Oshxona

Hotirani kuchaytirish borasida samarali 10 usul

Hotirani kuchaytirish borasida samarali 10 usul

Krossvordlar, hayolda sanash, mantiqiy  vazifalarga yechim topish, sheʼrlarni yodolish, chet tillarini oʻrganish - miya faoliyatini aʼlo darajda ragʻbatlantiradi. Bundan tashqari ular hotirani yaxshilovchi eng oddiy va samarali usullar hamdir.

Hotirani kuchaytirish borasida samarali 10 usul

Amerikalik olimlarning hulosa qilishlaricha, taomnomaga kiritilgan uzum sharbati hotirani 20% ga yaxshilaydi. Uzum sharbati tarkibida koʻplab antioksidantlar boʻlgani bois u miyani yoshartirish xususiyatiga ega. 

Hotirani kuchaytirish borasida samarali 10 usul

Piyoda sayr qilish, loʻkillab yugurish, raqslar - bularning barchasi tanani chiniqtirish bilan bir qatorda miya faoliyatini yaxshilash uchun xizmat qiladi. Bunday faollik miyaga kislorod yetib borishini taʼminlaydi va maʼlumotlarni yaxshiroq eslab qolishga yordam beradi. Bilasizmi, Franklin Ruzvelt maʼlumotlarni ajoyib usulda eslab qolgan ekan. Buning uchun u yangi tanishgan insonlarining qiyofasini ularning ismlari peshonasiga yozilgan holatda hotirasiga muhrlar, keyingi safar koʻrganida ana shu peshonadagi yozuvbilan tanishining ismi ham esiga tusharkan. Ushbu “nou-xau”ni oʻzingizda ham sinab koʻring. 

Hotirani kuchaytirish borasida samarali 10 usul

Biror maʼlumotni, masalan telefon raqamlari, manzil yoki ismni ovoz chiqarib aytgan paytimizda ularni eslab qolish imkoniyati kattalashadi.

Hotirani kuchaytirish borasida samarali 10 usul

Keraklicha uyqu -salomatlik garovi. Toʻyib uxlagan insonlar koʻproq yashashlari ham ilmiy tomondan isbotlangan. Uyqu paytida inson organizmi boʻshashgan holatda boʻladi, yosharish gormonlari faollashib ketadi.Toʻyib hordiq olgan organizm bilan inson uyquga toʻymaydigan insonlarga nisbatan maʼlumotlarni ikki marta tezroq va yaxshiroq eslab qoladi.

Hotirani kuchaytirish borasida samarali 10 usul

Meditatsiya, yoga, uqalash muolajalari ham diqqatni biryerga jamlash borasida beqiyosdir.

Hotirani kuchaytirish borasida samarali 10 usul

Har tong uygʻonganingizdan keyin koʻzlaringizni turli tomonlarga 30 soniyadan harakatlantiring. Bu hotirani 10% ga yaxshilab berishitan olingan fakt. Mashqlar paytida miya yarimsharlari bir-biri bilan uygʻunlikda ishlaydi. Biror muhim maʼlumotni eslab qolishingiz kerak boʻlsa, uni oʻrganish uchun tonggi 7-10 va tungi 17-20 dagi oraliq vaqtlarni tanlaganingiz maʼqul. Ushbu vaqt oraligʻida miyaning ish  layoqati 30% ga qadar faol boʻladi. 

Hotirani kuchaytirish borasida samarali 10 usul

Eslab qolishning eng yaxshi usullaridan biri - maʼlumotni yahlit ibora koʻrinishida hotiraga joylashdir. Bu yorqin, esda qoladigan qiyofa  yoki soʻz boʻlishi kerak. Bu borada iforlar ham yordamga kelishi mumkin. 

Hotirani kuchaytirish borasida samarali 10 usul

Salomatlik va toʻgʻri taomlanish hotiraga katta taʼsir koʻrsatadi. Isteʼmol qilish uchun tarkibida koʻp miqdorda antioksidantlar boʻlgan mahsulotlarni tanlang. Chernika, brokkoli, ismaloq, yongʻoqlar, sitrus mevalar, lavlagi, qora olxoʻri va mayiz shular jumlasidandir. Bundan tashqari Omega-3 kislotasi haqida ham unutmaslik lozim. 

Hotirani kuchaytirish borasida samarali 10 usul

 

Hotirani rivojlantiruvchi eng foydali yetakchilardan biri -V guruhidagi vitaminlar sanaladi. Misol uchun V12 vitamini yetishmasligi hotiraning pasayishiga olib kelishi mumkin. Uni baliq, goʻsht, tuxum, parranda goʻshti tarkibidan topsa boʻladi. Bundan tashqari S va Ye vitaminlari ham buboradagi beminnat yordamchilardir. Aterosklerozdan holi boʻlish uchun taomnomadagi yogʻlar, margarin, sariyogʻ miqdorini kamaytirish kerak.Yogʻlarning kundalik taomnomadagi meʼyori sutkasiga 90 gr. dan oshib ketmasligi lozimligini unutmang.

Hotirani kuchaytirish borasida samarali 10 usul
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar