"Hayot musiqasi": Eng sara latifalar toʻplami

Ikki doʻstning suhbatidan:
— Uch kundan beri koʻzim ogʻriyapti. Nima qilsam ekan-a?
— Oʻtgan yili mening tishim ogʻriganda, sugʻurib tashlagandim.
***
KUCH YIGʻISH UCHUN DORI
— Doʻxtir, bu dorilarni menga kuch yigʻishim uchun yozib berganmidingiz?
— Nima boʻldi?
— Qopqogʻini ocha olmayapman.
TUSH
Uyqudan uygʻongach, askar sherigiga dedi:
— Tushimda 20 nafar dushman askarlari asirga olish niyatida orqamdan quvganmish.
— Darrov uygʻonib ketmadingmi?
— Iye, qoʻrqdi deb oʻylashsinmi?
JASUR ASKAR
— Jasur askar ehtiyotkor askardan nimasi bilan farqlanadi?
— Jasur askar komandirning kamchiliklarini yuziga aytadi.
— Ehtiyotkor askar-chi?
— U ham aytadi. Faqat... Telefon orqali.
QARZ
Bola bobosiga dedi:
— Bobo, pensiyangizdan menga oʻn ming soʻm qarz berib turing! Pensiyaga chiqqanimda qaytaraman.
XOTINIMGA OʻXSHAYDIGAN SHER
— Kechirasiz, bu sherning odamxoʻr ekanini qanday payqadingiz?
— Koʻz qarashlari xotinimnikiga oʻxsharkan.

HAYDOVCHI MUALLIMA
Mashina haydab ketayotgan ayolni militsioner toʻxtatib soʻradi:
— Siz mashinada ketayapsiz. Men qoʻlimni koʻtardim. Bu nimani anglatadi? Bilasizmi?
— Nega bilmas ekanman? Oʻttiz yildan beri maktabda oʻqituvchilik qilaman, axir!
DUGONALAR
* * *
Oʻn yashar qizcha dugonasiga dedi:
— Bolaligim juda qiyin oʻtgan... Besh yoshimgacha ismim "Ovozingni oʻchir" boʻlsa kerak deb oʻylaganman.
TILAK
* * *
Amalparast dengiz boʻyida oʻtirib quyoshda toblanardi. Qirgʻoqqa kelib qolgan oltin baliqni koʻrib qolib uni tutib oldi va dedi:
— Qani, oltin baliq, menga uchta tilak oʻylab top!
* * *
— Azizim, keling, toʻyimizni yangi yilda oʻtkaza qolaylik!
— Qoʻy, shunday bayramni buzmaylik!
* * *
— Xotinjon, nega kotletlarni har xil hajmda pishirding?
— Oʻzingiz «Xilma-xillikni yaxshi koʻraman»degandingiz-ku!
* * *
Qariya tengdoshiga hasratini toʻkib solayapti:
— Men bir urushni koʻrdim, uch marta avtohalokatga yoʻliqdim, bir marta men oʻtirgan samolyot іulab tushdi, ikki marta xotinga yolchimadim, tijorat bilan shugʻullanib inqirozga uchradim. Tunov kuni boʻlsa, nevaram menga:«Bobo, siz hayotni tushunmaysiz» deydi-ya!
* * *
— Dada, menga doʻmbira olib bering!
— Nima, endi doʻmbiraning shovqini yetmay turgandi menga.
— Yoʻq, men doʻmbirani faqat uxlaganingizda chalaman.
* * *
Er xotiniga dedi:
— Mana shu shoʻrvangni yuz litr pishirsang ham rozi edim!
— Voy, sizga yoqib qoldimi?
— Yoʻq, shunda shoʻrligi bilinmay ketardi.
* * *
Kampir choliga dedi:
— Jim oʻtiraverasizmi? Oʻtgan-ketganlardan gapirib oʻtirsangiz boʻladi-ku!
— E, senga gapirib maza toparmidi odam. Baribir qulogʻing kar boʻlsa...
— Iye, qiziq voqea ekan. Qani, ayting-chi, keyin nima boʻldi?

KAMBAGʻALLIK AYB EMAS
Yangi oʻzbek Shveytsariya bankiga bordi-da, xodimalardan biriga dedi:
— Men bankingizga pul qoʻymoqchi edim.
— Qancha?
Yangi oʻzbek xodimaning qulogʻiga shivirladi:
— Uch million dollar.
Xodima:
— Balandroq ovozda gapiravering! Bizda kambagʻallik ayb hisoblanmaydi.
SHAFQATSIZ HAKAM
Sher oʻrmonda hayvonlar oʻrtasida yugurish boʻyicha musobaqa tashkil etdi. Shubhasiz, quyon hammadan oʻzib ketdi. Bir payt hayvonlar finishga kelishsa, quyon yoʻq. Yerda bir nechta suyaklar sochilib yotibdi. Sherdan soʻrashdi:
— Quyon qani?
— U yaramas doping tekshiruvidan oʻta olmadi. Shu sababli uni bir umrga musobaqalardan chetlatdim.
ANTIQA SPORTCHI
Parashyutdan sakrash boʻyicha musobaqada gʻolib boʻlgan sportchidan murabbiysi soʻradi:
— Nega taqdirlash marosimida yuqoridagi supada emas, pastdagisida turding?
— Ustoz, bilasiz-ku, men balandlikdan qoʻrqaman!
SIZ MENING DADAMNI BILMAYSIZ...
— Toshmatvoy, dadang qancha maosh oladi?
— Ikki yuz ming soʻm.
— Uyga qanchasini olib keladi?
— Sakson ming.
— Nima balo, matematikani bilmaysanmi?
— Yoʻq, siz mening dadamni bilmaysiz.

INSOF
— Ayt-chi, oshna, sen oʻzingni insofli odam deb hisoblaysanmi?
— Ha.
— Agar koʻchada ketayotib million soʻm pul topib olsang, egasiga qaytararmiding?
— Ha, agar oʻsha pullar kambagʻal odamga tegishli boʻlsa.
QIRQOYOQ
Piyodani «Mersedes» urib ketdi va oyogʻi sindi. Sudda u haydovchi yuz ming dollar tovon puli toʻlashini talab qildi. Haydovchi:
— Nima, siz meni millioner deb oʻylayapsizmi?
— Siz-chi? Meni qirqoyoq deb oʻylayapsizmi?
ZOʻRDAN ZOʻR CHIQQANDA...
Harbiy qismga komandir etib tayinlangan polkovnik saf tortgan askarlar bilan tanishayapti. U oʻzini mehribon, erkinlik tarafdori qilib koʻrsatish maqsadida askarlardan biriga yaqin kelib dedi:
— Boshingni baland koʻtar! Istasang, men bilan qoʻl berib soʻrashishing hammumkin. Keyin otangga borib shaxsan polkovnik bilan qoʻl berib koʻrishganingni aytib maqtanasan. Otang ham bunday sharafga muyassar boʻlganingdan xursand boʻlsa kerak...Aytgancha, otang kim oʻzi?
— General.
TERGOV
Yovvoyi choʻchqani oʻrmon tergovchisi etib tayinlashdi. U bir kuni Tulkini kabinetga olib kirib soʻroq qila boshladi:
— Ustingdagi kimning yungi?
— Oʻzimniki.
— Yoʻq, oʻgʻirlagansan, oʻgʻirlagansan!
Tulki turmaga joʻnatildi. Zerikib oʻtirsa, kameraga gʻoz kirib keldi.
— Gʻoz, seni nima uchun qamashdi?
— E, yovvoyi choʻchqa: «Har yili qaysi daromad evaziga janubga uchasan?» deyaverib bezor qildi.
ASHULACHI
Ayol dugonasiga maqtanayapti:
— Ishonasanmi, kecha uyda oʻtirib ashula aytgandim. Shu qadar yaxshi aytibmanki, kimdir tashqaridan turib ovozimni yaxshiroq eshitish uchun boʻlsa kerak, tosh bilan derazamizni urib sindirdi.
Yangi yilga munosabat
Bola: «Ura! Yaqinda Yangi yil!
Oʻrta yosh: «Yaqinda Yangi yil ekan-da!»
Keksa: «Tagʻin yangi yilmi?

QOʻSHNILAR
Ikki ayol suhbatidan:
— Yoʻq, mening Ravshanbegim kechasi yigʻlamaydi. Yigʻlashni boshlashi bilan alla aytaman.
— Men ham ilgari shunday qilgandim. Lekin qoʻshnilar: «Qoʻy, Oynisa, undan koʻra bolang yigʻlay qolsin!» deyishgan.
TUGʻILGAN KUN
— Dadasi, tugʻilgan kuningizga nima sovgʻa qilay?
— Xotin, iltimos, tugʻilgan kunimda kar-soqov rolini oʻynab bergin!
CHUKCHANING FALSAFASI
Ikki nafar chukcha avtobus haydovchisidan soʻradi:
— Uch kishini olib ketasanmi?
— Sizlar ikki kishi-ku!
— Nima, oʻzing biz bilan bormaysanmi?
QUVONCH
Olmaning ichidan yerga uchib tushayotgan qurt baland ovozda qichqirdi:
— Ura, men ham ucha olarkanman!
BOLACHA TASAVVUR
Bola kichik singlisiga maqtanyapti:
— Qara, men taqa topib oldim. Buni nimaligini bilasanmi oʻzi?
— Voy, bechora ot endi qayerdadir yalangoyoq yurgan boʻlsa-ya?..
«XUSHOMAD»
Xotin taroziga chiqdi-yu, er unga razm solib turib kuldi.
— Mana shu vazningga mos kelishi uchun boʻying qancha boʻlishini bilasanmi?
— Qancha boʻlishi kerak?
— Besh yarim metr.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



