Qiziqarli

Apple kompaniyasi togʻrisida koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan qiziqarli faktlar

Apple kompaniyasi togʻrisida koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan qiziqarli faktlar

Apple kompaniyasi juda boy va yorqin tarixga ega. Kompaniya Jobsning kichik garajidagi startaptidan milliard dollorlik korporatsiya  va texnologiyaga nisbatan insonlarning qarashlari oʻzgarishi kabi qiziqarli yoʻllardan oʻtgan.  

Kampaniya asoschisi – Stiv Jobs kopchilik uchun buyuk shaxs timsoliga aylanib ulgurgan. 

Apple kompaniyasi togʻrisida koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan qiziqarli faktlar

Applening kelib chiqishi: Voznyak va Jobsning  "juftligi" ni tashkil qilgan ikkita asosiy raqamni deyarli hamma biladi, ammo kompaniyaning muvaffaqiyatiga hissa qoʻshgan uchinchi shaxsni ham eʼtirof etmasak boʻlmaydi. Uning ismi Ronald Uayn boʻlib, Jobs Atarida  ishlayotgan paytida u bilan doʻstlashdi.  Ueyn nafaqat kompyuterni rivojlantirishda ishtirok etgan, balki ular uchun qoʻllanma yaratgan, shuningdek  "Apple" kompaniyasining birinchi logotipini ham kashf etgan.  Keyinchalik Uayn, Stiv Jobsning ehtimoliy xavf-xatarlari gʻoyalaridan choʻchigani bois, u kompaniyadagi aktsiyalarini 800 $ ga sotib Appleni tark etdi.  Oʻshandan buyon uning karerasi yuqori choʻqqilarni zabt etmagan , u hozirda Nevada shahridagi romork parkida muhrlar va tanga sotadi.  Unda Apple kompaniyasi mahsulotlaridan hech biri boʻlmagan , faqatgina 2011 – yilda unga iPadni sovgʻa qilmagunlariga qadar. 

Apple kompaniyasi togʻrisida koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan qiziqarli faktlar

Kompaniyani ishga tushirish uchun mablagʻ yigʻish maqsadida Jobs oʻz mikroavtobusini Voznyak esa kalkulyatorini sotishga majbur boʻldilar.   Aslida oʻsha paytlarda kalkulyator avtomobildan qimmatroq turgan edi. Oʻsha kunlarda har qanday kompyuter va hisoblash texnikasi juda qimmat va Voz kabi dasturlashtirilgan hisob-kitoblar oltinning qiymatiga sazovor boʻlgan edi. Uning narxi 500 dollarni tashkil etgan (zamonaviy dollarlar boʻyicha 2000 dollar).  Endilikda eBayda huddi shunday kalkulyatorni ellikdan kamroqqa sotib olishingiz mumkin.

Apple kompaniyasi togʻrisida koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan qiziqarli faktlar

Shtat universiteti talabasi Joanna Shible 1955 yilda homilador boʻldi.  U va uning jufti, Suriyalik immigrant Abdufattah Jandaliy bolani qoldirishni hohlagan boʻlsalar-da, sevishganlarning ota-onalari bolani asrab olish uchun topshirib yuborishga majburlashadi. Shible chaqaloqning farzandlikka oladigan ota-onalari oliy maʼlumotga ega boʻlishlari talab qilgan.  Shunga qaramasdan oʻzlari farzandli boʻla olmaydigan oʻrta maktab oʻquvchisi Pol Jobs va kollej oʻquvchisi Klaraga farzand qilib berishadi.  Sibi  va Jandali biroz vaqtdan keyin turmush qurishgan va qizi Mona Simpson dunyoga kelgan. Jobs oʻzining biologik otasi bilan sira koʻrishmagan lekin elektron pochta orqali oʻlimidan sal oldin yozishmalar yozib turgan. 

Apple kompaniyasi togʻrisida koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan qiziqarli faktlar

Keyinchalik u rasmiy ravishda roʻyxatga olingan va hatto yiliga 120 ming dollar maosh oladi.  Voznyak oʻzi introvert boʻlib , anʼanaviy ish kunilarini yoqtirmaydi.  Shuning uchun u 1987 yilga kelib muntazam ravishda ofisga borishni toʻxtatdi.

Apple kompaniyasi togʻrisida koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan qiziqarli faktlar

Kompaniyaning birinchi kompyuteri Apple-1 uchun chakana narxi $ 666.66 ni tashkil qildi. Voznyakga bunday narxni tanlash qanchalik oqilona boʻlganligi haqida soʻralganda, u bu raqamlarning Biblyaga ahamiyatli ekanligini bilmasligini va faqat kompyuter markirovkasini ulgurji narxning 30 foiziga teng boʻlishini talab qilgani uchun qoʻyganini aytib oʻtgan. Bu kabi qoʻshimcha xarajatlar bilan qurilma 666,67 $ ni tashkil qilgan, Stiven oxirgi yetti sonini  olti bilan almashtirdi xalos.  Birinchidan bu yozish uchun qulayroq ikkinchidan esa Voznyak takroriy raqamlarni yoqtiradi. U yetarli darajada gʻaroyib  odam.

Apple kompaniyasi togʻrisida koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan qiziqarli faktlar

 Apple oʻz mahsulotlarini etkazib berish uchun samolyotlardan foydalanadi.  Bu juda ham qimmat, lekin bu usul ham oʻz afzalliklariga ega.  Birinchidan, qurilmalar javonlarda juda tez koʻrinadi.  Ikkinchidan, samolyotlarni talon-taroj qilishning  yoki ularni toʻxtatib olishning ilojisi deyarli boʻlmaydi. Apple kompaniyasining eng yirik aviahamkori – Cathay Pacific aviakompaniyasidir. 

Apple kompaniyasi togʻrisida koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan qiziqarli faktlar

Jobs Jeff Raskinning  Macintosh loyihasi bilan qiziqqanidan keyin bu kompyuterning rivojlanishi juda tez suratlarda koʻzga koʻrindi. Raskin oʻz mahsulotini oʻzining sevimli olma navi ("Makintosh") sharafiga nomladi. Ushbu soʻz vaqtinchalik loyiha nomi sifatida  Stivni qoniqtirar, lekin kelajakda  u bu nom ostida kompyuter sotishni istamadi.  Bir marta, Ruskin ofisda boʻlmaganida, Jobs hatto uni oʻzgartirishga harakat qildi, lekin oʻsha vaqtda u har qancha harakat qilmasin hal  qiluvchi soʻz kompaniyaga tegishli boʻlib uning harakati samara bermadi.  

Apple kompaniyasi togʻrisida koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan qiziqarli faktlar

Stiv Jobs Applega qaytib kelganida, kompaniyaning barcha kompyuterlari chindan ham chiroyli koʻrinishini ega bolishini xohlagan. Uning maqsadi kompyuterlar egalariga magʻrurlik bagʻshlashi va qaraganida yoqimli koʻrinishda boʻlishi edi.  Oʻz qarorlarini qabul qilishda koʻmaklashish  uchun dizayner Jon Ayve (u hali ham Apple kompaniyasining asosiy xodimi) ga blansh-kartalarini topshirdi.  Deyarli hamma narsa Stivni qoniqtirardi , faqatgina  asosiy rang sifatida oqdan  foydalanishni istamadi, shuning uchun Ayvedan oqdan boʻlak istagan rangini tanlashini soʻradi.  Dizayner tayyorgina mahsulotni kul rangga (yaʼni oyning rangi) boʻyashini osonlik bilan oʻzgartirdi, ammo Jobs bu variantni ham kamroq yoqtirdi.  Shunday qilib baribir oʻshandan beri oq barcha Apple mahsulotlarining asosiy belgilaridan biridir.

Apple kompaniyasi togʻrisida koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan qiziqarli faktlar

Jobsning prezentatsiyalarining oʻziga xos jihatlaridan biri, u har doim bir xil kiyim kiygan: Levi’sdan  jinsi shim, qora vadalaska va New Balans poyafzallari.  Ushbu "kostyum" ni juda yaxshi tanib olishdi va kiyim tadbirkorning kiyimini bir deganda aks ettirib berardi. Stiv vafotidan soʻng ham Jonatan Ayv  ham aynan shu uslub va oʻsha ishlab chiqaruvchi markasidagi futbolka kiygan holda omma qarshisida koʻrinish beradi.

Apple kompaniyasi togʻrisida koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan qiziqarli faktlar

Breakout asoschisi -Stiv Vozniak, u 1976-yilda "Apple" ning rivojlanish davrida Atari uchun Brekoutni ishlab chiqdi.  Muayyan harakatlar ketma-ketligini tugatgandan soʻng, bu oʻyinni 15 yil oʻtib chiqqan birinchi avlod iPodida oʻynash mumkin edi.  Buning uchun "Qurilma haqida" sahifasiga oʻting yoki markaziy tugmani uch soniya bosib turing.

Apple kompaniyasi togʻrisida koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan qiziqarli faktlar

Nyuton -ingliz fizigi va matematigi, inson sivilizatsiyasi tarixidagi eng buyuk shaxslardanbiri.  Afsonaga koʻra, olma uning boshiga tushganidan keyin u yerning tortishish qonunini aniqlagan.  Shuning uchun ham boshida kompaniya logotipida olma daraxti ostida oʻtirgan Nyuton surati tasvirlangan.  Apple tomonidan ishlab chiqarilgan dastlabki choʻntak kompyuterlardan biri "Apple Nyuton" deb nomlangan.

Apple kompaniyasi togʻrisida koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan qiziqarli faktlar

U "Apple QuickTake 100" deb atalgan va oʻsha davlar uchun  inqilobiy yangilik edi.  Ammo, cheklovlari juda koʻp: mavjud boʻlgan joy atigi sakkizta foto surat uchun yetarli edi xolos, qulay koʻrinishni izlab topish moslamasi ham yoʻq edi, foto suratlarning sifati esa juda ham qoniqarsiz edi. Moslama hech qanday muvaffaqiyatga ega boʻlmagan.

Apple kompaniyasi togʻrisida koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan qiziqarli faktlar

Apple kompaniyasi eng badavlat kompaniyalaridan biri ekanligini hamma biladi.  2013 yilda kompaniyaning sof foydasi 171 milliard AQSh dollarni tashkil etdi. Bir kechayu-kunduzda 86,4 ming soniya, bir yilda - 365 kun.  Agar oddiy hisob-kitoblar amalga oshirilsa, har soniyada Apple 5,400 AQSh dollari miqdorida daromad olishi aniq boʻladi.

Apple kompaniyasi togʻrisida koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan qiziqarli faktlar

Hukumatning 49 milliard  AQSh dollariga teng byudjetiga qarshi 160 milliard AQSh dollari.Bu pulni Apple kompaniyasi oʻzining yangi hashamatli kompusini qurish uchun sarflab kelmoqda.

Apple kompaniyasi togʻrisida koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan qiziqarli faktlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar