Dunyodagi eng ajoyib koʻllar reytingi

Dominika ittifoqi mittigina orol mamlakat boʻlib, aynan shu yerda Boyling nomli qaynaydigan koʻl joylashgan. Uning nomi ingliz tilidan tarjimaqilinganda ham aynan “qaynovchi” degan maʼnoni bildiradi. Bu shunchaki oʻxshatish emas. Boyling koʻlidagi suv harorati 200 gradus Selsiygacha chiqishi mumkin va bunday vaziyatda u haqiqatan qaynay boshlaydi. Ushbu suv havzasining yana bir oʻziga hosligi shundaki, Boyling maydon kattaligi boʻyicha dunyodagi barcha issiq koʻllar ichida ikkinchi oʻrinda turadi. Koʻl issiq havo taʼsirida sanoqli daqiqalar ichida qaynab ketadi, shu bilan birga suvning harorati 10 gradusgacha ham tushishi mumkin. Bu fasl va ob-havo sharoiti taʼsirida boʻlib oʻtadi, albatta. Koʻlda choʻmilish mutlaqo taʼqiqlangan va hayot uchun xavfli sanaladi.

9 oʻrindan Laguna-Kolorado qonli koʻli oʻrin olgan. Laguna-Kolorado Suv-botqoqlik mulklari konventsiyasiga kiritilgan halqaro miqyosidagi muhim tabiat obʼyektlaridan biri hisoblanadi. 2007 yilda ushbu mineral koʻl yangi yetti moʻʼjiza roʻyxati nomzodlaridan biriga aylangan, ammo ovozlar soni yetarli boʻlmagani sabab tanlov finalidan oʻta olmagan. Tabiat qonunlariga hilof ravishda bu yerdagi suv moviy yoki yashil emas, qizil rangda boʻlib, ajoyib manzaralar va bu yerga maftun boʻlgan flamingolar galasi koʻlga behad noyob koʻrinish hamda oʻziga hos kolorit bagʻishlaydi. Suvning noodatiy rangi kunning turli qismlari va havo haroratiga qarab qizil, yashil va toʻq siyohrang tuslarga kiradi. Bu holatni suvda dengiz oʻtlarining yoʻqligi va tuz, shuningdek togʻ jinsi choʻkindilari pigmentatsiyasi bilan izohlashadi.

Toʻq qizil suv oppoq bura mineralidan tashkil topgan orolchalar bilan fantastik koʻrinish hosil qiladi. Yoz paytida bu yer anchagina iliqlashib qoladi, ammo kechki paytga kelib, havo harorati 0 gradusdan ham pastga tushib ketishi mumkin. Koʻldagi turistik ekskursiyalar odatda aynan iliq mavsumga moʻljallanadi. Sababi shu paytda tabiat manzarasi ajoyib boʻyoqlar bilan goʻzallashadi.
8 oʻrinni portlovchi Nyos koʻli band etdi. Kamerunda joylashgan ushbu koʻl dunyodagi mashhur va sanoqli portlovchi koʻllardan biri. Uning ostida magniy qatlami boʻlib, u koʻlni karbonad angidrid gazi bilan toʻldiradi va uning suvini ham karbonad angidrid gaziga aylantiradi. 1986 yilda bu yerda ulkan gaz portlashi sodir boʻlgan va natijada 1700 ta odam hamda yaqin qishloqlardan 3500 nafar chorva mollari boʻgʻilib oʻlgan. Bu tabiiy hodisa sabab sodir boʻlgan eng yirik asfiktsiya holatidir. Bunday hodisa xavfi dunyoning uchta portlovchi koʻllarida ham bor. Ammo aynan Nyos koʻli takroriy falokat manzili boʻlishi mumkin. Sababi koʻlning tabiiy oʻzani juda moʻrt va yoriqlar borasida nozik.

Reytingimizning 7 oʻrnida Orol dengizi nomini koʻrish mumkin. Orol dengizi bir vaqtlar dunyodagi eng katta koʻllar sirasiga kirgan va ming afsuski ayni kunlarda bu yerda qurib qolgan sahronigina koʻrish mumkin. Uning hududida koʻp vaqtlar avval koʻlning qanchalar ulkan ekanligini bildirgancha suv yuzasida suzib yurgan va bugungi kunda zang bosgan kema qoldiqlari ham koʻzga tashlanadi. 1960 yildan boshlab orol sobiq Sovet ittifoqiga tegishli irrigatsion loyihalar sabab kichkinalashib borgan. Loyihalar koʻlni suv bilan taʼminlab turgan daryolar yoʻnalishini boshqa tomonga oʻzgartirishni ham oʻz ichiga olgan edi. Hududning baliqchilik xoʻjaligi va ekotizimi singan, Orolning qurishi esa koinotning eng yomon tabiiy halokatlari qatorida tan olingan.

Reytingimizning 6 oʻrni Don-Juan koʻliga tegishlidir. Antarktidaning gʻarbiy qismida joylashgan Rayt vodiysida shimoliy yarimsharning eng shoʻr suvga ega boʻlgan havzasi joylashgan. Uning shoʻrligi 402 promillga teng boʻlib, bu Oʻlik dengizisuvining shoʻrligidan 65 promill va okeanlar shoʻrligidan 18 barobar koʻproqdegani. Boshqa shoʻr suvli Antarktida koʻllari qatorida Don-Juan ham hech qachon muzlamaydi, hattoki uning harorati - 53 darajaga tushib ketsa ham!
Koʻl ilk bor 1961 yilda vertolyotchilar Don Moro va Jon Xikkilar tomonidan topilgan,soʻng aynan ularning ismi sharafiga nom olgan.
Tadqiqotlar paytida koʻl yer osti suvlari maskani sifatida qayd etilgan. Koʻl joylashgan Rayt vodiysi juda quruq tabiatli va bu yerda kuchli shamol hamda quruq havo kuzatiladi. Aynan shuning uchun ham atrofdagi muzliklardan hosil boʻlgan koʻl suvi bugʻlanib, uzoq muddat davomida oʻzida mineral moddalarni jamlaydi. Million yillar davomida Rayt vodiysida quruq vodiylar kabi maʼlum sharoitlar saqlanib qolgan, buning natijasida esa tuz va boshqa mineral moddalar kontsentratsiyasi vujudga kelgan.

Oʻlik dengizi - dunyodagi eng chuqur gipergalin koʻl hisoblanadi. Bu yerdagi suv unda tirik jonzotlar hayot kechirishi uchun juda shoʻrlik qiladi, aynan shu sababli ham u Oʻlik dengizi deya atalgan. Koʻl yuzasi dengiz sathidan 415 metr chuqurlikda joylashgan, bu esa uning dunyodagi eng chuqur gipergalin koʻl boʻlishini taʼminlab beradi. Oʻlik dengizining suvi tarkibidagi tuzlar miqdori sabab bu yerda choʻmilish juda qiyin, ammo oqim bilan suzish oʻta yoqimli! 20 asr oʻrtalarida Isroilda joylashgan Oʻlik dengizi gʻorlaridan injil oʻramlari topilgan. Ularning bir qismi bu yerdagi noyob iqlim sharoiti tufayli saqlanib qolgan. Oʻlik dengizi shuningdek Iordan mamlakatini ham chegaralab turadi.

Roʻyxatimizning 4 oʻrnidan Taal koʻli oʻrin oldi. Ushbu koʻl Fillippin oʻlkasida joylashgan va alohida diqqatga sazovor. Bu koʻl markazida Vulqon nomi bilan ataluvchi orol bor. Vulqonning kraterida ham yana bir kichik koʻl boʻlib, ushbu kompleks koʻl ichida joylashgan orol ichidagi koʻl sifatida mashhur. Ushbu ajoyib ketma-ketlik shuning oʻzi bilan tugamaydi. Eng qizigʻi, kichik koʻl markazidaVulqon-point deya ataluvchi yana bitta mittigina orolcha ham bor. Bunisiga nima deysiz?

Roʻyxatning 3 oʻrnidan Balxash koʻli oʻrin olgan. Balxash Qozogʻistonda joylashgan boʻlib,u kattaligi boʻyicha dunyoda 12 oʻrinda turadi. Ammo uning qiymatini oshiruvchi jihat bu emas. Ushbu koʻl suvining yarmi chuchuk suv, teng yarmi esa shoʻr suvdan iborat. Koʻlning ikki qismini eni 3,5 kilometr va chuqurligi 6 metr keladigan ingichka yer boʻlagi ajratib turadi. Balxash koʻlining ham Orol dengizi kabi qurib qolish xavfi bor. Ayni paytda uni suv bilan taʼminlab turadigan manbalar oʻzanini oʻzgarmoqda.

Ikkinchi oʻrinda ikki tomonga oqadigan Tonlesap koʻli nomini koʻrishingiz mumkin. Ushbu noyob ekotizim Kambodjada joylashgan va uni koʻl ham, daryo ham deyish qiyin.Yilning quruq mavsumlarida Tonlesap suvlari Mekong daryosiga qarab oqadi,mussonlar paytida esa oqim shunchalar kuchli boʻladiki, suvni qaytarib koʻlga olib keladi. Natijada janubi-sharqiy Osiyodagi eng katta chuchuk suvli koʻl hosil boʻladi. Koʻl yiliga ikki marta oʻz oqim yoʻnalishini oʻzgartiradi va shu sababli hudud noyob tabiat rang-barangligini taʼminlagan maskan sifatidaYUNESKO biosferasi deya tan olingan.

Reytingimizning mutlaq gʻolibi - Baykal koʻlidir. Rossiyaning ushbu ulkan suv havzasi dunyodagi eng qadimiy va chuqur koʻl hisoblanadi. Bundan tashqari u kattaligi boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadi, shu bilan birga suvi eng toza koʻl ham hisoblanadi. Nomaʼlum sabablarga koʻra koʻl 250 000 000 yil davomida suvini toʻliq holatini saqlab qolishga erishgan boʻlib, u oʻzida butun Yerning yuzining 20% chuchuk suvini jamlagan. Koʻlda yashovchi jonivorlarning 2/3 qismini dunyoning boshqa hech bir burchagida uchratmaysiz. Koʻl YUNESKOning halqaro meroslar roʻyxatiga kiritilgan. Baykal Osiyo markazida, Irkutsk viloyati va Buryatiya respublikasi chegarasida joylashgan boʻlib, janubi-gʻarbdan shimoli-sharq tomon 620 kilometrga yarimoy shaklida choʻzilgan.
Suv havzasining eni 24 kilometrdan 79 kilometrgacha oʻzgarib turadi. Baykal tubi dunyo okeani sathidan 1167 chuqurlikda joylashgan, suvning ochiq qismi esa 356metr balandlikda. Baykalning suv yuzasi maydoni 31722 kilometrga teng boʻlib, bu Belgiya va hatto Niderlandiya maydoni bilan barobar deganidir. Suvning ochiq qismi maydoni boʻyicha Baykal dunyoning eng katta koʻllar qatorda 7 oʻrinda. Suv yigʻiladigan maydon 57000 kilometrga teng keladi, qirgʻoq chizigʻi uzunligi esa 2000 kilometr. Koʻl oʻziga hos havzada joylashgan boʻlib, har tomoni togʻ choʻqqilari va tepaliklar bilan oʻralgan. Bunda gʻarbiy qirgʻoq tepalik va qoyalardan tashkil topgan boʻlsa, sharqiy qirgʻoq relefi togʻlarning qiyaroq qismlariga toʻgʻri keladi va qirgʻoqdan oʻn kilometr uzoqlikda joylashadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



