Qiziqarli

Qadimda ajdodlarimiz kundalik turmushdagi ehtiyoj va muammolarini qanday hal qilganliklarini bilasizmi?

Qadimda ajdodlarimiz kundalik turmushdagi ehtiyoj va muammolarini qanday hal qilganliklarini bilasizmi?
Qadimda ajdodlarimiz kundalik turmushdagi ehtiyoj va muammolarini qanday hal qilganliklarini bilasizmi?

XIX asrda kiyimlarning choʻntaklari boʻlmagan, sumkalar ham hali urfga kirmagan edi. Shuning uchun ham ayollar oʻzlari bilan olib yurishlari kerak boʻlgan mayda-chuyda narsalarini shatlenga qistirib olib yurar edilar. Shatlen fransuzcha soʻz boʻlib, “saroy xonimi” degan maʼnoni beradi. Bu zanjirli oʻziga xos taqinchoq boʻlib, aksessuar vazifasini ham bajarar edi. Bu zanjirning qichqichlari boʻlib, unga kalit, hamyoncha, soat, qaychi, yozuv daftari, atir, kosmetika va boshqa shunga oʻzshash mayda chuyda narsalar qistirilar edi. 

Shatlen huddi hozirgi zamonning sumkalari vazifasini bajarar va urfga kirgan edi. Shatlenlarning bir necha xillari mavjud boʻlgan: kundalik turmush uchun, sport shatlenlari va turli marosimlarga taqiladigan shatlenlar boʻlgan. Bizning davrimizgacha faqatgina brosh-shatlenlar yetib kelgan, xolos.

Qadimda ajdodlarimiz kundalik turmushdagi ehtiyoj va muammolarini qanday hal qilganliklarini bilasizmi?

1939 yilda Monrealda ayollarning makiyaji yomgʻirli kunda oqib ketmasligi uchun biror-bir usul topishga harakat qilish boshlandi. Va nihoyat buning uchun maxsus shaffof konusdan foydalanishni oʻylab topdilar: bu konus ayolning yuziga taqilar va yomgʻir tomchilarining yuzga tushishiga toʻsqinlik qilar edi. Bu usulning bir muncha kamchiliklari bor edi – konus bir pasda terlab ketar, uchrashuvlarga toʻgʻri kelmas va umuman bemaʼnidek koʻrinar edi. Biroq shunga qaramasdan, koʻpchilik ayollar bunday konuslarni ishlatishdan bosh tortmaganlar. 

Qadimda ajdodlarimiz kundalik turmushdagi ehtiyoj va muammolarini qanday hal qilganliklarini bilasizmi?

1723 yilda Angliyada koʻplab yongʻinlar kelib chiqqan. Kimyogar Ambroze Godfrey aholi yongʻinni osongina bartaraf etish moslamasini yaratdi. Harden Star nomli bu moslama oddiy granata edi.

Sharsimon kolbaga olovni oʻchiradigan suyuqlik va ichiga pirox solingan qalayi kolba joylashtirilgan edi. Granatani olovga otganda, porox portlar va shu bilan olovni oʻchiradigan suvni atrofga purkar edi. Bu usul yaxshi natija koʻrsatibgina qolmasdan, ajoyib koʻrinishga ham ega edi. Toʻgʻri, bu moslama zamonaviy oʻtoʻchirgichlardek xavfsiz boʻlmagan boʻlsada, har holda oʻsha davrlarda odamlarning mushkullarini oson qilgan.

Qadimda ajdodlarimiz kundalik turmushdagi ehtiyoj va muammolarini qanday hal qilganliklarini bilasizmi?

XVI asrda tabib Jak Gullemo ayollarning homiladorligini ularning nigohi va koʻzlariga qarab aniqlay olish usulini oʻylab topgan. Gullemoning taʼkidlashicha, homilador ayolning koʻzlari chuqurroq joylashgan, qorachiqlari toraygan, qovoqlari osilgan boʻlib, koʻzlarning burchagidagi pay esa shishgan boʻlar ekan. 

Bir eshitganda ishonish qiyin boʻlgan bu maʼlumotlar oʻsha davrda ish bergan. Bugungi kunga kelib, olimlar haqiqatdan ham ayollarning homiladorlik davrlarida koʻrish qobiliyatlari oʻzgarishini aniqladilar. Biroq buni zamonaviy texnika yordamisiz aniqlash mushkul.

Qadimda ajdodlarimiz kundalik turmushdagi ehtiyoj va muammolarini qanday hal qilganliklarini bilasizmi?

Mana qariyb 2 000 yildan beri odamlar elektroterapiyadan foydalanib kelmoqdalar. Elektr moslamalarining ixtiro qilinishidan avval esa elektr skatlardan foydalanish samarali natija bergan. Masalan, kuchli ogʻriqda yoki jarrohlik amaliyoti davrida anesteziya sifatida. 

Eramizdan avvalgi 46 yilda esa rimlik shifokor Skriboniy Largus elektr skatlar podagra kasalligini davolashda foyda berishini aniqladi. Keyinchalik u elektr skatlar orqali migrenlarni va hattoki bavosil kasalligini ham tuzatishga muvaffaq boʻldi. 

Qadimda ajdodlarimiz kundalik turmushdagi ehtiyoj va muammolarini qanday hal qilganliklarini bilasizmi?

Agarda siz XIX asr jentelmeni haqida oylashni boshlasangiz, albatta moʻylovli va qoʻlida qahvasi boʻlgan erkak kishini koʻz oldingizga keltirasiz. Toʻgʻrida, u davrlarda moʻylovlar urf boʻlgan, faqatgina koʻp noqulayliklarga sababchi boʻlgan. Shuning uchun ham 1870 yillarda ingliz fuqarosi Harvi Adams moʻylovlarni quruq boʻlib qolishini taʼminlovchi maxsus chashkalarni oʻylab topdi. 

Bu haqiqiy shov-shuv boʻldi, idishlar bir haftaning oʻzidayoq sotib tugatildi. Koʻp oʻtmay esa bu ixtiro Yevropa boʻylab tarqala bordi, va koʻpgina kompaniyalar shu kabi idishlar ishlab chiqara boshladilar. Masalan, uyqu vaqtida moʻylovning shakli buzilmasligini taʼminlovchi bogʻlam va shuningdek moʻylovga ovqat tegishidan saqlovchi qoshiqlar ham boʻlgan.

Qadimda ajdodlarimiz kundalik turmushdagi ehtiyoj va muammolarini qanday hal qilganliklarini bilasizmi?

XX asrning boshlarida odamlar koʻp vaqtlarini tabiyat qoʻynida oʻtkazishni yaxshi koʻrar edilar. Dam olishga chiqqandan keyin ovqat pishirish kerak, olov oldirib, taom tayyorlash esa ancha mushkul. Shuning uchun odamlar boshqa narsa oʻylab topganlar. Koʻpchilikning mashinasi boʻlgan, shundan foydalanib, odamlar mashinadan chiqayotgan gaz yordamida ovqat pishirishni yoʻlga qoʻydilar. Gap shundaki, mashinadan chiqayotgan issiq gaz yordamida ovqatni isitish yoki bir soat ichida yangi taom tayyorlash mumkin edi. 

Bu ixtiro tezda ommalashdiyu, biroq uzoqqa bormadi. Ehtimol, odamlar bunday tayyorlash usuli zararli ekanligini darrov fahmlab yetkan boʻlsalar kerak. 

Nima deb oʻylaysiz, yuz yildan keyin zamonaviy ixtirolardan qay biri kulgili tuyular ekan-a?    

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar