Qiziqarli

Ziravorlar haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan maʼlumotlar

Ziravorlar haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan maʼlumotlar

Har bir ziravorning oʻziga hos mazasi va taʼmi bor. Shunga koʻra ulardan taom tayyorlashda, pishiriqlarda yoki ichimliklarga hushboʻy taʼm berishda foydalanish mumkin. Ozishni istaganlar esa ziravorlarning totli taʼmidan koʻra foydasiga ahamiyat qaratganlari maʼqul.

Ziravorlar haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan maʼlumotlar

Choyqoshiqning toʻrtdan bir qismi miqdorida dolchin qoʻshib ichilgan choy metobolizmni tezlashtiradi. Shuningdek, yogʻ qatlamlarining parchalanishiga yordam beradi. Dolchin qoʻshilgan shirinliklar, taomlar va salatlar hazm qilish jarayonini yaxshilaydi.

Ziravorlar haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan maʼlumotlar

Kurkuma organizmga tushgan zahoti hazm aʼzolarini “uygʻotadi”. Asosiy foydasi esa -parxezdan soʻng vaznni meʼyorda ushlab turadi. Yaʼni parxez tugagach, taomnomaga yangilik kiritishni istasangiz, taomlarga kurkuma ziravorini qoʻshing.

Zanjabil oʻsimlik holida ham ziravor holida ham juda foydali. Erta tongda zanjabil va asalli suv ichilsa, metobolizm “yuradi”, ishtaxa yaxshilanadi, tana quvvatga toʻlib, immunitet tizim oʻzini tiklab oladi.

Ziravorlar haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan maʼlumotlar

Qora murch. Uning tarkibidagi piperin moddasi ortiqcha kaloriyani parchalaydi. Ovqatga murch qoʻshib isteʼmol qilinsa, mahsulotlarning organizmga singishi oson kechadi. Qish kunlarida qora murch isituvchi hususiyati bilan ajralib turadi.

Ziravorlar haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan maʼlumotlar

Zira. Ushbu ziravor taomlarga qoʻshilganda hushboʻy taʼm beradi. Zira har qanday mahsulotga qoʻshilgan taqdirda ham hazm jarayonini yaxshilaydi. Qalampirmunchoq va koriandr ham aynan shu hususiyatni oʻzida mujassam qilgan.

Ziravorlar haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan maʼlumotlar

Sarimsoqpiyoz. Ortiqcha vazn bilan hayrlashishni istasangiz, quritilgan sarimsoqpiyozni taomga qoʻshib tanovul qiling. Ammo meʼyorini oshirib yubormang. Bordiyu sarimsoqpiyoz oshqozonda ogʻirlikni paydo qilsa, uni boshqa ziravor bilan almashtirgan maʼqul.

Taomga ziravor qoʻshib isteʼmol qilinganda koʻproq suyuqlik ichish tavsiya etiladi.

Ziravorlar haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan maʼlumotlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar