Foydali

Pardozsiz maftunkor boʻlish usullari

Pardozsiz maftunkor boʻlish usullari

Doimiylik muvaffaqiyatning kalitidir. Yaʼni, parvarish qilish tartib-qoidalarini oʻtkazib yubormaslik, dangasa boʻlmaslik kerak. Ertalab va kechqurun terini tozalang. Shu bois terini tozalovchi vosita tabiiy goʻzallikning asosi boʻla oladi. Bu tozalash geli, sut, mikelli suv boʻlishi mumkin...  Bir nechta variantni sinab koʻring va teringizga eng mosini tanlang.

Pardozsiz maftunkor boʻlish usullari

Barcha dermatologlar bir ovozdan yaxshi namlangan teri sogʻlom teri ekanligini taʼkidlashadi. Shuning uchun hozirgi vaqtda gialuron kislotasi va S vitamini juda mashhur boʻlib, bu moddalar terini juda yaxshi namlab uzoq vaqt davomida namlikni saqlab turadi. Oʻzingiz uchun yengil ammo kremli tuzilishga ega namlantiruvchi toping. 

Pardozsiz maftunkor boʻlish usullari

Koʻp qizlar ushbu usulni sinashadi. Shuni bilishingiz kerakki, bir yarim litr suv sizning kunlik normangiz boʻlib, unga rioya qilishingiz kerak. Suv  teriga ijobiy taʼsir qiladi, lekin meʼyordan oʻta orttirib ham yubormang. 

Pardozsiz maftunkor boʻlish usullari

Agar siz ilgari yuz massajini sinab koʻrgan boʻlsangiz, bu juda samarali usul ekanligini bilasiz. Qon aylanishini yaxshilash uchun ushbu massajning texnikasini bilish juda muhimdir. Aynan shu omil yuzning tiniqligiga taʼsir qiladi. Dermatologlar yapon massajini tavsiya etadilar, bu hatto lifting effektini yaratadi: yuz mushaklari koʻtarib, terini tarang qiladi.

Pardozsiz maftunkor boʻlish usullari

Koʻz sohasi doim charchoqni va qarishni koʻrsatib beradi. Koʻz uchun yorqin koʻrinishni topish juda muhimdir. Buni kirpiklarni parvarish qilish bilan osongina bajarish mumkin. Makiyaj ustalari kirpiklarni qayriltiruvchi vosita yordamida qayriltirib, mahsus choʻtka bilan tarashni maslahat berishadi. 

Pardozsiz maftunkor boʻlish usullari

Chiroyli qoshlar goʻzal koʻrinishning garovidir. Ayollar koʻp hollarda qoshlari soch ranglaridan 1 ta tus toʻqroq boʻlishini istashadi. Chunki biroz toʻq qoshlarsizni bir necha yil yosh qilib koʻrsatadi. 

Pardozsiz maftunkor boʻlish usullari

Koʻzlarning qora xalqalariga qarshi kurashish uchun maxsus yaratilgan kontur mavjud. Ushbu kosmetik vositaning tarkibi terining rangini muvozanatlashtiradigan va koʻzlar ostidagi xalqalarni olib tashlaydigan imperial pionlarni oʻz ichiga oladi.

Pardozsiz maftunkor boʻlish usullari

Barcha qizlar ham boʻyanishdan butunlay voz kecha olmaydi. Buning uchun sezilmaydigan asos ixtiro qiling! U tabiiylik effektni yaratadi, goʻyo siz pardoz qilmagandeksiz. Nafis rang va yumshoq textura sizga kerakli narsadir.

Pardozsiz maftunkor boʻlish usullari

Ha, aynan shu vosita lablarni mukammal darajada namlantiradi. Balzamdan foydalanish haqida unutmang, ayniqsa sovuq kunlarda.

Pardozsiz maftunkor boʻlish usullari

Soch rangi va turmak tashqi koʻrinishga katta taʼsir qiladi. Sochingizga ehtiyotkorlik bilan gʻamxoʻrlik qiling va zamonaviy boʻyash usullari haqida ham unutmang. 

Pardozsiz maftunkor boʻlish usullari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar