Foydali

Sepkillardan xalos boʻlish usullari

Sepkillardan xalos boʻlish usullari

Agar sepkil yoki dogʻlar paydo boʻla boshlasa, oʻsimliklardan tayyorlangan oqartiruvchi kremlar, yuz uchun turli niqoblardan foydalanish tavsiya etiladi. Sepkillardan halos boʻlishda behi, qora va qizil qoragʻat, kalendula, petrushka barglari damlamalari, limon suviga bir hil muqdorda aralashtirilgan kartoshka kraxmali, limon suvi bilan yuzni tozalab yuvish yaxshi samara beradi.

Sepkillardan xalos boʻlish usullari

Ikki uch kunlik kefir bilan yuzni tozalash ham ancha foydali sanaladi. Yoz faslida esa terini yangi bodring suvi yoki qora qaragʻat sharbati bilan artish tavsiya etiladi. Quyida uy sharoitida tayyorlash mumkin boʻlgan sepkil va dogʻlarni yoʻqotishga qoʻllaniladigan niqoblardan bir nechtasining tayyorlanish usuli bilan tanishasiz:

Sepkillardan xalos boʻlish usullari

·   1 stakan quritilgan momoqaymoq 1 litr suvga solinib, 15 daqiqa past olovda qaynatiladi. Keyin 1-2 soat tindirilib  qoʻyiladi.Tayyor boʻlgan damlama bilan yuzni yuvsangiz foydasini sezib boshlaysiz.

Sepkillardan xalos boʻlish usullari

·    Qora qaragʻat sharbati kartoshka kraxmaliga aralashtirilib, 15-20 daqiqa yuzga suriladi. 20 daqiqadan soʻng avval iliq, soʻngra sovuq suvda yuvib tashlash lozim.

Sepkillardan xalos boʻlish usullari

·    Sepkillardan xalos boʻlish uchun limon suvi, sirka va oddiy suv teng miqdorda olinadi. Agar teri quruq boʻlsa,  aralashmaga ozroq glitserin qoʻshish tavsiya etiladi. Niqobdan yuzni tozalashda foydalansa yaxshi samara beradi.

Sepkillardan xalos boʻlish usullari

·    Piyozdan tayyorlangan niqob ham yogʻli va oʻrtacha yuzlilar uchun yuqoridagi muammoning yana bir yechimi boʻla oladi. Buning uchun piyoz suviga boʻktirilgan  paxta yordamida ertalab va kechqurun yuzni tozalab turish, undan soʻng esa Smetana yordamida artish kifoya.

Sepkillardan xalos boʻlish usullari

·    Agar yuzingizda sepkillar juda ham koʻp boʻlsa, unda buning ham yechimi bor. Buning uchun 2- 3 dona sabzi mayda tishli qirgʻichdan oʻtkazilib, sharbati olinadi. Bunda yuz sargʻish tus oladi va sepkillar shu bois ham unchalik koʻzga tashlanmaydi. Agar sabzi sharbatiga bir necha tomchi  limon suvi qoshilsa, bu sepkillardan xalos boʻlishning eng samarali yoʻli boʻladi.

 

Sepkillardan xalos boʻlish usullari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar