Oshxona

Rozgʻorda kerakli 20 tavsiya

Rozgʻorda kerakli 20 tavsiya

1.       Isitiladigan palovning guruchi ezilib ketmasligi uchun qozonga ozgina qora choy qoʻshib yuborilsa kutilgan natijaga erishish mumkin.

2.       Sabzavotlarni bugʻda dimlab pishirsangiz, undagi kerakli moddalar va vitaminlar yaxshi saqlanib qoladi.

Rozgʻorda kerakli 20 tavsiya

3.       Olma, behi, limon va apelsin kabi mevalarni dasturxonga tortishdan avval qaynoq suvda chayib yuborsangiz, hushboʻy hidi gurkirab ketadi.

4.       Jazirama issiq kunlarda sovutgich ishdan chiqsa, sifati tez buziladigan mahsulotlar - pishloq bilan sariyogʻni darxol shisha yoki chinni idishlarga solib, qopqogʻini maxkam yopish zarur. Soʻng suv quyilgan togʻoralar ichiga solib, idishlarning yuqori tomonini nam sochiq bilan oʻrab qoʻyish kerak.

Rozgʻorda kerakli 20 tavsiya

5.       Jundan toʻqilgan kiyimlarni issiq suv bilan emas, biroz iliq suv bilan yuvish darkor. Avvalo kir yuvish kukuni koʻpirtirib olinadi, soʻng buyum shu suvga botirib, ishqamay yuviladi. Sovuq suvda 2-3 marta chayilgach, ozroq kukun koʻpirtirilgan toza suvga botirib olinsa, yumshoq boʻladi. Suvini sochiq yoki toza choyshabga shimdirib olgach, tekis joyga choyshab toʻshab, uning ustida quriting.

6.       Tukli sochiqlarni yuvib, chayib boʻlgach, biroz tuz qoʻshilgan suvga boʻtirib qoʻying. Bu uning yumshoq boʻlishiga yordam beradi.

Rozgʻorda kerakli 20 tavsiya

7.       Rangi chiqadigan kiyimbosh, yostiq jildlari kabi buyumlarni, juda kir boʻlib ketgan deraza pardalarini bir necha daqiqa tuzli suvga ivitib qoʻyib, keyin yuvsangiz oʻz holatini oʻzgartirmaydi va oson yuviladi. Tuz bir chelak suvga bir oshqoshiq miqdorida solinishi kerak.

8.       Kir sovunda ishqor va har xil kislotalar koʻp boʻladi. Uni ishlatganda, ayniqsa, kir yuvganda qoʻllar dagʻallashib, teri yorilishi mumkin. Shuning uchunbu sovunda kir yuvib boʻlgach, qoʻlga biror hil krem yoki vazelin surtib qoʻyish kerak.

Rozgʻorda kerakli 20 tavsiya

9.       Qoʻl kirmaydigan chinni va shisha buyumlarni tozalash uchun ichiga qaynoq suv quyib, gʻijimlangan qogʻoz soling va yaxshilab chayqating.

10.       Agar dazmol qilayotganda ipli gazmol koʻylagingiz, dasturxon, sochiq kabi buyumlarni kuydirib qoʻygan boʻlsangiz, suv qoʻshilgan qatiqqa oʻsha yerning oʻzini tuni bilan ivitib qoʻying. Chayib tashlasangiz, dogʻdan asar ham qolmaydi. 

Rozgʻorda kerakli 20 tavsiya

11.       Kiyimga tekkan qizil yoki sariq dogʻlarni limon kislotasi bilan osonlikcha ketkazish mumkin.

12.       Benzin va moyli boʻyoq ishlatgandan soʻng qoʻlga oʻrnashib qolgan hiddan halos boʻlish juda qiyin. Lekin qoʻl yuvadigan suvingizga ozroq hantal qoʻshib yuborsangiz, teringizda hech qanday dogʻ ham hid ham qolmaydi.

Rozgʻorda kerakli 20 tavsiya

13.       Sirli idishda pishirayotgan ovqatingiz tagiga olsa, idish isteʼmol sodasi solingan ( ikki litr suvga bir choyqoshiq miqdorida) suv bilan qaynatilsa oson keladi.

14.       Dazmol bosishdan qolgan sariq dogʻlar vodorod pereoksidi bilan ( yarim stakan suvga bir choyqoshiq miqdorida), rangdor ipak va jun gazlamalaridagi dogʻlar spirt bilan artiladi. Yoki piyozning oʻrtasidan kesib, undan chiqqan suvni matoning sargʻaygan joyiga tomizing va sovuq suvda chayib tashlang.

Rozgʻorda kerakli 20 tavsiya

15.       Shokoladdan qolgan dogʻni ketkazish uchun kiyimni shoʻr suvga botirib qoʻyish kerak.

16.       Kumush taqinchoqlarni tozalash uchun limon sharbatiga yumshoq matoni botirib arting.

17.       Baliqni yangi tutilganligini tekshirish uchun uni suvga solib qoʻyish kerak. Agar baliq choʻksa, demak yangi tutilgan.

18.       Pirog tovaga yopishib, tushishi qiyinlashsa, tovani bir ikki daqiqa suvga qoʻyib turish kerak. Shunda pirog osongina koʻchadi.

Rozgʻorda kerakli 20 tavsiya

19.       Toʻrt va pirojniylarga yongʻoq qoʻshmoqchi boʻlsangiz, uni oldin gaz pechida qizdirib oling. Bu pishiriqning yanada hushboʻy boʻlishiga yordam beradi.

20.       Pirog pishirayotganda gaz pechi eshigini qarsillatib yopmang. Aks holda koʻtarilayotgan pirog “choʻkib” qolishi mumkin. 

Rozgʻorda kerakli 20 tavsiya
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar