Milliarderlar har kuni qiladigan 6 ta mashgʻulot


1. Ishga taʼluqli boʻlmagan kitob oʻqish
Oʻqishning koʻplab afzalliklari bor. Bu tashqi dunyoga boshqa nuqtai nazardan qarashga imkon beradi. Shuningdek, kitoblar oʻzingizni boshqa odamning oʻrniga qoʻyish qobiliyatini rivojlantiradi va bu haqiqiy rahbar uchun juda zarurdir. Sizning vakolatlaringiz doirasidan tashqarida boʻlgan yangi bilimlarni olish juda foydali.
Shuning uchun, tadbirkor va muhandis Ilon Musk ilmiy fantastika va biografik asarlarni albatta oʻqish roʻyxatiga kiritadi. "Rolling Stone" jurnaliga bergan intervyusida u shunday dedi: "Meni kitoblar oʻstirdi. Avvalo kitoblar,keyin ota-onam."

2. Qulatlik zonasidan tashqariga chiqish
Sizga imkonsiz tuyulgan narsalarni qilishga oʻzingizda jasorat toping. Bu sizning rivojlanishingiz belgisidir. Aks holda, siz koʻp narsaga erisha olmaysiz.
Agar siz ommaviy nutqni yomon koʻrsangiz, kelgusi uchrashuvda birinchi boʻlib gapiring. Xattoki siz qattiq asabiylashsangiz ham - ortga chekinmang. Shunchaki buni bajaring va oʻzingizni yengil his qilishni boshlaysiz.
Qoʻrquv va oʻsish birga mavjud boʻla olmaydi.Ulardan biridan qutulish kerak.

3. Sport bilan shugʻullanish
Tom Korli, "Boy odamlarning odatlari" kitobining muallifi, muvaffaqiyatli odamlarning jadvalini oʻrganish uchun besh yil sarfladi. Va u ularda umumiy-jismoniy mashqlarni topdi. Koʻp pul topishga muvaffaq boʻlganlarning koʻpchiligi kundalik ish jadvaliga sport bilan shugʻullanishni qoʻshishgan.Masalan, Opra Uinfri, Sheril Sandberg va Richard Branson.
Korlining fikriga koʻra oʻzida yugurish, yurish yoki boshqa aerobik mashqlarni bajarishni odat qilganlar bir qator afzalliklarga ega: ularda IQ koʻrsatkichi, iroda, oʻziga ishonch yuqoriroq va jismoniy energiyaga 20% ga koʻproq.
Bundan tashqari, tadqiqotlar boʻsh vaqtlardagi jismoniy faollik umr koʻrish davomiyligini 4,5 yilga uzaytiradi deb koʻrsatdi, hatto kunlik jismoniy mashqlarning ozgina qismi ham hayotingizni sezilarli darajada uzaytirishi mumkin.

4. Boshqalarga yordam berish
Muvaffaqiyatga yolgʻiz erishish mumkin degan gap shunchaki afsona. Muvaffaqiyatli odamlar yordam qanchalik muhimligini tushunishadi. Ayniqsa, unga muhtoj boʻlganlar uchun.
2010-yilda Microsoft korporatsiyasining yaratuvchisi Bill Geyts, uning rafiqasi Melinda va yirik investor Uorren Baffet “The Giving Pledge” xayriya kampaniyasini boshlashdi. Unda ishtirok etgan holda, badavlat odamlar va oilalar oʻz boyliklarining kamida yarmini xayriya faoliyatiga topshirishga axloqiy majburiyat olishadi. Masalan, ular qashshoqlikni kamaytirish va sogʻliqni saqlashni rivojlantirishda qatnashadilar.
Agar siz kimgadir yordam berish yoki xizmat uchun pul toʻlashga juda band boʻlsangiz, demak muvaffaqiyatga erishish uchun ham vaqtingiz yoʻq.
Siz katta mablagʻ sarflashingiz shart emas. Siz oddiy narsalarni qilishingiz mumkin: band boʻlgan hamkasblaringizga yordam bering yoki keksa odamgam qoʻlidagi xaridini olib borishga yordam bering.

5. Doimiy kurash
Bir paytlar basketbolchi Maykl Jordan: "Men gʻalaba qozonish uchun oʻynayman - mashgʻulot paytidami yoki haqiqiy oʻyin paytida. Menga va gʻalaba qozonish istagimga hech narsa toʻsqinlik qilishiga yoʻl qoʻymayman." U uzoq yoʻlni bosib oʻtdi: u bir paytlar basketbol maktabining jamoasidan haydalgan, ammo bu unga professional basketbolchi va tarixdagi eng yuqori haq toʻlanadigan sportchi boʻlishiga toʻsqinlik qilmagan.
Kechirishni va xafalikdan voz kechishni oʻrganing: ular sizga juda xalaqit berishi mumkin.Ammo sizning raqiblaringiz va tanqidchilaringiz (yoki hatto nafratlanuvchilar)tomonidan tan olinishni istash kuchli turtki boʻlishi mumkin. Bu sizni muvaffaqiyatga erishish uchun qoʻlingizdan kelganini qilishga majbur qiladi. Bu odamlarning barchasi nohaq boʻlganligini isbotlashga turtki beradi.

6. Tez-tez sayr qilish
Amerika Psixologik Assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, toza havoda sayr qilish ijodkorlikni rivojlantiradi va muammolarni hal qilish qobiliyatini yaxshilaydi.
Agar sizning ish joyingizda yangi gʻoyalarni oʻylab topish juda muhim boʻlsa, ofisdan tashqariga chiqish imkoniyatiga ega boʻlish foydali boʻladi.Buni tez-tez bajaring.
Korxona rahbarlari piyoda sayr qilish davomida ish uchrashuvlarini oʻtkazishni yaxshi koʻradilar. Mark Tsukerberg, Virgin Group asoschisi Richard Branson, LinkedIn direktori Jeff Vayner va Google bosh direktori Sundar Pichai shunday qilishadi.
"Menimcha,bu darhol biznesga kirishish, qaror qabul qilish va kelishuv qilishning tezkor usuli", deb yozadi Branson oʻz blogida.
Shuning uchun, smartfoningiz oldida oʻtirishni toʻxtating - tashqariga chiqing, sayr qiling va shunchaki oʻylang.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



