Dunyodagi eng qimmat "gʻildirakli uylar"

Tanishing, bugungi kunning eng mashhur va qimmatbaho treylerlaridan biri. Uning narxi 1 million AQSh dollariga teng boʻlib, sayohatchilarga qulay uy jihozlari, koʻngilochar markaz, hashamatli yotoqxona hamda ish kabineti ham taqdim qilinadi. Qolgan sharoitlar esa oshxona va hammon koʻrinishida qarshingizda hozir boʻladi. Bir soʻz bilan aytganda bu yerda yashash uchun barcha sharoitlar muhayyo!


Ushbu mashina, aniqrogʻi saroy-avtobusni ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchikompaniya oʻz faoliyatini 1967 yilda boshlangan boʻlib, bu kabi treylerlar boshqa mashinalar fonida oʻzidagi shovqin izolyatsiyasi va vibratsiyadan halos qilish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Uning ichida kirib olgach, mashinaning yurib borayotgannini ham sezmaydi kishi.

Avtobusning oʻziga hos yana bir jihati harakatlanuvchi devorlar boʻlib, mashina kerakli joyga toʻxtagach, ularni oʻzingiz istagancha kengaytirish imkoniyatiga ham ega boʻlasiz. Treyler oʻz sinfidagi mashinalar ichida eng qimmati boʻlib, narxi 1,3 million dollarni tashkil qiladi.

Oshxona, yotoqxona, vanna xonasi, hojatxona, dam olish zonasi va koʻngilochar markaz, ish stoli, shuningdek omborxona – Prevost H3-45 VIP mashinasi asosini tashkil qiladi. "Gʻildirakli uy"ning narxi 1,6 million dollarga teng. Mazkur treyler uzoq safarlar uchun ayni muddaodir. Bundan tashqari u eng baland treyler top-5 ligiga ham kiritilgan. Sayohatchi mashinani harid qilish orqali taxta pol, hashamatli jihozlar va eng zamonaviy servislarga ham ega boʻladi.


2,5million dollar pul evaziga bugungi kunning eng zamonaviy va hashamatli treylerlaridan birini sotib olishingiz mumkin. Gap shundaki, hashamat tushunchasi uning har bir elementida oʻzini namoyon qilib turadi. Uning shift qismi billursimon koʻrinishda. Uy jihozlari esa marvaridrang italyan charmi hamla shoyi matosidan ishlangan. Uyning devorlari hamda pol qismi marmardan desak ishonasizmi? Mashina ichida 5 ta ulkan televizor, shuningdek sport zali ham bor. Ammo bularning hech biri mashinaning superkarlar uchun moʻljallangan shaxsiy garaji bor ekanligi haqidagi maʼlumotga yeta olmaydi.


Bugungi kunning eng hashamatli va qimmat "gʻildirakli uyi" lyuks sinfiga tegishli boʻlib, Avstriyada loyihalashtirilgan. U eng katta, eng baland va eng funktsional gʻildirakli uylar sirasiga kiradi. Mashina ichida sayohatchining istagan har bir sharoiti hozir qilingan. Bir soʻz bilan aytganda, manaman degan hashamatli uylar ham ushbu furgon yonida ip yecholmaydi. Poldagi qizdirish tizimi, dinamik iqlim nazorati, eksklyuziv interyer esa bu yerdagi hashamatli sharoitlarning bir qismi holos. Avtomobilning narxi bor-yoʻgʻi 3 million dollar!)



Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



