Oʻzbekistonda tasviriy sanʼatning rivojlanish tarixi

Buyuk miniatyurachi musavvir, Sharq uygʻonish davri yetuk sanʼatkori - Kamoliddin Behzod - Hirot miniatyura maktabi asoschisi, muzahhiblarning yetakchisi va ustozi bolʼgan.
Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Doʻst Muhammad va Qozi Ahmadning maʼlumotlariga koʻra, Kamoliddinn Behzodni Sulton Husaynning kitobdori Mirak Naqqoshoʻz tarbiyasiga olgan. Behzod musavvirlikni Pir Sayd Axmad Tabriziydan oʻrgangan, oʻz ijodida musavvir Xalil Mirzo Shohruxiy badiiy uslubini davom ettirib, unirivojlantirgan va kamolga yetkazgan, yosh musavvir isteʼdodi juda tez shakllangan ekan. Bunda Alisher Navoiyning murabbiylik faoliyati ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida oʻsha davrning yetuk sanʼatkorlari Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad kabi xattotlar ijod bilan band boʻlganlar. Behzod shu kutubxonada, ayniqsa, xattot Sultonali Mashhadiy va Yoriy Muzahhib bilan yaqin ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Behzod ijodining mavzu doirasi, qahramonlari shu yerda — Navoiy va boshqa sanʼatkorlar ijodi taʼsirida kamol topgan.
Kamoliddind Behzod musavvir sifatida tanilgach, Sulton Husayn saroyiga xizmatga chaqirilgan. 1487- yil Sulton Husayn farmoni bilan Behzod saltanat kutubxonasiga rahbar etib tayinlangan. Keyinchalik bu joy oʻz davrining badiiy akademyyasiga aylangan. Uni mutaxassislar "Nigorxonayi Behzod" yoki "Behzod akademiyasi" deb ataganlar. Musavvir Hirotda Navoiy va Sulton Husayn hayotlik davrida qizgʻin ijod bilan band boʻdgn, koʻplab moʻtabar qoʻlyozmalarni yaratishga rahnamolik qilgan, maʼlum qismini nafis rasmlar bilan ziynatlashda shaxsan ishtirok etdi, qator zamondoshlarining — Navoiy, Jomiy, Sulton Husayn va boshqalarning chexrai kushoylarini yaratdi, bir guruh yoshlarga rassomlik sirlarini oʻrgatdi.

1507—10 yillarda Behzod Hirotni egallagan Muhammad Shayboniyxon xizmatida boʻldi. Bu davrdan bizgacha Behzod yaratgan Shayboniyxon portreti yetib kelgan. 1510-yil Hirot shahri safaviylar qoʻliga oʻtadi. 1520-yilda Shoh Ismoil yosh shahzoda Tahmosibga rasm oʻrgatishi uchun Behzodni oʻz saltanati poytaxti Tabriz shahriga taklif etadi, 1522-yil esa maxsus farmon bilan rassomni oʻz kutubxonasidagi kitobat axli (kotib, naqqosh, muzaxlib, jadvalkash, halkor, zarkoʻb, lojuvardshoʻy va boshqalar)ga mutasaddi etib tayinlaydi. 1524-yil Shoh Ismoil vafotidan keyin Shoh Tahmosib davrida ham Behzod katta obru va eʼtiborga ega boʻlgan. Tabrizda Behzod Sulton Muhammad, Ogʻa Mirak va Mir Mansur kabi musavvirlar bilan hamkorlikda ijod qildi. Qozi Ahmadning maʼlumotiga koʻra, Behzod hayotining oxirida ona shaxri - Hirotga qaytgan va shu yerda vafot etgan. Musavvirning qabri Koʻhi Muxtorning (hozirgi Afgʻoniston hududida) xushmanzara joyida joylashgan.
Oʻrta Sharqda 17-asrgacha rassomchilikda asosiy taraqqiyot yoʻnalishini belgilab bergan Behzod ijodi uning zamondoshlari tomonidan yuqori baholangan. Behzod oʻzidan oldingi rassomlar anʼanalarini davom ettirdi va boyitdi. Asarlarining tarxi murakkab, erkin harakatlarga boy, yorqin, jozibador ranglardan tuzilgan boʻlib, ular oʻzaro uygʻun. Tabiat jonli, hayot manzaralari aniq va haqqoniy, ishonarli va taʼsirchan tasvirlangan. Chiziqlar nihoyatda nozik, ranglar nafis ishlangan. Portretlarida inson maʼnaviy qiyofasi, ruhi, his-tuygʻulari, xulq-atvorini aks ettirishga ahamiyat bergan.

Saʼdiyning "Boʻston" asari qoʻlyozmasi (1478, Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) rasmlari, Attorning "Mantiq-ut-tayr" asari qoʻlyozmasiga (1483, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyida) 1487-yil chizilgan rasmlar, Navoiyning "Hamsa" qoʻlyozmasiga (1485, Oksforddagi Bodli kutubxonasi va Manchesterdagi Jon Reylands kutubxonasida) ishlangan 13 rasmning "Paygʻambar oʻz sahobalaribilan", "Xoja Abdulloh Ansoriy darvishlar bilan suhbatda", "Moniy Baxromga Diloromning rasmini koʻrsatmoqda" va boshqa miniatyuralar Behzodga nisbat beriladi. Saʼdiyning "Boʻston" asarining Misr nusxasi (1488, Qohiradagi Milliy kutubxonada) rasmlari (qoʻlyozmani xattot Sultonali Mashhadiy koʻchirgan, naqshlarni Yoriy Muzahqib yaratgan) —12 rasmdan 6 tasida Behzodning imzosi bor: "Sulton Husayn saroyida ziyofat" (qoʻsh rasm), "Doro va otboqarlar", "Masjiddagi bahs", "Olimlar suhbati", "Zulayhoning Yusufga iltijosi" nomli rasmlar Behzod tomonidan yaratilgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asari qoʻlyozmasining (1467, AQSH, Baltimordagi Jon Xopkins universitetida) xattot Sherali koʻchirgan nusxasidagi 12 miniatyuraning 8tasi (15-asr 90-yillari) Behzod asaridir. Rasmlarda rasmiy qabul, jang lavhalari, qalʼa qamali bilan bir qatorda Samarqanddagi Bibixonim masjidi qurilishini tasvirlovchi qoʻshaloq rasm ham mavjud. Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarining xattot Sulton Muhammad Nur koʻchirgan nusxasiga (1528, Hirot, Tehrondagi Saltanat kutubxonasida) Behzod rasmlar chizgan.

Nizomiyning "Hamsa" asari nusxasiga (1442, Londondagi Britaniya muzeyida) 1493—1535 yillar davomida ishlangan 19 miniatyuradan 3 tasi Behzod ijodi mahsuli. "Layli va Majnun qabilalari jangi", "Suvoriylar jangi" va "Bahrom Goʻrning ajdar bilan olishuvi". Bularda "Savarraxu alabd Behzod" degan yozuv bor. Nizomiyning"Hamsa" asari nusxasidagi (1494, Londondagi Britaniya muzeyida) 22 rasmdan 7 tasida Behzod nomi qayd etilgan. Amir Xusrav Dehlaviyning "Layli va Majnun" dostoni qoʻlyozmasiga (1495, Sankt Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin nomidagi xalq kutubxonasida) Behzod "Layli va Majnun maktabda", "Doʻstlari va otasi Majnunga nasihat qilmoqsalar" nomli rasmlarni chizgan. Amir Xusrav Dehlaviyning "Layli va Majnun" dostonining Sulton Muhammad Hiraviy koʻchirgan qoʻlyozmasi (Sankt Peterburg)da Behzodga nisbat berilgan "Madrasadagi bahs", "Layli va Majnun maktabda", "Layli va Majnun sahroda", "Majnun Laylining iti bilan" va "Majnunning elchisi Layli huzurida" nomli miniatyuralar bor; Saʼdiyning "Guliston" asari qoʻlyozmasining (1486,Garvarddagi Fogg sanʼat muzeyida, sobiq Rotshild majmuasidan) xattot Sultonali Mashhadiy koʻchirgan nusxasiga Behzod 2 rasm ishlagan. Amir Xusrav Dexlaviyning "Hamsa" asari qoʻlyozmasidagi (1495, Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) 13 rasmning 4 tasida Behzod asarlariga xos xususiyatlar mavjud. "Sulton Husayn bogʻda" qoʻshaloq rasm (1485—90, Tehrondagi Guliston muzeyi, muraqqada). "Chol va yigit" rasmi (Nyu Yorkdagi Kevorkyan majmuasida). "Tuyalar olishuvi" rasmi (Tehrondagi Guliston muzeyida), Sulton Husayn portreti (Shvesiyadagi F. Martin majmuasida), Muhammad Shayboniyxon portreti (Timken Burnet majmuasida), Abdurahmon Jomiy portreti (Erondagi Rizo kutubxonasida), "Sulton Husayn va Alisher Navoiy" qoʻshaloq rasm (Sankt Peterburgda). Bulardan tashqari, Behzod asarlari al-Xavarnaq qasrining qurilishi (Nizomiyning "Hamsa" asariga Behzod ishlagan miniatyura) kutubxonalari, qoʻlyozma fondlari, muzeylari va shaxsiy majmualarda ham mavjud. Ustod sanʼatkor sifatida Behzod Hirot va Tabrizda qator shogirdlarni tarbiyalab yetkazdi. Uning shogirdlari Behzod anʼanalarini butun Oʻrta Sharqqa yoydilar. Behzod anʼanalari keyingi davr rassomlari ijodiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.

Mahmud Muzahhib (Muzahhib oltinbilan bezovchini anglatadi) oʻz ustozidan eng yaxshi fazilatlarini tasviriyvositalarda yaxlit ifoda etishni oʻrgandi.
Bizgacha yetib kelib, hozirda Parijdagi milliy kutubxonada saqlanayotgan, XIV-asrga mansub Rashid-ad-Dinning"Maqolalar toʻplami" ga ishlangan miniatyura (moʻjʼaz sanʼat) portretlari Oʻrta Osiyoda qadimgi tasviriy sanʼat asarlari hisoblanadi.
XIV-asrga kelib Samarqandda Amir Temurning "Bogʻi Shamol", "Bogʻi Dilkusho" saroylari devorlariga, harbiy yurish, jang va ov marosimlarida Temurni oʻz kanizaklari, Amir, shaxzodalari bilan oʻz davrining miniatyurachi rassomi Axmad Bogʻi-Shamol tomonidan tasvirlangan.
Oʻrta Osiyo miniatyura sanʼatini gullab rivojlanishi XV-asrda boshlanadi. XV-asrni ikkinchi yarmida Hirot Husayn Bayqaro saltanatida buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiy rahnamoligida taraqqiy etgan madaniyat oʻchogʻiga aylanadi.
Hirot adabiyot va sanʼat namoyondalari ichida Kamoliddin Behzod yorqin yulduz boʻlib yarqiradi.

Ulugʻ miniatyurachi musavvir oʻz zamondoshlari: Sulton Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, shoirlar Jomiy, Xatefiy kabilarni ajoyib portretlarini chizib bizlarga meros qilib qoldirgan.
Portretlar chuqur ruhiy holatlari bilan ajralib turadi. Sulton Husayn Boyqaro portreti tashqi qiyofasi xarakterihaqida Bobur oʻz xotiralarida shunday taʼriflaydi: u maʼnoli qarab turgan, mahobatli gavdasi kelishgan bamisoli sher, belidan pasti ingichka. U sergap, xushchaqchaq Xurosonda 40 yil davomida davlatpanoh boʻlgan, Behzod oʻzbek xoni Shayboniyxon portretini 1507- yili Xirot olingandan keyin yaratdi. U ulugʻsarkarda davlat arbobi, ilmli olim, adabiyot va sanʼatni nihoyatda ulugʻlaydigan shaxs edi.
Xon kalta yengil oddiy xirot halatboshida salla, chordana qurib oʻtiribdi. Ogʻir vaznli, toʻgʻri nigohli qoʻli tizzasida yuz qiyofasida matonatli katta qalb egasi siymosida tasvirlangan .
Behzod portretlari yaxlit ranglar bilan tasvirlangan. Chiziqlarni aniq va plastik tuzilish xususiyatlari Shaybonixonni barvasta qudrati yelka gavda qiyofasini ifodalab beradi.

Shayboniyxonni portretida interʼerdagi siyohdon kitob, qamchin, katta oʻng barmogʻidagi uzuk kabi buyumlar tomoshabinga ulugʻ sarkarda qiyofasini ochib berishda boyitadi .
Kamoliddin Behzod oʻz asarlarida oʻsha davrda portret miniatyura sanʼatini choʻqqisiga erishdi. Xusayn Boyqaro qarorgohida miniatyura sanʼatida boshqa rassomlar ham ijod qilgan. Tarixchi Xondamir 1498- yil oʻzining "Xulosat Alʼ-Akbar " risolasida rassom Qosim Alini asrimiz nozik asar mualliflarining sardori, deb baholagan edi.
U sanʼat sir asrorining Xusayn Boyqaro kutubxonasida uning raxnamoligida egallagan edi.
Shayboniyxon saroyida Behzodning qobiliyatli shogirdlaridan biri Mahmud Muzahhib (Muzahhib oltin bilan bezovchini anglatadi) oʻz ustozidan eng yaxshi fazilatlarini tasviriy vositalarda yaxlit ifoda etishni oʻrgandi.
Uning dastlabki hammaga maʼlum Alisher Navoiyning portreti (XVI-asr) misol boʻlishi mumkin .
Moʻysafid yoshlardagi shoir, hassaga tayanib turgan holda tasvirlangan. Quvgʻinlikda, amirlik, davlatni boshqarish ishlarida sochlari oqarib irodasi sayqal topgan edi.
"Men keksaysam ham tanam tetik, mening soʻzlarim xanuz qilich kabi oʻtkir" - degan edi Alisher Navoiy.

Mahmud Muzahhibni miniatyura asarida ulugʻ Alisher qiyofasida, soch, soqollari oqargan, biroz gavdasi engashgan, tugalmas hayotiy kuch, oʻtkir nigoh, labdagiyengil tabassum, shoirning xalqparvar, "gumanist", mutafakkir inson ekanidan dalolat beradi.
Kompozisiya jihatidan bu portret miniatyura sanʼatida oʻziga xos xususiyatga ega, uning nozik qiyofasi hayotiyligi, koʻz-qoshlari harakatlarida ifoda etilgan.
XVII-asrda bir xil Oʻrta Osiyo rassomlari oʻz vatanidan uzoqda miniatyura sanʼatida anʼanalarni davom ettirdilar .
Rassom Davlat Muxammad Hindistonda Boburiylar saroyida sulton va ularni oilalarini, saroy amirlarini, shoirlarning portletlarini yaratdi.
Shu davrda Hindistonda Muhammad-Murod Samarqandiy Bobur saroyida ijod qilib, portret ustasi nomini oldi.
Shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, Oʻrta Osiyo va Oʻzbekiston xalqlarini oʻtmishda qoldirgan boy madaniy va estetik merosiga qaramay, tarixiy obʼyektiv sharoitlar sababli realistik tasvir sanʼati oʻz shaklini topmay qolgan edi.

XIX- asr 60-yilari Oʻrta Osiyoga, Rus ilgʻor realistik sanʼati oʻz taʼsirini koʻrsata boshladi. Tashrif buyurgan rassomlar oʻz asarlarida odiy xalq va tabiatni tasvirladilar .
Turkistonda birinchi boʻlib ijod qilgan rassomlar ichida "Turkiston turkumi" suratlarini yaratgan ijodkor Vasiliy Vasilevich Vereshagin hayotni kuzatuvchisi sifatidir etnografik hayot tarzini chuqur oʻrganib etyud va eskizlar bajarish natijasida har xil mavzuda asarlar yaratdi. Uning "Balogʻatga yetmagan bola savdosi", "Zindon", "Nashavandlar" shular jumlasidandir.

Kompozisiya jihatidan koʻp figurali, koʻp planli bu asarda oddiy fuqaro, darveshlar, otda yuzboshi sarbozlar, ularni boʻlib oʻtayotgan tantanaga psixologik munosobatlari, milliy liboslari aks etgan quyoshning yorugʻ shuʼlasida Samarqand tabiati iliq gammada tasvirlab berilgan.
Oʻzbekiston zamonaviy realistlik tasviriy sanʼatiga asosan XX-asr boshlarida Oʻzbekistonga kelgan rus rassomlari tomonidan asos solindi. Birinchilar qatorida Mixail Ivanovich Kruzin, Lev Leonardovich Bure, Ivan Semyonovich Kazakov, Abduqodir Yusupov, Nikolay Ryazanov kabi rassomlarni aytish mumkin.

1918-yili Samarqandda, 1919-yilda Toshkentda Turkiston Oʻlka rassomchilik maktabi tashkil topdi, boshqa rassomlar qatorida Aleksandr Nikolayevich Volkov yoshlarga dars berdi. Samarqandda esa Oganes Tatevostyan rahbarlik qildi.
Oganes Tatevostyan rassom sifatida 20-yillarda tanildi. U oʻzini manzara, natryumort, portret, maishiy janrlarda sinab koʻradi va asarlarida sharqni oʻziga talqinqildi.
Keyinchalik u natyurmort ustasi professor sifatida tanildi va 1954-57- yillarda yosh rassomlarga dars berdi.
Rus demokrat rassomlardan Ilya Efimovich Repinning shogirdi N.Rozanov 1924 yili sanʼat muzeyi qoshida birinchi boʻlib tasviriy sanʼat studiyasini tashkil etdi. Bu milliy studiyada oʻzbek rassomlar X.Valiyev, Z.Saidnosirov, A.Toshkentboyev, Oʻrol Tansiqboyev va boshqalar birinchi boʻlib saboq olishdi .
Nikolay Rozanov kabi Ivan Kazakov ham rus realistik sanʼatini asoslarini yoshlarga oʻrgatdi.
Realistik sanʼat bilan bir qatorda Petrov-Vodkin, Nikolay Kuznesov , Aleksandr Volkov kabi bir necha rassomlar formalistik yoʻnalishga burilib ketdilar .

Bu yoʻnalishni amalga oshirganlardan biri Aleksandr Volkovdir. Uning "Anorli choyxona", "Karvon", "Sandal oldidagi oʻyinchi" kabiasari 1924-yilda Toshkentda Moskvada shaxsiy koʻrgazmada namoyish etildi .
Jamoatchilik tomonidan tanqidga uchragandan keyin relaistik yoʻnalish qaror topdi. Volkov "Anorli choyxona " asaridan keyin ijodida burilish yasadi.
U oʻz esdaliklarida realizm yoʻli inson obrazini yaratishdan toʻgʻri yoʻlligini taʼkidladi.
Avtoportret, Rafiqasi portreti, “Kolxozchi”, “Paxta terimi”, "Bayram" asarlarida realizm yoʻli namoyon boʻldi .
Alesksandr Volkov bahor marosimlari - sayl, lola terish, toʻy, hosil bayramlarini quvonchli ranglarda ifodaladi.

"Karvon" asarida tuyani uchburchak shaklidagi ayol va bosh harakati ara gʻildiraklarini gʻildirash tovushlari bilan bogʻlanib, bir rang spektri kompozisiyasiga aylangan "Uchta soʻzana" asarida shartli geometrik figura qizil, koʻk, oxra, sariq rangli shakllarni bir-biriga tutashishi musiqa ohanglarini estaladi.
Shu davrda portret va tarixiy mavzuda Oʻrol Tansiqboyev, Usta Moʻmin (Nikolayev), Vldimir Ufimsev, Mixil Arinin kabi rassomlar ijod qilishdi.

Keyinchalik, 1960- yildan boshlab Oʻrol Tansiqboyev ijodida manzara janri gullab rivojlandi.
U oʻziga xos usulda manzara kompozisiya maktabini yaratdi. Uning "Issiq koʻl", "Ona oʻlka", "Togʻda kuz" kabi koʻplab asarlari sanʼat muzeyining oltin fondidan joy olgan.

Peterburg Badiiy akademiyasida taʼlim olgan Pavel Petrovich Benkov 1928-yili birinchi marta Oʻzbekistonga keldi.
Bu diyor oʻzini betakror goʻzalligi bilan uni oʻziga maftun etgan edi.
Shu vaqtda u Buxoroda boʻlib, "Buxoro bozori", "Chor minor masjidi", "Xovuz labidagi choyxona", "Uzum bozori", "Usti yopiqbozor" kabi manzaralarni yaratdi.



Bu asarni oʻzbek tasviriy sanʼatida birinchi realistik ijod namunasi deyish mumkin. Oʻz paytida u Tretyakov davlat gallereyasining doimiy ekpozitsiyasidan oʻrin olgan edi.
Rassom 30-yillarda katta tematik suratlar ishlash uchun etyudlar, xomaki chizgʻilar sifatida badiiy materiallar toʻpladi.
Uning "Hujum" nomli pillakashlik fabrikasi, "Registonda 8 mart" polotlonalari shular jumlasidandir. U oʻz ustozlari Dmitriy Nikolayevich Kardovskiy, Ilya Repindan oʻrgangan hayotni chugʻur aks ettirish, badiiy obrazlar yaratish anʼanalarini davom ettirib oʻziga xos ranglar "palitra"sini yaratdi. "Uzum uzish" yoki "Dugonalar" kartinasida koʻp millatli vatanimizda xalqlar doʻstligi gʻoyasi obrazi ochib berilgan. Janubning sahiy quyoshi, goʻzal farovon turmushi asar kompozisiyasida mohirona hal etilgan.

Qalin novdava barglari orasidan tushgan quyosh nurlaridan pishib yetilgan uzum bogʻlari manzarasi fonida ikki qiz tasvirlangan. Biri oʻzbek, ikkinchisi rus qizi, ular kompozisiya maʼnaviy markazini tashkil etadi.
Asarning personajlari, zavq bilan tomosha qilayotgan, qizlar ham, bolalar ham keksa bogʻbon ham bir oila aʼzolaridek koʻrinadi.
Tasvir yorqin boʻyoqlarda ishlngan, unda havo koʻp boʻlib, serquyosh Oʻzbekistonning goʻzal tabiati juda nafis ranglarda aks ettirilgan.


Pavel Benkov, hayotni koʻp koʻrgan, yoshi ulugʻ odmlar suratini chizishni yoqtirardi. Uning eng yaxshi yaratilgan asarlaridan biri "Ilgʻor kolxozchi portreti" edi. Unda sochlariga oq oralagan, mehnatdan chiniqqan insonning obrazi aks ettirilgan.
Portret iliq gammada ishlangan boʻlib, ayni ijod pallasini aks ettirgan . Samarqandda oʻtgan hayoti tematik kompozisiyalar, maishiy kartina va portretlarga boy boʻldi. Lekin manzara ishlashni ham kanda qilmas edi.
U oʻzining 20-yillik ijodida "Bibixonim" da bahor, "Bahor", "Shaftoli gulladi", "Tokzorli hovli", "Kuzdagi hovli" kabi manzaralini yaratdi. Biz yuqorida koʻrib chiqqan asarlardan Pavel Benkovning naqadar kuchli rassom boʻlganligiga iqror boʻlishimiz mumkin.
Uning ijodi pedagogik faoliyat bilan chambarchas bogʻlangan. U Samarqand rassomchilik bilim yurtida umrini oxirigacha yoshlarga saboq berdi, tasviriy sanʼat sirlarini oʻrgatdi. U ajoyib ijodkor yoshlarni tarbiyaladi.
Shularorasida Oʻzbekiston xalq rassomlari Lutfulla Abdullayev, Malik Nabiyev, Abdulxaq Abdullayev, Zinaida Kovaleskaya, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan arboblari - rassomlar Yusuf Yelizarov, Rashid Temurov va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Uning pedagogik mahoratining siri, yuqori darajali qobiliyati, chuqur bilimida, yoshlarga boʻlgan mehrida edi. U oʻz oʻquvchilariga kundalik hayotni sevish uni goʻzalligini koʻra bilish va bu goʻzallikni oʻz asarlarida aks ettirishni uqtirar edi. Naturani toʻgʻri anglab chizishni, fikr yurgizishni, xotiradan chizish, tasavvurini kuchaytirishni doim talab qilar edi. Muntazam ravishda naturadan soya-yorugʻ ranglarini oʻzgarishini chizib koʻrsatar edi.

Benkov yoshlarda sanʼatga boʻlgan ijodiy qobiliyatini uygʻotish kabi muhim qimmatli fazilatlarga ega edi. Samarqandda rassomchilik bilim yurti shakllanishida Benkov oʻz tajriba, bilimini ayamadi .
1936- yili Leningraddagi sobiq ittifoq koʻrgazmasida Benkov va uning oʻquvchilarning ijodi namunalari yuqori baholar oldi.
Bu ajoyib inson, oʻz asarlari kabi yorugʻ, sahovatli edi. Shu yillar Respublika rassochilik maktabini Bahrom Xamdamiy, bilim yurtlarini A.Toshkentboyev, L.Abdullayev, A.Roziqovalar, Moskva, Leningrad, Penza bilim yurtlarini I.Ikromov, A.Siddiqiy, Oʻrol Tansiqboyevlar tamomlab ijodga yoʻllanma oldilar.
Ularning ijodiy mahorati Siddiqiyning "Toʻy (1932)", Bahrom Xamdamiyning L.Abdullayevning "Paxta terimi (1931)", Roziqovning "Maktabga(1932)" asarlarida namoyon boʻldi.

Akram Siddiqiyning "Toʻy" kartinasi katta shgulli soʻzana fonida kontrast ranglarda, kompozisiya tuzilishi amaliy sanʼat yoʻlida tasvilangan. U oʻzbek xalq amaliy sanʼatini yaxshi oʻrgangan edi. Realistik sanʼat yoʻlidagi bu asarlarning yaratilishi Respublika badiiy hayotda muhim voqea boʻldi.
Ijodiy izlanishi Akram Siddiqiyga yaqin boʻlgan Oʻrol Tansiqboyev yorqin ranglar tizimida "Choyxona" (1934) kartinasi yaratdi. Bahrom Hamdamiyning tengdoshi rassom A.Toshkenboyev mehnat, kundalik hayot voqealari mavzusidagi asarlaryartdi. 1934-yili bularni yaratgan kompozisichya asarlari koʻrgazmada yaxshi baholandi. Pavel Benkov bilan Samarqand rassomchilik maktabida yoshlarga dars bergan Zinaida Kovalevskaya "Teatr lojasida" nomli ajoyib asaryaratdi. Teatr lojasida oʻtirgan oʻzbek qizlarni nigohlarida hayajon, goʻzallikhis tuygʻularini koʻramiz.

Orqada eʼtibor bilan kinoklda kuzatayotgan keksa erkak va ayolni xotirjam qarashlari, qoʻl harakatlari lirik holatini koʻrish mumkin .
Rang tasvir kopozisiya jihatidan oʻziga xos milliy koloritda ifoda etilgan. Pavel Benkov, Aleksandr Volkov qoʻlida oʻqigan Bahrom Xamdamiy, A.Toshkenboyev, A.Roziqovlar oʻz ustozlarini yaxshi anʼanalarini davom ettirdilar, mazmun gʻoyalarni kengaytirdilar. Ayniqsa Samarqand rassomchilik bilim yurtini bitirgan Lutfulla Abdullayev dastlabki "Paxta terimi" (1931) kartinasi bilan tomoshanbin va sanʼatshunoslar fikrini qaratgan boʻlsa, keyinchalik yetuk rassom sifatida murakkab kompozisiya sarlarini yaratdi.
Ayniqsa "Yosh shoir huzurida" kartinasida kompozisiya ustasi ekanligini tasdiqladi.
Yigit va qizlar yosh shoirning sheʼrlarini eshitmoqda. Zamonaviy xonada shoir gavdasi aniq tasviri kompozisiya markazini tashkil etdi.
Shoir qoʻlini koʻtarib tantanali hayajon bilan sheʼr misralarini oʻqimoqda.
Yoshlarning bilimga chanqoqligi, mehnatga mehr bilan intilishi ifodalangan.
Uning "Mulla Toʻychi Toshmuxamedov" portreti, "Frontdan qaytish", "Qoʻriq yer ochuvchilar", Malik Nabiyev , S.Muxamedov, X.Raxmonovlar bilan hamkorlikda yaratilgan poyafzalchi "Ubay Raxmatullayev brigadasi" asari eng yaxshi sanʼati asari sifatida Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyida saqlanmoqda. Yuqorida qayd etib oʻtilgan rassomlar 50-yillarda Toshkentdagi Benkov nomli rassomchilik bilim yurtida yoshlarga dars berdilar, rasm chizish va kompozisiya asari yaratishni oʻrgatadilar .
40-50-yillarda shular bilan bir qatorda rassomlar yoshlarga tasviriy sanʼat sirdarini oʻrgatdilar. Maishiy janrda koʻplab asarlar yaratgan rassom Nadejda Kashinadir. Uning "Doira chalayotgan qiz" (1945), "Tushki tanaffus" asarida insonni mehnat bilan barhayotligi, uni toza havo oftob nurlaridan tabiatdan zavqlanayotgan oʻz aksini topgan .
Asar kompozisiyasi, rang koloriti, milliy ruhda , insonni zamonaviy xislatlari, kompozisiya tuzish vositalari namoyon boʻlgan. Yoshlarga metodik tasviya vazifasini bajaradi .
1947-yili Chingiz Axmarov, Toshkentdagi Navoiy nomli opera va balet teartri binosi foyesi devoriga A.Navoiyning "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" asariga bagʻishlangan mahobatli rang tasvir asarini ishladi . Asosiy mavzu afsona yoki boʻlib oʻtgan voqealar boʻlishiga qaramay, tipajlar, ularni aniq oʻxshashligi, murakkab kompozisiya yechimida topilgan .
Tasvirdagi odamlar hajmsiz aniq chizgilarda va yengil nozik ranglar tusida tasvirlangan .
"Monumental" panno mavzusida, Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin", "Yetti sayyora, "Iskandarnoma", "Layli va Majnun" ning poemasi asosida "Farhod va Shirinni, Layli va Majmunni uchrashuvchi, Baxrom - goʻr va Dilorom ", Iskandarning toʻgʻon qurilishini kelib - koʻrishi kompozisiyaning asosiy negizini tashkil etadi". Shirin kanizaklari bilan Farhodga nigoh tashlab uni qilgan jasoratiga taʼzim qilayotgan vaqti ifodalangan. Asarning muvafaqqiyatli chiqishida rassomning Alisher Navoiy dostonlarini yaxshi sinchiklab oʻrganganligi katta yordam bergan. Bu asar uchun Chibgiz Axmarov 1948-yili "Davlat mukofoti"ga sazovor boʻlgan edi.

50-yillarda rassom Moskva, Kozon , Dnepropetrovsk, Kemerevo shaharlarida asosan mahobatli -devoriy asarlar ustida ishladi. 1961-yildan boshlab Chingiz Axmarov yana Oʻzbekistonda ijod qila boshladi. "Aʼlochi qiz", "Rahima", "Balerina", Rassom "Temurov portreti", "Mukarrama Turgʻunboyeva", "Zulfiya " kabi portretlari yaratdi.
Ayniqsa shoira "Zulfiya portreti"da nozik chizgilar bilan gavda va qoʻlholati, liboslar oʻziga xos goʻzal holatda ifodalagan.
Shoirning samimiyligi, yoqimtoy nigohi chuqur poetik ijod sohibi ekanligi sezilibturadi. Chingiz Axmarov zamonaviy oʻzbek ayolini ziyo tarqatuvchi maʼnaviyboyligini, ichki goʻzaligi ochib bergan. Chingiz Axmarov koʻp yillar davomidaKamoliddin Behzod nomli Toshkent milliy rassomchilik va dizayn institutida kafedra mudiri, professor boʻlib ishladi.
Koʻplab oʻzbek "monu-mental"chi rassomlarni yetishtirib chiqaradi va oʻziga xos mahobatli kompozisiya sanʼati maktabini yaratdi. 1953- yili Repin nomidagi Leningrad badiiy akademiyasi institutini Rahim Axmedov, Neʼmat Qoʻziboyev, T.Oganesov, M.Saidov, V.Zelikov, Muxina nomidagi oliy sanʼat bilim yurtini V.Jmakin , V.Sosedovlar (1954-1955). Vasiliy Surikov nomidagi Moskva rassomchilik institutini Yusuf Yelizarovlar tamomlab yangi kuch va ishtiyoq bilan sanʼat olamiga kirib kelishdi. Ijod bilan bir qatorda Pavel Benkov nomli rassomchilik bilim yurtida yoshlarga saboq berishdi.

Bu yerda dastlab O.Tatevosyan, V. Podgurskiy, M.Shchurovskiy, R.Ahmedov , A.Krivonos, N.Qoʻziboyev, pedagogika institutida Yu.Yelizarov, M.Saidov, T.Oganesov, V. Yurovskiylar tasviriy sanʼat asoslaridan yoshlarga dars berishdi.
Ayniqsa, Rahim Ahmedov tashabbus koʻrsatib, koʻp mehnat qildi. Shijoatli olov qalbli buinson keyinchalik butun umrini Oʻzbekiston tasviriy sanʼat maktabini tashkil topib , rivojlanishiga bagʻishladi. Samarali mehnati va ijodi uchun nufuzli davlat mukofotlari, orden, medallariga sazovor boʻldi.
Rossiya Badiiy Akademiyasi Muxbir aʼzosi, Oʻzbekiston Badiiy Akdemiyasini Akademigi professor Rahim Ahmedov institutida ijod laboratoriyasini, tasviriy sanʼatbilimlarini ochdi, keyinchalik aspirantura tashkil qildi.
Uning maqsadi yosh iqtidorli rassomlarni tarbiyalab oʻqitish va Oʻzbekiston tasviriy sanʼatini rivojlantirishdan iborat edi.

Musavvirning "Ona oʻylari", "Tong", "Sora Axmedova" portreti, "Lola" portreti", "Oqtoshda bahor", "Surxondaryolik ayol", asarlarida jozibali ranglar vositasida oʻzbek xalqining oʻtmishi, ichki dunyosi, his-tuygʻu, orzulari oʻz ifodasini topgan.
Rahim Ahmedov dastlab portret sohasida juda berilib ijod qildi. Zamondoshlarni betakror obrazini, mazmun gʻoyalarni ifodalashda oʻziga xos badiiy til topdi. Portret yaratganda, nafaqat uni tashkil qiyofasiga, ranglarni uygʻunligiga, balki uni chehrasidagi insoniy fazilatlarni ochib berishga intilardi. Shuning uchun mehnatsevar xalqning milliy xususiyatlarini, oʻzida mujassamlashtirgan ayollar, qariyalar, oʻspirin- yoshlarni obrazini yaratishga qaratilgan edi.
"Choʻpon portreti" da tabiat bilan kurashib ogʻir mehnatni yoshlikdayoq yelkasigaolgan 40-yillar avlodining taqdirini tasvirlangan. Choʻpon yigit qiyofasidasinchiklab qarayotgan nigohi gavda kompozisiyasiga bogʻlanib ketgan , tayoqqasuyalgan, qabargan qoʻllari va suyalgan gavdasi jazirama oftobda fonida-issiqranglarda oʻz yechimini topgan. Portret kompozisiyasini asosiy mavzuni birinson borazidir .
Kattalarga taqlid qilib boshiga qiyiqcha oʻragan ogʻir mehnatning lagan, pushti koʻylakdagi oʻspirin bola tasvirlangan. Bu ajib asar hozirdi Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyida avaylab saqlanmoqda.
1956- yili Rahim Ahmedov qishlogʻida, ikki oʻgʻli hamda tumush oʻrtogʻi frontdan qaytmagan, meshnatda qaddi bukilmagan mardona keksa ayol portreti, "Ona oʻylari" asarini yaratdi. Ayol koʻpincha qariyalarga xos oʻtirar, xayolgan choʻmar edi. Ayol kechinmalari, onadan yosh yetim qolgan Raxim Axmedovning bagʻrini toʻlqinlantirib, unga mehr, chuqur hurmat uygʻotdgan.

"Ona oʻylari" portreti kompozisiyasida, figura biroz oldinga chiqqan. Yongʻoq daraxti yonida yostiqqa suyanib tizza koʻziga qoʻl panjalarini saranjom -oʻyib, xayolga choʻmgan ayol qiyofasi, kompozisiya jihatidan klassik mavqeiga ega, juda muvafaqqiyatli topilgan. Ayol yuzidagi chuqur ruhiy holatni , uning gʻamgin yuzidagi katta yorugʻ koʻzlarida, mehnatda toblangan yuz chehrasida haykalga xos oʻz ifodasini topgan.
Gavda "siluet" aniq, yengil ranglardagi manzara fonida, koʻk, binafsha, pushti, yashil, sarigʻ ranglarda shiddatli mahorat bilan tasvirlangan.
"Hozirgi davrda janrli portretga koʻproq ahamiyat berish kerak" der edi Rahim Ahmedov, chunki insonni tabiiy sharoitda, mehnat jarayonida ichki kechirmalarini ishonarli chuqur ifodalab berish sharoiti mavjud.
Ranglarni maftuni boʻlgan Rahim Axmedov koʻp zamondoshlari qatori 1959-yil "Surxondaryoli qiz" portretini yaratdi.

Sariq ranglar fonida u boshiga oq roʻmol oʻrab oʻtirgan, yuzlari quyoshda toblangan bugʻdoy rang ayol obrazini yaratdi.
Egnidagi libos qizil-zargʻaldoq, dekorativ ranglarda boʻynidagi yaltiroq kumush tangalar, tumorlar oʻziga xos uslubda tasvirlangan.
Rahim Ahmedov bilan bir qatorda Behzod nomli milliy rassomlik va dizayn institutida Chingiz Axmarov, Neʼmat Qoʻziboyev kabilar yoshlarni tarbiyalashda oʻz hissalarini qoʻshdilar .
Muxtor Saidovni "Askiya" (1964-y) asarida paxta dalasi manzarasi yogʻochkarovatda dam olayotgan paxtakorlar asar ishtirokchilaridir. Kompozisiyamarkazida qoʻlida piyola ushlagan qariya, navbatdagi hazil musobaqagʻalabasidan soʻngi yuzidagi kulgi, iliq chehra, roʻparasida hazildan yutqaziboʻzini noqulay holatda sezib oʻtirgan raqib tasvirlangan . Xushchaqchaq hazilkulgidan oʻzini tutolmay oʻtirgan atrofdagi odamlar har xil holatlartasvirlangan. Tomoshabinni eʼtiborini oʻziga qaratgan chol figurasi kartinadaasosiy bogʻlovchi - kompozisiya markazini tashkil etadi . Har bir tipaj oʻzigaxos psixologik holatda jozibali iliq-tillarang koloritda ifoda etilgan.

V. Jmakinning "Paranji tashlagan ayol" (1957-yil) kartinasi koʻp figurali monumental kompozisiya asarida dramatik holat tasvirlangan. Asar mazmuni yaxlit kompozisiya yechimi chuqur psixologik asosda koʻrsatilgan .
Yorugʻ oftobli koʻchada boʻlayotgan tarixiy dramatik voqea ifodalangan. Kompozisiya markazini paranji tashlab salobatli turgan oʻzbek ayoli tashkil etadi .
Muallif kelajakka intilgan ayol obrazini, eski tuzum vakillariga, ruhoniylar kontrast holatda qarama-qarshi qoʻygan .
Vasiliy Ivnovich Jmakin kartinada "tipaj"lar obrazini, ularning ruhiy munosabatlarini, ularning liboslarini kontrast ranglarda ustalik bilan tasvilab bergan.
1955-yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida Badiiy grafika fakulteti tashkil topdi.
Bu yerda dastlabki yillarda Yusuf Yelizarov, Muhtor Saidov, Malik Nabiyev yoshlarga tasviriy asoslarini oʻrgatishdi, Respublikamiz maorifsohasiga yosh rassom-oʻqituvchilarni tarbiyalash bilan bir qatorda , koʻplabijodiy asarlar yaratishdi.
Moskvadagi Surikov nomidagi rassomchilik institutida akademik I.Grabar, S. S.Gerasimov qoʻlida taʼlim olgan Yusuf Yelizarovning ijodi dastlab portret sohasida boshlanib, shakllandi.
Uning "Paxtakor qiz", "Kabutar koʻtargan qiz", "Onalik"asarlarida, rassomning kolorit, nozik ranglar koʻrish kabi yaxshi xislatlarinamoyon boʻlgan .
"Kabutar koʻtargan qiz" (1953-y) ochiq havoda (planerda) bajarilgan. Toklar soyasida oʻtirgan yosh oʻzbek qizchasi obrazi namoyon boʻlgan yumshoq tabassumli chehrasi aks ettirilgan. Chambarak qilib oʻrilgan qora sochlari, iliq yengil qarashlari, uning erkin holatda oʻtirishda oʻziga xos xarakter ifodasini beradi, uyning devoriga tushgan yorqin oftob nuri, hovlidagi yashil maysafonida bayram libosidagi qizning ruhiy holati jozibali tarzda tasvirlab berilgan. Yuzidagi iliq, libosdagi sovuq reflekslar, rassom tasavvuridagi goʻzal, haqqoniy ifodani namoyon etib turadi.

Abu RayhonBeruniy obrazi tasviri uning qomusiy olim va mutafakkir inson ekanligi, uzoqvaqt davomida mashaqqatli ijodiy mehnat qilish, alloma yashagan davrni yaxshioʻrganish, bir necha bor eskiz va rang lavhalarni ishlash natijasida yuzagakeldi.
Malik Nabiyevning "Beruniy portreti" birinchi bor 1950- yilda , ikkinchi varianti 1974- yili allomaning 1000 ylligi oʻtkazilishiga bagʻishlangan tanlovda gʻolib chiqdi. YuNESKO tomonidan chaqiriladigan "Kurʼer" jurnalining1974-yil iyul soni muqovasida bosilib chiqdi va dunyo xalqlariga borib yetdi.
Rassom asarda ilm sirlarini yechish uchun butun vujudi bilan kirishgan tarixiy shaxs, insonparvar olim Abu Rayxon Beruniyning butun salobatini, nufuzini gavdalantiradi. Kartinaning keyingi planlaridagi kitoblar, tibbiyot, ilm fangabogʻliq boʻlgan buyumlar, ayniqsa portret kompozisiya yechimidagi sharqona tahlil, yuz qiyofasidagi chehra chizgilari, ruhiy holati mujassamlashib yaxlit Beruniy obrazini, uning qomusiy olim mutafakkir inson ekanini yanada boʻrttirib koʻrsatishga xizmat qilgan.
Shuningdek, Malik Nabiyev Sohibqiron Amir Temur portretini 1995-96 yilda yaratdi. U davlat tanlov komissiyasi tomonidan umum namuna sifatida qabul qilindi.

Asar nibirinchi qismida shoir Furqatning doʻstlari, ustozlari bilan xayrlashuvi haqidagi lirik poema tasvir vositalarida kompozision jihatdan hayotiy va mukammal tasvirlangan .
Asarning markaziy qismi keng panoramada mehnatkash xalhning, Fargʻona kanali qurilishiga otlangan kishilar grafik uslubda, yorugʻ va issiq rang koloriti tasvirlangan.
"Triptix"ning uchinchi qismida usta kulolning ijod qilishi jarayoni sovuq koʻk yashilranglar gammasida tasvirlangan.
Dumaloq-oval shaklidagi laganlarni va suv havzasini plastik shakli, tandir oldida laganga bezak berayotgan usta yaxlit kompozisiya tuzilishida ifodalangan va tomoshabinga sobiq ittifoq Badiiy akademiyasining kumush medaliga sazovor boʻlgan edi.
B.Boboyev 60-yillarda oʻz ijodida oʻrta asr miniatyura sanʼati ustalarining tajriba-namunalaridan va Deynekaning dastlabki izlanish natijalaridan foydalanishga harakat qilgan .
Shunday rassomlardan biri Vladimir Burmakin. Ijodiy diapazoni keng bu rassom hayotmazmuni, boʻlgan voqealarini chuqur anglagan holda oʻz kompozisiyasida asarmohiyatini jozibali ochib berishga erishadi va tomoshabinni oʻziga rom etadi."Xamon koʻtayotgan ayollar", "Boysun ayoli" asarlarida mukammal kompozisiya yechimi, oʻziga xos boy rang koloriti oʻz ifodasinitopgan. Latofatli yosh ayol, Ona obrazini yaratish , mavzuni chuqur anglash natijasidir.
Uning "Daraxt haqidagi poema" kartinasida sar qahramonlari, ikki yoshninghayot taqdiri tasviri tabiat qonunlari toʻgʻrisida falsafiy fikr yurgizigaundab tomoshabinni oʻylantirib qoʻyadi.
Ikki yoshning ezgu his - tuygʻularni aynan tabiat qoʻynida bir-biriga izhor etishiholati, daraxt oldida kompozisiya jihatidan falsafiy - lirik yechimini topgan.
Men mazkurqoʻllanmaning muallifi sifatida 40 yildan ortiq pedagogik va ijodiy ishtajribaga ega boʻlib , shu davr ichida boʻlib oʻtgan munozara, badiiy maktabuslubiyatidagi oʻzgarishlar, yoshlarni yangicha ijodiy yoʻnalishining guvohiboʻla turib, realistik sanʼatning haqqoniyligini taʼkidlab oʻtmoqchiman.Shaxsiy ijodiy ish tajribamdan bir nechta asarlar ustida toʻxtalmoqchiman .
Zamonaviy mavzuga bagʻishlangan koʻp qiyofali kompozisiya "Baxmal qizlari" debataladi. Asosiy mavzu ijodiy safar vaqtida paydo boʻlgan . Vatanimiz Jizzax viloyati, Bahmal nohiyasi togʻ yon bagʻrida hayot kechirib mehnat qilayotgan qizlar rang-barang milliy kiyimga oʻranib yoshlik gʻururiga toʻyinib, ezgu-niyat, xayollarga koʻmilgan ohusimon goʻzal qizlarni bahmal gilamda bir daqiqaga toʻxtagan vaqt asosiy mavzu qilib olingan. Qoshlariga oʻsma qoʻyib mehnat nashidasini soʻrayotgan va raqsga tushmoqchi boʻlib turgan qizlar rangli boʻyoqlar va uygʻun chiziqlar, orqali aks ettirilgan. Yoshlarning ichki dunyosi, his-tuygʻulari shivirlayotgan holati, jozibali tasvirlashda kompozision barcha unsurlarda oʻz ifodasini topgan.
Yana bir asarning nomi "Toʻy" deb ataladi. Bu asarning kompozisiya tuzumi, bajarilishi jihatidan qisman sharqiy miniatyura sanʼati namunalarini eslatsada, u dekorativ uslubda bajarilgan. Asar kompozisiyasida milliy gʻoya, toʻy marosimi, insonlarning bir-biriga boʻlgan qadr-qiymati, hurmat-izzati, mehmondoʻstligi jozibali ranglarda oʻz aksini topgan. Bu borada shunga oʻxshash "Oila", "Mexanizatorlar tashvishi" kabi yaratilgan asarlarni misol ketirish mumkin.

70-yillari Moskva Leningrad badiiy oʻquv yurtlarini Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov kabi yosh iqtidorli rassomlar bitirib keldilar. Ular talabalik yillaridayoq badiiy koʻrgazmalarda qatnasha boshladilar. Javlon Umarbekov, aslida sobiq Butunittifoq kinomotografiya institutini tamomlagan boʻlsada, tasviriy sanʼatdagi ijod yoʻlini portret, maishiy tarixiy janrda boshladi.
Uning dastlabki "Alisher va Xusayn Boyqaroning yoshligi" asari sharq miniatyura anʼanalari uslubida yaratilgan. Ikki yosh oʻspirinning muloqoti,lirik-poetik holati kompozisiya yechimida ustalik bilan tasvirlangan.
Kartina uygʻonish davri tasviriy sanʼat ustalari asarlaridan taʼsirlanib yaratgan. Shuningdek uning "Tafakkurli inson" asari maqtovga sazovordir.
Asarda inson, koinot taraqqiyotim, abadiyat va zamon haqidagi mavzu asos qilib olingan.
Bu asar muallifning ijod choʻqqisi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Murakkab kompozisiya yechimida, estetik did, yuqori malakaviy saviya, mahorat, chuqur falsafiyfikrlash oʻz aksini topgan .
1986-yili Leningradda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston tasviriy sanʼati badiiy koʻrgazmasida Milnikov tomonidan yuqori baholandi.

Bahodir Jalolov Leningrad rassomchilik - ijodiy maktabini chuqur egallagan rassomdir. Uoʻz asar personajlarini sodda tabiiy holda atrofga, kasbga munosabatni, ichkihis-tuyqularini, maʼnaviy boyligini ifodalaydi.
Rassomning salohiyati oʻtkirligi "Avtoportret", "V.Axunov","Komil Yormatov" portretlarida oʻz ifodasini topgan . Asardagi maqomiga yetgan qalam tasvir, chiziqlar, kompozisiya tuzish mahorati, uni yuksak saviyali bilimdan dalolat beradi. Uning mazmuni kompozisiya yechimida monumental yoʻnalish asosiy vosita boʻlib, Uygʻonish davri rassomlarining badiiy tamoyillariga asoslangan.
U mahobatlirang tasvir hamda dastgohli rangtasvir sanʼati asoslarini professor Andrey Andreyevich Milnikovdan oʻrgandi. Keyinchalik mukammal akademik qalam tasvirga asoslanib, Salvador Dali, Albrext Dyurer ijodi va jahon badiiy meoslarinioʻrganib, badiiy tafakkurni olgʻa siljitgan.

Uning "Niyatga yetish", "Folbinlik", "Metamorfoza", "Ikkilanish", "Yaratuvchi - inson", "Ikki asos kurashi" asarlari turkumida hayotni falsafiy muammolari, insonning yashashuchun kurashi, undagi maʼnaviy dunyoqarashining shakllanishi kabi masalalarni olgʻa suradi. Uni tasavvurida Uygʻonish davri rassomlarining gʻoyalari chuqur izqoldirgan.
U Monumental sanʼat asarlari, Yevropa va sharq "progressiv" ijodkorlar yoʻnalishida bajarilgan asar sifatida boʻlajak rassomlarni monumental kompozisiya tuzilishini oʻrganishda asosiy dastur, vosita boʻlib xizmat qiladi.

Har qandaysanʼat turi insonga oʻz taʼsirini oʻtkazib unda dunyoqarashini shakllantiradi.
Tasviriy sanʼat insonda hayotdagi koʻrsatgan jasoratini, fikr va ichki xissiyotlarini aks ettiradi.
Oʻzbek tasviriy sanʼatini dastlabki rivojlanishi bosqichida rassomlar haqiqatni yarim manzara shaklida tasvirlandi. Ularni sharqona hayot, yodgorlik, obidalar fonida, gʻala-gʻovur bozor hayoti, choyxonada hordiq chiqarayotgan rang-barangliboslardagi odamlar qiziqtiradi.
20-asr 90-yillarining ikkinchi yarmida tasviriy sanʼatda maishiy janr rivojlanishi muhim hodisa boʻldi.
Xalqning yangi turmush-tarzi, qishloq hayoti, paxta dalalaridagi mehnat jarayoni, oʻzbek rassomlarining asosiy mavzusi boʻlib qoldi, Oʻzbekiston tasviriy sanʼati hozirgi bosqichda "professionionalizm"- mahorat jihatidan oʻzining yuqori mavqeiga ega boʻldi.
Hozirgi zamon sanʼati rivojlanishiga, rassomning ijodiy izlanishi yangi mazmunli gʻoya, insonlarning maʼnaiy -maʼrifiy talablarini qondirish bilan bogʻliqdir. Shuning uchun kartina kompozisiyasi yechimi, murakab ruhiy holatini topish, rassomdan kundalik hayotdagi goʻzallikni aks ettirish muammolarini, zamondoshlarning ichki his-tuygʻularini sezishni, toʻgʻri chuqur tasavvur etishni talab qiladi.
Rassomlar zimmasiga oʻz asarlarida badiiy obrazlarni yaratish vositalarni boyitish, taraqqiy etgan jahon ilgʻor rassomlari tajribalari bilan dunyoqarashlari koʻlamini kengaytirish kabi maʼsuliyatlar qoʻyilgan.

Mustaqillik tufayli boshlangan buyuk tarixiy taraqqiyot yoʻlidan ogʻishmay olgʻa rivojlanib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi oldida endilikda bir qancha muhim vazifa vamuammolar turibdi.
XXI asrga dadil qadamlar bilan kirib kelgan Oʻzbekiston respublikasining kelajagi ilm-fan, taʼlim-tarbiya taraqqiyoti bilan bevosita bogʻliqdir. 1997-yilda qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisidagi " qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida jamiyatimizda taʼlimni tubdan isloh qilish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Ilm-fan, madaniyat va maʼrifat har qanday mamlakatni yuksaklikka koʻtaradi, uni taraqqiyotini taʼminlaydi.
Darhaqiqat, butun xalqaro hayot, kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirganki unda harbiy qudrat emas, balki intelektual salohiyat, aql-idrok, fikr ilgʻor texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Endilikda har qaysi davlat, har qaysi millat, birinchi navbatda, oʻzining yuksak madaniyat va maʼnaviyatibilan kuchlidir. Kuch - bilim va tafakkurdadir - degan edi Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov.
Mamlakatimiz kelajagi soʻzsiz kadrlar tayyorlashga bevosita bogʻliq. Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan barkamol avlodni tarbiyalash, tashkilotchi va zukko kadrlarga ega boʻlish uchun, taʼlim-tarbiya tuzimini tubdan oʻzgartirish, uni davr talabi darajasiga koʻtarish, jamiyatimizning, har birimizning oldimizdagi eng muhim vazifalardan biri boʻlmogʻi lozim.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



