Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)

1. Koʻrsichqon bir soatda 15 metrlik yoʻlak qazishi mumkin.
2. Koʻk kit chiqaradigan tovush uchishga tayyor raketa shovqinidan balandroq.
3. Eng qiyin yozuv Xitoy yozuvidir unda 50000 dan ortiq belgi, iyeroglif bor.
4. Koreya soʻzining maʼnosi — Tonggi tarovat.
5. Eng keng qanotli qush Albatros (qanoti 3,7 metr)
6. Uzum yetishtirishda dunyoda birinchi oʻrinda turadigan mamlakat - Italiya.
7. Fransuzlar pomidorni «Muhabbatni olmasi» deb atashgan.
8. Okean suvida 70 xil tuz bor.
9. Xitoyliklar mehr-muhabbat toshi deb magnit toshini atashgan.
10. Nil daryosi sohillarida har yili minga yaqin odam timsohlarga yem boʻladi.

1. Ruminiyaning Oraz shahrida antiqa muzey bor. Uning kollektsiyalari faqat tuxumlardan iborat. Bu yerda 80 ta davlatdan keltirilgan antiqa tuxumlarni koʻrish mumkin. Eksponatlar ichida eng kichkina 13 millimetrli chittak tuxumidan tortib, 152 millimetrli tuyaqush tuxumlarigacha bor.
2. Buyuk Britaniyalik 105 yoshli Persi Errousmis va uning 100 yoshli rafiqasi Florens 2005 yil 1 iyunda toʻylarining 80 yilligini nishonlab «Ginness rekordlari kitobi»ga kirishgan.
3. Tuya bir yoʻla 250 litr suv ichadi.
4. Piter Raul Rubensning surati eng qimmat surat hisoblanadi. U 73,5 million yevroga sotilgan.
5. Dunyodagi eng qimmat kitob Leonardo da Vinchining kitobi hisoblanadi. Bu oynali harflar yordamida qimmatbaho qogʻozga bitilgan «Lester kodeksi» va «Yerdagi suv va osmon ishlari» deb nomlangan asarlar boʻlib, uni Bill Geyts 24 million AQSh dollariga sotib olgan.
6. Eng qimmat reklama bu «Pepsi» kompaniyasiga tegishli, ushbu kompaniya mahsulotini reklama qilgan pop yulduz Britni Spirsga 7,53 million AQSh dollari toʻlagan.
7. Dunyodagi eng qimmat stadion Parij shahri yaqinida joylashgan «Stade de France» oʻyingohi sanaladi. Ushbu oʻyingohni qurilishiga 460 million yevro sarf etilgan.
8. Jahondagi eng qimmat savdo rusumi «Koka-Kola» hisoblanadi. Uning bahosi 68,9 milliard AQSh dollariga teng.
9. Sayohatga eng koʻp mablagʻ sarflaganlar dunyo boʻyicha amerikalik Dennis Tito va Janubiy Afrika Respublikasining fuqarosi Mark Shattlvort hisoblanadi. Ular kosmosga sayohat qilish uchun 20 million AQSh dollaridan haq toʻlashgan.
10. Eng qimmat film bugungi kunga qadar «Titanik» filmi hisoblanadi, unga 200 million AQSh dollari sarflangan.

1. Eng qimmat tufli mashhur zargar Styuart Vaytsman tomonidan yaratilgan. Mazkur tufli 642 dona yoqut bilan bezatilgan boʻlib, tannarxi, 1,6 million yevroni tashkil etgan.
2. Jahondagi eng qimmat qahva Indoneziyaning Sumatra orolida yetishtiriladi. «Kopi Lyuvak» deb nomlangan bu qahva turining toʻrtdan bir funti bahosi 75 AQSh dollari turadi.
3. Eng qimmat avtomobil hozirgi kunda «Maybach-62» hisoblanadi.
4. Elektr yordamida ishlovchi chiroqni ixtiro qilgan Tomas Edisonning soʻnggi nafasi maxsus idishda saqlanadi.
5. Inson va jirafaning boʻyinlari orasidagi uzunlik katta farqlansa-da, ikkisida ham u 7 boʻgʻindan iborat.
6. Odamlar tunda oʻrtacha yetti daqiqada uxlab qolishadi.
7. Dollar($) belgisini 1778 yilda ishbilarmon Oliver Pollok oʻylab topgan.
8. AQShliklar bir kunda oʻrtacha 18 boʻlak pitsa yeyishadi.
9. Yer borgan sari sekin aylanib bormoqda, bugun kechadan koʻra 0.00000002 soniyaga uzoq.
10. Soyabonlarning oʻrtacha umr koʻrish davri - 1.5 yil.

1. Metro-Goldvin-Mayer(MGM) reklamasidagi arslon suratga olingan kunning ertasiga oʻzining hayvon oʻrgatuvchisini oʻldirgan.
2. Albert Eynshteyn oʻzining telefon raqamini hech eslab qola olmagan.
3. Koʻzlar ochiq holda aksirib boʻlmaydi.
4. Inson oʻz miyasining koʻpi bilan 10 foizini ishlatadi xolos.
5. Fillar sakray olmaydigan yagona jonzod.
6. Oyda 3 ta golf koptokchasi bor.
7. Xitoyda ingliz tilida gaplashuvchilar soni AQShdagi dan koʻproq.
8. Zebralar qora rangli, faqat oq chiziqli dogʻlari bor.
9. 4 yoshli bola kuniga oʻrtacha 437 ta savol beradi.
10. Qaychini Leonardo da Vinchi kashf qilgan.

1. «Qirol sher» multfilmlar ichida qoʻlda chizilgan va tarixda eng koʻp koʻrilgan multfilmdir.
2. Ilk parashyut 1515 yilda Leonardo da Vinchi tomonidan yaratilgan.
3. Eshaklar samolyotlardan koʻra koʻproq insonlar oʻlimiga sababchi boʻladi.
4. Dunyodagi eng katta shohmot donasi shvetsiyalik Mats Allans tomonidan yasalgan «Shoh»dir. Uning balandligi 4 metr, asosining diametri 1,4 metrni tashkil etadi.
5. Bluetooth qurilmasi Harald Bluetooth (Koʻktish) sharafiga qoʻyilgan. U Daniya va Norvegiya xalqlarini birlashtirgan qirol hisoblanadi.
6. Shokolad tishlar uchun foydali.
7. Amerikadagi har ikkita oiladan bittasi ajrashish bilan yakunlanadi.
8. Oʻchirgʻich kashf qilingungacha qalamni oʻchirishda nondan foydalanilgan.
9. Dunyodagi eng qimmatbaho qoʻgʻirchoq «Barbi» hisoblanadi. Koʻylaklari haqiqiy olmoslar bilan bezatilgan ushbu qoʻgʻirchoqning bahosi 100 000 yevro turadi.
10. Bill Geyts har soniyada 250 AQSh dollari ishlab topadi.

1. 200 yildan ziyodroq vaqt ilgari rus ayoli 27 tugʻruq bilan jami 69 farzandni dunyoga keltirgan. U toʻrt marta toʻrttadan, yetti marta uchtadan va 15 marta ikkitadan egizak farzand koʻrgan. Eng ajablanarlisi, u biror marta yakka farzand koʻrmagan.
2. Italiyada Barbi qoʻgʻirchoqlari soni Kanada aholisidan ham koʻproq.
3. Rasman qayd etilgan eng ulkan krossvordda 82.951 katak boʻlgan.
4. Oʻrtacha statistik erkak umri davomida biror marta soqol olmasa, soqolining uzunligi 8,5metrga yetardi. Lekin soqol oladigan oʻrtacha statistik erkak umri davomida bu ishga 3350 soat sarflaydi.
5. Och boʻri bir oʻtirishda 10 kilogramm goʻsht yeyishi mumkin, aslida uning kundalik ehtiyoji 2 kilogrammni tashkil etadi...
6. Buyuk Britaniyada 1845 yilda amalda boʻlgan qonunga koʻra oʻz joniga qasd qilishga urinish qatl etish bilan jazolangan.
7. Kenguru 90 kilogramm vaznga ega boʻlishiga qaramay har sakraganda 9 metr masofaga uchadi.
8. Rosmana futbol koptogidek keladigan tuyaqush tuxumining poʻsti shu qadar qalinki, u bemalol bitta odamni koʻtara oladi.
9. Oʻrtacha kattalikdagi oq akula tishlaganda uning har bir tishining bosim kuchi 1 kv. smga 3 tonna ogʻirlikni tashkil etadi.
10. Akulaning yangi tishlari bir haftada oʻsib chiqishi mumkin.

1. Mushuk tanasining Selsiy shkalasi boʻyicha meʼyordagi harorati — 38 daraja.
2. «Moskovskiye gubernskiye vedomosti» gazetasining 1848 yilda chiqqan sonlaridan birida shunday soʻzlarni oʻqish mumkin: «Nikifor Nikitin (TSiolkovskiy) oʻzining Oyga uchish haqidagi ahmoqona qarashlari uchun Boyqoʻngʻir qishlogʻiga surgun qilindi».
3. Qovoqari dam olmasdan 320 kilometr masofagacha uchib borishi mumkin.
4. Uxlayotgan odam tanasining uzunligi bedor holatdagiga nisbatan yarim santimetr uzun boʻladi.
5. Erkaklar kichik harflarda yozilgan matnlarni yaxshi ilgʻay olishsa, ayollarning eshitish qobiliyati kuchliroq.
6. Afrikada oʻzlashtirilmagan maydonlar 28 foizni, Amerikada esa 38 foizni tashkil etadi!
7. Aqlliroq insonlarning sochida mis va ruh moddalarining miqdori koʻproq boʻladi.
8. Norvegiyada bitta harf — A deb nomlanuvchi aholi punkti bor. Bu qishloqda 300 nafarga yaqin odam yashaydi.
9. Barchamiz haroratni oʻlchashda Selsiy shkalasidan foydalanamiz, unga oʻrganib qolganmiz va uni qulay deb bilamiz. Lekin shkala ixtirochisi Anders Selsiy juda gʻalati odam boʻlganini hamma ham bilmasa kerak. U shkalani ishlab chiqqanda, suvning qaynash haroratini 0, muzlashini 100 deb olgan. Hamkasblaridan birortasi unga ishora qilishga botina olishmagan, faqat uning vafotidan soʻng shkalani oʻzgartirishgan.
10. Fil bir daqiqada 10 marta nafas olib chiqaradi, sichqonlar esa 200 marta!

1. Tadqiqotlarga koʻra, standart inglizcha lugʻatdagi 25,5 ming soʻzlarning 93 foizi «*. com» domenida sayt nomi sifatida ishlatilgan.
2. Vabo batsillalari pivoda nobud boʻladi va kasallik rivojlanmaydi. Vabo qoʻzgʻatuvchilarini ilk marta ochgan olim — professor Kox pivoni dori sifatida ichishni tavsiya etgan.
3. Osiyo yovvoyi qoramoli — yakning suti pushti rangda.
4. Arining ikkita oshqozoni bor — biri yemak uchun, ikkinchisi asal uchun.
5. Agar 111111111 ni 111111111 ga koʻpaytirsangiz, 12345678987654321 hosil boʻladi.
6. 1386 yilda Fransiyada yosh goʻdakni oʻldirgan choʻchqa osish orqali oʻlimga hukm qilingan.
7. Inson tanasidagi yogʻlardan rosa 7 boʻlak sovun tayyorlasa boʻladi.
8. Jahonning birorta tilida tizzaning orqa tarafini bildiruvchi yaxlit soʻz yoʻq.
9. Insonning son suyagi betondan qattiq. U tik holatda bemalol yengil avtomobilni koʻtara oladi.
10. 1386 yilda Fransiyada yosh goʻdakni oʻldirgan choʻchqa osish orqali oʻlimga hukm qilingan.Janubiy Koreyada familiyasi bir xil boʻlgan yoshlar turmush qurishi taqiqlangan.

1. Rim nomli shahar har bir qitʼada bor.
2. Islandiyada uyda it boqish qonunbuzarlik hisoblanadi.
3. Oʻnaqaylar chapaqaylarga nisbatan oʻrta hisobda 9 yil ortiq umr koʻrishadi.
4. Insonga qon qoʻyish boʻyicha ilk operatsiya 1667 yilda Jan Batist tomonidan amalga oshirilgan. U bir yigitga qoʻyning ikki pinta qonini quygan.
5. Duduqlarning 80 foizi erkaklardir.
6. Eshakning koʻzi shunday joylashganki, u bir vaqtning oʻzida toʻrtala oyogʻini ham koʻra oladi!
7. Ingliz, fransuz, arab, xitoy, rus va ispan tillari Birlashgan Millatlar Tashkilotining olti rasmiy tili hisoblanadi.
8. Yer— Quyosh tizimidagi sakkizta sayyora ichida biror maʼbud nomi bilan nomlanmagan yagona sayyora hisoblanadi.
9. Baʼzibir chuvalchanglar ovqat topolmaganidan oʻzini yeydi!
10. Tuyaqush— peshob pufagiga ega boʻgan yagona qush.

1. Qum boʻronlaridan himoyalanish uchun tuyalarning uch qator kiprigi bor.
2. Tashnalikka chidamlilik boʻyicha rekord aslo tuyaga emas (14 kun), Janubiy Meksikadagi togʻ olmaxoniga tegishlidir. Bu mitti hayvon 100 kun suvsiz yashashi mumkin.
3. Avstraliya orxideyasining gullari yer ostida ochiladi.
4. Buyuk Britaniyaning Norvich qasrida choynaklar kolleksiyasi mavjud. Buning hech ajablanarli joyi yuk. Chunki inglizlar azaldan choyxoʻr xalq hisoblanadi. Lekin qasrdagi choynaklarni koʻrgan kishi hayratlanmay iloji yoʻq. Chunki bu yerda turli hajmdagi 2600 ta choynak bor.
5. Qoʻldagi tirnoqlar oyoq tirnoqlariga nisbatan 4 barobar tezroq oʻsadi.
6. Asal— aynimaydigan yagona mahsulot hisoblanadi. Misr firʼavnlari sagʻanalarida topilgan asalni tatib koʻrgan arxeologlar uni yesa boʻladi, deya baholashgan.
7. Dunyodagi eng baland daraxt gigant sekvoyyadendron yoki mamont daraxti hisoblanadi. Kaliforniyada oʻsadigan bu daraxtning boʻyi 100-120 metrga yetadi.
8. Har soniyada Yer aholisining 1 foizi oʻlardek mast boʻladi.
9. Hozir dunyoda asalarining 20 mingdan ziyod turlari bor. 500 gramm asal yigʻish uchun bitta asalari uyasi va gullar tomon 10 million marta uchib borib kelishi kerak.
10. Ilk gulli oʻsimliklar Yer yuzida 65 million yil muqaddam paydo boʻlgan.

1. Bruney davlatining poytaxti Bandar-Seri-Begivan shahri fuqarosi Uolter Brazer 20 yildan beri oʻz kolleksiyasini boyitib kelmoqda. Uning gʻaroyib kollektsiyasi turli davrlarda qaroqchilar ishlatgan soʻkish, qargʻish, qasam va boshqa «ajoyib» soʻzlardan iborat. Brazer yaqin kunlarda oʻz kolleksiyasini kitob holida nashr ettirmoqchi.
2. AQShlik Danni Ginzberg Namibiyaga tashrif buyurganidan juda xursand boʻlgandi. Negaki, bu yerdan 50 kilolik har xil temir qopqoqlar bilan uyga qaytgandi. Bu bilan uning kolleksiyasi yana bir karra boyigan. Hozirda Dannining kolleksiyasida 35 ming turdan ortiq qopqoqlar bor. Ularbir-biriga umuman oʻxshamaydi.
3. Rimdagi Ospedal butxonasi rohibi (u tish doktori boʻlgan) Jovanni Battista 1868 yildan 1904 yilgacha boʻlgan oʻzining tabiblik faoliyati davomida mijozlardan sugʻurib tashlagan tishlarni yigʻib yurgan. Ular katta-katta qutilarga jo boʻlgan. 1903 yili tishlar hisoblab koʻrilganda, ularning soni 200744 ga yetgan. Demak, tabib bir kunda oʻrta hisobda 185 ta tish sugʻurgan. Bu deyarli 6 ta bus-butun jagʻni «qoqib» olish bilan barobar ekan.
4. Janubiy Afrikalik Geyvin Pilati ham kolleksiya ishqibozlaridan edi. U esini tanigandan boshlab, qurol-aslaha yigʻardi. Lekin u oʻz kolleksiyasining qurboniga aylandi.U 35 millimetrli zenit snaryadini tomosha qilish uchun qutidan olayotgan paytda portlab ketgan.
5. Agar tarixga nazar tashlasak, davlat rahbarlarining ham gʻalati kolleksiyalari boʻlganligiga amin boʻlamiz. Masalan, ingliz qiroli Eduard V taxt yiqqan. Georg VI esa choynak yiqqan. Uning mingdan ortiq choynagi boʻlgan deyishadi.Germaniyaning «temir kantsleri» Otto fon Bismarkning kolleksiyasi ham gʻalati. U umri davomida harorat oʻlchagichlarini yigʻib yurgan.
6. Kichik chayonlarning zahari kattalarinikiga nisbatan kuchliroq boʻladi.
7. Kalamush besh qavatli binodan tushib ketsa ham jarohatlanmaydi.
8. Koʻpchilik oʻylaganidek, Shimoliy Qutbda pingvinlar uchramaydi.
9. Afrika fili qoʻlga oʻrganmaydi, sirkda tomosha koʻratayotgan fillarning barchasi hind fillaridir.
10. Haydovchilar bugʻularning hayotiga ovchilarga nisbatan koʻproq zomin boʻladilar.

1. Isaak Nyuton bir sinfdoshi uni urib kamsitguniga qadar maktabda qoniqarsiz oʻqigan. Bu hol uning fanlarni juda yaxshi oʻzlashtirishiga turtki boʻlgan.
2. Avtomobillarning xavfsizlik yostiqchalari 25-50 millisekundda toʻla shishadi. Qiyoslash uchun: kiprik qoqishga 100 millisekund vaqt kerak.
3. XVI asrda Xitoyda oʻz joniga qasd qilishning eng koʻp tarqalgan usuli koʻp miqdorda tuz yeyish boʻlgan.
4. Tokio hayvonot bogʻi hayvonlar tomoshabinlar oqimidan dam olishi uchun yiliga 2 oy berkitib qoʻyiladi.
5. Odamning barmoq izlari singari har bir kishi tilining izi ham mutlaq oʻziga xosdir va boshqa hech kimnikiga oʻxshamaydi.
6. Oxirgi 4 ming yil ichida birorta ham yovvoyi hayvon xonakilashtirilmagan.
7. Bolalar ayniqsa bahor faslida tezroq oʻsadilar.
8. Xitoylik sudyalar XV asrda hatto nigohlari bilan ham sir boy bermaslik uchun qora koʻzoynak taqib yurganlar.
9. Oq ayiqlarning terisi va junlari issiqlikni yutib qayta chiqarmasliklari bois infraqizilnurlarda (tunda koʻrish kameralarida ham) deyarli koʻrinmaydilar.
10. Burjlardagi tirik jonzodni aks ettirmaydigan yagona belgi Tarozidir.

1. Kanadadagi koʻllar soni dunyoning boshqa barcha davlatlaridagilar qoʻshib hisoblanganiga qaraganda ham koʻproqdir.
2. 1984 yilda Shotlandiyada topilgan izlar hajmiga koʻra eng kichik dinozavr chumchuqdek kattalikda boʻlgan.
3. 1557 yilga qadar tabiblar ogʻizdagi noxush hiddan forigʻ boʻlish uchun tamakichekishni tavsiya qilganlar.
4. Afrika goliafi dunyodagi eng katta baqa hisoblanadi. Uning uzunligi 30 santimetrga yetishi, ogʻirligi 3 kilodan oshishi mumkin.
5. Koinotda eng keng tarqalgan element - vodorod. Undan keyin esa geliy.
6. Zanglagan temir zanglamaganidan ogʻirroq boʻladi. Chunki temir oksidi temirdan ogʻirroq.
7. «Merkuriy» soʻzi inglizchada simob maʼnosini anglatsa-da, ammo bu sayyoraning aksar qismi temirdan iborat. U yerda simob yoʻq.
8. Dunyoda eng koʻp ishlatiladigan metallar- temir, alyuminiy va mis.
9. Amerikaning Ayova shtati maydoni Portugaliyaning maydonidan kattaroq.
10. Braziliyadagi Iguasu sharsharasi mashhur Niagara sharsharasidan 20 metr balandroq va toʻrt karra kengroq.

1. Ingliz mutaxassislarining hisoblashicha, odam umri davomida oʻrtacha 100 ming kilometr yoʻlni piyoda bosib oʻtadi.
2. Mashhur aktyor Kianu Rizv ismining maʼnosi shunday: togʻlar uzra esayotgan sovuq shamol.
3. Tomat sharbati Ogayo shtatining (AQSh) rasmiy ichimligi hisoblanadi.
4. Iroqdagi Vadi as-Salom dunyodagi eng katta qabriston hisoblanadi. U yerga 5milliondan ortiq marhum koʻmilgan.
5. Islandiya hududida 120 dan ortiq muzlik va 100 dan ziyod vulqonlar bor.
6. Sutemizuvchilarning 40 foizini kemiruvchilar tashkil etadi.
7. Koala ayigʻi kuniga 19-22 soat uxlaydi.
8. Gonkong hududi bitta yarimorol va 236 ta oroldan iborat.
9. Gavayi har yili Yaponiya tomonga 10 santimetr siljiydi.
10. Oy yuzasi tekis emas, balki kraterlar bilan qoplanganini birinchi boʻlib 1609 yilda Galileo Galiley aniqlagan.

1. Oy haqidagi fan qadimgi Yunonistonda Oy maʼbudasi hisoblangan Selena sharafiga selenologiya deb ataladi.
2. Yerdan Oygacha boʻlgan masofa 384 400 kilometrni tashkil etadi.
3. Ekvator13 ta davlatdan oʻtgan.
4. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Universiteti Tokioda joylashgan.
5. Timsohlar chuqurroqqa shoʻngʻish uchun tosh yutadi.
6. 2001 yilda oʻtkazilgan tadqiqotda Yerda xurrak otadigan odamlar koinotda xurrakotmasligi aniqlangan.
7. Dunyodagi eng katta basseyn Chilida joylashgan. Uning uzunligi 1013 metr boʻlib, eng chuqur joyi 35 metrga yetadi.
8. Hindistondagi «Maxaroja ekspressi» poyezdi dunyoda eng qimmat hisoblanadi. Uning oddiy vagonida bir kunni oʻtkazish 800 dollarga, lyuks vagonida esa 2500 dollarga tushadi.
9. Kitning yuragi 1 daqiqada atigi 9 marta uradi.
10. Taxminlarga koʻra, «jirafa» soʻzi arabcha «zarafa»dan oligan boʻlib, «yasangan» degan maʼnoni bildiradi.

1. Oʻta kam uchraydigan uxlashdan qoʻrqish kasalligi somnifobiya deb ataladi.
2. Olimlarning hisoblashicha, soʻnggi 500 yil ichida fazoviy jismlarning tushishi hisobiga Yer 1 milliard tonnaga ogʻirlashgan.
3. Erkaklarning taxminan 10, ayollarning 8 foizi chapaqay.
4. Atigi1 tomchi neft 25 litr suvni isteʼmolga yaroqsiz holatga keltiradi.
5. Isroil, Livan, Yangi Zelandiya, Ummon va Buyuk Britaniyada konstitutsiya yoʻq.
6. Yevropaga birinchi jirafani miloddan avvalgi 46 yilda Yuliy Sezar olib kelgan.
7. Jirafaning tili qora boʻlib, uzunligi 45 santimetrga yetadi.
8. Yangi tugʻilgan jirafachaning boʻyi 1,5 metrga, ogʻirligi esa 100 kiloga yetadi.
9. Hududi jihatidan eng kichik davlat - Vatikan (44 gektar).
10. Oyna yorilganda darzning tarqalish tezligi soatiga taxminan 5000 kilometrga yetadi.

1. Butun qitʼa hududini egallagan yagona davlat -Avstraliya.
2. Orollari eng koʻp davlat - Indoneziya.
3. Yaponiyada har kuni oʻrtacha 3 marta yengil yer zilzilasi sodir buladi.
4. Davlatlar oʻrtasidagi eng uzun chegara - AQSh va Kanada chegarasi (8963km).
5. Qitʼalararo eng katta tugʻilish va oʻlim koʻrsatkichi Afrikada.
6. Xitoy davlatida 2 va undan koʻp farzandi bor oila davlatga jarima toʻlab borishadi. Umuman farzand koʻrmaydiganlarga davlat mukofot beradi.
7. Tinch holatda odam minutiga 12-20 marta nafas oladi. Otlarda bu koʻrsatkich 12ta, kalamushlarda 60 ta, kanareykada 110 tani tashkil qiladi.
8. Yevropa davlatlari orasida Turkiya davlatining faqat 8 foizigina Yevropa hududida joylashgan, qolgan 92 foizi Osiyoda.
9. Bahrayn, Bruney, Quvayt va Qatar davlatlarida daromad soligʻi olinmaydi.
10. Singapurning butun hududini metroda aylanib chiqish mumkin. Metro liniyalarining uzunligi esa 67 km, yaʼni butun Singapur hududiga teng.

1. Odamning umumiy qon tomirlari uzunligi taxminan 100 ming kilometrni tashkil qiladi.
2. Har daqiqada miyaga taxminan 740-750 millilitr qon oqib keladi.
3. Miyaning qum zarrasi bilan teng miqdori oʻzida 100 ming neyron va bir milliard sinaps(nervlarni bogʻlovchi tuzilma) saqlaydi.
4. Organizmdagi suvning 1 foizi kamaysa ham kishini kuchli tashnalik bezovta qiladi, agar organizmdagi suv 5 foizga kamaysa, kishi hushini yoʻqotadi, 10 foiz kamayishda oʻlim yuz beradi.
5. Ikkinchi ming yillik boshida (1000 yilda) Yer shari aholisi 400 million kishini tashkil qilgan boʻlsa, oxirida esa (2000 yilda) 6 milliarddan oshgan.
6. Har daqiqada Yer shari boʻylab oʻrtacha 200 marta chaqmoq chaqadi.
7. Bosh miyamiz nerv hujayralaridan tashkil topgan. Ular bir - biri bilan elektr signallari orqali muloqot qiladi. Bu quvvat bilan bemalol xonani yoritish mumkin.
8. Esnash paytida miya kislorodga toʻyinish barobarida soviydi ham. Boshqacha qilib aytganda, esnash bosh miya uchun xuddi yoqimli shamoldek gap. Esnash miyani sovitib, tetiklik bagʻishlaydi.
9. Yoshligida 2 xil tilni oʻrgangan bolalarning bosh miyasi juda tezlik bilan rivojlanadi.
10. Koʻzlar taxminan 60-80 daqiqa ichida qorongʻulikka toʻliq moslashadi.

1. Har bir neyron boshqalari bilan 40 mingga yakin sinapslar bilan birikkan . 100 miliard neyronni 40 mingga koʻpaytiring. Natijada miyamizdagi hujayralar soni koinotdagi yulduzlardan ham koʻpligi maʼlum boʻladi.
2. Suv muzlaganda 9 foizga kengayadi.
3. Fil oʻz tanasining haroratini saqlab turish uchun quloqlaridan foydalanadi.
4. Xona harorati deb Selsiy shkalasida 20-25 daraja issiq nazarda tutiladi.
5. Chaqmoq chaqqanda uning harorati Selsiy shkalasi boʻyicha 30 ming darajaga yetadi.
6. Kauchuk (rezina) tasmalari muzlatilganda uzoqroq xizmat koʻrsatadi.
7. Quyosh markazidagi harorat taxminan Selsiy boʻyicha 15 million daraja issiqlikka ega.
8. Issiq suv sovuq suvga nisbatan tezroq muzlaydi.
9. Oziq-ovqatlarni muzlatib qoʻyish 1920 yilda kashf etilgan.
10. Quyoshning toʻliq tutilish paytidagi havo harorati +6 daraja Selsiygacha tushadi.

1. -40 daraja Selsiy shkalasi bilan 40 daraja Farengeyt shkalasi deyarli bir xil sovuq haroratni bildiradi.
2. Insonning oʻrtacha tana harorati 37 daraja Selsiy.
3. Xona haroratida suyuq holatga oʻtadigan yagona metall bu - Merkuriy.
4. Benzinning aniq muzlash darajasi maʼlum emas. U Selsiy shkalasi boʻyicha -82 va -115 daraja oraligʻida muzlashi mumkin.
5. Olmoslarni faqatgina yuqori issiqlik yordamida parchalash mumkin.
6. Inson suyaklarining teng yarim qismi bilaklarida va tovonlarida joylashgan.
7. Uyquga ketish uchun eng qulay harorat Selsiy boʻyicha 18-30 daraja.
8. Sochning qalinligi sovun pufagining qalinligidan 5000 marta katta.
9. Bir yilda inson yuragi 36 800 000 marta uradi.
10. Qahva donlari 204-218 daraja oraligʻida qovuriladi. Qancha koʻp qovurilsa, shuncha koʻp qorayadi.

1. Koʻk koʻzli kishilar boshqalarga nisbatan sezgirroq boʻlishadi.
2. Qoʻl tirnoqlari oyoq tirnoqlariga nisbatan 4 marta tezroq oʻsadi.
3. Umri davomida inson terisi 1000 marta yangilanadi.
4. Tumovni keltirib chiqaradigan viruslarning turi 100 dan ortiq.
5. Katta yoshli odamning tanasidagi asab tomirlarining uzunligi 75 kilometrni tashkil etadi.
6. Kuchli yorugʻlik taʼsirida inson koʻzi xiralashadi, buni «Qor soʻqirligi» deb atashadi.
7. Inson yuragi hajmi uning mushti bilan barobar, ogʻirligi esa oʻrtacha odamda 220-260 grammni tashkil etadi.
8. Inson organizmi tarkibida bor-yoʻgʻi 4 xil mineral mavdud: apatit, aragonit, kaltsitva kristobalit.
9. Inson miyasi dunyodagi barcha telefonlar baravariga jiringlaganidan koʻra koʻproq elektr impulsi ishlab chiqaradi.
10. Insonning har bir barmogʻi umri davomida taxminan 25 million marta bukiladi.

1. Inson organizmida yashaydigan bakteriyalarning umumiy ogʻirligi 2 kilogrammni tashkil etadi.
2. Inson miyasida bir daqiqa ichida 100000 kimyoviy reaksiya kuzatiladi.
3. Chaqaloqlar tizza qopqoqlarisiz tugʻilishadi. Ular 2-6 yosh ichida paydo boʻladi.
4. Inson tanasidagi barcha tomirlarni ulasa, 100 mingdan 160 ming kilometrgacha uzunlikda boʻladi.
5. Ayol organizmi umri davomida 7 millionga yaqin tuxum hujayralari ishlab chiqaradi.
6. Inson ingichka ichaklari uzunligi umri davomida 2.5 metrgacha oʻsadi. Hayotdan koʻz yumgan vaqtida mushaklar boʻshashishi oqibatida uning ingichka ichaklari 6metrgacha choʻziladi.
7. Insonda 2 milliondan ortiq ter bezlari mavjud. Oʻrta yoshli kishidan bir litr ter chiqishi oqibatida 540 kilokaloriya yoʻqotiladi. Erkaklar ayollarga nisbatan 40% koʻproq ter yoʻqotadilar.
8. Insonning oʻng oʻpkasiga chapdagisiga nisbatan koʻproq havo joylashadi.
9. Katta yoshdagi kishilar bir kunda taxminan 23000 marta nafas oladilar.
10. Inson tugʻilganda miyadagi hujayralar soni taxminan 14 milliardga yaqin boʻladi. Bu son umrning oxirigacha oʻsmaydi, aksincha yosh 25 dan oʻtganda kuniga 100 000 donagacha kamayadi. Bir daqiqa kitob oʻqiganda miyadagi oʻrtacha 70 dona hujayra nobud boʻladi. 40 yoshdan keyin miyada juda katta oʻzgarish kuzatiladi, yoʻqotish keskin oshadi.

1. Inson koʻzi 10 000 000 dan ortiq rangni farqlay olishga qodir.
2. Inson ogʻzida 40 000 ga yaqin bakteriya yashaydi.
3. Bir oshqoshiq guruch ichida 500 donadan ortiq guruch bor.
4. Inson umurtqasi 33 yoki 34 boʻlak suyakchalardan tashkil topgan.
5. Ayollar erkaklarga nisbatan 2 baravar koʻp mijja qoqadi.
6. Inson organizmidagi eng kuchli mushak bu - til.
7. Inson organizmida 2000 ga yaqin taʼm bilish retseptorlari mavjud.
8. Napoleon 1760 yilda tugʻilgan. Gitler esa 1889 yilda olam yuzini koʻrgan, bular oʻrtasidagi farq - 129 yil. Napoleon 1804 yilda hokimiyat tepasiga kelgan.Gitler esa 1933 yilda, buning farqi ham 129 yilga teng. Napoleon Rossiyaga 1812yilda hujum qilgan, Gitler esa 1941 yilda urush boshlagan, buning farqi ham 129 yil. Har ikkisi ham davlat hokimiyati tepasiga 44 yoshida kelgan va ikkisi ham Rossiyaga urush boshlagan vaqtida 52 yoshda boʻlgan. Har ikkisi ham Rossiyaga hujum qilganida magʻlubiyatga uchragan.
9. Inson yuragi bir kunda 100 000 marta uradi, butun umri davomida 3 000 000 000 marta uradi.
10. Ochiq koʻz bilan aksirish mumkin emas.

1. Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida The Shard (Siniq parcha) binosi rasman ochildi. Ushbu shisha minora Yevropadagi eng baland imoratga aylandi:Balandligi deyarli 310 metrni tashkil etuvchi ushbu bino italiyalik meʼmor Rentso Piano tomonidan loyihalashtirilgan. Shard oʻzining tashqi koʻrinishi bilan uchi oʻtkir shisha sinigʻini eslatadi va ayni shu materialdan tayyorlangan 11 mingta panel bilan oʻrab chiqilgan. Bino konstruksiyasi 800 danziyod poʻlat detallardan iborat boʻlib, ogʻirligi 500 tonnadan oshadi. “Siniqparcha” qurilishiga 1,5 milliard funt (2,35 milliard dollar) sarflandi.“Siniqparcha”dagi kvartiralarning oʻrtacha narxi 30-50 million dollar atrofida boʻladi.
2. Har yili Oy Yerdan deyarli 4 sm ga uzoqlashmoqda. Bunga koʻplab hodisalar sababdir.Ulardan biri - Yerning aylanish davri kuniga 2 millisekundga sekinlashishidir.Olimlar orasida Oyning qanday shakllanganligi borasida taxminlar koʻp. Ustuvor gipotezalardan biri - Oyning paydo boʻlishiga bundan milliard yillar ilgari Yerga urilgan yirik osmon jismidir. U Yerning bir qismini parchalab, samoga otilib chiqishiga sabab boʻlgan va bu “parcha” davr mobaynida Oyga aylangan.
3. Uzoq vaqt uyqusiz yurish rekordi amerikalik Robert Mak-Donaldsga tegishli boʻlib, u 453 soat (deyarli 19 sutka) uxlamay yurgani bilan Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan.
4. Agar siz 8 yil, 7 oy, 6 soat tinmay baqira olsangiz, bir finjon qahvani qaynatishga yetarli quvvat sarflagan boʻlasiz.
5. Oʻchirgʻich kashf qilingunigacha qalamni oʻchirishda nondan foydalanishgan.
6. Iflos qor tozasiga nisbatan tezroq eriydi.
7. Janubiy Kaliforniyadagi avtomobillar soni Hindistondagi sigirlar sonidan koʻproq.
8. 1-sinfga endigina qadam qoʻygan bolakay 200 dan ortiq kompaniyalar logotipini bir qarashda eslab qolish qobiliyatiga ega.
9. Bill Geyts har soniyada 250 AQSh dollari ishlab topadi.
10. Pingvin suvda turib 3 metr balandlikkacha sakray oladi.

1. Dunyodagi eng past boʻyli odam 72 yoshda. Uning boʻyi 54,6 sm.
2. Niderlandiyadagi insonlarning oʻrtacha boʻyi - 181 sm. Butun dunyo boʻyicha esa bu koʻrsatkich -168.1 sm.
3. Dollar ($) belgisini 1778 yilda ishbilarmon Oliver Pollok oʻylab topgan.
4. Kulgi insonning ozishiga yordam beradi.
5. Timsohtilini tashqariga chiqara olmaydi.
6. Charli Chaplin bir safar «Charli Chaplinga oʻxshashlar» tanlovida oʻzi qatnashib, magʻlub boʻlgan.
7. Koʻzlarimiz tugʻilganimizda qanday kattalikda boʻlsa, shundayligicha qoladi.
8. Dunyodagi eng qimmat toʻy marosimiga 55 million AQSh dollari xarajat qilingan.
9. Oʻrtacha ishchi dushanba kuni atigi 3.5 soat tayinli ishlaydi.
10. Hozirda dunyoda faqat 2 kishi «Coca-cola» tayyorlash sirini biladi. Retsept xavfsizligini taʼminlash uchun ular hech qachon bitta samolyotda uchishmaydi.

1. 20 yoshga toʻlganiningizdan keyin har yilda miyangiz ogʻirligi yiliga taxminan 1 grammga kamayadi.
2. Odam suyagining 50 foizi suvdan iborat.
3. Agar «Google»da «elgooG» deb qidirsangiz, u sizga «Google» sahifasining teskarisini koʻrsatuvchi sahifa ochib beradi.
4. «Facebook»ka aʼzo boʻlganlarning 25 milliondan ortigʻi allaqachon olamdan oʻtgan.
5. Uolt Disney sichqonlardan qoʻrqqan.
6. Narniya hayotda ham mavjud. U Italiyadagi shahar.
7. Koʻk kitning boshi tanasining 3/1 qismini egallaydi.
8. Gripp epidemiyasi 1918-1919 yillarda AQSh va Yevropada 20 milliondan ortiq odamini hayotdan olib ketgan.
9. Odamning barmoqlari oʻrtacha umri davomida 25 million marta bukilib yoziladi.
10. Jon Rokfeller hozirgi eng boy odamdan 4-5 marta badavlatroq boʻlgan.

1. Odamning bosh miyasida har soniyada 100000 kimyoviy reaksiya sodir boʻladi.
2. Bola tugʻilganida tizzasining koʻzi boʻlmaydi, u 2-6 yoshda paydo boʻladi.
3. Yevropada 1900 yili kir yuvish mashinasini yaratgan odam, nemis Karl Millerdir. U aslida yogʻ aylantirgichni takomillashtirmoqchi boʻlib ichida aylantiruvchi temir moslamalari bor bochkadan tashkil topgan edi.
4. Koʻpincha boy millionerlarning xotinlari oʻqituvchi ayollardir.
5. Dunyodagi eng uzun basseynning uzunligi 1 kilometr.
6. Faqatgina koala va inson barmoq iziga ega boʻlgan jonzotlardir.
7. Deyarli 80 foiz odamlar, ungida ham qaytariladigan tushlar koʻradilar.
8. XVIII asrning oxiriga qadar inson tanasi farmatsevtika tarkibida qoʻllanilgan.
9. Xip Xop va R&B bilan shugʻullanuvchilarning IQ koʻrsatkichlari eng past boʻladi.
10. AQShning Nebraska shtatida cherkovda yoʻtalish va aksa urish man qilingan.

1. Aka-uka Makdonaldlar hech qachon uylanmay butun umr bir hovlida yashashgan.
2. Amerikaning Ogayo shtatida baliqlarga spirtli ichimlik taklif qilish rasman qonun sifatida qabul qilingan.
3. 1998 yili Kongo Demokratik Respublikasida futbol oʻyini paytida maydonni yashin urgan. Mehmon jamoa aʼzolarining barchasi (11 futbolchi) oʻsha joyda halok boʻlgan. Tomoshabinlardan 30 tasi kuchli jarohatlangan, ammo qizigʻi mezbon jamoa aʼzolariga hech narsa qilmagan.
4. Aktrisa va qoʻshiqchi Peris Xilton oyogʻining oʻlchami 44 ekan.
5. Odamlarni oʻlimiga sabab boʻladigan omillar spirtli ichimlik, narkotik moddalar va urush deb oʻylaymiz. Aslida esa bu - Ish. Undagi asab buzarliklar, siqilishlar va eng muhimi yoqtirmagan kasb bilan shugʻullanish koʻproq odamlarni badnom qilar ekan.
6. Yerning narxi 5 kvadrillion dollar deb baholangan.
7. Rossiya iqtisodining 10 foizi spirtli ichimlik orqali keladi.
8. Dunyodagi eng uzun serial bu «Dallas» seriali deyayotganlar adashadilar. Chunki bu «Guiding Light» seriali boʻlib u 72 yil davom etgan.
9. «Microsoft Windows»ning kompyuter dasturida «Con» deb nomlangan oddiy papka ham ocholmaysiz. Chunki bu soʻz bilan Bill Geytsni yoshligida haqoratlashgan.
10. Muhammad Ali dunyodagi eng kuchli zarba sohibi boʻlgan. Uning zarbi 1 tonna ogʻirligida boʻlgan.

1. Amerikaliklarning 49 foizi Oq non bugʻdoydan tayyorlanishini bilishmaydi.
2. Fransiya qonunlariga koʻra insoniy yuzga ega boʻlmagan (masalan, oʻzga sayyoralik koʻrinishida) qoʻgʻirchoqlarni sotish taqiqlanadi.
3. Kanada soʻnggi 5 yil ichida 4 marta BMT tomonidan yashash uchun eng zoʻr mamlakat deb eʼlon qilindi.
4. Rossiyada aroq XIV asrda paydo boʻlgan. Dastlab u dori sifatida tomchilab sotilgan.
5. Mushukning bosh suyagi faqat tepa va pastga harakatlanadi. Itlarning bosh suyagi esa toʻrt tarafga harakatlana oladi.
6. Erkaklarning miyasi 30 yoshdan soʻng quriy boshlaydi va 60 yoshlarga borganda uning 30 foizi qurib qoladi. Ayollar organizmida bu jarayon kuzatilmaydi.
7. Urgʻochi gepardlar kiyikning bolasini tutib kelib, bolalariga ov qilishni oʻrgatishda koʻrgazmali qurol sifatidafoydalanadi.
8. Afrika tuyaqushining 15 santimetrlik tuxumi 1,8 kilogramm keladi.
9. Jirafa tugʻilgan zahoti hayotdan oladigan ilk taassuroti — 2 metr balandlikdan boshi bilan qulash.
10. Urgʻochi fillar yangi tugʻilgan “chaqaloq”ni 2 yil koʻtarib yuradi, keyin esa yana 2 yil oʻz suti bilan boqadi.

1. Tinch okeanidagi Marianna botigʻiga Everest choʻqqisi bemalol “sigʻadi”.
2. Aleksandr Bell tomonidan 1876 yilda ixtiro qilingan birinchi telefonning qoʻngʻirogʻi boʻlmagan. Chaqiruv trubka orqali hushtak chalish vositasida amalga oshirilgan.
3. Tender— ichida suv va yonilgʻi saqlanadigan va parovozga ulanadigan vagonning nomi. Agar suv bilan yonilgʻi parovozning oʻzida saqlansa, u “tank parovoz” deb ataladi.
4. Mashhur amerikalik fizioximik Lyuis Gilbert Nyuton 30 martadan ziyod Nobel mukofoti sovrindorligiga nomzod boʻlgan, ammo biror marta ham bu mukofotni ololmagan.
5. Abxaziya Respublikasining nomi abxazcha «apsni» soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, oʻzbek tilida bu soʻz «qalb oʻlkasi» degan maʼnoni bildiradi.
6. Avstraliya mamlakatini hech ikkilanmasdan "akatsiyalar" oʻlkasi deb atash ham mumkin. Chunki bu daraxtning 500 dan ortiq turi ushbu mamlakatda oʻsadi. 20 mingdan ziyod oʻsimlik turiga ega boʻlgan Avstraliyaning «yashil qitʼa» deb nomlanishini esa koʻpchilik bilsa kerak.
7. Mongoliya davlatining hududi — 1566000 km2. Qizigʻi shundaki, bu hududning 80% ni oʻtloq va yaylovlar egallagan.
8. Bugungi kunda jahonda eng koʻp ishlatiladigan soʻzlardan biri boʻlgan avia soʻziga «qush» degan maʼnoni anglatadigan lotincha «avis» soʻzi asos boʻlgan.
9. Yerningilk sunʼiy yoʻldoshini koinotga olib chiqqan “Sputnik” tashuvchisi aslida ballistik raketa olib yuruvchi 8K71 (R-7) qurol sifatida yaratilgan edi.
10. Bridj— karta bilan oʻynaladigan yagona olimpiya sport turidir.

1. Cherapunji (Hindiston) dunyodagi eng ser yomgʻir shahardir. Chunki bu yerda yiliga 26 460 mm yomgʻir yogʻdi.
2. “Quvnatuvchi gaz” nomini olgan diazot oksidi (N2O) tibbiyotda anasteziyani bosishda tinchlantiruvchi vosita sifatida qoʻllaniladi. Avtomobilsozlikda esa bu modda ichki yonuv dvigatelining texnik quvvatini oshirish uchun ishlatiladi.
3. Shamollashni keltirib chiqaruvchi 100 dan ortiq viruslar mavjud.
4. Sugʻurta qilishni 1151 yilda Islandiyada oʻylab topishgan. Oʻshanda aholini vabo va yongʻindan sugʻurta qilishgan.
5. Para shahrida odamlar yomgʻirga qarab soatlarini toʻgʻrilashadi, chunki u yerda yomgʻir har kuni bir vaqtda yogʻadi.
6. Dunyodagi eng keng koʻcha Braziliyada joylashgan boʻlib, kengligi 250 metrga boradi.
7. Toza oltin shu qadar yumshoq boʻladiki, hatto u qoʻl taftida erib ketishi mumkin.
8. Dunyodagi eng toza suvga ega boʻlgan dengiz Antarktidadagi Ueddel dengizidir.
9. Agar 2 insonning tomirini bir chiziq qilib tortilsa, Quyoshgacha yetib boradi.
10. Dunyodagi eng uzun osma koʻprik boʻlmish Akasi-Kaykyo (Yaponiya) troslari bir-biriga ulansa, Yer sharini yetti marta aylantirib chiqish mumkin.

1. 1930-1931 yillarda sobiq ittifoq inqilobiy taqvimiga muvofiq fevral oyi 30 kundan iborat boʻlgan.
2. Lotin tilidan tarjima qilinganda «virus» soʻzi «zahar» degan maʼnoni bildiradi.
3. Burgut oʻz oʻljasini 7 km uzoqlikdan koʻra oladi.
4. Delfin1 km uzoqlikdagi tovushni bemalol eshita oladi.
5. Sigirni zinadan tepaga chiqara olasiz, ammo tushirish mumkin emas.
6. Sayyoramizning 7 foiz aholisi chapaqay.
7. PyotrI ning boʻyi taxminan 213 sm boʻlgan.
8. Yaponiyaning davlat armiyasi yoʻq.
9. Yiliga Yer yuziga 519 000 km3 yomgʻir yogʻadi. Bu har km3 milliard tonna suv degani.
10. Ikkinchi jahon urushi paytida AQShda metall kamyob boʻlib qolgani bois «OSKAR» haykalchalari yogʻochdan tayyorlangan.

1. Har qanday qogʻozni teng yarmidan koʻpi bilan 7 marta buklash mumkin.
2. Xitoyda qizil panda tulkiga oʻxshab ketganligi uchun «xou-xu» - «olovrang tulkicha» inglizcha esa Firefox deb ataladi.
3. Tovuq uzogʻi bilan 13 soniya ucha oladi.
4. Chumolining kallasi tanasidan katta.
5. Ayollar erkaklarga qaraganda 2 marta koʻp kiprik qoqishadi.
6. Xitoyliklardan biri oʻzini xaqiqiy boks qopiga aylantirdi. U oʻzini kaltaklatib pulishlamoqda. 48 yoshli Se Shuiping koʻchada, barlarda va tungi klublarda qorin qismiga uch bora zarba berishni taklif qilmoqda, deb yozadi The Daily Mailnashri. Gap shundaki, Shuiping qattiq tanaga ega va u har qanday zarbani koʻtara oladi. Se Shuiping boks qopi sifatida faoliyatini 2004 yilda boshlagan.Avvallari u supermarketlarda odamlarga oʻz boshiga shisha idish bilan urishni taklif qilgan. Pul topishni u aynan shu yoʻl bilan boshlagan. Se Shuipingning aytishicha, hozirda u oyiga 3 ming AQSh dollari atrofida daromad topmoqda.
7. Finishga yetib kelgan marafonchining boʻyi 1 sm ga qisqaradi.
8. 17 yoshli braziliyalik Marsel Fernandes Filxo tez SMS yozish boʻyicha rekord oʻrnatdi. Yigit oʻzining Samsung Galaxy S5 smartfonida ingliz tilidagi Therazor-toothed piranhas of the genera Serrasalmus and Pygocentrus are the mostferocious freshwater fish in the world. In reality they seldom attack a human (Serrasalmus va Pygocentrus turkumidagi oʻtkir tishli piranyalar dunyodagi eng agressiv baliqlar. Aslida ular odamlarga koʻp hujum qilishmaydi) gapini 18,19soniya ichida yozdi. Musobaqada qatnashish uchun Marsel Nyu-Yorkka tashrif buyurdi. Ushbu rekord yigitcha tomonidan uning smartfoniga oʻrnatilgan Fleksy Keyboard ilovasi yordamida oʻrnatildi.
9. Las-Vegasda Billboard Music Awards 2014 taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu tantanali marosim har yili oʻtkaziladigan yirik voqealardan biri hisoblanadi. Unda koʻpgina mashhur xonandalar tomonidan xit qoʻshiqlar ijro etildi. Chiqishlardan biri barchani hayratga soldi.Yahoo saytining xabar qilishicha, Maykl Jeksonning sahnaga qaytishi xaqiqiy sensatsiyaga aylandi. Bu koʻrinish tashkilotchilar tomonidan yuqori texnologiyalar yordamida amalga oshirildi. Billboard jurnali vakillari bunda gologrammadan foydalanishdi. Bu yoʻl bilan tashkilotchilar Maykl Jeksonni bir necha daqiqaga hayotga qaytarishdi.
10. Dunyoning yetti moʻjizasidan biri hisoblangan Artemida ibodatxonasi 120 yil mobaynida qurib bitkazilgan.

1. Kenguru 90 kilo vaznga ega boʻlishiga qaramay, har sakraganda 9 metr masofaga uchadi.
2. Rosmana futbol koptogidek keladigan tuyaqush tuxumining poʻsti shu qadar qalinki, u bemalol bitta odamni koʻtara oladi.
3. Oʻrtacha kattalikdagi oq akula tishlaganda uning har bir tishining bosim kuchi 1 kv. smga 3 tonna ogʻirlikni tashkil etadi.
4. Garchi uning kundalik ehtiyoji 2 kilogrammni tashkil etsa-da, och boʻri bir oʻtirishda 10 klogramm goʻsht yeyishi mumkin.
5. Mushuk tanasining Selsiy shkalasi boʻyicha meʼyordagi harorati — 38 daraja.
6. Aysberglarning rangi oq, koʻk, yashil va qora boʻlishi mumkin.
7. Uxlayotgan odam tanasining uzunligi bedor holatdagiligiga nisbatan yarim santimetr uzun.
8. Eng uzun ishqiy maktub farang rassomi Marsel de Leklyuf tomonidan yozilgan. Mazkur maktubda «men seni sevaman» jumlasi 1875 marta qayd etilgan.
9. Fashistlar Germaniyasiga tegishli boʻlgan konslagerlarda hibsda yotgan mahbus oʻzini oʻldirmoqchi boʻlsa, uni oʻlimga hukm etishgan.
10. Qadimgi misrliklarning koʻzlariga surma qoʻyishdan maqsad — konʼyuktivit (koʻzning qizarib, yoshlanishi) va traxoma kasalligining oldini olish boʻlgan.

1. Farang yozuvchisi Jyul Vernning kitoblarida 5, 15, 80, 25000 va hatto 500 million raqamlari uchraydi.
2. Rimda roppa-rosa 112 yoshida qazo qilgan qariyaning qabr toshiga «U meʼyorida yeyardi va ichardi» degan soʻzlar bitilgan.
3. Shifoxonadagi oʻlim holatlarining aksariyati kech soat 16-18 atroflariga toʻgʻri keladi.
4. Dominika orolida yashovchi ayollar shunday bir tilda gaplasha oladilarki, ularni erkaklar umuman tushuna olmaydi.
5. Rimning birinchi imperatori Gay Yuliy Sezar «Galliya urushi haqida xotiralar», «Fuqarolar urushi haqida xotiralar» asarlarining muallifidir.
6. 1941yilning 19 dekabrida 15 yoshli ingliz malikasi Yelizaveta ingliz askarlari uchun sahnalashtirilgan «Oppogʻoy» spektaklida bosh rolni ijro etgan.
7. Ingliz qirolichasi Yelizaveta II tennisni yoqtirmaydi. Lekin tennis boʻyicha Uimbldon turniri gʻolibiga mukofotni topshirishga majbur.
8. 1820 yil 20 dekabr kuni Missuri shtatida boʻydoqlar uchun maxsus soliq joriy etildi.
9. Las-Vegasdagi kazinolarda soat va koʻzgu umuman yoʻq.
10. Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlariga non daraxti juda qadimdan maʼlum. Uning nomi «artonarpus integra».

1. 1 metr kub yogʻochdan 500 ming dona tish tozalagichlarni yasash mumkin.
2. Yangi Zelandiyaning janubi-sharqidagi Oklend oroli Yer yuzida eng soʻng kashf qilingan odam yashaydigan joy hisoblanadi.
3. Yaqinda tadqiqotchilar gʻarbiy Avstraliyaning Jek Xill qoyaliklarida 4,4 milliardyillik sirkon mineralining kichik parchasini topishdi. Bu dunyoning eng qadimgi togʻ jinsi ekani maʼlum boʻldi.
4. Manzarasi nihoyatda goʻzal boʻlishiga qaramay, eng jasur alpinistlar ham zabt etolmagan choʻqqilar Yer yuzida hali ham bisyor. Ularning eng balandi Butan qirolligiga qarashli Gangxar Puyensum choʻqqisidir. 7541 metr balandlikdagi mazkur choʻqqini zabt etishgan qaratilgan uchta urinish muvaffaqiyatsiz tugagan. 1994 yili esa Butan qirolligi mahalliy eʼtiqodga hurmatsizlik sanalgani uchun 6000 metrdan baland choʻqqilarga chiqishni taqiqlab qoʻygan.
5. Mashhur olim, Nobel mukofoti sovrindori Nils Bor oʻz davrida futbol boʻyicha Daniya terma jamoasining darvozaboni hisoblangan.
6. Meksikadagi Yukatan sohillarida ham 500 kilometr uzunlikda tarmoqlanib ketgan gʻorlar majmuasi mavjud. Ularning ham suv ostida joylashgan koʻp qismi hali toʻliq oʻrganilmagan.
7. Har yili 40 ming kishi «Ginness rekordlar kitobi»ga kirishga harakat qiladi, ammo ulardan 5600 nafarigagina bu nasib etadi.
8. Dunyoda har yili eng koʻp nusxada chop etiladigan kitob - bu biror muallifga tegishli kitob emas, balki oddiygina telefon maʼlumotnomalari kitobi.
9. Amerikaliklar bir yilda 16 tonna aspirin dorisini isteʼmol qilishadi.
10. Dunyodagi eng chuqur gʻor Abxaziyada joylashgan. Uning chuqurligi 2170 metr. 2007 yil yanvaridagi ekspeditsiyada gʻorning yana 30 metr ichkarisi tadqiq qilindi va koʻp qismi suv ostida joylashgani aniqlandi.

1. Dunyoda eng koʻp ekranlashtirilgan qahramon bu Sherlok Xolmsdir. U haqida hozirgacha 211 ta film suratga olingan.
2. Fransuzlar kabutarni «uchar kalamush» deb atashadi.
3. Soʻnggi yillarda angliyalik bolakaylarda koʻzoynak taquvchilar soni keskin darajada oshishi kuzatilgan. Bunga sabab koʻz nurining xiralashishi emas, balki Garri Potter filmlarining ekranga chiqishidir. Garriga oʻxshashni orzu qilgan bolalar Angliyada juda koʻp topilmoqda.
4. Eng uzun eskalatorlar tizimi «Gonkong Sentral xill-sayd»dir. Uning uzunligi 800 km.U harakatlanuvchi yoʻlak koʻrinishida boʻlib, Mid- le-vel tumanidan qirgʻoq boʻyida joylashgan markaziy bozorgacha yoʻlovchilarni «tashiydi». Uni ishlatish uchun hech qanday yoqilgʻi kerak emas, shunchaki u ishqalanish kuchi evaziga harakatlanadi.
5. Eng qisqa eskalator esa 83 ,4 sm boʻlib, u Yaponiyaning Kavasaki shahridagi savdo markaziga oʻrnatilgan yoʻlakchadir. «Xitachi» kompaniyasi tomonidan oʻrnatilgan ushbu eskalator oddiylaridan 20 baravar kaltaroqdir.
6. Norvegiyaning Longirida dafn etish qonun bilan taqiqlangan. Chunki doimiy sovuqchilik sharoitida murdalar chirimaydi va oqayiq kabi yirtqich hayvonlarni jalb etadi.
7. Buyuk Britaniya parlamenti binosida vafot etish man etiladi.
8. Fransiyada choʻchqa bolasiga Napoleon nomini berish taqiqlanadi.
9. Alabama shtatida avtomobilni koʻzi bogʻlangan holda boshqarish qonunga xilof.
10. Eng koʻp ekranlashtirilgan syujet esa «Zolushka» ertagidir.

1. Shoqollarning xromosomalari itlar va boʻrilarnikidan bir juft koʻp.
2. Yoʻlbarslarning faqat junigina emas, terisi ham yoʻl-yoʻl.
3. Sargʻan baligʻining suyaklari yashil rangda.
4. Tovuq uzogʻi bilan 13 soniya ucha oladi.
5. Otlarning suyaklari odamnikidan 18 ta koʻp.
6. Yer sharidagi jonivorlar orasida eng yuragi katta va eng yuqori qon bosimiga ega jonivor- bu jirafa.
7. Jirafaning tili qora va uning uzunligi 45 santimetrgacha yetadi.
8. Antarktidadagi baliqlarning qon harorati - 1,7 darajagacha pasaya oladi.
9. Kitning yuragi bir daqiqada 9 martagina uradi.
10. Sakkizoyoqning koʻz gavhari toʻrburchak boʻladi.

1. Folklendor ollari aholisining har biriga 350 tadan qoʻy toʻgʻri keladi. Yangi Zelandiyada esa 20 tadan.
2. Fil miyasining umumiy ogʻirligi tanasi ogʻirligining 0,27 foizini tashkil etadi.
3. Mushukning jagʻlari yon tarafga qimirlamaydi.
4. Teterevyatnik kalxatlar Yevropadagi faqat bir mamlakat - Islandiyada mavjud.
5. Buqalamun bir vaqtning oʻzida boshini qimirlatmasdan boshqa-boshqa tomonlarga qaray oladi.
6. Injilda tilga olinmagan uy hayvoni mushukdir.
7. Voyaga yetgan kit 2 soniyada 2400 litr havo yutadi.
8. Agar koʻrshapalak oʻzining qichqirganini eshitganda kar boʻlib qolgan boʻlardi.
9. Iguana 28 daqiqagacha suv ostida tura oladi.
10. Dunyoda kolibri qushlarining 321 turi mavjud.

1. Dunyo boʻyicha taxminan 500ta hayvonot bogʻi mavjud.
2. Beliz yaguarlarni qonun bilan himoya qiladigan yagona davlatdir.
3. Oʻljasiga hujum qilayotgan akulalar koʻzlarini yumib olishadi. Bu bilan ular koʻzlarini lat yeyishdan asrashga harakat qilishadi.
4. Dunyodagi eng xavfli reptiliya (odam uchun oʻta xavflisi ham) dengiz timsohidir.
5. Yoʻlbarsning old panjalari beshta, orqa panjalari esa toʻrtta barmoqlardan iborat. Yoʻlbarsning tirnoqlari 8-10 santimetrgacha boʻladi.
6. Urgʻochi maymunlarning sochlari erkak maymunlarniki bilan bir xil toʻkiladi.
7. Eramizning birinchi asrida dunyo boʻyicha 200 miliion insonlar yashagan. Hozirgi kunga kelib 7 milliardga yaqin insonlar istiqomat qiladi.
8. Yer sharida qurbaqalarning 4000 turi mavjud.
9. Yoʻlbarslarning qorongʻulikda koʻrish qobiliyati odamlarnikidan olti marta kuchli.
10. Lunckie columbiae deb nomlanuvchi dengiz yulduzlarining tanasini bir santimetrdan qilib boʻlib tashlasangiz ham qayta tiklanib olaveradi.

1. Maʼlumki, Yer sharida birinchi boʻlib quyosh nurlarini yaponlar koʻrishadi - aynan shu sababli ham Yaponiyani - Quyosh chiquvchi davlat deb atashadi. Biroq bu fikr umuman notoʻgʻri. Vladivostok shahrida Grinvich boʻyicha sahar Tokioga nisbatan bir soat oldin keladi.
2. Xitoy- dunyodagi eng uzun davlatlardan biri hisoblanadi. Gʻarbdan Sharqqa uzunligi deyarli 5700 kmni tashkil etadi. 1949 yildagi revolyutsiyadan oldin Xitoyda 5 soat chiziqlari mavjud boʻlgan.
3. Big Ben - minora nomi emas, balki ichkarida uradigan, 13 tonnali qoʻngʻiroq nomi.
4. Atom soatlari 6 million yil ichida 1 sekundli xatoga ega. Bir sekund - bu 133 atom seziy nurlanishning 9 192 631 770 tebranishi.
5. Rim raqamli siferblatlarda, deyarli har doim soat 4 ni IIII bilan belgilanadi va deyarli hech qachon IV dan foydalanilmaydi.
6. Kokos yongʻoqlaridagi suyuqlik favqulodda holatda qon plazmasining oʻrnini bosishi mumkin.
7. 876 yilda Amerikada Markaziy istirohat bogʻi ochildi. Uning maydoni Monako davlatinikidan ikki baravar katta.
8. Shimoliy xitoy tilida yoki boshqacha nomlanishi «mandarin» tilida «Ha» va «Yoʻq»soʻzlarini ifodalovchi aniq soʻz mavjud emas. Savolga javob berishga kelganda, feʼlni qaytarib javob berish kerak xolos: misol uchun, «Sen guruchni yoqtirasanmi?» degan savolga, xitoylik «Yoqtiraman» yoki «Yoqtirmayman» deb javob berish kerak. Agarda savolda faol feʼl boʻlmasa, misol uchun, «Bugun dushanbami?» bunday savolga ijobiy javob ,ingliz tilidagi to be bogʻlovchi feʼli kabi 是 boʻladi, salbiy javob esa, xuddi shu bogʻlovchi feʼlni manfiy yuklama 不是 bilan aytiladi.
9. Taypan iloni bir marta chaqqanida 200 mingta sichqonni oʻldira oladigan zahar chiqaradi.
10. San-Diyego hayvonot bogʻi u yerda saqlanayotgan jonivorlarning rang-barangligi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi.

1. Tilning har xil joylari shirin, nordon, achchiq va shoʻr taʼmlarga javob beradi degan tushuncha bizning ongimizda uzoq vaqtlar davomidan qolgan. Bunga qaramasdan ushbu tushuncha notoʻgʻri. Tilning har bir doirasi istagan taʼmni seza oladi.Tilning taʼm sezish xaritasi mavjudligi haqida afsona, Garvard Universiteti professori tomonidan taklif qilingan nemis gazetasidagi nazariyaning notoʻgʻri tarjimasidan kelib chiqqan.
2. Ulkanxazinalar orasida yana bir ahamiyatlisi Tutanxamon xazinasi boʻlib, u 1922yilda angliyalik olim Govard Karter tomonidan topilgan. Xazinaning eng muhimbuyumlaridan biri sof oltindan yasalgan “Tutanxamon niqobi”dir.
3. Bolgariya hududlaridan topilgan yana bir xazina “Pereshipina” deb nomlanadi. Ushbu boylik Vizantiya hamda Sosoniylar davriga toʻgʻri keladi. Xazina 1912 yili choʻpon bola tomonidan tasodifan topilgan. Bu xazina 800 dona buyumdan iborat boʻlib,shundan 19 tasi kumush, 16 tasi sof oltindan yasalgan idishlardir. Bundan tashqari, qini va dastasi sof oltindan yasalgan temir pichoq ham katta ahamiyatga ega.
4. Indoneziya hududlarida dengiz tagidan topilgan xazina ham juda ulkan va X asrga tegishli. Suv ostidan 14000 javohir, 4000 yoqut, 400 ta toʻq zangori va havorang yoqutlar olib chiqilgan. Ushbu xazina bir necha million dollarga baholangan va 50% Indoneziya davlati gʻaznasiga oʻtkazilgan.
5. Ayollarning terisi va sochlari erkaklarga nisbatan oʻrtacha ochroqdir, bu hatto barcha irqlarga tegishli.
6. Bunday holat erkaklarning organizmida ayollarnikiga nisabatan melaninning koʻpligi sabablidir. Bundan tashqari erkaklarning tanasi ayollarnikiga nisbatan qizgʻishroq boʻladi, buning sababi erkaklar organizmida qon miqdori ayollarnikiga nisbatan koʻproqligidandir.
7. Andres Inesta otasi uch oy qiyinchilik bilan ishlab va topgan hamda yiqqan puliga olib bergan oyoq kiyimini hamon saqlaydi. Andres futbolchi sifatida ilk professional kontraktini tuzgandan soʻng onasiga uy sovgʻa qildi. Otasiga esa ishini tashlashga imkoniyat yaratib bergan (otasi oʻshanda 40 yoshda boʻlgan).
8. 2011yilning 7 may kuni Gollandiya yuqori divizionida ishtirok etadigan “Venlo” jamoasi Berke van der Me bilan professional shartnoma imzolagan. Shartnoma imzolangan vaqtda Berke endigina bir yarim yoshda edi. Uning oʻyinchoq toʻpini kichik darvozaga “mahorat” bilan joylayotganining videolavhasini koʻrgan jamoa rahbariyati bu antiqa bolani tarkibiga olishga qaror qilgan.
9. Maydonda muxlis sifatida oʻtirib tomosha qilish boʻyicha rekord natija 2007 yilning 31mart kunida qayd etilgan. Bu natija Angliyaning “Old Trafford” maydonida amalga oshgan. Premer liga doirasida “Manchester Yunayted” - “Blekbern Rovers” jamoalari uchrashuvida maydonda oʻtirib 76 098 muxlis uchrashuvni tomosha qilgan. Bu voqea shuningdek chempionat tarixida ham yagona hisoblanadi.
10. 1999 yilning 5 iyun kuni Pol Skoulz antiqa anti-rekord qayd etgan. U Angliya terma jamoasi tarkibida oʻz maydonida qizil kartochka olib maydonni tark etgan yagona futbolchi hisoblanadi. Oʻshanda inglizlar Shvetsiya termasiga qarshi bahs olib borgan. Ayni vaqtga kelib ham bu natija yangilangani yoʻq.

1. Dunyoda avval jahon chempionligini (2010y.) qoʻlga kiritib keyin yoshlar oʻrtasida Yevropa chempioni boʻlgan (2011 y.) yagona futbolchi Xuan Mata hisoblanadi.
2. 1969 yilda Gonduras terma jamoasining Salvador termasiga imkoniyatni boy berishi natijasida, ikki mamlakat oʻrtasida olti kunlik urush boʻlib oʻtgan.
3. Alessandro Del Pero futbolchilik faoliyatini darvozabonlikdan boshlagan. Uning onasi oʻgʻli jarohatlanmasligi uchun shu pozitsiyada harakat qilishgagina ruxsat bergan.
4. Serxio Ramos terma jamoa safida 100 uchrashuv oʻtkazgan eng yosh yevropalik futbolchi hisoblanadi.
5. Faqatgina fransuz ustasi Mishel Gero “Oltin toʻp” sovrinini ishlab chiqaradi.
6. Iker Kasilyas — Ispaniya terma jamoasida eng koʻp uchrashuv oʻtkazgan rekordchi hisoblanadi (138). Shuningdek, darvozasi daxlsizligini (73) uzoq saqlab turgan dunyodagi rekordchi darvozabon hamdir.
7. Samuel EtoʻO — futbol tarixida ikki jamoa bilan ikki yil ketma-ket (2009 yilda“Barselona” va 2010 yil “Inter” jamoasi bilan) “oltin xet trik”ni (Chempionlar ligasi, chempionat va mamlakat kubogi) qayd etgan yagona futbolchi hisoblanadi.
8. AlfredoDi Stefano uchta terma jamoada toʻp surgan yagona futbolchi hisoblanadi -(Argentina, Kolumbiya, Ispaniya).
9. Paolo Maldini Chempionlar ligasi finallari tarixida eng tezkor gol muallifiga aylangan. U 2005 yilgi finalda Angliyaning “Liverpul” jamoasi darvozasini 52 soniyada ishgʻol qilgan.
10. Klarens Zeyedorf UYEFA chempionlar ligasi gʻolibligini uchta har xil jamoalar bilan qoʻlga kiritgan yagona futbolchi hisoblanadi. Bular: “Ayaks”, “Real”Madrid va “Milan”.

1. Ispaniya Super kubogi finalida Krishtianu Ronaldu “Barselona” jamoasi darvozasiga ilk toʻpini kiritgan. Bu safar esa Garet Beyl Ronaldu natijasini takrorladi. Farq shundaki Ronaldu Ispaniya super kubogida golini nishonlagan boʻlsa, Garet “Qirol kubogi”da gol urdi.
2. Joze Mourino hech qachon professional futbolchi boʻlmagan. U faqat yoshlar jamoalarida toʻp surgan. Mourino futbolchi boʻlishi uchun yetarli qobiliyati boʻlmaganligi sababli professional futbolchi boʻlib tanilmagan.
3. Qiziq faktlar — Butun dunyoda 1 iyunda bolalarni himoya qilish bayrami oʻtkazilsa, Seyshel orolida bu bayram biroy davomida nishonlanadi.
4. Dunyodagi eng koʻp bolali kishi Marokash sultoni Ismoil boʻlib, uning 548 ta oʻgʻli va340 nafar qizi bor.
5. Har 20 kunda uning haramida yangi chaqaloq dunyoga keladi.
6. AQSh prezidentlarining hech biri oilada yagona farzand emas. Amerika psixologiyasiga koʻra, oilada bittagina farzand boʻlsa, u albatta xudbin va oʻz maqsadi uchungina yashashi mumkin.
7. Ruminiyada dunyodagi yagona bolalar va ularning qoʻriqchilari uchun bolalar bogʻchasi bor. U yerda qoʻriqchilar uchun alohida bino bor. Ushbu bogʻcha mashhur hamda boy kishilarning farzandlari uchun, albatta. Bolalarning qoʻlida telefon boʻlib, u istagan paytida ota-onasiga qoʻngʻiroq qilishi mumkin.
8. Sayyoramizda har lahzada ikkita chaqaloq dunyoga keladi. Shulardan biri uzogʻi bilan 10 yoshgacha yashashi mumkin.
9. Statistikaga koʻra, 3-4 yoshli bolalar bir kunda 1200 ta soʻz ishlatishadi va kattalarga 900 taga yaqin savol berishadi.
10. Angliyalik olimlarning taʼkidlashicha, doimiy ravishda kompyuter bilan ishlab turadigan bolalar boshqa bolalarga nisbatan matematikani yaxshi bilishadi hamda oʻqish va yozishni besh karra ziyod tez oʻrganib olishadi.

1. Egizaklar har 85 ta tugʻilishdan keyin dunyoga keladi. Uchtalik egizaklar esa har 7000 ta tugʻilishdan keyin dunyoga kelishadi.
2. Eng katta chaqaloq 1897 yili Kanadada tugʻilgan boʻlib, uning vazni -10,7 kilogramm, boʻyi-76 santimetr boʻlgan. Onasi Anni Batesning boʻyi 224 santimetr boʻlgan.
3. Uzoqni koʻra olmaslik ayollarda erkaklarga nisbatan ikki martda koʻproq uchraydi.
4. Koʻzoynak judayam qadimiy ixtiro xisoblanadi -Neron Rim imerator oʻz vaqtida gladiatorlar jangini shlifovka qilingan zumrad yordamida koʻrgan. Bizga tanish boʻlgan koʻzoynaklar arab mamlakatlarida 10 asrda paydo boʻlgan.
5. Qadimgi eski moslar quyoshdan himoya qiluvchi koʻzoynak sifatida suklyar boʻlagi yoki kovakli yogʻoch boʻlaklarini ishlatishgan.
6. Qora rezavorlar - chernika, maymunjon koʻrish qobiliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
7. Kontakt linzalar Leonardo da Vinchi tomonidan oʻylab topilgan, ular shishadan ishlangan.
8. Toʻq koʻk rang koʻzlarimizga ijobiy taʼsir qiladi. Ekspertlar kuniga 15 daqiqa davomida ushbu ranga qarashni tavsiya qiladilar.
9. S vitaminini isteʼmol qilish koʻz kasalliklarini oldini oladi, masalan katarakta kasalligini oldini oladi.
10. Dunyoda koʻzoynaklar ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi davlat Italiya xisoblanadi, ikkinchi oʻrinda Xitoy turadi.

1. Bizning koʻzlarimiz suratlarni oʻgirilgan holatda koʻradi hamda miya uni biz oʻrgangan va qabul qiladigan holga aylantiradi.
2. Chaqaloqlar yigʻlaganda ularning koʻzlari hoʻllanmaydi, chunki chaqaloqlar koʻz yosh bezlari xali rivojlanmagan boʻladi.
3. XV asrda optik moslamalar deyarli mavjud boʻlmagan, ammo oʻsha vaqtda ham Yevropa yoʻllarida koʻzoynak taqib ketayotgan odamlarni uchratish mumkin edi, -"yoʻl koʻzoynaklari” quyoshdan va changdan ximoya qilgan. Lyudovik XV oʻziga bagʻishlangan maqtov panegirikni eshitib, aynan muallifning koʻzoynaklari qirol xizmatlarini oshiradi deb aytgan. Psixologlar fikricha, koʻzoynaklar taqishni boshlagan inson nafaqat koʻrinishi balkim ruxan ham oʻzgarar ekan.
4. Uzoqni koʻra olmaslik ayollarda erkaklarga nisbatan ikki martda koʻproq uchraydi.
5. «Rolls-Roys» bamperidagi haykalchaning narhi 5000 dollarni tashkil qiladi.
6. Dastlabki sharikli ruchkalar savdoga 1945 yilda chiqarildi. Har birining narxi 12 dollar boʻlgan.
7. Rojdestvoga birinchi tabrik otkritkalari Angliyada 1842 yil 9 dekabrda paydo boʻlgan.
8. Shtopor M.L. Brayn tomonidan 1860 yilda ixtiro qilingan.
9. Rossiyada zarb qilingan tangalarning eng kichik qiymati - 1/8 tangaga teng edi.
10. Tualet qogʻozi nyu-yorklik Djozef Gayyotti tomonidan 1857 yilda kashf qilingan.

1. Koʻzoynak judayam qadimiy ixtiro hisoblanadi - Rim imperatori Neron oʻz vaqtida gladiatorlar jangini sayqallangan zumrad yordamida koʻrgan. Bizga tanish boʻlgan koʻzoynaklar arab mamlakatlarida 10 asrda paydo boʻlgan.
2. Qadimgi eskimoslar quyoshdan himoya qiluvchi koʻzoynak sifatida suyaklar boʻlagi yoki kovakli yogʻoch boʻlaklarini ishlatishgan.
3. Daniel Defo - “Robinzon Kruzo”ning muallifi umri davomida 300 dan ortiq asar yozgan. Uingliz milliy razvedkasining asoschisi sanaladi.
4. Iogann Volfgang Gyote tutunni umuman xushlamagan. U hatto oshpazini uyni tutatib yuborgani uchun ishdan boʻshatib yuborgan. Biroq, alamzada oshpaz ketish oldidan sigaret chekib, shoirdan oʻch olib ketgan ekan.
5. Dyumaning ishtahasi ham ulkan edi. Bir oʻtirganida qirgʻovul, oʻrdak, qisqichbaqa tanovul qilib, salatlar va turli desertlar isteʼmol qilgan. Lekin, spirtli ichimliklar va tamakini umri davomida ogʻziga olmagan.
6. Pushkin xolasining uyiga kelib 5 daqiqa oʻtirgan stul ham hozir muzeyda saqlanadi.
7. Onore de Balzak har kuni ijoddan oldin 7-8 finjon qahva ichgan. Umri davomida esa tahminan 50.000 finjon qahva isteʼmol qilgan.
8. Aleksandr Dyuma oʻz qahramonlarini tirik deb hisoblagan. U oʻz obrazlari haqida qaygʻurgan. Ular bilan suhbatlashgan, kulishgan, dardlashgan.
9. Adib divanda muk tushib, qoʻllari ostiga yostiq qoʻyib asar yozgan. Uning umri davomida yozgan asarlari umumiy 2000 jildni tashkil qilishini mashhur ruhshunos Deyl Karnegi oʻz kitobida taʼkidlagan.
10. Aleksandr Pushkin hammomda toʻpponchadan oʻq uzishni yaxshi koʻrgan. U otgan devorlardagi teshiklar hozirgacha Mixaylovskoye qishlogʻida saqlanib qolgan.

1. Nikolay Gogolning oshpazlik isteʼdodi ham bor edi. Rimda yashaganida italiyalik oshpazlardan barcha sir asrorlarni oʻrganib olib, makarondan ajoyib taomlar tayyorlab, soʻng doʻstlarini mehmon qilgan.
2. Ivan Turgenev dvoryan oilasida tugʻilgan. U mohir ovchi va faylasuf edi.
3. Turgenevning vafotidan soʻng, ekspertlar uning miyasini ogʻirligini tekshirib koʻrishgan va adib miyasi 2,5 kg ogʻirlikda ekanini aniqlashgan. Oddiy odamlarning miya vazni oʻrtacha 1,5 kg ga yaqin boʻlishini hisobga olsak, rus yozuvchisining haddan ziyod kuchli, qomusiy bilim va tafakkurga ega boʻlgani maʼlum boʻladi.
4. Lev Tolstoy Yasnaya Polyanani juda yaxshi koʻrgan. Juda erta turgan. Qatʼiy kundalik tartibga amal qilgan. Velosipedda sayr qilishni ham yoqtirgan.
5. Mark Tven (Semyuyel Klemens) karavotda yotib ijod qilgan. U dengizchi boʻlgani uchun ham “mark twain” - ikki dengiz sajeni yaʼni chuqurlikning oʻlchov birligi atamasini oʻziga taxallus qilib olgan.
6. Ufan va texnika kashfiyotlariga sarmoya kiritganida, katta qarzga botgan edi. Muxlislari va doʻstlarining yordamini qatʼiyan rad etgan. Ammo, adib baribir qarzlaridan qutulgan.
7. Har yili 30 noyabrda adibning tugʻilgan kuni Missuri shtatida nishonlanadi va Tom Soyerning uyidagi devorlarni oqlash musobaqasi oʻtkaziladi. Gʻoliblarga Mark Tven kitoblari taqdim etiladi.
8. Gerbert Uellsning otasi kriket oʻyinlariga pul tikuvchi qimorboz boʻlgan. Adib yoshligida oyogʻini sindirib, bir umrga nogiron boʻlib qolgan.
9. Jek London asarlar yozishni rosa yomon koʻrishini koʻp bora taʼkidlagan. Kitoblarni faqat tirikchilik uchun nashr etgan ekan. Amerikalik adib 17 yoshida dengiz qaroqchilariga qoʻshilib, Bering boʻgʻozi, Alyaska, Shimoliy Okean va Yaponiya qirgʻoqlariga borib kelgan. Oʻsha yili San Frantsiskodagi gazetada ocherklar tanlovi gʻolibi boʻlgan.
10. Artur Konan Doylning mashxur obrazi “Sherlok Xolms”ni prototipi aslida muallifning oʻzi boʻlganini zamondoshlari koʻp bora eʼtirof etishgan. Chunki, yozuvchi oʻz qahramoni kabi juda sinchkov, oʻtkir zehnli va topqir boʻlgan. Koʻplab davlat arboblari undan jumboqli masalalarni yechishda yordam soʻrashganida, Konan Doyl - Xolms uslubida ularga koʻp bor koʻmaklashgan.

1. Bernard Shou ham Oskar sovrini, ham Nobel mukofoti olgan yagona adib sanaladi.
2. 2011 yilda adabiyot yoʻnalishida xalqaro Nobel mukofotiga loyiq koʻrilgan shvetsiyalik shoir Tumas Transtryomer - kuchli psixolog mutaxassis sanaladi.
3. Taniqli rus adibi Mixail Bulgakov ham Kiyev universitetini tugatib, shifokorlik diplomiga ega boʻlgan, soʻngra u oʻz mutaxassisligini adabiyot bilan yonma-yon olib borgan.
4. Sharikli ruchkalar sotuvga ilk bor Nyu-Yorkda1945 yilda chiqqan. Ruchkalarni xarid qilish uchun navbat shunchalik katta ediki, hatto hukumat bir necha yuz politsiya xodimlaridan devor tuzishga majbur boʻlgan. Uning narxi oʻrtacha amerikalik sanoat odamining 8 soatlik ish kuni uchun olgan maoshi 12 dollarga teng boʻlganligiga qaramasdan bir kunning ichida10 mingga yaqin ruchka sotilgan. Keyingi qirq yildan ortiqroq vaqt ichida 400 dan ortiq kishi fazoga parvoz qildi. Ular koʻplab narsalarga duch kelishgan.Ammo ular koʻrgan barcha narsalari haqida ham ogʻiz ochishmagan. Buning ustiga ularga ogʻiz ochmaslikni maslahat beruvchilar ham bor. Aytishlaricha, bir paytlar Gagarin «agar ruxsat berishganida, samodagi koʻplab qiziqarli hodisalarni aytib bergan boʻlardim» degan ekan.
5. Janubiy afrikalik siyosiy arbob Yan Xristian Smets 5000 ta kitobning matnini yoddan bilgan, birmalik Visittabm Vumsa 1974yilda 6000 sahifalik budda matnlarini yoddan aytib bergan.
6. Anqaralik Mehmed Ali Xolisiy 1967 yilning 14 oktyabrida olti soat davomida «Qurʼon» niyoddan aytib bergan.
7. Vengriyaning Pech shahridagi Klara Leova nomidagi oʻrta maktabda boʻlib oʻtan vengr tili va adabiyoti darsi 24 soatga choʻzildi. Oʻqituvchi Shabolch Zalay 34 oʻquvchiga 18 iyundan 19 iyungacha (1999 yil) boʻlgan muddatda taʼlim berib charchamadi ham.
8. Soʻnggi paytlarda dunyoning qaysidir burchagida oʻrmon yongʻinlari haqidagi xabarlarga tez-tez duch keladigan boʻlib qoldik. Olovning shiddatli tarzda katta-katta oʻrmonlarni egallab, ularni yoʻq qilayotgani, oʻt oʻchirish ishlari besamar ketayotgani mazkur xabarlarning asosiy mavzusi. Baʼzilarimiz «nahotki, shunchalik darajadagi texnika taraqqiyoti ham olovni oʻchirish yoki kengayib ketishining oldini olishga ojizlik qilayotgan boʻlsa» deb oʻylab ham qolamiz.
9. Dunyodagi soʻz jihatdan eng badavlat tillar arab va ingliz tillari boʻlib, inglizlarning hisobida 2500000 (ikki yarim million) dan oshiq soʻz boʻlsa, arab tilida esa 3500000 (uch yarim million)dan ortiq lugʻat boyligi mavjud. Oʻzbek tilida taxminan 1400000-1600000 atrofida soʻz bor ekan. Biz yuqorida keltirgan hozirgi maʼlumotlar, albatta, koʻproq ijtimoiy sohalar boʻyicha nisbatan olingan xolos.
10. Olachipor tovuqlar jigarrang tuxum qoʻyishadi. Har doim ham unday boʻlavermaydi. Tuxum poʻsti rangini belgilaydigan faktor tovuq turi emas, uning genlaridir. Agar toza zotli tovuq haqida gapiradigan boʻlsak, quloq solinchagi oq boʻlgan tovuqlar oq, qizil solinchakli tovuqlar esa jigarrang tuxum quyishadi. Lekin shuni aytib oʻtish kerakki, har bir tovuq butun umr davomida bir xil rangda tuxum qoʻyadi.

1. Uch qoshiq shakar qoʻshilgan bir stakan suv, haqiqatan ham antidepression taʼsir koʻrsatishi mumkin, lekin qisqagina vaqtga xolos, bu vaxt yarim soatdan koʻp choʻzilmaydi.Shakar organizm xazinasidagi miya bardamligini taʼminlovchi V1 vitaminini kamaytirishi bilan bogʻliq. Bu vitamin qanchalik kam boʻlsa, uyqusirash,depressiya, tez charchash, mushaklarning boʻshash ehtimoli yuqori boʻladi.
2. Haqiqatda shokoladning bir plitkasida atigi 30 mg kofein bor. Bir piyola kofeda esa 180 mg, choyda undan ham koʻp. Bundan kelib chiqadiki, bir piyola kofedan olayotgan tetiklashtiruvchi taʼsirni olish uchun kamida 6 plitka shokolad yeyish kerak.
3. Qirq besh yoshli Konrard Fondershtrass Germaniyaning Frayberg shahri klinikasiga bir necha oylardan beri uxlamayotganligidan nolib kelganida, shifokorlar uning chindan ham uyqusizlik kasaliga duchor boʻlganligiga ishonishmadi. Olimlar xulosasiga koʻra, har qanday inson bunday uzoq muddatda baribir bir-ikki soat mizgʻib olishi kerak. Bemorning kasalligini aniqlash uchun unga 8 soatlik maxsus moslama ulab, uyqusizligini tekshirib koʻrmoqchi boʻlishdi. Belgilangan muddat ichida Konrard atigi bir necha minutgina pinakka ketdi, qolgan vaqtlarda esa tamoman oʻzini hushyor tutdi.
4. Futbol toʻpining anʼanaviy oq-qora koʻrinishi oq-qora rangli televizor ekranlarida yaxshi aks etishi uchun oʻylab topilgan.
5. Neftni qazib olish ham, yer silkinishlariga olib kelishi mumkin. Lekin, bu toʻgʻrisida gapirilmaydi, chunki ularning kuchi juda kichik boʻladi va ular, neft soʻrib olingan joy oʻrniga qattiq jinslar oʻrnashib olganidagina yuz beradi.
6. Kaspiy dengizida eng issiq harorat 37,2 °S boʻlsa, Orol dengizida bu koʻrsatkich 32,4°S ga yetadi. Azov dengizida suv sirti 32 °S, Qora dengiz va Yapon dengizida31,2 °S, Oxota dengizida 25,9 °S, Bering dengizida esa 22,2 °S gacha isishi mumkin.
7. Suv sirti va ostidagi haroratning har xilligidan foydalanib, suvlardan issiqlik chiqarish va ularni elektr stantsiyalarida elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Shu xildagi ilk elektr stantsiyasi Afrikada, Kot-dʼIvuarning Abidjan shahrida qurilgan. U oʻn toʻrt ming kilovatt quvvat bilan ishlaydi. Stansiya sovuq suvni besh yuz metr chuqurlikdan oladi. Bu yerda sirtqi va ostki suv haroratining farqi 10-15 daraja atrofida.
8. Qurilish sohasi “Samsung Engineering” kompaniyasiga yiliga 2 mlrd AQSh dollari daromad keltiradi. Kompaniya asosan xorijiy buyurtmachilarga xizmat koʻrsatadi va yirik loyihalar bilan shugʻullanadi. “Samsung Group”ning bosh ofisi binosi (Seul),jahondagi eng baland bino Burj Xalifa (Birlashgan Arab Amirliklari), Petronas egizak minorasi (Kuala Lumpur), Taybey 101 binosi (Tayvan) kabi dunyoga mashhur inshootlarni ana shu kompaniya qurgan.
9. Oyda Mirzo Ulugʻbek nomidagi krater bor.
10. Yevro kupyurasining haqiqiyligini undagi harfning seriya raqami va 11 sonidan tekshirish mumkin. Harfni, ingliz alifbosidagi tartib raqami bilan almashtirib, bu sonni boshqa sonlar bilan qoʻshib, undan soʻng birgina son hosil boʻlgunga qadar natijada chiqqan sonlarni qoʻshish kerak. Agar bu son 8 boʻlsa, kupyura haqiqiy hisoblanadi. Tekshirishning yana bir usuli, xuddi shunday uslubda, faqat harfning ishtirokisiz boʻlgan qoʻshishdan iborat. Bitta harf va bitta sondan tashkil topgan natija maʼlum bir mamlakatga mos kelishi kerak, chunki yevro turli xil davlatlarda chop etiladi. Masalan,Germaniya uchun bu X2.

1. Banan yegan boʻlsangiz kerak? Hozirda bu mevani nafaqat supermarketlardan, balki bozorlardan ham topish mumkin. Oʻzimizda yetishtirilmagani sababli biroz qimmat, lekin baribir narxi osmonda emas. Banan allergiya chaqirmaydi, hatto yosh bolalarga ham bersa boʻladi. S vitamini va kaliyga boy. Bu mevaning asl vatani Osiyo changalzorlari hisoblanadi. Bananning poyasi, yaʼni shox-shabbalari daraxtniki singari baquvvat boʻlmaydi. Shu bois soniyasiga 25 metrdan ortiq tezlikda esgan shamol butun bananzorni 1 daqiqaga qoldirmay payhon qilishi mumkin. Shuning uchun har bir oʻsimlikka tirgak qoʻyib chiqiladi.
2. 1849 yili senator David Atchison faqat 1 kunga AQSh prezidenti lavozimini oʻtagan. Shunda ham u bu kunning asosiy qismini... uxlab oʻtkazgan.
3. Misrda jala 200 yilda bir marotaba quyadi.
4. PyotrI ning boʻyi taxminan 213 sm ni tashkil etgan.
5. Insonda 20 ta sut tishi boʻladi.
6. Marsga hali inson qadami yetmagan boʻlsa-da, ushbu sayyoraning oʻz bayrogʻi bor.
7. Tennisning oyoqda oʻynaladigan turi ham bor va u “futboltennis” deb ataladi.
8. 2 ming yil oldin ham forslar lavlagi nimalagini bilishgan. Biroq unga urush-janjal belgisi deb qaraganlar.
9. Yetilayotgan karamning boshi bir kunda ishga yaroqli ot ichadigan suvni “hazm qilib yuboradi”.
10. Sportning shaxmat va boks turlari qoʻshilishidan paydo boʻlgan shaxboks oʻyini boʻyicha jahon chempionatlari oʻtkazib turiladi.

1. Hisob-kitoblarga koʻra, dunyo boʻyicha bir yilda yetishtiriladigan kartoshkaning qiymati shu muddat ichida qazib olinadigan oltin va kumush qiymatidan koʻpdir. Bu serdaromad sabzavot Yevropada XVI asrda paydo boʻlgan. Dastlab uni bogʻlarda manzarali oʻsimlik sifatida ekishgan, keyinchalik ustki hoʻl mevasidan murabbo tayyorlaganlar va nihoyat ildiz mevasini ham isteʼmol qila boshlaganlar. Ancha vaqt mobaynida kartoshka juda tanqis boʻlgan, turli bayramlarda odamlar uni yaqinlariga sovgʻa sifatida ulashgan.
2. Fransiyada yetishtiriladigan “La Bonnotte” kartoshka navining 1 kilogrammi taxminan 500 yevro turadi. Bu pulga oʻzimizning kartoshkadan olinsa, toʻrt-besh yilga bemalol yetadi.
3. Dunyodagi eng qimmat kitob Leonardo da Vinchining “Lester qonunlari” (“Suv, yer va osmon jismlari haqida risola”) asaridir. Qimmatbaho qogʻozga yaltiroq harflar bilan yozilgan bu kitobni dunyo milliarderi Bill Geyts 24 million dollarga sotib olgan. Kitobga ayamay pul sarflaydigan milliarder bekorga boy boʻlmagan boʻlsa kerak.
4. Yer sayyorasining aholisi foydalangan eng qadimgi taroqlarni baliq suyaklari deb aytish mumkin. Birinchi taroq qayerda va qachon ixtiro qilinganligi nomaʼlum,lekin dastlabki taroqlardan biri Qadimgi Rim hududida topilgan. U hayvonning katta suyagidan yasalgan boʻlib, bir-biridan 0.2 sm masofada joylashgan tishlari va ruchkasi qoʻl bilan oʻyib chiqilgan. Keyinchalik taroqlar yogʻochdan, marjondan, fil suyaklaridan, toshbaqa kosasidan va turli hayvonlarning shoxlaridan ham yasala boshlagan . Taroqlar uchun ushbu ashyolar deyarli XIXasr oʻrtalarigacha ishlatilgan. 1869 yilda aka-uka Isayya va Jon Xayatlar taroqlar ishlab chiqarishni tubdan oʻzgartirgan selluloidni kashf qildilar.
5. Tugmachani aynan kim ixtiro qilgani nomaʼlum. Baʼzi olimlar bu yunonlar yoki rimliklardan, boshqalari - tugmacha Osiyodan kelgan deb aytadilar. Ular koʻpincha fil suyaklaridan yasalgan. Tugmachalar XIII asrga kelib keng tarqalgan va deyarli XVIII asrgacha, boylik va aslzodalar nasabidan kelib chiqqanlik belgisi edi. Qirollar va zodagonlar, oʻzlariga tilla va kumush tugmachalarni yasattirishgan. XVIII asr boshlarida, tugmachalar metall va misdan yasala boshlangan, va deyarli XIX asrgacha tugmachalar shunchalik qimmat mahsulot ediki, ular kiyimdan kiyimga tikilardi .
6. Zar qogʻoz qoplangan gʻoʻlani koʻz oldingizga keltiring. Ovozni kuchaytiruvchi karnayga ulangan ignaning uchi oʻsha gʻoʻlaga tegib turibdi. Gʻoʻla sekin aylanyapti.Ovoz kuchaytiruvchi bu karnayga gapirilsa, tovush zarbidan igna harakatga keladi va uning uchi zarqogʻozga dam katta, dam ingichka iz oʻyadi va bu bilan tovush yoʻlchalari hosil boʻladi. 1877 yilda amerikalik ixtirochi Edison yaratgan tovush yozish va ovoz eshitish apparati - fonograf shu yoʻsinda ishlagan. 1888 yilda esa nemis ixtirochisi Berliner fonograf gʻoʻlasi oʻrniga aylanuvchi taglik oʻrnatdi. Shu tariqa gramplastinka kelib chiqdi.
7. 1835 yilda Nyu-Yorklik vrach Jon Ayrlend Xoui toʻgʻnogʻichlarni ishlab chiqaruvchi mashinani kashf qildi. Toʻgʻnogʻichlar, tabiiyki, tikuvchilar uchun yaratilgan, lekin ular varaqlarni birlashtirishda ham keng qoʻllanilgan. Qayriltirilgan sim boʻlagi bilan qogʻozlarni birlashtirishni birinchi boʻlib, norvegiyalik ixtirochi Yoxan Vaaler 1899 yilda oʻylab topdi, biroq u hozirgi zamon skrepkasiga oʻxshamas edi. Bugungi kundagi skrepkaning ilk koʻrinishini «Gem Manufacturing Ltd»ingliz kompaniyasida ixtiro qilishgan, biroq negadir uni hech kim patentlamagan.
8. Toshlardan, hayvon suyaklaridan yoki shoxlaridan yasalgan, dastlabki teshikli ignalar zamonaviy gʻarbiy Yevropa va Maraziy Osiyo hududlarida 17 ming yil ilgari topilgan. Afrikada palma barglarining paylariga bogʻlangan, oʻsimliklardan qilingan iplar igna sifatida xizmat qilgan.
9. Ilk poʻlat igna Xitoyda yasalgan. Oʻsha yerda eramizdan avvalgi 3 asrda angishvona kashf qilingan. Mavritaniya (qadimda Afrikaning shimoli-Gʻarbiy hududlari, zamonaviy Jazoir Qarbiy hududi va zamonaviy Marokashning sharqi) qabilalari bu kashfiyotlarini gʻarbga olib borishgan .
10. Atlantika okeanida maydoni uncha katta boʻlmasa-da, boshqa okean mintaqalariga qaraganda anchagina mashhur boʻlgan hudud bor. Bu taxminiy uchburchakning bir uchi Bermud orollariga, bir uchi Florida yarim oroliga, yana bir uchi esa Puerto-Rikoga tutashadi. Bermud uchburchagi deb nom olgan bu hudud nafaqat Atlantika okeanidagi, balki butun yer yuzi okeanlaridagi eng jumboqli va xavfli joy hisoblanadi.

1. Kim, qachon va nima uchun gʻildirakni ixtiro qilganligi tarixning eng murakkab sirlaridan biri boʻlib qolmoqda. Eng qadimgi gʻildirak Mesopotamiya hududida topilgan boʻlib, u 55 asrlarcha oldin yasalgan. Miloddan avvalgi XXXV asr Shumerlar piktogrammasida birinchi marta arava koʻrinishidagi narsa-gʻildirakli chana tasvirlangan. Oʻsha paytdagi gʻildiraklar butun disk koʻrinishida yogʻochdan qirqilgan. Kegayli birinchi gʻildiraklar Kichik Osiyo yarim orolida, eramizdan avvalgi XX asrda yasalgan va xuddi shu asrning oʻzida Yevropa, Xitoy va Hindistongacha borgan. Misrda ulardan yuk tashish uchun ham foydalana boshlashgan.gʻildiraklar va har qanday aravalar Qadimgi Yunonistonda, keyin esa Rimda ham keng tarqalgan.
2. Geologlar Afrika janubidagi Namibiya davlatining eng qurgʻoqchil hududida ulkan yer osti suv manbasiga duch keldilar. Maʼlumotlarga qaraganda, ushbu yerosti dengizi Afrika qitʼasining shimoliy hududlarini kamida 400 yil suv bilan taʼminlab turishi mumkin ekan. Namibiyada Atlantika okeani sohillarini hisobga olmaganda oʻz suv havzalari deyarli yoʻq , daryolari esa juda kam. Ular ham faqatgina yomgʻir mavsumida oqib, jazirama issiq kunlarda qurib qoladi. Shu bois mamlakatda qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirish mushkul .
3. Vino uzumdan tayyorlangan (lekin koʻpgina sharbatlar kabi suyultirilgan uzum kontsentratidan emas) mahsulot, quyosh nurlaridan saqlovchi vosita hisoblanadi. Teri ultrabinafsha nurlarga yoʻliqqanida, teri hujayralaridagi faol kislorod ushbu hujayralariga ziyon keltiradigan fermentlarni oksidlaydi. Uzum tarkibida flavonid deb atalmish birikmalar mavjud boʻlib, ular hujayralardagi kislorodning faol formalari shakllanishiga yoʻl qoʻymaydi, shu bilan birga uning potentsial zararini kamaytiradi .
4. Avstraliyaning janubi-sharqiy qismida dunyodagi eng uzun toʻrli devor mavjud boʻlib, uning uzunligi 5614 kilometrga teng, lekin shosse yoʻllari oʻtgan joylarda uzilib davom etadi. Bu devor 1885 yilda yaylovlardagi qoʻylarni dingo (Avstraliya yovvoyi iti)dan himoya qilish maqsadida qurilgan. Asosan bu devor oʻz vazifasini bajaradi, dingodan qoʻylarning oʻlimi qisqardi. Ayni paytda ushbu yaylovda qoʻylar bilan raqobatda boʻlgan kenguru va quyonlarning populyatsiyasi koʻtarildi. Avstraliyaning gʻarbida 3253 kilometr uzunlikdagi qurilgan yana bir devor quyonlardan himoyalanish maqsadida qurilgan, chunki bir paytlar quyonlar qitʼaga kuchli ekologik xavf tugʻdirgan.
5. Yer yuziga 5 marta Marsdan meteoritlar tushgan. Ular Marsdan uzilib toʻgʻridan -toʻgʻri Yerga tushgani yoʻq. Olimlarni fikricha , millionlar yil ilgari qandaydir katta obʼyekt taʼsiri tufayli Marsning bir boʻlak jinsi ajralib, uzoq sayohatga chiqib ketdi. Ularning ayrimlari Yerga: taxminan 24000 ta ilm-fanga maʼlum boʻlgan meteoritlardan 34 tasi Marsdan edi, albatta barchasi ilmiy tasdiqlangan .
6. Agarda sizning kalitingiz qulflangan avtomobilni ichida qolib ketgan boʻlsa, uyingizda esa zaxira kalitingiz mavjud boʻlsa, oʻz mobil telefoningizdan uydagilarning mobil telefoniga qoʻngʻiroq qiling.
7. Oʻz mobil telefoningizni avtomobil eshigining oldida 30 sm masofada ushlab turing, ayni paytda uydagilaringizdan biri zaxira kalitning pultida ochish tugmasini bosib mobil telefonga yaqin tutmoqligi lozim. Sizning avtomobilingiz ochiladi. Ajoyib vaqtingizni tejash imkoniyati, sizga zaxira kalitni olib kelishga ovorasi boʻlmaydi. Bunday vaziyatda masofaning ahamiyati yoʻq, xoh yuzlab kilometr uzoqlikda boʻling, asosiysi telefon qilib ulansangiz boʻlgani va siz avtomobilingizni ochib olasiz.
8. Yangi Zelandiyada olimlarga tanish yagona qanotsiz qush - kivi yashaydi, bundan tashqari uning dumi ham yoʻq, patlari esa junga oʻxshaydi. Agar ichki aʼzolari tuzilishi va tumshugʻi boʻlmaganda, uni sut emizuvchilarga xos deb boʻlardi. Axir oʻzini tutishi va tashqi koʻrinishi aslo qushga oʻxshamaydi.
9. Agarda sizga uxlash uchun 5 daqiqa yetarli boʻlsa, demak sizga uyqu yetmayapti. Uxlash uchun kerakli eng yaxshi vaqt oraligʻi 10 va 15 daqiqadir. Bu degani, siz kunduzi yaxshigina charchagansiz, ammo kun davomida oʻzingizni tetik his qilgansiz degani.
10. Siz bor-yoʻgʻi bittagina zaharli qush borligini bilasizmi? Bu ikki rangli pashshaxoʻr qorayaloq,chumchuqsimonlar oilasiga kiradi va Yangi Gvineyada yashaydi. Buning hayratlanarli joyi yoʻq, axir qush zaharli qoʻngʻizlar-Choresine pulchra (zahari - batraxotoksin)ni yeb kun koʻradi. Evolyutsiya mobaynida pashshaxoʻrlarda zaharga nisbatan immunitet hosil boʻlgan va zahar uning terisi va patlariga singib ketgan. Shu tariqa odam va kichik hayvonlarning unga tegib ketishi ham xavfli.

1. Bugungi kunda sunʼiy yomgʻir tashkil qilsa boʻladi. Samolyotdan quruq yaxning boʻlaklarini bulutlarga tashlansa, yomgʻirga aylanadi. Bulutlarda uglekislota suv bilan aralashib, qor shaklida tushadi, tushgunigacha qor parchalari isib yomgʻirga aylanadi. Shunday qilib qurgʻoqchilikka qarshi qurashsa yoki bulutlarni tarqatsa boʻladi.
2. Oyda bosim Yerga nisbatan qariyb 6 baravar kuchsiz. Yupiterda esa Yerdagiga qaraganda 2,5 baravar kuchli. Bunday sharoitda oʻn kilolik tosh bizga 25 kilogrammdek tuyuladi.
3. Chanel...Bu atirni yoqtiradiganlar juda koʻp. Atirlar tarixida Shanelchalik hech bir atir shuhrat topmagan. Baʼzilar uning tubiga qadar umrining oxirigacha yetib bormaydi. Uning tarkibida yasmin, atirgul, gulsapsar, mushk, marvarid, yogʻoch hamda vanil keng qoʻllaniladi. Ularning hidi osonlikcha ketmaydi.
4. Neftning bir tomchisi 25 litr ichimlik suvni yaroqsiz qiladi.
5. Shimoliy Amerikada muqaddas ketsal qushi yashaydi. U chiroyliligi va erksevarligi bilan mashhur. Inini ham antiqa shaklda ikki tirqishli qilib quradi: biri kirish,ikkinchisi chiqish uchun!
6. Panama davlatining nomi «kapalak» maʼnosini anglatadi.
7. Janubiy Osiyo davlati Tailand poytaxti Bangkok «yovvoyi olxoʻri makoni» deb tarjima qilinar ekan. Aslida uning mahalliy nomi 147 harfdan iborat: «ilohiy xazinaning eng yuksak makoni hisoblangan farishtalarning buyuk shahri... toʻqqiz tosh markazi...»
8. Kanada hindulari suv qunduzini mehnatsevarligi va farosatliligi uchun yaxshi koʻrishadi.
9. Yerdan Oygacha boʻlgan masofa ulkan: taxminan 400 ming kilometr. Shunga qaramay, Yer va Oy oʻrtasidagi tortishish 200 million milliard kilonyutonni tashkil etadi.
10. Dunyoning eng koʻp yogʻingarchilik boʻladigan nuqtalarida qishda suv yetishmovchiliklari boʻlar ekan. Yomgʻir fasllaridan keyin shunday qurgʻoqchilik kelar ekanki, hatto aholi suvni boshqa shaharlardan sotib olisharkan.

1. Fizika fani orqali ishqalanish kuchidan xabaringiz bor. Uning ham foydali, ham zararli tomonlari mavjud ekan. Agar ishqalanish kuchi boʻlmaganida asfalt boʻylab yurish silliq muzda harakatlangandek qiyin kechardi. Birorta buyumni sal turtib yuborsangiz, ular joyidan katta tezlikda uchib ketardi. Qoʻlga biror jismni olib boʻlmas, ular sirgʻalib tushib ketishi aniq edi.
2. Qadimgi yunonlar toʻrt buklangan papirus qogʻozini «tetrad» deb atashgan.
3. Statistik maʼlumotlarga qaraganda, bu kitob soʻnggi 400 yil davomida Bibliya bilan deyarli bir xil adadda nashr etilgan. U qirol saroyida ham, oddiy xalq orasidayam juda mashhur edi. XVII asr oxirida cherkov uni «Taqiqlangan kitoblar roʻyxati»ga kiritdi. Bu Nostradamusning «Senturii» («Yuz yilliklar») kitobi edi.
4. Koʻhna Rimda 20 yil mobaynida harbiy xizmatda boʻlganlarni «veteran» deb atashgan.
5. Qadimgi rimliklarda fevral yilning eng soʻnggi oyi sanalgan.
6. Olimpiya ramzi boʻlgan besh halqada Afrika qora, Osiyo sariq, Amerika qizil, Avstraliya yashil va Yevropa koʻkrangda tasvirlangan.
7. Yuz kvadrillionda 17 ta nol bor.
8. Islandiyada familiya koʻp qoʻllanilmaydi. Xatto rasmiy murojaatlarda ham koʻpincha familiya oʻrniga otasining ismini qoʻshib aytadilar.
9. Sakkizoyoqning qoni koʻk, koʻz qorachigʻi toʻrtburchak.
10. Samodagi eng yorqin yulduz - Sirius.

1. Daniya davlat gerbida fil tasvirlangan.
2. Klara Setkin Kopengagen shahrida xalqaro ayollar kunini 8 martda nishonlashni taklif etgan.
3. Mashhur shoir Jorj Gordon Bayron (17881824) oʻz yurtining eng zoʻr bokschisi boʻlgan.
4. Ispan tili tinish belgilari qoidasiga koʻra, soʻroq gapning boshida ham, oxirida ham soʻroq belgisi qoʻyish mumkin.
5. «Oila» soʻzi lotinchada «familiya» deyiladi. Italyanchada esa «mafiya».
6. Singapur shahri nomi «sher shahri» deb tarjima qilinadi.
7. Niderlandiya davlati fuqarolarini qoʻshnilari «Yevropalik yaponlar» deb atashadi.
8. Toʻliq ismi Liza di Antonio Mariya di Nolda del Gerardini boʻlgan ayolning erlik familiyasi Jokonda edi.
9. Qadimgi Gretsiyada toshbaqa uy bekasining ramzi hisoblangan.
10. Oʻrta yer dengizini finikiyaliklar «Ufqning buyuk dengizi», rimliklar «Bizning dengizimiz», deb atashgan.
11. Solt-Leyk-Sitidagi qishki olimpiadalar tarixida bu ikkinchi marta sodir boʻldi. Yaʼni, aka-uka xokkeychilar Martin va Robert Rayxellar bir-biriga qarshi oʻynadi. Ilk bor esa 1960 yilda Skvo-Vellida oʻtkazilgan oʻyinda ham aka-uka xokkeychilar Frantishek va Zdenek Pikallar bilan shunday vaziyat yuz bergandi.
12. Sankt-Peterburgda 312 ta koʻprik bor.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



