Foydali

Ayollar uchun: Pardozdagi ushbu muhim buyum sizni goʻzal koʻrsata oladi!

Ayollar uchun: Pardozdagi ushbu muhim buyum sizni goʻzal koʻrsata oladi!

Ushbu vosita yordamida nafaqat tonal vositasini teri ustiga surtish, balki yuzni yengil va tabiiy krem qatlami bilan qoplab olish mumkin. Bundan tashqari sponjlardan yuzni konturlash, yonoqlarga urgʻu berishda ham foydalansa boʻladi.

Xoʻsh, doʻkonlardagi turli-tuman sponjlar orasidan oʻzingizga keraklisini qanday qilib tanlash mumkin?

Ayollar uchun: Pardozdagi ushbu muhim buyum sizni goʻzal koʻrsata oladi!

Sponj qanday shakl yoki oʻlchamda boʻlmasin, kichik gubka boʻlagidan boshqa narsa emas. U quruq va kremsimon vositalarni teri yuzasiga surtish uchun ishlab chiqilgan. Rumyana, tonal kremlar, xaytayler, konsiler ham shular sirasiga kiradi. 

Ayollar uchun: Pardozdagi ushbu muhim buyum sizni goʻzal koʻrsata oladi!

Sponjlar turli materiallardan - lateks, paxta, sellyuloza, porolondan tayyorlangan boʻlishi mumkin. Ular orasidagi porolon eng universal vosita hisoblanadi. Bu turdagi sponjni istalgan turdagi krem va pardoz vositasini surtish uchun qoʻllasa boʻladi. 

Ayollar uchun: Pardozdagi ushbu muhim buyum sizni goʻzal koʻrsata oladi!

Shakl masalasiga kelsak, bu boradagi eng ommabop koʻrinish - tuxumsimon shakl sanaladi. U pardoz vositalarini yengil va tabiiy koʻrinishda boʻlishiga yordam beradi, burun chetlari, koʻz burchaklariga ham "yetib bora oladi" va ularni mukammal holatda pardozlaydi.

 

Ayollar uchun: Pardozdagi ushbu muhim buyum sizni goʻzal koʻrsata oladi!

Avvalo surtilishi kerak boʻlgan vosita tarkibiga diqqat qiling. Agar u suyuq koʻrinishda boʻlsa, sponjni suv ostida chayib olasiz va qattiq siqib, pardozni boshlaysiz. 

Tonal vositasini kaftning yuqori tomoniga ozroq chiqarib olgancha unga sponjni tekkizib olish kerak boʻladi.

Jarayon yegil harakatlar bilan uqalovchi yoʻnalishlarda amalga oshirilishi lozim. Agar sizning sponjingiz tuxumsimon shaklda boʻlsa, uning qalin tomoni yuz perimetri, uchli tomonini esa koʻzlar osti, burun chetlari uchun qoʻllang. 

Ayollar uchun: Pardozdagi ushbu muhim buyum sizni goʻzal koʻrsata oladi!

Sponj uchun alohida idish ajratib qoʻygan maʼqul. Ana shunda u pardoz qutichasidagi changni oʻziga tortib olmaydi.

Vositani har ikki oyda bir marta almashtirish kerak. Garchi yangiday turgan boʻlsa ham, sotib olganingizga ikki oy toʻlgan boʻlsa, yangi sponj harid qilishni unutmang.

Ayollar uchun: Pardozdagi ushbu muhim buyum sizni goʻzal koʻrsata oladi!
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar