Imperiyaning yoʻqotilgan xazinasi: Romanovlar sulolasiga tegishli boʻlgan qimmatbaho tojlar hozir qayerda?

Bizning kunlarga qadar yetib kelgan imperator hamda knyaginyalarning toji va tiaralari Romanovlarga tegishli qimmatbaho merosning bir qismi edi holos. Imperator oilasining aksariyat buyumlari sobiq sovet hukumati tomonidan auksionlardan sotib yuborilgan, ayrimlari esa butunlay yoʻqotilgan.
Hashamatli, qimmatbaho, bezaklar borasida toʻlaqonli boʻlgan mazkur tiaralar Yevropa modasi uchun yangilik edi.Ularni boshqa qirollik oilalari tojlaridan osongina ajratib olish mumkin. Oqibatda ushbu taqinchoqlarga tiare russe yoki yevropaliklar uchun qulay tarzda kokoshnik nomi berilgan. Ushbu taqinchoqlar zamonaviy tiaralar orasidagi anʼanaviy rus tojlarini eslatadigan aksessuarlar ajdodi ham sanalgan.Ularning eng chiroyli va bebaho namunalari esa saroy xonimlariga tegishli edi.


Koʻp asrlar davomida imperator oilasi ayollari uchun tojlar yasash borasida ilhom vazifasini bergan klassik koʻrinishdagi rus tialari qanday edi? Ular oʻzida chambarak shaklini aks ettirib, undan goʻyo olmos "nur"lar taralib turgan. Gʻarb mamlakatlarida ushbu uslubni franj deb ataydilar, ushbu soʻzning maʼnosi esa tarjima qilinganda "shokila" degan maʼnoni anglatadi.


Ushbu taqinchoqlarning oʻziga hos sifati shunda ediki, yaratilish jarayonida tiarani oliynasab ayolning oʻzi mustaqil ravishda taqa olishi, kokoshnikka birlashtirishi ham hisobga olinardi. Aytishlaricha, bu kabi tiaralar Nikolay I saroyida urfga kirgan. Bugungi kunda esa ularni dunyoning har bir qirollik oilasi ayollarida - MonakodanYaponiyagacha choʻzilgan hududlardagi barcha qirolicha va malikalar bisotidan topish mumkin.
Rossiyaning imperator oilasi ayollari dunyo modasiga qanday taʼsir koʻrsatgani haqida soʻzlay turib, kokoshnik uslubidagi ilk tiara Buyuk Britaniya qirolichasida qanday paydo boʻlganini soʻzlamay iloji yoʻq. Aslida Yelizaveta II tomonidan taqiladigan mazkur tojni boʻlgʻusi qirolicha Aleksanda Datskayaga taqdim qilishgan. Uels malikasining taxt vorisi bilan turmush qurganiga koʻp yillar boʻlgan, ularning kumush toʻylarida esa bir guruh aslzodalar tomonidan ushbu tiarani sovgʻa qilingan. Malikadan qanday sovgʻa olishni soʻragan paytlarida Rossiya malikalari taqadigan zamonaviy tiara -kokoshnik olish orzusini aytib oʻtgan.
Aleksandraning orzusi ham bejizga emasdi, bu kabi tiarani uning tugʻishgan opasi - rus qirolichasi Mariya Fyodorovna taqib yurardi-da!
Britaniya malikasi uchun rus uslubidagi tiarani Garrard tayyorlab beradi. Agar ikki opa-singilning tarixiy suratlariga nazar tashladigan boʻlsangiz, Angliyaning boʻlgʻusi qirolichasi va Rossiyaning imperator ayoli orasida qanchalar oʻxshashlik boʻlganini koʻrasiz.

Aleksandra Dastkayaning buyurtma qilgan tojini rus tojlari bilan bir hil deyish qiyin edi. Agar Romanovlar sulolasining oxirgi ikki imperator ayoli suratlariga qarasangiz, bu kabi tojlarning atigi ikkitagina boʻlganini koʻrasiz. Ularning biri uchli "nur"lar, ikkinchisi esa aylanasimon shaklda edi. Kokoshnik shaklidagi ushbu tiaralarning inqilob yillaridan keyingi taqdiri hech kimga maʼlum emas: biroq ayrim tarixchilar tojlarning boʻlaklarga boʻlib tashlangani va shu tariqa sotib yuborilgani ehtimoli haqida ham gapirishadi.


Bu kabi tojlar gʻarb mamlakatlari orasida "rus nikoh tiarasi" sifatida taʼriflangan. Boisi 19 asrning ikkinchi yarmida bir necha avlodga tegishli imperator oilasi kelinlari aynan shunday tiara taqqancha toʻyga borishardi. Uchburchak shakldagi ushbu tiara ular uchun obrazning muhim qismi sanalgan. Boshqa qirollik oilalarida kelinchaklar toʻy qiyofasining turli-tuman boʻlishini istasalar, rus imperator kelinchaklari oʻz ajdodlarining qiyofalarini toʻlaqonli koʻrinishda takrorlashardi.
Ammo ushbu tiara nikoh marosimi uchun tayyorlanmagan. Aytishlaricha, u1800 yilda yaratilgan boʻlib, Yakov Dyuval tomonidan imperator Pavel I ning rafiqasi Mariya Fyodorovna uchun ijod qilingan. Tarixiy kitoblarda aytilishicha, toj Hindiston va Braziliyadan olib kelingan sof olmoslar bilan bezatilgan, ularning umumiy ogʻirligi esa 1000 karatga teng edi.

Imperator oilasiga tegishli boʻlgan yana bir shedevr Dyuval ustaxonasida Mariya Fyodorovna uchun yaratilgan. Bu paytlarga kelib imperator ayol beva qolgandi. Tiarauning eng sevimli taqinchogʻi boʻlgan, u nafaqat orginalligi va mohirona ishlangani, balki markaziy qismga qarab turgan novda shaklidagi detallar bilan ham mashhur boʻlgan.
Tiaraning ustki qismi toza olmoslar bilan qoplab chiqilgan,markaziga esa 37 karatli va shaffof koʻrinishdagi leykosapfir oʻrnatilgan. Aytishlaricha, ushbu tosh quyosh ramzi sanalgan.
Diadema imperator oilasi tomonidan behad qadrlangan boʻlsa ham, oradan bir asr vaqt oʻtib, yangi hukumat unga katta eʼtibor qaratmadi. Taqinchoqni 1927 yilda Londondagi "Kristi" auksionida boshqa taqinchoqlar bilan birga sotib yuborishdi.
Tiaraning keyingi taqdiri nomaʼlum boʻlib qoldi, 1980 yilga kelib esa sovet zargarlari yoʻqotilgan taqinchoqning oʻxshash nusxasini tilla, platinka olmoslardan ishlab chiqishga harakat qilishdi. Taqinchoqqa "Rus dalasi" deya nom berildi. Ushbu taqinchoq Mariya Fyodorovnaning asl tiarasi qanday boʻlganini tasavvur qilish uchun imkon beradi. Ayrim paytda u ham Olmos fondi koʻrgazmasiga joylashtirilgan.

Ushbu qadimgi taqinchoq tarixchilar orasida "Rus goʻzali" nomi bilan ham mashhur. Mazkur diadema olmosdan ishlangan boʻlib, osma marvaridlarga ega edi va imperator Nikolay I rafiqasi Aleksandra Fyodorovna buyurtmasi asosida ishlangan.
Diadema ingliz zargari Bolin tomonidan ishlangan boʻlib, kokoshnik shaklida va 25 nafar sof marvaridlar bilan bezatib chiqilgan.

Ushbu toj imperator oilasi uchun juda qadrli boʻlgan. 20 asr boshlarida aynan mana shu tojdan ilhomlangan Cartier uyi butun dunyoga mashhur boʻlgan marvaridli kokoshnik taqinchogʻini yaratgan edi.
1919 yilda Mariya Fyodorovna Rossiyadan chiqib ketgan paytda oʻzi bilan faqat kundalik taqinchoqlarini olishga ulgurdi. Eng qimmatbaho taqinchoq namunalari, jumladan marvaridli diadema ham bolsheviklar tomonidan oʻzlashtirilib, oqibatda auksionlarda sotib yuborilgan. Aytishlaricha, uni Holmes & Co. firmasi sotib olgan va Malboroning 9 gertsogi (Uinston Cherchilning qarindosh ukasi)ga taqdim qilingan. Gertsog tiarani ikkinchi rafiqasi Gledis Meri Dikon uchun sotib olgan deyishadi.
Diadema Britaniyada koʻp qolib ketmadi.1970 yilda uni qaytadan sotuvga qoʻydilar va taqinchoqning navbatdagi sohibasi Imelda Markos - Filippinning birinchi xonimi boʻldi. Aytishlaricha, Imelda ushbu tiaraning qanchalar qiziqarli tarixga ega ekanligidan bexabar boʻlgan. Ayrim maʼlumotlarda esa tojning Filippin markaziy bankida saqlanishi aytishadi.

Ushbu tiaraning bugungi kundagi sohibasi Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II hisoblanadi. U tojni oʻz buvisi Mariya Tekskayadan meros qilib olgan. Ammo rus tiarasi qanday qilib Angliyaga borib qolgan boʻlishi mumkin?

15 nafar olmos halqalardan iborat boʻlgan, ularning markaziy qismiga esa noksimon marvaridlar ilova qilingan ushbu diadema ham zargar Bolin ijodi mahsuli edi. Uni 1874 yilda buyuk knyazVladimir - imperator Aleksandr II ning oʻgʻli - tanlagan yori Mariya Pavlovna uchun toʻy sovgʻasi sifatida yasattiradi. Shu sababli ham tojga Vladimir tiarasi nomi berilgan.
Mariya Pavlovna turli taqinchoqlar ishqibozi edi. Uning uyi esa Rossiyadagi eng hashamatli maskanlardan biri sanalgan. Inqilob boshlangan davrlarda knyaginya oila taqinchoqlarning barchasini bir yerga toʻplaydi. Ularning katta qismi bosh rezidentsiya - Vladimir saroyida qolgandi. Mariya Pavlovna ularni bolsheviklar bilan boʻlishishdan bosh tortadi.

Buyuk knyaginyaning oliynasab odamlar bilan aloqador ekanligi unga qoʻl keldi, oilaning yaqin doʻstlaridan biri, antikvar va diplomat Albert Stopford (aytishlaricha u barchadan berkingancha inglizlar uchun josuslik qilgan) knyaginyaning xonasiga kirib, taqinchoqlarni oʻzi bilan Peterburgdan Londonga olib chiqib ketishni uddalaydi.
Mariya Pavlovna oʻlimidan keyin uning taqinchoqlari qizlarining qoʻliga oʻtgan. Vladimir tiarasini esa kichik qizi Yelena qoʻlga kiritadi. Bu paytlarda Yelena grek shahzodasi Nikolayning rafiqasi edi. Yelenaning qizi Marina esa Kent gertsogi Georgning rafiqasiga aylanadi. Shu tariqa ularning sulolasi Vindzorlar bilan aralashib ketadi. Yelena pul bilan bogʻliq muammoli vaziyatga toʻqnash kelganda oʻz tiarasini Mariya Tekskayaga sotib yuboradi.

Mariya Tekskaya oʻlimidan keyin esa tojni uning nabirasi Yelizaveta II ga taqdim etadilar. Qirolicha esa mazkur tojni hamon taqib yuradi.
Ushbu diadema orqali esa rus uslubining barcha goʻzalliklari yorqin ifoda etilgan. Katta olmos diademasi 1830 yillarda yaratilgan boʻlib, uning muallifi Fan Gottlib-Ernest sanaladi. Tiara oʻlchamlari kishini hayratga solib qoʻyadi. Unga 113 ta turli oʻlchamdagi marvaridlar joylashtirilgan boʻlib, oʻnlab olmoslar tojning yuqori qismidan oʻrin olgan.
Aleksandra Fyodorovna tiaraning birinchi egasi edi, taqdirni qarangki, uning oxirgi sohibasi ham aynan Aleksandra Fyodorovna( bu Nikolay II ning rafiqasi) boʻldi. Imperator ayoli nikoh marosimida aynan mana shu tiarada boʻlgan. Inqilobdan keyingi yillarda esa unga tegishli barcha maʼlumotlar yoʻq boʻlib ketdi. Tahminlarga koʻra toj auksionda sotilgan. Qolaverga haridor topish uchun taqinchoqni boʻlaklagan boʻlishlari ham mumkin.


Ushbu toj tarixi shunchalar qiziqki, unibiror kitob syujetiga qiyoslashingiz ham mumkin. Sapfirli tiara ham huddi Vladimir toji kabi oʻz vaqtida Mariya Pavlovnaga tegishli boʻlgan. Ayol esa oʻz taqinchoqlarini diplomat doʻsti koʻmagi bilan Angliyaga olib ketgan.
Ulkan kokoshnik shaklidagi toj katta olmos va sapfir toshlari yordamida bezatilgan edi. Taqinchoq Buyuk knyaz oilasiga Nikolay I rafiqasi Aleksandra Fedorovna orqali kelib qolgan. Ayrimlar esa tojning aynan unga tegishli boʻlgani haqida ham aytishadi.
Toj Aleksandra Fyodorovnadan merossifatida uning nabirasi buyuk knyaz Vladimir Aleksandrovichga oʻtgan. U esatojni oʻz rafiqasiga taqdim qilgan.
Inqidob davrida mashhur tiarani Albert Stopford Lonlonga olib chiqib ketgach, uni Ruminiya malikasiga pullaganlar.
Ruminiya malikasi Mariya ona tomondan Romanovlar sulolasiga bogʻliq edi. Birinchi jahon urushi yillari boshlangan paytda Ruminiya qirollik oilasi oʻz taqinchoqlarini saqlash uchun Kremlga joʻnatgan ekan. Afsuski, bu ish xato boʻldi, inqilobdan keyin qimmatbaxo buyumlarning barchasi yoʻq boʻlib ketdi.
Qirolicha Mariya barcha taqinchoqlari, jumladan oilaviy tojlarni ham yoʻqotdi. Romanovlar oilasi uni toʻlab berishga rozi edilar, ammo qirolicha Mariya oʻz taqinchoqlarining oʻrnini bosa oladigan hech qanday javohir yoʻq ekanligini aytdi. Shu tariqa qirolicha Mariya va Mariya Pavlovna oʻrtasida kelishuv paydo boʻldi. Mariya Pavlovna oʻz tiarasini qirolichaga berib yubordi.
Ushbu toj qirolichadan keyin uning kichik qizi Ileanaga meros qoldi. Siyosiy oʻzgarishlar natijasida uni keyinchalik Buyuk Britaniyaga joʻnatib yubordilar.



Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin Ruminiya qirollik oilasi nochor ahvolga tushdi. Malika Ileana oʻz tiarasi bilan birga onasining yoniga, AQShga yoʻl oldi. Bu yerda uni nomaʼlum xaridorga sotib yubordilar.Shu tariqa sapfirli diadema nomi tarix sahifalaridan oʻchib ketdi.


Imperator Pavel I ning rafiqasi uchun tayyorlangan ushbu tiara uzoq yillar davomida oila vorislariga meros boʻlib oʻtdi. Aytishlarcha, ushbu tojni hamYakov Dyuval yasagan ekan. Tojdagi asosiy tasvirlar lavr yaproqlari boʻlib, oʻsha paytlardagi moda tendensiyalariga toʻlaligicha mos kelgan. Taqinchoq olmos toshlar bilan bezatilgan. Bundan tashqari unga 5 ta yirik sapfir toshi ilova qilingan. Markaziy tosh ogʻirligi 70 karatni tashkil qiladi. Romanovlardan keyin ushbu tojning taqdiri qanday yakun topgani nomaʼlum.
V shaklidagi noodatiy tiara ertaknamo koʻrinishga ega boʻlib, 19 asr oxirlarida urfda boʻlgan. Tiaraning birinchi sohibasi imperator Aleksandr I ning rafiqasi Yelizaveta Alekseyevna edi. Inqilobdan keyingi yillarda esa uni sotib yuborganlar deya tahmin qilinadi.


Nikolay II ning rafiqasi uchun maxsus tayyorlangan ushbu tiara Romanovlar uslubi borasida yangilik edi. Unda rus uslubidan koʻrakoʻproq fransuzlarga hos belgilar boʻlgan.
Markaziy zumrad toshi Kolumbiya hududidan olib kelingan va ogʻirligi 23 karatni tashkil qilgan. Qirollik oilasi halok boʻlgandan keyin zumradtiara ham sotib yuborilgan.


Sapfir va olmos toshlari bilan ishlangan mazkur tiara bayramona koʻrinishga ega boʻlgan. Uni Romanovlar saroiyidagi zargarlik firmasi ishlangan, shu sababli Kexli firmasi nomi tiaraga ham muhrlangan. Taqinchoq Rossiyaning soʻnggi imperator ayoli Aleksandra Fedorovna uchun yasalgan. Inqilobdan keyin esa tiarani sotib yuborganlar.


Betakror koʻrinishdagi ushbu tiara oʻzida marvaridlar bilan ishlov berilgan antiqa shaklni aks ettirar edi.
Olmoslardan ishlangan naqsh Romanovlar oilasi tojlari orasida butunlay oʻzgacha ekanligi bilan ajralib turgan. Agar diqqat bilan qarasangiz, unda "M" harfiga ishora bor ekanligini koʻrasiz. Bu taqinchoq sohibasi Mariya Fyodorovnaning ismini ulugʻlash belgisi sanalgan. Taqinchoqning inqilobdan keyingi taqdiri esa hech kimga maʼlum emas.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



