Jaklin Kennedi: Qolipga sigʻmagan goʻzallik

Jaklin bu shiorga bir umir amal qildi. Aynan shu sifat uning uslubini tashkil etardi. Eʼtiborlisi uslub borasida hech kim unga yordam bermagan.

Jaklin Kennedi unga yarashmagan libosni hech qachon kiymagan. U bir rangdagi qiziqarli bichimga ega boʻlgan, tugmalar, toʻgʻnogʻich va romollar bilan uygʻun liboslarni hush koʻrgan. Bunday libos hech qachon urfdan chiqmaydi, deb hisoblardi u.

U keraksiz narsalardan osonlik bilan voz kechgan. Xaqiqatdan ham, oʻzingiz yoki xonadoningizni bezashga xizmat qilmagan narsaning nima keragi bor? “Extiyot shart” “sindromi” dan xalos boʻling.

Jaklin takrorlashga nisbatan salbiy fikrda boʻlmagan, biroq har bir ayol singari oʻzgalardan ajralib turishga harakat qilgan. Biroq bluzka, koʻylak yoki tufli yarashgudek boʻlsa,uni kiyishda davom etgan. Libos sotib olishda ranglar borasida biroz istiso qilgan, xolos. Jaklin Kennedining 5 ta rangdagi bir il koʻylagi boʻlgan .

Jaklin biror koʻrinishda omma oldiga chiqsa, Amerika ayollarining yarmi huddi shunday libosda namoyon boʻlishgan. Shuning uchun Kennedi honim oʻz koʻrinishini tez-tez oʻzgartirib turishiga toʻgʻri kelgan.

U qimmatbaho taqinchoqlarni faqat kerakli joylardagina taqqan. Jon Kennedi va Oq uy mehmonlari unga son –sanoqsiz bezaklar hadya qilgan boʻlsa-da, omma oldiga turli taqinchoqlarsiz chiqishni afzal bilgan. Xaqiqiy goʻzallik – qalb goʻzalligi deya hisoblardi u.

Jaklin Kennedi noodatiy tarzda uygʻunlashtirish ishqibozi boʻlgan. Dizaynerlar tomonidan ishlab chiqilgan liboslarni oddiy futbolka bilan uygʻunlashtirganida, dizaynerlar eʼtiroziga javoban: bu ishni men qilmasam odatlaringizni kim oʻzgartiradi deya jilmayganedi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



