Qiziqarli

Shlyapalar qanday paydo boʻlganini bilasizmi?

Shlyapalar qanday paydo boʻlganini bilasizmi?

Shlyapalar turli xomashyodan tayyorlangan boʻlsa-da, movut va fetr shlyapalarga talab yuqoriroq boʻlgan. Oʻrta asr moda ishqibozlari bir vaqtning oʻzida ham boshga, ham orqaga taqiluvchi shlyapalardan foydalanganlar.

Shlyapalar qanday paydo boʻlganini bilasizmi?

Ayollarga yuz va sochlarini koʻrsatish taqiqlangani bois, roʻmol oʻrab yurishlari lozim boʻlgan. Bundan tashqari, bosh va gardan qismini qoplovchi maxsus qalin bogʻichlar bogʻlash ham urfga kirgan. Uning ustidan shlyapa, chambarak yoki toj taqilgan.

Shlyapalar qanday paydo boʻlganini bilasizmi?

Keyinroq soch turmaklarga eʼtibor bir oz susayib, bosh kiyimlari oʻz ravnaq choʻqqisiga erishdi. Ushbu vaqtga kelib uzun boʻyin goʻzallik tushunchasiga aylangandi. Moda ishqibozlari uzun boʻyinga ega boʻlish maqsadida  hatto peshona, chakka va gardan qismidagi sochlarini olib tashlaganlar.

Shlyapalar qanday paydo boʻlganini bilasizmi?

Vaqt oʻtib, Ennen – shletfli konussimon shlyapalar urfga kirdi. Ennen ohorli zigʻir matosi yoki qattiq qogʻozdan tayyorlangan boʻlib, yuqori qismiga qimmatbaho mato tortilgan va uzun harir mato mahkamlangan. Ennenning balandligi  honimning aslzodalik darajasiga qarab belgilangan. Uning tabaqasi qanchalik yuqori boʻlsa, shlyapa , malikalar bir necha metrga teng ennenlar kiyib yurishgan.

Shlyapalar qanday paydo boʻlganini bilasizmi?

Ilk beretlar eramizdan avvalgi 400 yillarda paydo boʻlib, uni ilk bor etrusk ovchi va dexqonlari kiyishgan. 1500 yillarga kelib beretlar ziyoli qatlamlar orasida tarqala boshladi. Bu vaqtda foydalanilgan erkak va  ayollar bereti tuzilish borasida bir-biridan deyarli farq qilmagan.

Shlyapalar qanday paydo boʻlganini bilasizmi?

Oʻrta asrlar soʻngiga kelib, shlyapalar asosiy aksessuarlardan biriga aylandi. Bu vaqtda kigizdan tikilgan  konussimon va uzun shlyapalar urfga kirgandi. Sharqiy slavyanlarda  yuqori qismi bir oz kattalashtirilgan shapkalar kiyilgan boʻlsa, boyar shapkalari koʻp qavatliligi va qimmatbaho moʻynasi bilan ajralib turgan. Davrlar oʻtib, shlyapalar bir muddat urfdan chiqdi, ularning oʻrnini hajmdor pariklar egalladi. Ular inson sochlaridan tayyorlanib, qush patlari, qimmatbaho toshlar va gullar bilan bezak berilgan. Ularni taqish katta muammo tugʻdirgan boʻlsa, u bilan uhlash undanda katta noqulaylik keltirib chiqargan.

Shlyapalar qanday paydo boʻlganini bilasizmi?

XIX asr boshlarida shlyapalar yana urfga qaytdi. XXasr boshlarida esa bosh kiyimlarni turli gullar bilan bezash ommalashib, jumladan, katta shlyapalar ham gullar toʻplami bilan bezatiladigan boʻldi.  

Shlyapalar qanday paydo boʻlganini bilasizmi?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar