24 soat ichida shamollash alomatlarini qanday yengish mumkin


Ertalab
Kuningizni issiq dush bilan boshlang. Kardiff universiteti professori va shamollashnidavolash mutaxassisi Ron Akklning soʻzlariga koʻra, bugʻ burun bitishini yengillashtiradi va issiq suv tanadagi ogʻriqlarni ketkazishga yordam beradi.
Ovqatlanish mutaxassisi Amanda Arsell bundan soʻng tarkibida C vitamini mavjud boʻlgan mahsulotlarni isteʼmol qilishni maslahat beradi. Nonushtaga siz apelsin va kividan tayyorlangan mevali salatni qoʻshishingiz yoki yangi uzilgan mevalar bilan toʻldirishingiz mumkin. Ammo qahva va choy ichishdan voz kechishingiz kerak:ularning tarkibida kofein mavjud va boshqa suyuqliklarga qaraganda organizmdan tezroq chiqariladi. Bir stakan yangi siqilgan apelsin sharbatini ichish ancha samaraliroq va foydaliroqdir.

Kunduzi
Shamollashning dastlabki alomatlarida barcha ishingizni chetga surib, uyda, iliq havoda boʻlishga harakat qiling. Agar tashqariga chiqishingiz juda zarur boʻlsa, birinchi navbatda burningizni sovuqdan himoya qilishingiz kerak - unda viruslar bilan antitelalarning asosiy kurashishi boʻlib oʻtadi. Burningizni iliq sharf bilan yoping va oʻzingiz bilan namlovchi sprey olib yuring.
Tovuq shoʻrvasi shamollaganda eng yaxshi ovqat deb hisoblanadi. Angliyadagi Lister shifoxonasining LOR-jarrohi Adam Frosh ham bu fikrga qoʻshiladi. Bunday shoʻrva nafaqat toʻyimli, balki u issiqlik va qulaylik hissini beradi – kasal boʻlganda ayni muddao! Shuningdek, shifokor iloji boricha koʻproq suv ichishni va spirtli ichimliklardan saqlanishni maslahat beradi.
Agar ishtahangiz buzilmagan boʻlsa, unda ovqatlanish oraligʻida siz bir necha hovuch Braziliya yongʻoqlarini isteʼmol qilishingiz mumkin. Amanda Arsellning soʻzlariga koʻra, bu yongʻoqning oʻziga hos hususiyatini tarkibidagi selen moddasi hosil qiladi - bu immunitet tizimi uchun muhim modda. U oqsillarni bogʻlaydi va viruslarga qarshi kurashda yordam beradi.

Kechqurun
Kechki ovqat uchun eng yaxshi taom – achchiq karri. Amanda izohlashicha, ziravorlar burun shilliq qavatini tirnash xususiyatiga ega va burun bitishini yengillashtirib uni tozalashni osonlashtiradi.Shundan soʻng, siz darhol oʻzingizni yaxshi his etishni boshlaysiz.
Koʻpincha,shamollashning dastlabki alomatlarida, odamlar hech boʻlmaganda biron biri foyda berishiga umid qilib, bir guruh dorilarni ichishadi. Ammo doktor Frosh paratsetamol va ibuprofen ichish bilan cheklanishni maslahat beradi. Dozirovka ishlab chiqaruvchiga bogʻliq, shuning uchun qabul qilishdan oldin koʻrsatmalar bilan tanishib chiqing. Ibuprofen tabletkasini tunda qabul qilgan yaxshiroq: uning taʼsiri odatda uzoqroq davom etadi va bu sizning uyquga ketishingizga yordam beradi. Ikkala dori ham bir-biriga oʻxshash tarzda taʼsir qilib, harorat va ogʻriqqa qarshi kurashadilar.
Erta yotish yaxshiroqdir. Uyqusizlik immunitet tizimiga salbiy taʼsir qiladi: himoya oqsillarni ishlab chiqarish kamayadi. Siz kamida 8 soat uxlashingiz kerak, aks holda tananing mudofasi zaiflashadi va kunduzgi harakatlaringiz taʼsiri kichik boʻladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



