib boʻlmaydigan darajada oʻzgartirib yubordi. Bir paytlar tabaqa siri ogʻushi bilan oʻralgan valyuta dileri kasbi hozirgi paytda deyarli ommabop boʻlib ketdi. Bir paytlar faqat yirik monopoliyachi banklarning imtiyozi boʻlgan valyuta ayriboshlash amaliyoti elektron savdo tizimlari tufayli endi hamma uchun ochiq. Xatto eng yirik banklar ham koʻpincha elektron tizimdagi savdoni yakka tartibdagi ikki taraflama amaliyotlardan koʻra afzalroq, deb biladilar. Elektron brokerlar ulushiga bugungi kunda FOREX bozorining 11 foizi toʻgʻri keladi. Eng yirik xalqaro banklar amaiyotining kunlik hajmi (Deutsche Bank, Barclays Bank,Union Bankof Switzerland,Citi Bank, Chase Manhattan Bank,Standard Chartered Bank) milliardlab AQSH dollariga yetib, undan ham ortadi.

FOREX bozorining belgilangan maqsadi u yerda shaxsiy moliya, intellektual va ruhiy kuchni qoʻllash joyi sifatida foydalanib, baxt qushini ushlab olishga harakat qilish emas. Baʼzan kimlardir bunga erishi ham mumkin, lekin bu uzoq vaqt choʻzilmaydi. Valyuta bozorining eng asosiy ustunligi –u yerda inson oʻz aql kuchi bilan muvaffaqiyatga erisha olishidir.
Valyuta bozorining yana bir muhim xususiyati, qanchalik gʻalati tuyulsa ham bu uning barqarorligi. Moliya bozorining asosiy xususiyati uning kutilmagan paytdagi pastga qulashi ekanligini hamma biladi. Ammo fond bozoridan farqli oʻlaroq, FOREX qulamaydi. Agar aksiyalar oʻz qadrini yoʻqotgan boʻlsa, unda bu kasodga uchrash degani. Agar dollarning narhi tushib ketgudek boʻlsa, bu boshqa valyuta unga nisabatan kuchliroq boʻlib qolganini anglatadi. Masalan, 1998 yilning oxirida bir necha oy davomida dollarga nisbatan toʻrt barobar qimmatlashgan qolgan iyona.
Shubilan birga, oʻsha davrda dollarning tushib ketishi oʻnlab foizlar bilan oʻlchanadigan alohida kunlar ham boʻlgan. Lekin bozorning chaqqonligi hech ham tushmadi,savdoning oʻzi hamisha davom etaverdi. Bozorning barqarorligi va u bilan bogʻliq biznesning mohiyati ham aynan shunda: valyuta mutlaqo likvid tovar va u har doim savdoda ishtirok etaveradi.
Valyuta bozori kechayu-kunduz harakatdagi bozor boʻlib, u birjalar ishlarining maʼlum vaqtlari bilan bogʻliq emas, savdo-sotiq dunyoning turli burchaklarida joylashgan banklar oʻrtasida sodir boʻladi. Valyutalar kurslarining harakatchanligi shundayki, muhim ahamiyatli oʻzgarishlar juda tez-tez va koʻp roʻy beradi va har kuni kuniga bir necha amliyotlarni amalga oshirish imkonini beradi. Agar savdoning puhta ishlab chiqilgan texnologiyasiga ega boʻlsa, unda samaradorligi boʻyicha boshqa birortasi ham toʻgʻri kela olmaydigan biznesni yoʻlga qoʻyib olish mumkin. Eʼtiborlisi shundaki, eng yirik banklar oʻta qimmatbaho elektron uskunalarni sotib olib, valyuta bozorining turli sohalarida faoliyat yurituvchi yuzlab treyderlardan tarkib topgan shtatlariga ega.

Bugungi kunda ushbu biznesga kirishning boshlangʻich narxi juda ham koʻp emas. Haqiqatdan ham,dastlabki oʻquv mashgʻulotlarni oʻtkazib, kompyuter va axborot xizmatini sotib olish va bir necha ming dollarga teng boʻlgan depozitni shakllantirish; bunday pullarga hech qanday haqiqiy biznesni yaratib boʻlmaydi. Bu sohada moʻl-koʻl xizmat takliflari bilan, ishonchli brokerni topish ham juda muhimdir. Qolganlari esa treyderning oʻziga bogʻliq. Bugungi kunda faoliyatning boshqa hech qanday sohasida boʻlmaganidek, bu yerda hammasi shaxsan oʻzingizga bogʻliq.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun bozor talab qiladigan eng asosiy narsa - siz unga olib kiradigan pulning miqdori emas. Eng muhimi - bozor tadqiqotiga doimiy ravishdagi eʼtibornijamlash, uning mexanizmlari va qatnashchilarning manfaatlarini tushunish qobiliyati; bu oʻz savdo yondashuvlarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularni amalga oshirishdagi qatʼiy intizomga rioya qilish. Bu bozorda oʻz mablagʻlari bilan tikkasiga kirib kelib muvaffaqiyatga erisha olmagan.

Bozor hammadan, xatto kattagina valyuta zahiralariga ega boʻlgan markaziy banklardan ham kuchliroq. Valyuta bozorining xalq qahramoni Jorj Soros, koʻpchilik oʻylaganidek, Angliya Bankini yutgan emas; u Yevropa moliyaviy tizimining qarama-qarshiliklarida funtni bir maromda ushlab turishga yoʻl qoʻya olmaydigan yetarlicha muammolar va manfaatlar mavjudligini oldindan bilgan. Va shunday boʻldi ham. Angliya banki, funt kursini saqlab qolish uchun taxminan 20 milliard AQSH dollarini sarflab,uni bozorga qoʻyib berib, tark etdi. Bozor bu muammoni hal qildi, Soros esa oʻzining milliardli daromadiga ega boʻlib oldi.
Xalqaro valyuta tizimi insoniyatning ming yillik tarixidan buyonjuda katta yoʻl bosib oʻtdi, lekin bugungi kunda unda eng qiziqarli va ilgari tasavvur qilib boʻlmaydigan oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Ikkita asosiy oʻzgarish jahon valyuta tizimining yangi qiyofasini belgilaydi:
a) pul har qanday moddiy tashuvchidan toʻliq ajratildi;
b) kuchli axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari turli davlatlarning pul tizimlarini chegaralarni tan olmaydigan yagona global moliyaviy tizimga birlashtirishga imkon berdi.

Likvidligi: bozor juda katta pul taʼminoti bilan amaliyotlarni olib boradi, hozirgi paytga boʻlgan kotirovkadan kelib chiqqan holda har qanday pozitsiyani ochilishida va yopilishida toʻliq erkinlikni taqdim etadi. Yuqori likvidlik har qanday investor uchun juda kuchli oʻziga jal qiluvchi jozibador kuchdir, chunki u unga har qanday hajmda pozitsiyani ochish va yopish erkinligini beradi.
Tezkorlik:24-soatli ish tartibi tufayli FOREX bozoridagi ishtirokchilar koʻplab boshqa bozorlarda boʻlgani kabi, har qanday hodisaga javob harakatni amalga oshirish uchun kutishi shart emas.
Hammaboplik: sutkasiga 24 soat savdo qilish imkoni, bozor ishtirokchilari alohida u yoki bu hodisaga binoan harakat qilishi uchun kutish zaruratining yoʻqligi;
Savdo tashkil qilinishi tizimining moslashuvchan boshqarilishi: valyuta bozorida pozitsiya sarmoyadorning istagiga qarab avvaldan belgilangan muddatga ochilishi mumkin, bu vaqt jihatidan oʻzining kelgusidagi faolligini rejalashtirish imkonini beradi;
Qiymati: FOREX bozorida bid/ask, yaʼni talab bilan taklifning tabiiy bozor farqidan tashqari anʼanaviy ravishda hech qanday komission harajatlarining yoʻqligi;

Kotirovkalarning bir xil maʼnoligi: bozorning yuqori likvidligi tufayli, sotuvlarning koʻpchiligi yagona bozor narxida boʻlishi mumkin, bu oʻz navbatida bir vaqtning oʻzida va bir narxda faqat cheklangan miqdordagi valyuta sotilishi mumkin boʻlgan fyucherslar va boshqa valyuta sarmoyalarida hozir boʻlgan beqarorlik muammosidan qochish imkonini beradi;
Bozorning yoʻnaltirilganligi: valyutalar harakati oʻziga yarasha maʼlum boʻlgan aniq yoʻnalishiga ega. Uni yetarlicha vaqt mobaynidagisini bemalol kuzatish ham mumkin. Har bir aniq valyuta faqat oʻzigagina xos boʻlgan vaqtdagi oʻzgarishlarini koʻrsatadi. Bu investitsion menedjerlarga FOREX bozorida manipulyatsiya qilish imkoniyatlarini yaratib beradi;
Marjaning oʻlchami: FOREX bozoridagi kredit "yelka”si, yaʼni marja faqat mijoz va unga bozorgakirish imkonini beruvchi bank yoki brokerlik firmasi oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi. Odatda u 1: 100 nisbatda belgilanadi. Yaʼni,1000 dollar depozit qilish orqali mijoz 100 ming dollarga teng miqdorda bitimlar tuzishi mumkin. Bunday yirik kredit "yelkalari”dan foydalanish,valyuta kotirovkalarining oʻta kuchli oʻzgaruvchanligi bilan birgalikda bubozorni yuqori daromadli, lekin shu bilan birga havf ehtimoli ham juda yuqori boʻlgan bozor sifatida shakllantiradi.

Xalqaro valyuta bozorida xizmatlar koʻrsatishning yetarli darajada tartibga solinmaganligi sababli, koʻpincha FOREX bozorida faoliyat koʻrsatuvchi brokerlik firmalariga bogʻliq bankrotlikva firibgarlik holatlari uchrab turadi. Hech narsani sezmayotgan mijozlarning ishonchini surunkasiga suiisteʼmol qilib kelgan shubhali taʼrifga ega boʻlgankompaniyalar tomonidan mablagʻlarni talon-taroj qilish va noqonuniy ravishda oʻzlashtirib olish yoʻli bilan mijozlarga nisbatan firibgarlik holatlari juda koʻp kuzatilgan.
Bunday kompaniyalar kredit tashkilotlari hisoblanmaydi va Markaziy bankning moliyaviy bozorda ishlash huquqini beruvchi litsenziyasiga ham ega emas. Ular mijozlarga xalqaro moliyaviy bozoriga haqiqiy chiqishni taʼminlab bera olmaydi va hatto valyuta treydingini amalga oshirish uchun zarur dasturiy taʼminot va boshqa bazalarga ega boʻlgan holda ham kazino, yaʼni yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan kazino tamoyillarini qoʻllagan holda ishlaydi.
FOREX xalqaro valyuta bozorida ishlash uchun barcha kerakli litsenziyalarga ega boʻlgan kompaniya yoki bankda bu turdagi noxush hodisalardan hech narsa yuz berishi mumkin emas.

Banklararo savdolarda bitimlarning odatiy hajmi 10 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, bunday bitimlarning hajmiga xususiy sarmoyador, yoki hech boʻlmaganda, sarmoyadorlar koʻpchiligining qurbi etmasligi aniq, albatta.
Turli dilerlik yoki brokerlik kompaniyalarining vositachiligi tufayli FOREX bozorida kichik va oʻrtasarmoyadorlar ishtirok etishining ham imkoni vujudga keldi. Dunyoning koʻp mamlakatlarda oʻrta va kichik sarmoyadorlar oʻzlarining amaliyotlarida 2 ming AQSHdollari miqdoridagi pub mablagʻlaridan foydalanib jahon valyuta bozoriga kirish imkoniyatiga ega.
Diling kompaniyasi oʻz mijozlariga depozitdan bir necha barobar oshadigan kreditliniyasini, yaʼni "diling tirkagichi" yoki "kredit yelkasi"ni taqdim etadi. Marjinal savdo xizmatini koʻsatuvchi brokerlar, garov depozitini kiritishni talab qiladi va mijozga kiritilgan depozitdan 50, 100 barobar, baʼzan esa hatto 200 barobar miqdordagi summalar bilan oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish imkonini beradi. Endi zarar xavfi mijozga yuklatilib, depozit esa brokerni sugʻurta qiladigan xavfsizlik taʼminoti sifatida xizmat qiladi. Diling yoki brokerlik kompaniyasi orqali ishlash tizimi "marjinal savdo”("margintrading") nomiga ega boʻlib qoldi.

Soddaroq qilib aytganda "marjinal savdo"ning mohiyati shundaki, sarmoyador garov mablagʻini joylashtirib, ushbu garov evaziga ajratilgan maqsadli kreditlarni boshqarish huquqini qoʻlga kiritadi va ochiq valyuta pozitsiyalari boʻyicha sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlarning qoplanishini kafolatlaydi.
Avval aytib oʻtilganidek,haqiqiy yetkazib berish yoki xaqiqiy valyuta ayriboshlashga ega valyutaga oid amaliyotlardan farqli oʻlaroq, FOREX ishtirokchilari, ayniqsa agar ulrning mablagʻlari kichigina boʻlsa, sugʻurta depozitiga ega savdo – marjinal yok itirkagichli savdodan (“margintrade” yoki “leveragetrade”) foydalanadi. Marjinalsavdoda har bir bitim albatta ikki bosqichga ega boʻladi: valyutani bir narxda sotib olish (sotish), keyin esa, albatta uni boshqa narxda (yoki oʻsha narxning oʻzida) sotish (sotib olish). Birinchi harakat pozitsiyaning ochilishi, ikkinchisi esa pozitsiyaning yopilishi, deb nomlanadi. Pozitsiyaning ochilish paytida valyutaning xaqiqiy tarzda yetkazib berilishi sodir boʻlmaydi, buning oʻrniga pozitsiyani ochgan ishtirokchi ehtimoli bor yoʻqotishlarni qoplash kafolati sifatida xizmat qiluvchi sugʻurta depozitini kiritadi. Pozitsiya yopilganidan keyin, sugʻurta depoziti qaytariladi va foyda yoki zarar boʻyicha hisob-kitob qilinadi.
Marjinal savdodagi amaliyot albatta ikki qismdan iborat boʻladi: pozitsiyaning ochilishi va pozitsiyaning yopilishi. Masalan, yevroni dollarga nisbatan qimmatlashishi (mustahkamlanishi)ni tahmin qilib, biz hozirgi paytda dollar evaziga arzonroq yevro sotib olib, uni keyinchalik, qimmatlashgan paytida sotmoqchimiz. Bu holda amaliyot quyidagi koʻrinishga ega boʻladi: pozitsiyaning ochilishi – yevroni sotib olish, pozitsiyaning yopilishi – yevroni sotish. Pozitsiya yopilmagan butun davr mobaynida biz “yevro boʻyicha ochiq pozitsiya”ga ega boʻlamiz. Huddi shu kabi, agar biz yevroni dollarga nisbatan arzonlashadi, deb hisoblasak, unda amaliyotimiz quiydagi bosqichlardan iborat boʻladi: pozitsiyaning ochilishi –qimmatroq yevroni sotilishi, pozitsiyaning yopilishi –arzonlashgan yevroni sotib olinishi. Shunday qilib, bizda valyuta kursining koʻtarilishi bilan birga tushishi paytida ham foyda olish imkoni mavjud.

FOREX bozorigachiqishni faqat vositachi orqali amalga oshirish mumkin.Bunday vositachilar dilerlik markazlari boʻlishi mumkin. Bu tashkilot Sizga valyuta kotirovkalarini beruvchi va u orqali amaliyotlarni bajarishingiz mumkin boʻlgan broker bilan bogʻlovchi aloqa kanali (kompyuter yoki telefon orqali) bilan taʼminlaydi. Shuningdek siz uyingizdagi oʻz kompyuteringiz bilan Internet orqali toʻgʻridan-toʻgʻri ishlashingiz mumkin. Soʻnggi yillarda bu koʻrinishdagi ish faoliyati juda keng tarqalib boryapti. Siz kompyuteringiz ekranida koʻrgan narxlar – FOREX bozoridagi haqiqiy bitimlarning narxlari. Mijoz biror kompaniya bilan shartnoma tuzadi va kompaniya ushbu tuzilganshartnoma boʻyicha mijozning topshirigʻiga koʻra oʻz hisobidan amaliyotlarni amalga oshirish majburiyatini oladi. Shu bilan birga, u bunday amaliyotlarni bajarishdan yoʻqotishlarga duch kelishi, yaʼni zarar koʻrishi ehtimoli vujudga keladi, shuning uchun ham mijoz garov sifatida maʼlum miqdorda bankka depozit qoʻyadi. Ushbu depozitning miqdori bank tomonidan tuzilgan bitimning summasi va mijozga taqdim etilayotgan “kredit yelkasi” asosida belgilanadi.Agar diling kompaniyasi oʻtkazilgan amaliyotdan zarar koʻrgan boʻlsa, sarmoyador bu pul mablagʻlaridan qoplanadigan zararning miqdori boʻyicha majburiyatlarni oladi; agar korxona operatsiyadan foyda olgan boʻlsa, unda kompaniya sarmoyador oldida ushbu daromad miqdori boʻyicha majburiyatlari vujudga keladi. Olingan foyda mijozning garov depozitiga oʻtkaziladi. Kompaniya oʻz mablagʻlari hisobidan oʻynashi sababli kompaniyaning mijozi ochiq pozitsiyani yopish toʻgʻrisidagi koʻrsatma berishi majburiy shartdir; agar bunday koʻrsatma olinmasa, bank uzoq muddatli pozitsiyani qisqa muddatlisi bilan yopishi mumkin. Bunda mijoz zarar ham koʻrishi mumkin.

Bir-biriga nisbatan ikki foizdan koʻproq farq qilgan holda oʻzgarishi juda kam uchraydi va oqilona oʻyinda mijoz oʻz garovni yoʻqotib qoʻyishi deyarli mumkin emas. Agar bankning dileri kursning noxush harakatlanishi paytida ehtimoli baland boʻlgan yoʻqotishlar garov depozitining miqdoridan oshib ketishi mumkinligini koʻrsa, u mijozning koʻrsatmasisiz pozitsiyani garov miqdoridan oshmaydigan zararlar bilan mustaqil ravishda yopishi mumkin.
Marjinal savdo oʻzining soddaligi bilan jozibadordir. daromad olish uchun etakchi xorijiy davlatlarning qimmatli qogʻozlariga sarmoya kiritish yurtdoshlarimizda qiziqish uygʻotmas,balki. Albatta, AQSH Federal Gʻaznachiligi zayomlari eng ishonchli va barqaror hisoblanadi, lekin ular yuqori narxlarda past rentabellikni (yillik 6% ga yaqin) tashkil etadi va uzoq muddatli investitsiyalarning obyektidir. Aksiyalar boʻyicha daromadliligi yuqoriroq, lekin dividendlar miqdori toʻgʻridan-toʻgʻri muayyan korxonaning muvaffaqiyatli ishlashiga va uning aksiyadorlarining imtiyozlariga bogʻliq. Qizigʻi shundaki, ularning stavkasini oshirish uchun aktsiyalarni sotib olish maqsadga muvofiqdir, ammo bu katta investitsiyalarni talab qiladi. Marjinal savdo yuqorida koʻrsatilgan cheklovlardan xalos boʻlgan –Siz oʻzingizning kutishlaringizga qarab sotishingiz yoki sotib olishingiz mumkin, amaliyotni oʻtkazish uchun esa bitim miqdorining faqat 1-3 foiz miqdorida mablagʻ boʻlishi kifoya qiladi.
Tashqi savdo amaliyotlari bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar butun jahon valyuta bozorining faol ishtirokchilari hisoblanadi. Eksportchilar doimo chet el valyutasini sotishga, import qiluvchilar esa uni sotib olishga ehtiyoj sezadilar. Xalqaro valyuta bozorida valyuta kurslari doimiy oʻzgarib turadi. Natijada, valyuta uchun sotib olingan yoki sotiladigan tovarlar yoki xizmatlarning haqiqiy qiymati sezilarli darajada oʻzgarishi mumkin va yuqori oydali shartnomalar foydasiz yokihatto zarar keltiruvchi ham boʻlib qolishi mumkin. Albatta, valyuta kursining oʻzgarishi foyda keltirgan vaziyatda, teskari holat ham vujudga kelishi mumkin, ammo savdo kompaniyasining vazifasi valyuta kurslarining oʻzgarishidan foyda olish emas.
Savdo kompaniyasi uchun sotib olingan yoki sotilgan tovarlarning haqiqiy tan narxini rejalashtirish imkoniga erishish juda muhimdir, shuning uchun kompaniyalar oʻz faoliyatida valyuta xatarlarini xedjlash, yaʼni ular himoyalanish ehtiyot choralarini koʻrishdan foydalanadi. Pul mablagʻlari, shuningdek chet el valyutasidagi kelgusi daromad yoki xarajatlar valyuta xatarlariga duch kelish ehtimoli juda baland. Odatda kompaniyada buxgalteriya hisobi qandaydir bir valyutada amalga oshiriladi (masalan, AQSH dollarida), shuning uchun ham moddalarni xorijiy valyutada qayta baholash natijasida ushbu valyutalarning kursi oʻzgarganda daromad yoki yoʻqotishlar vujudga kelishi mumkin.

Valyuta xataridan himoyalash (xedjlash) - FOREX bozorida operatsiyalarni amalga oshirish orqali ushbu mablagʻlarning joriy qiymatini belgilashdan iborat boʻlgan valyuta kursining nomaqbul harakatlaridan mablagʻlarni himoya qilishdir.Xedjlash shunga olib keladiki, kompaniya uchun kurs oʻzgarishining xavfi yoʻqoladi, bu esa oʻz navbatida, tadbirlarni rejalashtirish va valyuta kursining oʻzgarishi bilan buzilmaydigan moliyaviy natijalarni oldindan tahmin qilish imkonini beradi. FOREX bozoridagi operatsiyalar marjinal savdo tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Savdoning bunday turi koʻplab xususiyatlarga ega boʻlib, aynan shular uni juda mashhur qilib yuborgan. Kichik boshlangʻich sarmoya undan bir necha (oʻnlab yoki yuzlab) barobar koʻproq miqdorda amaliyotlarni amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu bir necha barobar koʻpaytirish kredit yelkasi (Leverage) deb ataladi. Savdo naqd pulning real ishtirokisiz amalga oshiriladi, bu umumiy xarajatlarni kamaytiradi hamda valyutani sotib olish va sotish yoʻli bilan (shu jumladan, depozit valyutasidan farq qiladigan) pozitsiyalarni ochish imkonini beradi. Valyuta xatarini real mablagʻlar harakatisiz (kredit yelkasi ishtirokida) himoyalashning oʻziga xos xususiyati, salmoqli pul mablagʻlarini kompaniyaning aylanma mablagʻlaridan ajratmaslikning imkonini yaratadi.
Himoyalash (xedjlash)ning ikki asosiy turi mavjud: xaridorni xedjlash va sotuvchini xedjlash. Xaridorni xedjlash mahsulot bahosining mumkin boʻlgan oʻsishiga bogʻliq xavfni kamaytirish uchun ishlatiladi. Sotuvchini xedjlash, aksincha vaziyatda - tovar narxining mumkin boʻlgan pasayishi bilan bogʻliq xavfni cheklash uchun qoʻllaniladi.

Tashqi savdo amaliyotlarida xedjlashning umumiy tamoyili - pul mablagʻlarini konvertatsiya qilish uchun kelajakdagi amaliyot yoʻnalishida savdo hisob varagʻida valyuta pozitsiyasini ochishdir. Importchi xorijiy valyutani sotib olishi kerak, shuning uchun ham u savdo hisob varagʻidagi valyutani sotib olish bilan pozitsiyani ochadi, oʻz bankida haqiqiy valyuta sotib olish vaqti kelganda u bu pozitsiyani yopadi. Eksportchi chet el valyutasini sotishi kerak, shuning uchun u savdo hisob varagʻida valyutani sotish orqali oʻz pozitsiyasini ochadi va oʻz bankidagi valyutani haqiqiy sotish vaqti kelishi bilan bu pozitsiyani yopadi.
Maʼlumki, deyarli har doim xavf-xatar darajasini pasaytirish uchun toʻlash kerak boʻladi. Xedjlashdan foydalanishda bir necha turdagi xarajatlar kelib chiqadi. FOREX bozorida tuzilayotgan har qanday bitimlar, valyutani sotib olish va sotish bahosidagi farqlar (spred) shaklida xarajatlar bilan bogʻliq. Biroq, amaldagi bozor amaliyotida bu farq odatda bitim miqdorining 0,05% - 0,1% ni tashkil etadi, bu esa ahamiyat berishga ham arzigudek emas.
Pozitsiyani uzoq vaqt davomida ochiq ushlab turish kerak va har kuni pozitsiyani keyingi kunga oʻtkazish jarayoni amalga oshiriladi. Joriy bozor amaliyotida bu kuniga taxminan 0.01% ni tashkil etadi, bu esa bir oy davomida bitim miqdorining 0,3% ni tashkil etadi. Biroq, bitimning yoʻnalishiga (sotib olish yoki sotish) qarab, mijoz pozitsiyani boshqa kunga oʻtkazishi uchun bu summani toʻlaydi yoki bu summani oladi.
Pozitsiyani ochish uchun garov depozitini kiritish kerak boʻladi. Ushbu depozitning qiymati odatda bitim miqdorining 1% dan 5% gacha belgilanadi. Pozitsiya yopilganidan keyin,depozit savdo hisob varagʻidan (shu jumladan,daromad yoki yoʻqotish) yechib olinishi mumkin.

Shunday qilib, xedjlashga boʻlgan harajatlar xedjlash kontraktlarining summalari miqdori bilan solishtirganda ancha past boʻladi. Xedjlashning maqsadi qoʻshimcha daromadlarni olish emas, balki potentsial yoʻqotish xavfini kamaytirishdir. Shuning uchun, xedjlashning samaradorligi faqatgina savdo kompaniyasining asosiy faoliyati hisobga olingan holda baholanishi mumkin. Yaxshi qurilgan xedjlash dasturi nafaqat xavf-xatarni, balki kompaniya resurslarini erkinlashtirish orqali xarajatlarni kamaytiradi.
Treyder (yoki valyuta Treyderi) - FOREX valyuta bozorida amaliyotlarni amalga oshiradigan va jahon valyutalari kursi boʻyicha farqlardan daromad oluvchi shaxs.
Valyuta treyderining kasbi, ehtimol mamlakatda iqtisodiy vaziyatdan qatʼi nazar, normal ish haqini kafolatlaydigan ozginalaridan biridir. Treyderlarning tobelari ham boshliqlari ham yoʻq - ular yolgʻiz ishlaydi. Ular doimo raqobatdan hayiqishi shart emas - jahon valyuta bozorida har bir kishi uchun joy doimo yetarli. Ular oʻzlarining biznesida derli har bir biznesmen duch kelishiga toʻgʻri keladigan koʻp sonli mansabdorlar armiyasiga bogʻliq ham emas.Bundan tashqari, ushbu kasbni egallab olgandan keyin oʻziga ish izlash zarurati oʻz oʻzidan yoʻqolib ketadi - valyuta bozorida ish bilan taʼminlash kafolatlangan. Va, nihoyat, valyutalar savdosi bilan, asosiy ish joyingizdan voz kechmagan holda shugʻullanish ham mumkin. FOREX bozorining kecha-yu kunduz ishlashi tufayli unda ishlash uchun doim oʻzingizga qulay paytni oʻzingiz topishingiz mumkin. Shu bilan birga, treyderning jinsi, yoshi va maʼlumoti muhim emas.

Valyuta savdogarining faoliyati kiruvchi bozor maʼlumotlarini tahlil qilish, uninga sosida tahminiy baholarni qurish va bitimlar tuzish uchun qulay paytni tanlashdan iborat. Muvaffaqiyatli faoliyatning kafolati - fundamental va texnik tahlil asoslari, pulni boshqarish qoidalari, birja savdosi psixologiyasining asosiy jihatlari toʻgʻrisidagi mukammal bilimlarga ega boʻlish.
VALYUTA OLIB SOTARI–bu xorijiy valyuta olib sotish bilan shugʻullanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. Uning maqsadi valyutalar kursidagi farqdan hosil boʻladigan spekulyativ daromadga ega boʻlish.
Aslida, bozorda deyarli barcha moliyaviy amaliyotlar tabiatan spekulyativdir. Valyuta bozorlaridagi globallashuvning eng yorqin koʻrsatkichlaridan biri ular boʻyicha amalga oshiriladigan valyuta amaliyotlarining kundalik hajmi. FOREX bozorida jahon valyutasida tuzilgan bitimlarning hajmi kuniga 3-4 trillion dollarni tashkil etadi. Valyuta amaliyotlari hajmi tashqi savdo amaliyotlarining kunlik hajmidan 40 barobar koʻpdir. Natijada, bunday amaliyotlar katta miqdordagi ishlarda tijorat maqsadlarida emas, balki moliyaviy maqsadlarni koʻzlagan holda amalga oshiriladi, chunki pul oqimi darmadlilik qayerda yuqoriroq boʻlsa shu yerga oqib oʻtadi.
Valyutalar kurslari har haftada bir necha foizli punktlarga ogʻib oʻtgudek boʻlsa, agar mustahkam turgʻunlikka ega boʻlgan valyutalar bir necha oy ichida oʻz qiymatining 20-30 foizini yoʻqotishi mumkin boʻlsa, ayrim fond boshqaruvchisi muqarrar boʻlgan yoʻqotishlar koʻrinishidagi zarar oʻrnini qoplash uchun intilgan holda FOREX bozorida roʻy berayotgan jarayonlarni diqqat bilan kuzatib borishi va faol qadamlar bilan harakat qilishga tayyor boʻlishi lozimligi, tabiiy, albatta.
Dollarga ega boʻlgan aqlli sarmoyador, masalan, shiddatli ravishda dollardan qutilishga va dollarning yevroga nisbatan kutilayotgan pasayib ketishi qisqa muddatli AQSH qimmatli qogʻozlari bilan teshgishli Yevropa qimmatli qogʻozlari oʻrtasidagi farqdan ortib ketgan har safar uni yevroga almashirishi kerak.

Faraz qilaylik, agar tahlilchi analitiklar eng yaqin oylarda dollar kursini yevroga nisbatan 10 foizga pasayib ketishini kutsa-yu, AQSH obligatsiyalari boʻyicha daromad qisqa muddatli Yevropa obligatsiyalaridan hosil boʻladigan daromaddan koʻra 10 foizdan ortiqroq boʻlsa savodli boshqaruvchi dollarni saqlab qolishni afzalroq koʻradi.
Agar amerikalik qimmatli qogʻozlarning foydaliligi yevropaliklarga nisbatan amerika valyuta kursining kutilayotgan pasayishidan koʻra salgina boʻlsa ham yuqoriroq boʻlsa, unda "dollardan qochish" boshlanadi.
FOREX – bu biznes, Kazino emas - bozorni tahlil qilish va prognozlash uslublari, xatarlarni cheklash usullari, tan olingan nufuzlar, tajribani orttirish uchun imkoniyatlar, seminarlar va kitoblar boʻyicha oʻqib oʻrganish imkonlari bor.
Valyuta treyderining asosiy qoidalari
• Bitimlarnitrend yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiring.
• Oʻsib borayotgan trendda narxlarning qisqa muddatli tushish paytida, choʻkib borayotgan trendda esa narxlarning qisqa muddatli koʻtarilish paytida sotib oling.
• Daromadli pozitsiyalarni iloji boricha uzoqroq saqlang, zararlilarini oʻz vaqtida yoping.
• Ehtimoli bor yoʻqotishlarni cheklash uchun “Stop-loss”lardan foydalaning.
• His-tuygʻularga berilmang. Bozorda ishlash uchun puxta reja tuzib oling.
• Reja tuzib olib unga amal qiling.
• Kapitalni samarali boshqarish tamoyillarini unutmang.
• Ehtimolli foyda va zarar nisbatlarini 3:1 dan kam boʻlmagan holda belgilang.
•Pozitsiyalarni qoʻshish (piramida qurish) paytida quyidagi qoidalarga amal qiling:
1. Har bir keyingi pogʻonadagi pozitsiyalar soni avvalgisida kam boʻlishi kerak;
2. Faqat daromadli pozitsiyalarga qoʻshing;
3. Hech qachon zararli pozitsiyalarga qoʻshmang;
4. Toʻxtatish buyrugʻini (break-evenpoint) iloji boricha zararsiz pogʻonaga yaqinroq joylashtiring.

• Zararli pozitsiyalarni saqlab qolish uchun hech qachon qoʻshimcha kafolatlar kiritmang, undan koʻra qoldiq mablagʻlarni tejash afzalroqdir.
• Qoʻshimchakafolat qoʻyilishini talab qilinishini oldini olish uchun, kiritigan mablagʻlarning qoldigʻi kafolat garovining kamida 10 foizini tashkil etilishini nazorat qilib turing.
• Avval zarar keltiruvchi pozitsiyalarni yoping, keyin foyda keltiruvchilarini.
• Agar siz oʻta qisqa muddatli savdo bilan shugʻullanmasangiz, hech qachon bevosita savdo jarayonida qaror qabul qilmang; buni bozorlar yopiq boʻlgan paytida qilish yaxshiroqdir.
• Vaziyatni tahlil qilishda uzoq muddatli grafiklardan qisqa muddatlilari tomonga qarab harakatlaning.
• Bozorga qachon kirib, qachon chiqib ketishini aniqroq anglash uchun kun ichidagi jadvallardan foydalaning.
• Dunyoviy donolik deb atalmish ovozga quloq solmaslikka harakat qiling, matbuotda toʻlib-toshib yotgan ekspertlarning tavsiyalariga haddan tashqari ishonib ketmang.
• Oʻzingizni ozchilik qatorida qolishdan qoʻrqmaslikka oʻrgating. Buning hech dahshatli joyi yoʻq; Sizning taxminingiz toʻgʻri boʻlsa, odatda, bozorning aksariyat ishtirokchilari fikringizga qoʻshilmaydi.
• Texnik tahlil qobiliyatlari ancha vaqt davomida asta sekin toʻplanib keladi. Tajribani asta-sekin “Oʻla-oʻlguncha ilm izla” degan soʻlarni unutmagan holda orttirib boring.
• Oddiylikka intiling: murakkab analitik vositalar har doim ham samarali boʻlavermaydi.

FOREX valyuta bozorining sharhi (fond bozori yoki har qanday moliyaviy bozor) aksiyalar va moliya bozorlarida faktlar, hodisalar va hodisalar yuzasidan qisqartirilgan yoki kengaytirilgan xabarlar toʻplami.
Yuqorida zikr etilgan fondlar yoki valyuta bozorining qaysi sohasi toʻgʻrisida gap ketayotganiga qarab ixtisoslashtirilgan sharhlarga ajratilgan:
• valyuta kotirovkalarining sharhlari
• valyuta kurslari, masalan dollarning sharhlari
• markaziy bankning valyuta kurslari boʻyicha sharhlari
• muayyan kun va soat uchun bozor koʻrsatkichlari holati boʻyicha xaqiqiy maʼlumotlar taqdim etilgan valyutalarning oʻzaro kross-kurslari boʻyicha umumiy sharhlar.
Agar BOZOR SHARHI uzoq vaqtga oid haqqoniy maʼlumotlardan tashqari, tahliliy axborotni, mutaxassislar, sarmofdorlar yoki treyderlarning fikrlarini oʻz ichiga olgan boʻlsa, unda bozorni bunday tahlil qilish BOZORNING FUNDAMENTAL yoki tahliliy sharhi deb ataladi.
Qimmatli qogʻozlar bozori va FOREX bozoriga nisabtan qoʻllaniluvchan tarzda, bozor tahliliga quyidagilar kiradi:
• Valyuta bozorining kundalik sharhi
• Valyuta bozorini Haftalik sharhi
• Valyuta bozoridagi mavjud vaziyat haqida izoh
• FOREXbozorida vaziyatni har kungi sharhi
• Xalqaro moliya bozorining koʻrsatkichlari
• Moliya bozorining asosiy koʻrsatkichlari
• Qimmatli qogʻozlar bozoriga umumiy nuqtai
• Xalqaro fond bozorining koʻrsatkichlari
• Analitik maʼlumotlar
• Grafiklar, diagrammalar
Har qanday qaror qabul qilishdan avval FOREX bozoridagi vaziyatni har doim diqqat bilan tahlil qilib chiqish kerak.
FOREX bozorini tahlil qilish atamasi kamida ikkita turdagi tahlilni nazarda tutadigan termin:fundamental tahlil va texnik tahlil.
Tahlil qilinayotganda, valyuta kursining shakllanishiga uchta asosiy omil taʼsir koʻrsatadi:
1.Fundamental omillar
2. Texnik omillar
3. Qisqa muddatli kutilmagan omillar
Fundamental omillar – u yoki bu milliy iqtisodiyotning valyuta bozoridagi ishtirokchilarga va valyuta kursining darajasiga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlaridir.
FOREX bozorining funtamental tahlili fundamental omillarga bogʻliq ravishda makroiqtisodiy darajada narxlarning xarakatlarini oʻrganadi.
FOREXbozorining texnik tahlili. Tendentsiyalar. Grafiklar.
FOREXbozorining texnik tahlili
FOREXbozorining texnik tahlili - FOREX bozori dinamikasining kelajakdagi narxlar harakatlarining yoʻnalishini tahmin qilish maqsadida tadqiq qilishdir.
Narx harakat itendentsiyalarga (narx harakatining yoʻnalishiga) boʻysunadi, shuning uchun narx dinamikasi grafiklarini tuzishdan maqsad ushbu tendentsiyalarni ularning yoʻnalishi boʻylab savdoda qatnashish uchun rivojlanishining eng ertaki bosqichlaridayoq aniqlab olish.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



