Oshxona

Qishki mavsum uchun jemper tanlaymiz!

Qishki mavsum uchun jemper tanlaymiz!

Ayollar jemperi kuzgi liboslar orasida katta ahamiyatga ega. U har qanday uslubdagi jinsi , shim va yubka bilan uygʻunlasha oladi. Koʻrinishingizga bir oz jiddiyroq tus berishni istasangiz oq koʻylak va qora shimni jemper bilan kiyganingiz maʼqul.

Qishki mavsum uchun jemper tanlaymiz!

Zamonaviy jemperlar ilk bor sport kiyimi sifatida ixtiro qilingan, inglizcha jumper –sakrovchi soʻzi ham aynan shundan kelib chiqqan. Avvaliga spitsa yordamida toʻqilgan yoki trikotaj  matosidan ishlab chiqilgan jemperlar faqat mashqlar va yengil atletika musobaqalari vaqtida kiyilgan boʻsa, 50- yillarga kelib, ushbu kiyim turi avval erkaklar ,keyinchalik ayollar garderobiga kundalik libos sifatida kirib keldi.

Qishki mavsum uchun jemper tanlaymiz!

Bugungi kunda spitsa yordamida  toʻqilgan jemperlar erkaklar va ayollar gorderobining ajralmas qismi hioblanadi. Klassik jemperlar yengi uzun va koʻrshapalak tuzilishida boʻlishi mumkin. Ushbu turdagi jemperlar turli nafis rasmlar bilan bezatiladi.

Qishki mavsum uchun jemper tanlaymiz!

Qoʻlda toʻqilgan ayollar jemperi bilan birga mashina yordamida zamonaviy texnologiyalar asosida tayyorlangan jemperlar ham ayollar qomatini ixcham va nozik koʻrsatadi.

Qishki mavsum uchun jemper tanlaymiz!

Tanlov imkoniyati juda katta boʻlib, u turli shim bichimlari, shuningdek, turli uzunlikdagi yubkalar bilan ham aʼlo darajada uygʻunlasha oladi. Jemperlar yilning bir oz nam kunlarida kiyilishini hisobga olsak, uni mashxur jinsi maxsulotlari bilan uygʻunlashtirish ham mumkin.

Qishki mavsum uchun jemper tanlaymiz!
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar