Aqlli odamlar hech qachon qilmaydigan 9 ta ish

1. Ular oʻzining kayfiyatini buzishga imkon bermaydi
Agar sizning qadr-qimmatingiz va kayfiyatingiz yon atrofingizdagilarga bogʻliq boʻlsa, bu sizning baxtingiz sizga tegishli emasligini anglatadi. Aqlli odamlar oʻzlarining yutuqlaridan xursand boʻlishganda, ular boshqalarning fikri va xizmatlarini ushbu quvonchga soya solishiga yoʻl qoʻymaydilar.
Boshqalar nima deb oʻylashi yoki nima qilishidan qatʼiy nazar, bu sizning oʻzingiz haqidagi fikringizga taʼsir qilmasligi kerak. Sizni atrofingizdagi har qanday nuqtai nazarga qaramang, u doimo subyektivdir va narsalarning asl holatini aks ettirmaydi.
2. Ular unutmaydilar
Hissiy savodli odamlar haqoratlarni osongina kechiradilar, ammo bu ularni unutishlarini anglatmaydi. Kechirim - bu noxush vaziyatdan chiqib, yoʻlingizni davom etishni anglatadi. Ammo bu haqoratchiga ikkinchi imkoniyat berilishini anglatmaydi.
Aqlli odamlar boshqa odamlarning xatolarining oqibatlariga tushib qolishni istamaydilar, shuning uchun ular avval kechiradilar va keyin kelajakda shunga oʻxshash vaziyatlardan oʻzlarini himoya qilish uchun keng choralar koʻradilar.
3. Ular pichoq koʻtarib tankga bormaydilar
Aqlli odamlar oʻziga gʻamxoʻrlik qilish qanchalik muhimligini bilishadi, chunki ertaga yangi kun va yangi kurash boʻladi. Ziddiyatli vaziyatda, biz koʻpincha hissiyotlarimizni yoʻqotib, magʻlubiyatga uchrashimiz aniq boʻlgan kurashga shoshilamiz.Oʻz his-tuygʻularini tushunadigan va ularni boshqarishni biladigan har bir kishi, qaysi janglarda ishtirok etish kerakligini va qachon oʻz nuqtai nazaridan qaytmaslikni bilishadi.
4. Ular mukammal boʻlishga intilmaydilar
Hissiy jihatdan yetuk odamlar erishib boʻlmaydigan mukammallikka ustuvor ahamiyat bermaydilar,chunki ular u mavjud emasligini biladilar. Mutlaq mukammallikka intilib, siz doimo umidsizlikni boshdan kechirasiz. Natijada, oʻzingiz xohlagan narsaga erisha olmaganingiz uchun oʻzingizni qiynaysiz va notoʻgʻri qilgan narsalaringiz haqida fikr yuritasiz. Aqlli odamlar buning oʻrniga erishgan yutuqlaridan xursand boʻlishadi.
5. Ular oʻtmishda yashamaydilar
Maʼlumki,muvaffaqiyatsizlik xavf-xatarning va qiyin boʻlgan narsaga erishishga intilishning natijasidir. Aqlli odamlar muvaffaqiyat yutqazishni bilish vaoldinga intilish qobiliylariga bogʻliqligini bilishadi. Ammo eski xatolarga osilishni davom etsangiz, bu mumkin emas. Oʻtmishda yashasangiz, u sizning hozirgi kuningizga aylanadi va sizni kelajakdan mahrum qiladi.
6. Ular muammolarga ahamiyat bermaydilar
Sizning hissiy holatingiz toʻgʻridan-toʻgʻri fikrlashingizga bogʻliq. Hozirgi muammolaringizga haddan tashqri eʼtibor qaratsangiz, siz yomon hissiyotlga berilib, stressli holatga tushib qolasiz. Aqlli va hissiy jihatdan savodli odamlar muammolar haqida emas, balki ularni qanday hal qilish haqida oʻylash kerakligini bilishadi.
7. Ular noliydigan odamlar bilan aloqa qilmaydilar
Nolishni va shikoyat qilishni yaxshi koʻradiganlar oʻz muammolaridan cheksiz rohatlanadilar. Ular oʻzini yaxshi his qilishlari uchun ularga achinadigan rahmdil tinglovchilar kerak. Ulardan uzoqroq boʻlish yaxshiroqdir, aks holda ular sizni oʻzlarining salbiy fikrlariga gʻarq qiladilar.
Nolish oqimini toʻxtatishning yaxshi usuli bunday odamlardan oʻz muammolarini qanday hal qilishmoqchiligini soʻrashdir. Noluvchi yoki jim boʻlib qoladi, chunki ularni hech qanday tarzda hal qilmoqchi emas, yoki oxir-oqibat konstruktiv mulohaza qilishga harakat qiladi.
8. Yomon hislarni ushlab turmaydilar
Gʻazablanganimizda paydo boʻladigan salbiy his-tuygʻular stressga boʻlgan munosabatimizdir. Agar muqarrar tahdid bizga yaqinlashib kelayotgan boʻlsa, bunday xatti-harakatlar omon qolish uchun zarurdir. Ammo hamma narsa orqada qolganida, yashirin xafalik bizga faqat zarar keltiradi. Vaqt oʻtishi bilan bu sogʻliqqa ham taʼsir koʻrsatishi mumkin.Yomonlikni saqlash doimiy stress holatida boʻlish demakdir va aqlli odamlar unday vaziyatdan qochishga harakat qilishadi.
9. Ular bajarishni xohlamagan ishlariga rozilik bermaydilar
Koʻpchiligimiz uchun "yoʻq" soʻzini aytish juda qiyin. Lekin, bu qorqmasdan foydalanishimiz kerak boʻlgan juda kuchli vositadir. Yangi majburiyatlarni oʻz zimmangizga olishdan bosh tortgan holda, siz oʻzingizga amaldagi majburiyatlarni bajarish imkoniyatini berasiz.
Albatta,ushbu roʻyxat toʻliq emas. Ammo, agar siz hech boʻlmaganda ushbu xatti-harakatlarni qilmaslikni oʻrgansangiz, oʻzingiz uchun juda katta xizmat qilgan boʻlasiz.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



