Siz har kuni yoʻl qoʻyib kelayotgan 10 moliyaviy xato

Pul hisobni yaxshi koʻrdi. Bu oddiygina ibora emas, balki harakat qilish uchun qoʻllanma! Sizning sarf-xarajatlaringizni nazorat qilmaguningizcha, mablagʻlar qayerdan oqib chiqayotganini bilmaysiz va kerak boʻlganda ham sarf-xarajatlarni kamaytira olmaysiz.

Barcha xarajatlarni tez va osonlik bilan qayd etishga imkon beradigan juda qulay ilovalar mavjud. Agar bu odatga aylantirilsa, siz bunga alohida ahamiyat berishdan soqit boʻlasiz, ammo har oy siz pulni qanday sarflaganingizni koʻrishingiz mumkin. Kelgusi oyda esa keraksiz sarf-xarajatlarni chiqarib tashlashga imkon beradi.

Har kuni 10000-15000 soʻmni tejab, oy oxirida uzoq vaqtdan beri orzu qilgan biror narsangizni sotib olish yoki yaqinlaringizga biror sovgʻa qilishingiz mumkin.
Har kuni bunday oz miqdorda pul ajratishga qaror qilgandan soʻng, hayotingizning sifati keskin yomonlashishidan qoʻrqmang. Amalda, farqni hatto his qila olmaysiz ham,chunki oʻzingizga kerakli boʻlgan va deyarli kerak boʻlmagan hamma narsani sotib olaverishni davom ettiraverasiz. Biroq, oyning yoki yilning oxirida odatdagidan koʻra koʻproq pul sarflashingiz mumkin. Shunda oʻzingizning harakatingizga baho bering.

Chegirmalardan foydalanish nafaqat yoqimli (siz tizimni “aldab”, u sizga sotishga harakat qilgandan koʻra arzonroq boʻlgan mollarni sotib oldingiz) balki juda foydalidir ham. Mahsulotlarni arzon narxlarda sotib olish, kinoga narxining yarmi narxiga tushish, restoranlar, kafelar hamda yetkazib berish boʻyicha maxsus xizmatlardan foydalanishning hech qanday uyatli joyi yoʻq.

Siz boshqalarning koʻziga kambagʻalroq yoki “zoti past” boʻlib koʻrinmaysiz - ularning koʻpchiligi sizning pragmatik yondashuvingizni qadrlashadi.

Garderobingizni mavsumdan tashqari yangilash oʻzingiz uchun yaxshi odat boʻlib qoladi: yozdaqish poyafzallari odatda arzonroq boʻladi, bir necha oydan keyin esa albatta asqatadi.

Doʻkonga och va kerakli maxsulotlar roʻyxatisiz kirish allaqachonlardan beri ovsarlik hisoblanadi. Yeya olmaydigan darajada koʻp oziq-ovqat harid qilasiz va buning natijasida pulni behuda sarflaysiz.
Agar roʻyxatli varaqchalarni doimo unutib qoʻysangiz, qaydlarni mobil ilovada saqlang. Shunday qilsangiz, kerakli mahsulotlar roʻyxati doimo yoningizda boʻladi va juda koʻp narsa sotib olish vasvasasi kamayadi.

Bugungi kunda tranzaksiya atigi bir necha soniya davom etadi, buning yahshi tomonlari bilan birga kamchilik tomonlari ham bor. Biz kartani hech ikkilanmasdan terminalga solamiz - va pul hisobdan uchadi - ketadi. Bunday holda, albatta, biz eng zarur narsalar bilan ularsiz ham tinchgina yashay oladigan narsalarni ajratishga eʼtibor bermay qolamiz.

Jiddiy xaridlarni taʼsirchanlik ostida qilmang! “24 soat” qoidasiga amal qiling: Agar bir kundan keyin ham siz biror narsa sotib olishga yoki xizmat uchun haq toʻlashga tayyor boʻlsangiz, toʻlashingiz mumkin. Ammo koʻp hollarda siz kechagi gʻoyadan voz kechasiz.

Buni qarang, xarajatlarni qisqartirmasdan, va hatto aksincha yoʻl tutsa ham foydaga kirish mumkin ekan. Bugungi kunda koʻpchilik banklar keshbekli hisob-kitob kartalarini taqdim etmoqdalar. Ularning kuchli va zaif tomonlarini taqqoslash va mos boʻlganini ishga solish qoladi, xolos.
Odatda, keshbek koʻpaytiriladigan toifalarni tanlash mumkin. Masalan, agar siz mashinada yursangiz, benzinga sarf qilingan pul miqdoridan yirik foizini hisobga qaytarish qulay boʻladi.

Internet va televideniyedagi reklama isteʼmolchilarning xohishlariga taʼsir qiladi. Biz aynan shu rolikdagi yoqimtoy sohibjamol ishlatadigan tish pastasini xarid qilmoqchi boʻlamiz. Va buning uchun mahsulot oʻziga oʻxshashlaridan faqatgina narxining qimmatligi bilan farq qilishini zarracha ham oʻylab koʻrmaymiz.

Isteʼmolga nisbatan mulohazaliroq yondoshing, va haridni dongi chiqqaniga qarab emas, sifatiga asoslangan holda tanlang. Bu brend uchun ortiqcha toʻlov qilishingizni oldini oladi.

Ish uchun ishlash - qahramonlarcha yondashuv, lekin u zinhor amaliy emas! Har qanday mehnat uchun haq toʻlanishi kerak. Ish haqqi esa oʻzingiz ham "Ha, men haqiqatdan ham shunga loyiqman", deb tan olishingiz mumkin boʻlgan darajada boʻlishi kerak.
Sizga toʻliq hayot bilan yashash imkonini bermaydigan kam haq toʻlanadigan ishlarda ishlashni davom ettirib, oʻzingizni kundalik quvonchlardan mahrum qilasiz. Irodangizni jamlab olib oʻzingiz uchun sizni haqiqiy mutaxassis sifatida baholaydigan, mehnatingiz uchun kartangizga keladigan minnatdorchilik esa oʻzingizga mos keladigan yangi joyni toping.

Sizning vaqtingiz va kuchingiz sizning koʻproq narsalarga erishishga imkon beruvchi qimmatli va qayta tiklanmaydigan manbalardir. Agar siz ularni behuda sarflamasangiz, albatta.
Hatto kuniga 8 soat ishlashingizga qaramay ham, qoʻshimcha daromad olish imkoniyatlarini topishingiz mumkin.
Masalan, taksi xizmatiga joylashib olib, ishdan qaytayotgan paytingizda odamlarni eltib qoʻyish, uyda qatiq uyutib, salatlar, xolodes tayyorlab, pishiriqlar pishirib qoʻshnilarga sotish (mutlaqo notanish boʻlgan shaxsdan sotib olgandan koʻra, bajonidil aynan sizdan sotib oladi), yoki oʻz sevimli mashgʻulotingizdan pul toping.

Agar ishingiz uzoq muddatli stressga aylangan boʻlsa, ish jarayoni esa allaqachonlardan beri sizni qoniqtirmasa va hammasidan keyin zoʻrgʻa erishgan pulingzni sarflashni istamasangiz, bu tashvishlarga sabab boʻladi.
Salomatlik bilan yaxshi kayfiyat boʻlmasa - qolgan narsalar ham boʻlmaydi. Sport bilan shugʻullanishga, uyquni nazorat qilishga, oʻz vaqtida vitaminlarni qabulqilishga erinmang - doimo yaxshi koʻrinishda va tetik boʻlishingiz uchun kerak boʻlgan hamma narsani qiling!

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



