Charm kiyimlar va buyumlarni asrash sirlari

Boʻyalgan charm rangi quyosh taʼsirida tez oʻzgaradi yoki oʻchib ketadi. Charmdan tayyorlangan kiyimlarni sellofan paketda asrash mumkin emas, chunki ular tabiiy boʻlib nafas olishi kerak. Yaxshisi, uni maxsus ekologik spanbod gʻiloflarga solib qoʻying.
Bordi-yu charm kiyimingizning baʼzi qismlari quyosh taʼsirida kuygan yoki rangi ochgan boʻlsa, maxsus aerozol yordamida bu muammoni bartaraf eting.

Tabiiy charmdan tayyorlangan ust kiyimlarni kimyoviy tozalash xonalariga berish mumkin emas. Chunki charmning ustki himoya terisi juda yupqa boʻladi.

Laklangan charm terisi:
Uni tozalashdan kremdan foydalanilsa, yumshab, yaltirab turadi.
Laklangan charm poyabzalga yogʻoch qolip “kiydirilsa”, shakli oʻzgarmaydi.
Dogʻlarni nam salfetka yordamida, qora shtrixli dogʻlarni suyuq sovun bilan ketkazish mumkin.
Oddiy charm terisi uchun tavsiya etilgan tozalash maslamalari laklangan charmga surtilsa, uning yaltirash hususiyatini yoʻqotadi.

Ustki qismlari shunchaki boʻyalgan charmli kiyim yoki sumkalarni mahsus moy yordamida tozalang, soʻngra neylon matoli matoli salfetka yordamida uni yaxshilab arting. Ana shunda u oʻzining tabiiy holatini saqlab qoladi.
Charm mahsulotlari uchun tavsiya etiladigan maxsus moylar ularni dogʻ boʻlishidan asraydi.

- Yangi harid qilgan buyumingizga kir va namlikka qarshi vosita yordamida ishlov bering. Mazkur ishlov tez kirlanish muammosining oldini oladi.
- Yogʻli dogʻlar ustiga talk (qattiq pudra)ni bir soatcha sepib qoʻying va qoqib tashlang.
- Nam zamshli kiyimlaringizni isitish vositalaridan uzoqroqda quriting.

- Silikonga boʻktirib olingan gubka buyumingizga koʻrk bagʻishlaydi. Siyqalangan joylarni “yashiradi”. Kir va chang boʻlishidan saqlaydi.
- Sumkaning yorilgan joylarini “suyuq charm” vositasida yashirish mumkin.
- Paxtali tamponni jun va ipakli matolar uchun moʻljallangan kir yuvish vositasiga boʻktirib oling-da, dogʻlarni yaxshilab artib ashlang.
- Sunʼiy charm tabiiy charmdan koʻra mustaxkam boʻlib, uni tozalash va qayta ishlashdan oldin qoʻrqmang. Bordi-yu u “sina” boshlagan boʻlsa, tashlab yuborishdan oʻzga chora yoʻq.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



