Qiziqarli

Dangasalikning ilmiy izohi bor!

Dangasalikning ilmiy izohi bor!

Buning nima ekanligini yaxshilab tushunib olish uchun maktabdagi fizika darslarini yodga olish kerak boʻladi. Bilasizki, mashhur termodinamik entropiya kattaligi tushunchasi mavjud va u qandaydir makroskopik holatni tushuntiradi. Fizika qonunlariga koʻra, tizim elementlari maʼlum tartibdagi asosga qanchalar kam taʼsir etsa, entropiya ham shunchalar yuqori boʻladi. 

Dangasalikning ilmiy izohi bor!

Olimlarning isbotlashlaricha, termodinamik tizim entropiyasi oʻsishi yoki oʻzgarishi mumkin. Odatda dangasalik biror narsani bajarish uchun motivatsiya yoʻq ekanligidan kelib chiqali. Misol uchun inson maʼlum bir ishni uddalashi yoki yakunlashi kerakligini aniq biladi, ammo buning uchun oʻzini majburlolmaydi. Natijada ichki kurash hosil boʻladi va bu fan tilida "Ichki shaxs ixtilofi" deya ataladi. 

Dangasalikning ilmiy izohi bor!

Bu turdagi dangasalik bilan kurashishning yagona yoʻli – kuchli motivatsiya topishdir. Shu tariqa ichki ixtilofni bartaraf etish mumkin. Ruhshunoslar bu borada maʼlum bir ishning yakunlanishi qanday ijobiy oʻzgarishlarga olib kelishini yozish haqida maslahat beradilar. Bu ishni oxiriga qadar etkazish va ana oʻsha oʻzgarishlarga erishish uchun yordam beradi. 

Dangasalikning ilmiy izohi bor!

Biroq, ayrim holatlarda dangasalikka sabab odatdagi qoʻrquv ham boʻlishi mumkin. Qoʻrquv avvalgi tajribaning omadsiz yakuni asosida shakllanadi va insonni tark etmaydi. Oramizda shunday odamlar borki, ular shuhrat, muvaffaqiyat va yutuqlardan qoʻrqadilar, shu sababli ham boshqalardan ajralib turishni istamaydilar.

Dangasalikning ilmiy izohi bor!

Qoʻrquvning ijobiy jihati ham mavjud boʻlib, u kishini ahmoqona va kutilmagan qarorlar chiqarishdan himoya qiladi. Shu sababli ham ruhshunoslar qoʻrquvga nisbatan yomon munosabatda  boʻlish va uni yoʻqotishga urinishni tavsiya qilmaydilar. Qoʻrquvdan kerakli paytda foydalana olgan insonlar odatda oqilona qarorlar chiqarishadi. 

Dangasalikning ilmiy izohi bor!

Dangasalikning yana bir sababi quvvat etishmasligidir. Mazkur holat toʻyib uhlamaslik, notoʻgʻri taomlanish va jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanmaslik tufayli kelib chiqadi. Sanalgan jihatlarni ijobiy tomonga oʻzgartirish esa sizni dangasalikdan qutqarishi mumkin.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar