Foydali

Pardozdagi 10 xato

Pardozdagi 10 xato

Har tong koʻzgu qarshisiga joylashib olgancha qoʻlostingizdagi pardoz vositalari ila yuzingizga oro berish barcha ayollar qatorisiz uchun odat tusiga kirgan boʻlsa ajablaymaymiz. Bir qarashda oʻta maydakoʻrinsa ham, oʻzgalar qiyofasida nazar tashlasangiz, pardoz borasidagixatolarning naqadar hunuk va yoqimsiz ekanligiga amin boʻlishingiz mumkin.Notabiiy yuz terisi, haddan ortiq qizil yonoqlar, asl nusʼhasidan asar hamqolmagan qoshlar, pirpirasa qoshlardan ham balandroqqa yetguvchi kiprik,yaltiroq lab boʻyogʻi ila obdan pardoz qilingan lablar ayol kishi haqidagi iliqtaassuortlarni bir zum ichida chippakka chiqarishi hech gap emas. Ana shundayyoqimsiz vaziyatlardan holi boʻlishni istasangiz pardoz bobidagi 10 ta engqoʻpol xato ila tanishing va ularning aslo takrorlanmasligini uchun harakatqiling. 

Pardozdagi 10 xato

Qoramagʻiz qizlarning oppoq koʻinish maqsadida oʻz terisirangidan bir necha bor och tusdagi tonal krem surtib olishlarini koʻp borakuzatgan boʻlsangiz ajab emas. Boʻyinva yuz terisi rangi orasidagi tafovut sizning did borasidagi salohiyatingizdandarak berib turadi. Shu sababli tonal krem rangini tanlashda oʻta ehtiyotkorboʻlish tavsiya etiladi.

Pardozdagi 10 xato

Tashqi koʻrinishingiz va hatti-harakatlaringiz qanchalar chiroyli boʻlmasin, hajm siz va parvarishlanmagan soch “dangasa” tamgʻasiga ega boʻlishingiz uchun yetarli. Toʻgʻri, ayrim paytlarda haddan ortiq charchaganimiz sabab bosh yuvishga kuch topa olmaymiz. Ammo tong chogʻi har qachongidan 20 daqiqa ertaroq turib, soch turmaklash uchun imkon topilsa kerak?! Nima dedingiz?! 

Pardozdagi 10 xato

Goʻzal koʻrinish uchun asl qoshlaringizdan voz kechgan holda qalam bilan ingichka chiziq chizib olishingiz shart emas. Tabiiylik doimo hurmat shohsupasining yuqori oʻrinlarini egallab kelgan va bu qoshlaringizning tabiiy koʻrinishiga birozgina ishlov berishingiz uchun yetarli sabab, nazarimizda.

Pardozdagi 10 xato

“Qosh boʻyashga vaqtini ketkazib yuramanmi? Uning oʻrniga tatuaj qildirib olaman!” deya bong urayotgan opa-singillar! 

Tabiiy goʻzalligingizni hech narsaga almasha koʻrmang! Siz vaqt tejash maqsadida afzal koʻrgan tatuaj boʻyoqlari vaqt oʻtib, koʻk, yashil, eng soʻnggida siyohang tusga kiradi. Bora-bora qoshlaringiz oʻrnida boʻyoq emas, rangli dogʻlar aks etadi. 

Pardozdagi 10 xato

Kipriklar - tashqi koʻrinishning eng muhim detallaridan biri. Shu sababli ularni tush yordamida haddan ortiq boʻyashga odatlanmang! Koʻchaga otlanishdan avval tush choʻtkasi yordamida ularga bir necha bor boʻyoq tekkazishingizning oʻzi kifoya.

Pardozdagi 10 xato

Lablarni tonal krem ila pardozlash urfi allaqachon oʻtib ketgan boʻlsa ham, ahyon-ahyonda bunday tajribaga qoʻl uruvchi ayollar hamon uchrab turadi. Pardoz ustalari bu borada lablar pardozi uchun tonal kremdan mutlaqo foydalanmaslikni tavsiya etadilar. Bu lablaringiz terisining qurib ketishiga olib keladi va labdagi chiziqlar krem bilan toʻlib qolgancha, oʻta yoqimsiz koʻrinish hosil qiladi.

Pardozdagi 10 xato

Oʻta yorqinrangli ten bilan butun qovoq sohasini boʻyab olish yuzingizni asl goʻzallik tushunchasidan uzoqlashtiribgina qolmay, kulguli koʻrinish baxsh etadi. 

Pardozdagi 10 xato

Koʻzning pastki shilliq qismini boʻyash koʻzlaringizni bodomsimon holatga olib kelsa ham haddan ortiq kichik koʻrinishiga sabab boʻladi. Shu tufayli pardoz ustalari qovoqning shilliq qismini emas, kipriklar chizigʻini boʻyash kerak deya taʼkidlaydilar.

Pardozdagi 10 xato

Kunning ikkinchi yarmiga kelib, kipriklaringizdagi tush qurigancha qovoqlarga toʻkila boshlaydi, bu esa koʻz atrofida qora halqalarning paydo boʻlishiga olib keladi. Bunday muammoni cheklab oʻtish maqsadida yuqorida taʼkidlanganidek kipriklarni haddan ortiq boʻyash tavsiya etilmaydi. 

Pardozdagi 10 xato

Koʻzlaringizni aslidan kattaroq koʻrsatish maqsadida podvodka yordamida qora qiziq tortsangiz-u, chiziq kipriklaringiz ila birlashmasa, ulr orasidagi boʻshliqni qala yordamida ehtiyotkorlik bilan boʻyab yuboring va uing ustidan yana bir bor podvodka yurgizing.

Pardozdagi 10 xato
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar