Qiziqarli

Qiziqarli dunyo: Sirli tunnel. Malika Diana qanday halok boʻlgan?

Qiziqarli dunyo: Sirli tunnel. Malika Diana qanday halok boʻlgan?
Qiziqarli dunyo: Sirli tunnel. Malika Diana qanday halok boʻlgan?

Bu mudhish hodisada faqatgina malikaning tanchoqchisi Trevor Ris Jonsgina omon qoldi. Biroq olgan tan jarohatlari sababli bir umrga xotirasidan ayrildi va shu sababli boʻlgan voqea haqida hech nima aytib bera olmaydi. Avtohalokat qanday sodir boʻldi, sababi nima: shirakayf haydovchimi, Britaniya maxsus xizmatimi yoki shunchaki baxtsiz hodisami? Mana 20 yildirki, bu savol boʻyicha aniq bir toʻxtamga kelinmagan. Bizning ushbu maqolamizda avtohalokatga sabab boʻlishi mumikin boʻlgan beshta taxmin haqida soʻz yuritiladi.

Qiziqarli dunyo: Sirli tunnel. Malika Diana qanday halok boʻlgan?

Avtohalokatning birinchi versiyasi – mototsikldagi fotoreportyorlardir. Oʻsha mudhish tunda malika Diananing qora “Mersedes” ini paparatssilar taʼqib qilib kelmoqda edi. Shulardan birining mashinasi malikaning avtomobiliga yaxshigina halal bergan. “Mersedes” ning haydovchisi toʻqnashuvning oldini olaman, deb, tunneldagi ustunga borib urilgan.

Ammo keyinchalik tergov davomida aniqlanishicha, muxbirlar tonnelga Diananing “Mersedes” idan bir necha soniyadan keyin kirib kelganlar, shunday ekan ular avariyani uyushtirisha olmas edilar. Shunday boʻlsada, halok boʻlgan malikaning oʻgʻillari onalarining oʻlimida aynan reportyor va paparatssilarni ayblamoqdalar, chunki ular malikaning soʻnggi kunigacha uni oʻz holiga qoʻymagan edilar.

Qiziqarli dunyo: Sirli tunnel. Malika Diana qanday halok boʻlgan?

Avtohalokatning ikkinchi taxminiy versiyasi sifatida tonnelda malikaning mashinasining yoʻlini kesib chiqqan boʻlishi mumkin boʻlgan avtomobildir. Bu oq rangdagi “Fiat Uno” avtomobili boʻlib, guvohlar uning halokatdan keyin tonneldan chiqib kelayotganini koʻrganlar. Avariya joyida esa goʻyo oq avtomobilning zarralari topilgan. Biroq mashina va haydovchi haqida maʼlumotlarga ega boʻla turib ham na mashina van a haydovchini topib boʻlmadi.

Bu avtomobil fransuz jurnalisti Jeyms Andansonga tegishli ekanligi haqida taxminlar ham bor. Halokatdan keyinoq jurnalist gʻoyib boʻlgan, 2000 yilda esa Franstsiyaning Pirineya togʻlarida uning jasadi yonib ketgan avtomobil ichidan topilgan. Uning oʻlimi oʻz joniga qasd qilish, deb baholangan, biroq tahlil natijalari uning oʻldirilganini koʻrsatdi.

Qiziqarli dunyo: Sirli tunnel. Malika Diana qanday halok boʻlgan?

Oʻsha tunda Diana va uning qalligʻi oʻtirgan “Mersedes” yaqindagina alishtirilgan boʻlib, maʼlumotlarga qaraganda uning malika oʻtirgan orqa oʻrindigʻidagi xavfsizlik kamari nosoz boʻlgan. Malikaning oʻzi esa xavfsizlik masalasiga juda talabchan edi.

Shuningdek, malika oʻtirgan avtomobilning ahvoli judayam yomon edi – u bir necha oy avval boʻlib oʻtgan avariyadan keyin shoshilinch ravishda taʼmirlangan ekanligi ham maʼlum boʻldi.
Keinchalik avtohalokatning sababchisi deb avtomobilning haydovchisi Anri Pol koʻrsatildi. U “Rits” mehmonxonasi xavfsizlik xizmatining boshligʻI boʻlib, u ham avariyada halok boʻldi. Tergovchilarning fikricha, haydovchi mashinani mast holda boshqargan hamda uning tezligini haddan tashqari oshirib, soatiga 200 km gacha chiqargan.

Qiziqarli dunyo: Sirli tunnel. Malika Diana qanday halok boʻlgan?

Malika Diananing oʻlimini Britaniya aygʻoqchilari va Qirolicha Yelizavetaning oʻzi uyushtirgan, degan taxminlar ham yoʻq emas. Bir necha yillar davomida malika Diana shahzoda Charlz va qirollik oilasi uni oʻldirmoqchi ekanliklari haqidagi fikrlarni bildirgan.

Bunday versiyaning kelib chiqishiga malikaning saroy bosh xizmatchisi (dvoretskiy) ga yozgan xati sabab boʻlgan. Bunday maktub daliliy ashyo deb hisoblanmasada, uning borligi va shaxsan Diananing qoʻli bilan yozilganligi haqiqatdir. Maktubda shaxzoda Charlz malika Diananing mashinasining tormozini ishdan chiqarish yoʻli orqali halokat uyushtirish niyatida ekanligini, buning natijasida Diana qattiq bosh jarohatini olishi rejalashtirilgani yozilgan edi. Agar uning rejalari amalga oshsa, shahzodaning yangi oila qurishiga yoʻl ochilar edi.

Qiziqarli dunyo: Sirli tunnel. Malika Diana qanday halok boʻlgan?

Navbatdagi taxminlardan biri – avtohalokat misrliklar tomonidan uyushtirilgan boʻlib, maqsad malikaning qalligʻi – milliarder Muhammad Al-Fayod- Dodining oʻgʻlini yoʻq qilish boʻlgan.
Dodining otasi “Rits” mehmonxonasi, Londondagi “Harod’s” univermagi hamda “Fullham” futbol klubining egasi edi. Shuning uchun halokatni Al-Fayodning biznesdagi dushmanlari uyushtirgan boʻlishlari ham mumkin. Biroq Muhammadning fikricha, uning raqiblarining avtohalokatda hech qanday avblari yoʻq, bu ishga Britaniya razvedkasi va qirollik oilasi aralashgan.

Qiziqarli dunyo: Sirli tunnel. Malika Diana qanday halok boʻlgan?

Diananing oʻlimidan keyin Angliyada motam eʼlon qilingan. Kensington saroyining darvozasiga malikaning xotirasi hurmatiga minglab odamlar gullar olib kelib qoʻya boshladilar. Gullarning koʻpligidan qoʻrgʻon qurish mumkin edi.
Diana 1997 yilning 6 sentyabr kuni Spenserlar oilasining Nortgemtonshirdagi Eltorp qoʻrgʻoniga dafn qilindi.

“Di” xonim vafotidan keyin ham mashhurlicha qolaverdi. Koʻpgina taniqli qoʻshiqchilar Diana xotirasiga bagʻishlab ajoyib qoʻshiqlar kuyladilar. Malika vafotining oʻn yilligi munosabati bilan “Malika Diana” nomli film suratga olindi. Unda malikaning hayoti va Parijdagi soʻnggi kunlari haqida hikoya qilinadi. Bu yili ham fojianing 20 yilligi munosabati bilan ikkita hujjatli film suratga olindi. “Diana – bizning onamiz” hamda “Diana. Hayoti haqida aytganlari” nomli bu filmlarda ham Diananing hayoti toʻliq yoritib berilgan.

Qiziqarli dunyo: Sirli tunnel. Malika Diana qanday halok boʻlgan?
Qiziqarli dunyo: Sirli tunnel. Malika Diana qanday halok boʻlgan?
Qiziqarli dunyo: Sirli tunnel. Malika Diana qanday halok boʻlgan?
Qiziqarli dunyo: Sirli tunnel. Malika Diana qanday halok boʻlgan?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar