Foydali

Pazllar: qachon va kim tomonidan yaratilgan

Pazllar: qachon va kim tomonidan yaratilgan

Bu odam yogʻochdan yasalgan asosga Uels va Angliya xaritasini yopishtirib chiqdi, soʻngra esa uni boʻlaklarga boʻlib, kesib chiqdi. Hosil boʻlgan boʻlakchalarni aralashtirib, geografiya darsida oʻquvchilarga ularni toʻgʻri qilib yigʻishni oʻyin tariqasida tavsiya qilindi. Keyinchalik bu oʻyin usuli taʼlim metodikasi sifatida boshqa fanlarda ham qoʻllanila boshlandi. Koʻp vaqt oʻtmay rasmli boʻlakchalar aristokratlar yigʻiladigan toʻgaraklarning sevimli boshqotirmasiga aylandi.   

Pazllar: qachon va kim tomonidan yaratilgan

Spilsberining boʻlaklarga boʻlingan xaritasi geografik mavzudagi pazllarni yaratish uchun asos boʻldi va ular 1766 yildan boshlab sotuvga chiqarildi. Oʻsha davr rasmli pazllaridan biri bugungi kundaq Britaniya muzeyi eksponatlarining orasida saqlanmoqda.

Pazllar: qachon va kim tomonidan yaratilgan

Ilk xaritali boshqotirmalarni yigʻishni boshlaganlar avvaliga juda qiynaldilar. Pazllarni bir-biri bilan birlashtirish juda musghkul boʻlgan, bitta kichik aniqsizlik esa butun mehnatni chippakka chiqarishi mumkin edi va boshqotirmani boshqatdan yigʻishga toʻgʻri kelar edi. Gap shundaki, boshqotirma muayyan bir rasmga qarab yigʻilmas edi, faqatgina biror joyning nomi aytilar edi, xolos. Shuninh uchun qaysi boʻlakni qayerga qoʻyishni bilish uchun uzoq fikrlashga toʻgri kelar edi. Tabiiyki, bunday vaqtichogʻlik yaxshigina pul turar, shuning uchun ham  oddiy odamlar bu oʻyinga yaqinlasha olmas edilar.

Pazllar: qachon va kim tomonidan yaratilgan

XIX asrda amerikaliklar rasmni karton qogʻozga tushirishni oʻrganganlaridan keyingina pazllar ommalasha boshladi. Oq-qora rangli kartonli suratlar ancha arzon turar edi va asta-sekinliki bilan yogʻochli pazllarni sotuvdan chiqarib yubordi.

Pazllar: qachon va kim tomonidan yaratilgan

XX asrga kelib pazllar juda ommalashib ketdi. Bu nafaqat bolalarning, balki kattalarning ham sevimli mashgʻulotiga aylandi. Bunga Parker Brothers kompaniyasi ayniqsa katta hissa qoʻshdi. Endi pazllar faqatgina siyqasi chiqqan geografik xaritani tasvirlabgina qolmasdan, turli shakldagi har xil rasmli boʻlakchalardan iborat edi. Bu boʻlakchalar bir-biri bilan osongina birikib, turli xil rasmlarni hosil qilar edi. Karton ham noyob xom-asho boʻlmay qoldi va oʻz-oʻzidan pazllarning narxi ham arzonlasha boshladi.

Pazllar: qachon va kim tomonidan yaratilgan

Amerikaliklar Katta depressiya davrida pazllarga koʻproq qiziqa boshladilar. Katta miqdordagi ishsizlar soniga qaramasdan, Amerikada bunday boshqotirmalar sotuvidan kuniga 10 million dollar tushim boʻlar edi.

Pazllar: qachon va kim tomonidan yaratilgan

1932 yilga kelib boʻlakchalardan rasm yigʻishga ishqibozlik misli koʻrilmagan darajaga yetdi. Boshqotirma ishlab chiqaruvchilarining miyasiga ajoyib goʻya keldi: har hafta turli xil mavzulardagi pazllarni yigʻish boʻyicha bellashuv tashkil qilish. Gʻoliblarning ismini esa hafta oxirida yakshanbalik gazetalarda eʼlon qilish. Avvaliga haftalik pazllar 12 ming ekszemplyarda bosilib chiqdi, keyinchalik esa ularning soni 100 va hattoki 200 minggacha ham borib yetdi.

Pazllar: qachon va kim tomonidan yaratilgan

Vaqt oʻtgan sayin pazllarga boʻlgan qiziqish asta-sekin susaya borib, anchayin esdan chiqib ham ketdi. Faqatgina 1950m yilga kelibgina Germaniyaning Ravensburger kompaniyasi bu oʻyinni esga olib, uni yana tiklanishiga sababchi boʻldi. Endilikda bu oʻyin ixlosmandlari rasmni 1000 va hattoki 5000 boʻlakchalardan yigʻishlari kerak edi. 

Pazllar: qachon va kim tomonidan yaratilgan

Mana texnologiyalar rivojlangan XXI asrda ham pazllarga boʻlgan qiziqish saqlanib qolingan. Endilikda bu pazllarni koʻproq internetda yigʻish ommalashgan. Butundunyo oʻrgimchak toʻri, yaʼni internet boshqotirmaning turli xil usullarini taqdim etadi. Bu pazllar nafaqat rasmlari va boʻlakchalarining soni, balki yigʻilish uslubi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Yildan-yilga bu oʻyinning ixlosmandlari borgan sari koʻpayib bormoqda.

Pazllar: qachon va kim tomonidan yaratilgan

Bugungi kunda rasmli boʻlakchalardan deyarli hamma narsani yigʻish mumkin: multfilm qahramonlaridan tortib, shaxsiy suratingizgacha. Rasm boʻlakchali boshqotirmaning mavzusi ham turlicha, ular kattalarga ham, bolalarga ham birdek qiziqarli.

Pazllar: qachon va kim tomonidan yaratilgan
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar