Sevgining 5 bosqichi: Aksariyat juftliklar uchinchi bosqichda ayrilishadi...

Bugun munosabatlaringizni yanada mustahkamroq boʻlishi uchun yordam beradigan foydali maʼlumotlar bilan tanishib olishingiz va muhabbatingizning qaysi bosqichda ekanligini aniqlashingiz mumkin.
Har qanday muhabbat, hattoki eng chiroyli va ehtirosli sevgi munosabatlari ham kun kelib qalbingizga ozor yetkazadi. Ayollar yorlarining bir vaqtlar juda chiroyli va aqlli boʻlganini hotirlashadi, uning qanchalar qoʻpol va beeʼtibor boʻlib qolganidan tushkunlikka tushadilar... Erkaklar esa rafiqalariga nisbatan befarqlik hissini tuyishadi, munosabatlardagi joʻshqinlik, mehr tushunchalari soʻnadi, hayot zerikarli tus ola boshlaydi. Bir zamonlar sohibjamol koʻringan ayolining asabiy va tajang boʻlib qolgani, uning husnidan asar ham qolmaganini koʻrib bosh chayqab qoʻyadilar...
Koʻpchilik juftliklar munosabatlarning mana shu bosqichida ajrashishga qaror qilishadi. Bu holat birgalikda umr kechirish mobaynida, tanishuvdan oʻn yillar oʻtib ham sodir boʻlishi mumkin. Ogʻir ayriliqqa duch kelgan paytda yana oʻsha muhabbatni izlash umidi paydo boʻladi. Ammo sevgi qayta uchragan taqdirda ham yana eski holat takrorlanadi. Buni esa oʻzgartirish mumkin emas...
Agar erkak va ayol hodisalarni oʻz vaqtida tahlil qilib, barchasini nazorat ostiga olsa, oʻzini ham, yorini ham ayriliqdan asrab qolishi mumkin.
Har bir sevgi qissani 5 bosqichdan oʻtadi. Ulardan uchinchisi juda qiyin davr boʻlib, ushbu bosqichdan oʻtib olgan juftlikdar haqiqiy muhabbatning nima ekanligini dildan his qilishadi.

Ikki inson bir-biriga nisbatan mehr hissini tuygach, u asta-sekinlik bilan qiziqish va sevgiga aylanadi. Juftliklar bir-birlarini koʻrmasa tura olmaydilar, miyani yor hayoli chulgʻab oladi. Biologik nuqtai nazarda tanada turli gormonlar bosh koʻtaradi: dofamin, oksitotsin, serotonin, testosteron va estrogen gormonlari shiddat bilan ishlab chiqariladi. Aynan mana shu gormonlar qorishmasi insonda kutilmagan oʻzgarishlarni paydo qiladi: yurak avvalgidan tezroq ura boshaydi, nafas yetishmaydi, shodlik va tushkunlik holati ham keskinlashadi...

Inson oʻzini qanotlari bor odamday yengil his qiladi. Yor timsolida oʻzing orzulari va barcha umidlarini tasavvur qiladi. U bilan yorqin kelajak rejalarini tuzadi: barcha orzulari, istaklariga uning timsolini qoʻshib chiqadi. Tanani aql emas, muhabbat boshqaradi. Qanchalar gʻalati eshitilmasin,bu davrda inson sogʻlom fikrlash qobiliyatidan qisman mahrum boʻladi, ammo bu ayb yoki uyalish uchun sabab emas. Muhabbat insondagi eng kuchli emotsiyalarga sabab boʻladigan tuygʻulardan biri hisoblanadi. Shu sababli munosabatlarning birinchi bosqichida odam juda taʼsirchan boʻlib qoladi.

Muhabbatning mazkur bosqichida sevishganlardagi tuygʻular avvalgidan chuqurlashadi, ularda umumiy maqsadlar paydo boʻladi. Aksariyat holatlarda muhabbatning mazkur bosqichidagi juftliklar oʻz munosabatlarini oilava nikoh tushunchalari bilan mustahkamlab olishadi. Ular endilikda faqat oʻzlari haqida emas, farzandlarni dunyo keltirish, ularni tarbiyalash, mashina, uy sotib olish, yorqin kelajak barpo qilish va butun dunyoga oʻzlarining birbutun ekanliklarini koʻrsatish uchun harakat qiladilar. Ushbu bosqichdagi juftliklar oddiygina sevishganlar emas, jamiyatning bir boʻgʻini - oilani tashkil qiladi.
Ikkinchi bosqichda boʻlgan juftliklar birgalikda oʻtkazilgan baxtli lahzalar, bolalarning dunyoga kelishi, umumiy maqsadlarga yetishish, yutuqlardan lazzatlanish bilan band boʻlishadi.

Ammo muhabbat avvalgidek butun tana ustidan hukmronlik qila olmaydi. Shunga qaramasdan juftliklar oʻzlarini avvalgidan koʻra koʻproq bogʻlangandek, oʻzaro yaqinroq insonlar sifatida his qiladilar. Shiddatli tuygʻular sokinlashadi, munosabatlarda tushunish, umumiylik va hurmat birinchi oʻringa chiqib qoladi.
Juftliklarning har ikkisida ham himoyalanganlik, tartiblilik va ishonch tuygʻulari paydo boʻladi. Aksariyat sevishganlar ushbu bosqichda tuygʻularning avvalgidek qiziq va shiddatli emasligidan, hayot zerikarli boʻlib qolganidan afsuslanadilar. Muhabbat barqaror koʻrinish oladi, qanchalik urinmang, u avvalgidek shiddatli va qiziqarli boʻlmaydi, yurak ham birinchi bosqichdagi kabi tez urmay qoʻyadi.

Albatta, har bir juftlik oila qurish, munosabatlar oʻrnatish oson ish emasligini juda yaxshi biladi, ammo uchinchi bosqich ularga kutilmagan "sovgʻa"lar hozirlaydi. Ular yorlarining tashqi koʻrinishlaridan ham, yurish-turishlaridan ham ayb topa boshlashadi, avval koʻrinmagan kamchiliklar mazkur bosqichda yuzaga chiqadi. Kutilmagan bir paytda tasavvuringizdagi mukammal yoringiz - sanoqsiz nuqsonlarga ega odam ekanligini tushunib qolasiz. "Balki uni sevmagandirman?" deya oʻzingizga savol berishingiz ham mumkin. Aynan mana shu yerda koʻplab juftliklar ajrim qaroriga kelishadi.
Ikki tomon ham nikohdan qoniqmaslik hissini tuyadi, turmushdagi tashvishlar holdan toydiradi. Kishi bir zamonlar oʻzi sevgan insonga nisbatan nafrat hissini tuyadi.

Kichik muammolar sababli katta janjallar boshlanadi, bu esa ish va bolalar tarbiyasiga jiddiy taʼsir koʻrsatadi.
Juftliklar oʻzlarini baxtsiz his qilganlari sababli ham ushbu bosqichga bardosh bera olmay butun umrga xayrlashadilar. Aslida bu har bir munosabatda kuzatiladigan odatiy holat. Mazkur pallaga qarshi bardosh berishning yagona usuli - sabr bilan kutishdir. Yoʻqsa, oila barbod boʻladi, farzandlar esa toʻlaqonli baxt nima ekanligini his qila olmay ulgʻayadilar.

Uchinchi bosqichdagi barcha toʻfonlar tinib, sinovlar yengilgach, juftlik qaytadan bir-biriga ishona boshlaydi. Ular birgalikda barcha hodisalarni tahlil qiladilar, bunga ongli ravishda nazar tashlay boshlashadi.
Toʻrtinchi bosqichdagi juftliklar orasida muhabbat avvalgidek shiddatli emas, ularni bir-birini tinglayotgan ikki ruhshunosga qiyoslash mumkin. Aslida barchasi mana shunday boʻlishi ham kerak: zotan, ushbu bosqichdagi juftliklar bir-birlarini soʻzsiz tushuna boshaydilar. Buni esa mustahkam oila deb hisoblashadi.

Ushbu pallaga kelib, insondagi xudbinlik yoʻqoladi. Oʻzaro bogʻliqlik chuqurroq tus olib, juftingizni sevishgina emas, uning qalbidagi yaralarga malham boʻlish kerakligini ham his qila boshlaysiz.
Ushbu bosqichdagi juftliklar janjal koʻtarishmaydi, munosabatlarni qanday himoya qilish kerakligini yaxshi tushunib olgan boʻlishadi.

Chin muhabbat tushunchasi aynan mana shu bosqichda hayotingizga kirib keladi. Shu kunga qadar boshdan kechgan inqirozlar oʻtmishda qoladi. Muhabbatingiz qanchalar kuchli ekanligini isbotlay olganingiz uchun hayotdan qoniqish hissini tuyasiz.

Bunday juftliklarga qaragan odamlar ulardan ilhom olishadi, ularning donoligi, hotirjamligi oʻzgalarga ham quvonch bagʻishlaydi. Ular oʻz farzandlari, nabiralariga oila mustahkamligi sirlarini oʻrgatishadi. Chin muhabbatning nima ekanligini qalban his qilishadi...
Muhabbatingiz abadiy boʻlsin... Hech qachon yengilmang! Siz chin muhabbatga albatta erishasiz!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



