Qiziqarli

Krishtianu Ronaldu toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

Krishtianu Ronaldu toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

1. Ronaldu dunyoga kelganida uning ota-onasi kichkintoyga nima ism qoʻyish toʻgʻrisida ancha bahslashgan ekan. Uning onasi oʻgʻliga Krishtianu ism qoʻygisi kelgan. Amerika klassik kinosining ashaddiy muhlisi boʻlgan otasi esa oʻgʻlini oʻz vaqtida juda ommabop boʻlgan amerika kinosining aktyori, keyinchalik Amerika Qoʻshma Shtatlarining 40-sonli Prezidenti boʻlgan Ronald Reygan sharafiga ism qoʻymoqchi boʻlgan. Jahon futbolining yulduzi pasportidan uning ota-onasi qanday toʻhtamga kelganini anglab olish qiyin emas.

Krishtianu Ronaldu toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

2. Ronaldu haddan tashqari taʼbi nozik va izzattalab shaxs. Hozirgi paytda erishgan narsalarining sababi ham balki aynan shundadir. Jamoa tarkibidagi va shaxsan magʻlubiyatni juda ogʻir kechiradi. Bunga misol - portugaliyalik futbolchi “Oltin toʻp” bilan taqdirlash marosimidagi oʻzining tutishi. 2013-chi yilda, surunkasiga toʻrtinchi marta Lionel Messi yutib chiqqanida, Ronaldu hech kimni oʻldirib qoʻymadi - biroq uning yuzida naqadar taʼsirli tabassum paydo boʻldi, u Syurixni naqadar tez tashlab ketgan edi. U 2014-chi yilda uzoq kutilgan muvaffaqiyat tufayli baxtligidan yigʻlagan, 2015-chi yilda esa juda baland ohangda baqirgan edi.

Krishtianu Ronaldu toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

3. Ronaldu haddan tashqari hissiyotlarga beriluvchan. 2014 yilning boshida Eysebioning oʻlimi butun Portugaliyani larzaga solgan edi. Ronaldu fojeani yuragiga juda yaqin qabul qilgan. Balki, shuning uchun ham u buyuk Qora Marvarid bilan muloqotda boʻlgandir. "Real" -"Selta" uchrashuvidan avval Eysebio hotirasiga bir daqiqa sukut saqlash eʼlon qlinganida, qahramonmiz ranglari oqarib omma oldida oʻzini zoʻrgʻa tutib turgan.

Krishtianu Ronaldu toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

4. Ronaldu - Portugaliya tarixidagi eng zoʻr hujumchi: xalqaro miqyosdagi 118 uchrashuvda 52 toʻp kiritgan. Ehtimol, zamonaviy dunyoning boshqa birorta terma jamoasi ham Portugaliya jamoasidek bitta  futbolchiga qaram boʻlmasa kerak. Bir paytlar esa Ronalduni mamlakat uchun ham huddi klubi uchun oʻynagani kabi yaxshi oʻyin koʻrsata olmaganida ayblashgan. 2014 yil jahon chempionatida bu qaramlik jamoaning ishini chapasidan keltirgan - jamoa sardori sogʻlom emas edi, u bilan birga butun jamoa ham xunob boʻlgan. Roman Shirokovsiz Rossiya terma jamoasi va Gonduras kabi ayrim mamlakatlargina Portugaliyadan yomonroq natijani koʻrsatgan xolos.

Krishtianu Ronaldu toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

5. Uning shvedlarga qarshi koʻrsatgan jozibador oʻyini - Portugaliyaliklar jahon chempionatiga chiqish uchun sababchi boʻlgan Braziliyaga borish xuquqi uchun ikkita oʻta keskin uchrashuvidagi oʻsha toʻrtnafar gol hatto ommabop bastakor Pedru Abrunozani maxsus qoʻshiq yaratishga undagan.

Krishtianu Ronaldu toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

6. Yelka kengligida qoʻyilgan oyoqlar - mashhur holatda turish - ayni paytda nafaqat jismoniy tarbiya darsi ketayotganidan, balki futbol darvozabonlari “zambarakdan oʻq uzilishi”ga tayyorgarlik koʻrish kerakligidan darak beradi. Tayyorgarlikda hatto 100-millionlik Garet Beyl emas, aynan Krishtianu Ronaldu. Jarima maydonidagi uning zarbalaridan keyin toʻplar mislsiz trayektoriyalar boʻylab harakatlanadi. Bechora darvozabonlar!

Krishtianu Ronaldu toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

7. 2013 yilning yozida Ronaldu jarima zarbasini bajarayotgan paytda navbatdagi hatolikka yoʻl qoʻygan edi. Toʻp tribunalarga qarab uchib ketgan edi. U “Real”ning raqibi “Bortmund” jamoasining muhlisi boʻlgan Charli ismli 11 yoshli bolakayning qoʻliga borib tegdi. Natija juda achinarli boʻlgan - qoʻl suyagining qoʻsh sinishi. "Bu oʻz qoʻllarini sindirib olish usulining eng fantastik usullaridan biri. Odatda, bu boshqacha sodir boʻladi. Masalan, daraxtdan yiqilganda. Bunday vaziyatni avvaldan koʻra bilish juda qiyin, u har kim bilan sodir boʻlishi mumkin, biroq, agar men chap qoʻlim bilan boshimni toʻsmaganimda old tishlarimsiz qolar edim” - deya xursand boʻlgan keyinchalik bolakay. "Qirollik klubi" jabrlangan bolakayga futbolchilarning datsxatlariga toʻldirilgan mayka sovgʻa qilgan.

Krishtianu Ronaldu toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

8. Ronaldu oʻzini oʻzi yaratgan. Soʻzsiz, uning oʻziga xos isteʼdodi bor edi. Biroq, bu isteʼdod bir vaqtlar Krishtianudanommaboproq boʻlgan Kuarejmada ham bor edi. Xozir esa u qayerda? Ronaldu esa oʻz tugʻma isteʼdodiga holdan toydiruvchi mashqlarning soatlari, kunlari, oylari va yillarini qoʻshdi. Mushaklarning vaznini orttirgan holda u oʻzidagi tezlik va keskinlikni zarracha ham yoʻqotgani yoʻq.

Krishtianu Ronaldu toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

9. Krishtianu Ronaldoning 4 nafar farzandi bor bor. Katta ogʻli 2010 yilning iyulida tugʻilgan. Oʻgʻlining onasi kim ekanligi masalasida Ronaldu izoh bermaslikni afzal topgan. U oʻz farzandlarini haddan ziyod yaxshi koʻradi. Ularning sharafiga hatto gollarni ham bagʻishlaydi. 2013 yilning noyabrida Portugaliya -Shvetsiya uchrashuvidan keyin oʻgʻli Ronaldudan soʻradi: "Dada, bugun siz bilan uxlasam maylimi?" bunga javoban jurnalistlar kulib yuborgan, portugaliyalik futbolchi esa otalarcha mehribon tabassum bilan oʻgʻliga qarab qoʻygan. 2014-chi va 2015-chi yilda “Oltin toʻp”ni olgani u oʻz zurriyoti bilan birga chiqqanida ham, yulduz otasi intervyu bergan paytida kichik supermenni kadrga kiritilganida ham hech kim taajublanmagan edi.

Krishtianu Ronaldu toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

10. 2013 yil dekabrining oʻrtasida Ronaldu oʻz faoliyati davomida qoʻlga kiritgan yutuqlarini har bir inson koʻrishi mkoniyatini yaratish uchun oʻz muzeyini ochgan. Bu tarixiy voqea uning vatani-  Madeyra orolidagi Funshal shahrida sodir boʻlgan. "Darvoqe, bu yerda yangi sovrinlar uchun ham joy bor", - deb kinoya qilgan yarim himoyachi, tantanali ravishda tasmani kesayotgan paytda. 2014-chi yilda u kolleksiyani shaxsiy sovrinlari bilan birgajamoa sovrinlari bilan ham toʻldirgan. Klublalaro jahon chempionatidan soʻng u juda hotirjamlik bilan oʻz vataniga, oʻziga qoʻyilgan “Yelka kengligidagi oyoqlar - mashhur holatda turish” haykalning ochilish marosimiga tashrif buyurgan edi.

Krishtianu Ronaldu toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar