"Eski" Gollivudning eng chiroyli aktrisalari

BetakrorGreys Kellining faoliyati atigi 4 yil - 1952 yildan 1956 yilga qadar davom etdi. Aktrisaning nomzodi ushbu davr ichida ikki nominatsiya boʻyicha "Oskar" mukofotiga qoʻyildi,"Qishloqi qiz" filmi uchun mukofotni qoʻlga kiritdi ham.
Bundantashqari afsonaviy Alferd Xichkokning 3 ta filmida suratga tushdi. Ammo Greys muhabbati uchun aktrisalik faoliyatiga nuqta qoʻydi. Monakoning buyuk knyazi Rene III rafiqasining filmlarda suratga tushishiga qattiq qarshilik qilardi. Oqibatda Kelli 1956 yilioʻz ijodiy faoliyatining yakunlanganini rasmiy ravishda eʼlon qildi. Aktrisa 52 yoshda avtomobil halokati sababli olamdan oʻtdi. Greys Kelli va knyaz 3 nafar farzand koʻrdilar. ularga Karolina Margarita Luiza, Albert II (Monakoning aynipaytdagi knyazi) hamda Stefaniya Mariya Yelizaveta deya ism berishdi. 2014 yilda ekranlarga chiqqan va bosh rolni Nikol Kidman ijro qilgan "Monako malikasi" filmi oliynasab oila vakillariga maʼqul kelmadi. Ular ijobiy guruhni aktrisaga nisbatan boʻlgan munosabatni boʻrttirib koʻrsatishda ayblaganlar.

Ushbu aktrisani oʻz vaqtida "Gollivud qirolichasi" deya atardilar. Rus muhojirlari oilasida tavallud topgan qiz oʻzini ushbu millat qizi deb bilardi.Uning aktyorlik karyerasi 4 yoshlik paytlarida boshlandi. Tez orada Natali mashhur bolakay aktyorlarning biriga aylandi. Aktrisa faoliyati davomida 60 dan ortiq filmlarda suratga tushdi. Ulardan eng mashhurlari "Ertaga -hamisha", "34-koʻchadagi moʻʼjiza", "Qirol nari boradi", "Katta poyga", "Meteor" filmlari boʻlgan.
Ammo 1981 yilning 29 noyabr kechasi kutilmagan halokat yuz berdi. Natali Vud noaniq sabablarga koʻra Santa-Katalina oroli atrofida, yaxtada suzib yurgan payti choʻkib vafot etdi. Tekshirish ishlari hamon davom etadi, aktrisaning oʻlimini tasodif emas, uyushtirilgan qotillik deya hisoblaydigan insonlar esa hodisadagi yagona gumondor shaxs Natalining eri Robert Vagner ekanligini aytadilar. Ularning soʻzlariga qaraganda, Robert rafiqasining oʻlimi orqali 30 million dollar miqdoridagi boylikni qoʻlga kiritish maqsadida boʻlgan.

Lana "eski" Gollivudning eng taʼsirchan, betakror va nafis aktrisasi edi. U kino sohasiga omad, farishtalarga hos koʻrinishi va chiroyli qomati sababli kelib qolgan. Betakror goʻzallik unga nafaqat muvaffaqiyat, balki son-sanoqsiz oshiqlar muhabbatini ham olib keldi. Aytishlaricha, aktrisa 7 marta oila qurgan. Faoliyati davomida 50 dan ortiq filmlarda rollar ijro qilgan va ulardan eng asosiylari "Muhabbat Endi Xardini topadi", "Boyvochcha va bechora", "Seni qayerdandir topaman", "3 mushketyor","Quvnoq beva", "Jodugarning damlamasi" kabi asarlar boʻlgan. Lana 75 yoshlik paytlarida oʻzining Los-Anjelesdagi uyida saraton kasalligi sabab olamdan oʻtgan.
Uning iqtidori va Gollivud kino sanʼatiga qoʻshgan hissasi sabab yulduz nomini Gollivudning "Shuhrat alleyasi" ga muhrlab qoʻyganlar.

Viven Li haqida soʻz boshlar ekanmiz, beihtiyor koʻz oldingizda shaddod Skarlett OʻXara obrazi gavdalangan boʻlsa kerak. Aktrisa "Shamollarda qolgan hislarim" asarining ekranlashtirilgan variantida bosh rolni ijro qilgan. Orson Uells kunlarning birida aktrisa haqida uning asr davomida bir marta dunyoga keladigan va butun dunyo nigohini oʻziga rom qiladigan ayollardan ekanligini aytgan edi. Ammo aktrisa goʻzalligi bilan bir qatorda murakkab feʼl-atvori va tushkunlikka moyil ekanligi bilan ham koʻpchilikka tanilgan. U barcha rejissyorlarning orzusi edi, shunga qaramasdan aktrisa faoliyati davomida atigi 21 ta filmda rol ijro qildi holos. Ular orasida "Shamollarda qolgan hislarim", "Anna Karenina", "Istak tramvayi","Gamilton xonim" kabi asarlarni alohida taʼkidlash darkor. Viven Li53 yoshda sil kasalligi sabab olamdan oʻtdi.

Oʻz vaqtida Odri Gollivudning eng talabgir, zamonaviy, chiroyli va yorqin yulduzi boʻlgan. Uni Amerika kino sanʼatining butun tarixi davomidagi eng yaxshi aktrisa deb ham atashadi, Odrining oshiqlari esa sanoq bilmasdi. Aktrisa oʻqimishli inson boʻlib, olti tilni bilgan va adabiyot shaydosi boʻlgan. U ijodiy faoliyati davomida 32 ta filmda rol ijro qildi. Ularning eng mashhurlari esa "Rim taʼtillari","Sharada", "Tiffani uyida nonushta", "Mening sohibjamol xonimim", "Urush va tinchlik" kabilar boʻlgan. Odri Xepbyorn 63 yoshida yaqin insonlari davrasida ichak saratonidan vafot etgan.

Oʻtgan asr Gollivudining eng goʻzal aktrisalari haqida soʻzlay turib, Merilin Monroni yoddan chiqarish mumkin emas, albatta. U dunyoning eng badavlat va nufuzli erkaklarini hushdan ayirgan, oʻz davrining moda timsolida aylangan, shoirlar sheʼrlariga asosiy mavzu ham boʻlgan.
Monroning shuhrati bugungi kunga qadar yetib kelgani ham inkor qilib boʻlmaydigan haqiqat. Aktrisaning bolalik yillari juda ogʻir kechgan, ammo bu uni hayotda kuchli inson boʻlishga oʻrgatdi. Aktrisa ijodiy faolyati davomida 28 ta filmda suratga tushdi. Misol uchun birgina "Jazda faqat qizlar" filmi oʻz davrining eng mashhur asari va aktyorlik mahoratining ajoyib namunalaridan biriga aylanib qoldi. Afsuski, aktrisa 36 yoshli paytida olamni tark etdi. Uni Los-Anjelesdagi uyidan jonsiz holatda topdilar. Oʻlim sababi sifatida esa miqdoridan koʻproq ichilgan uyqu dorisi qayd etildi.

40-50-yillar Gollivudining eng yorqin yulduzlaridan biri boʻlmish Avani sohibjamol ilohaga qiyoslardilar. Ava nochor sharoitda hayot kechirar edi, 16 yoshga kirgan paytlarida esa mustaqil hayot boshlash uchun ota-onasidan alohida yashashni boshlaydi. Avvaliga ijobiy faoliyat borasida uning omadi yurishmadi, bir muddat ikkinchi darajali rollardan nariga oʻtolmadi ham. Robert Siodmakning "Qotillar" filmi suratga olinganidan keyin Ava olamshumul shuhratga erisha oldi. Aktrisa faoliyati davomida 49 ta filmda rollar ijro etdi, ulardan eng mashhuri "Koʻk qush" filmidagi Yorugʻlik obrazi boʻldi.
Aktrisa umrining oxirgi yillarini London shahrida oʻtkazdi va 64 yoshida pnevmoniya sabab olamdan oʻtdi.

Betakror aktrisa, koʻpchilikning orzusiga aylangan sohibjamol, dunyoga nafaqat rollari, balki qoʻshiqlari bilan ham tanilgan ijodkor Marlen Ditrix hayotlik paytlaridayoq tirik afsonaga aylanibboʻlgandi. U kino, moda va goʻzallik sohasiga katta taʼsir koʻrsata oldi. Marlen bir vaqtning oʻzida ham kuchli, ham ojiz ayol qiyofasida koʻrinish bera olardi. Bu esa aktrisaga yanada kuchli joziba bagʻishlagan.
Marlen butun umri davomida faqatgina bir insonni - prodyuser Rudolf Ziberni sevdi. Umrining oxirgi yillarini esa shon-shuhratdan yiroqda, Parijdagi uyida oʻtkazdi va 90 yoshida vafot etdi. Uni soʻnggi yoʻlga kuzatish uchun minglab insonlar tashrif buyurdilar.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



