Goʻzallikning hindcha talqini

Katrina ortiqcha vazn toʻplashga moyil boʻlgani sabab, xaftada 3 marta 3 soatdan sport bilan shugʻullanadi. Uning mashgʻulotlar roʻyhati yugurish , suzish, yoga va trenajor mashqlaridan tashkil topgan.

Kapurlar sulolasining mashxur vakili mukammal qomatga qanday mashaqqat bilan erishganini hech qachon sir tutmagan. Yoga bilan muntazam shugʻullanish sarvqomat boʻlishga yordam berishi uning shaxsiy tajribasidan yaxshi maʼlum.

Bollivud osmonining yorqin yulduzlaridan biri boʻlmish Priyanka yoga bilan shugʻullanishni hush koʻradi. Aktrisa buning uchun kuniga 1 soat vaqt sarflaydi. Dam olish kunlari esa sport zaliga qarab yoʻl oladi.

Dipika kardio (yurak mushaklari mashqi) , pilates va yoga bilan shugʻullanadi. Mashxur sportchilar oilasida tavallud topgan kino yulduzi badminton oʻynashni ham yaxshi koʻradi.

Eng latofatli hind aktrisalaridan biri Shri Devi yoga va ochiq havoda tennis oʻynash ayol goʻzalligi va salomatligi uchun muhim degan fikrni taʼkidlar edi.

Yoga, Hind milliy raqslari, jaz, balet, suzish – tashqi koʻrinish borasidagi yorqinlikni taʼminlaydi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



