Qiziqarli

Nima uchun Xitoy ayollari juda ham yosh koʻrinadilar? Sirlarni bilib oling!

Nima uchun Xitoy ayollari juda ham yosh koʻrinadilar? Sirlarni bilib oling!

Xitoy ayollari suvni juda koʻp miqdorda istemʼol qiladilar. Ularni bolalik paytlaridanoqoʻzlari bilan suv olib yurishga odatlantirishadi. Agar ulardan hayotiy mavjudlik shartlari haqida soʻrasangiz, birinchi navbatda suv haqida yodga olishlari tayin. Xitoyning har bir burchagida maxsus kulerlar mavjud, bundan tashqari ayollarning oʻzlari  ham koʻchaga chiqish avvalidan albatta suv koʻtarib olishadi. 

Nima uchun Xitoy ayollari juda ham yosh koʻrinadilar? Sirlarni bilib oling!

Bundan yuz yillar avval ham xitoylik ayollar uchun terining oppoq rangi juda muhim boʻlgan. Aytishlaricha, teri rangi qanchalar oq boʻlsa, bu ayolning ijtimoiy kelib chiqishi yuqori ekanligidan darak berar ekan. Shu sababli ham Xitoy ayollari quyosh nuridan saqlanishga juda katta eʼtibor qaratishadi. Bu boradagi asosiy vositalardan biri esa quyosh nurlaridan himoya qilish taʼsiriga ega boʻlgan krem sanaladi.

 

Nima uchun Xitoy ayollari juda ham yosh koʻrinadilar? Sirlarni bilib oling!

 

Xitoy ayollarining eng sevimli ichimliklaridan biri soʻzsiz - choy sanaladi. Mutaxassislar turli giyohlar, gullar, tinchlantiruvchi aralashmalar qoʻshib damlangan choy inson salomatligi va goʻzalligiga katta taʼsir koʻrsatishini koʻp bor takrorlaganlar. Ammo bu oʻrinda choy ichiga shakar yoki sut qoʻshmaslik kerakligini unutmang. 

Nima uchun Xitoy ayollari juda ham yosh koʻrinadilar? Sirlarni bilib oling!

Toʻgʻri tashkil etilgan kun tartibining yoshlik va goʻzallikka aloqasi nimada deysizmi? Agar kunning maʼlum bir vaqtlari davomida ovqatlanish va uxlashga diqqat qaratsangiz, tez orada buni oʻzingiz ham tushunib olasiz. Xitoy ayollari tushlikdan keyin biroz mizgʻib olishni unutmaydilar. Bu esa oʻz navbatida holsizlikni nari ketkazib, tinchlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi.

Nima uchun Xitoy ayollari juda ham yosh koʻrinadilar? Sirlarni bilib oling!

Hech kimga sir emaski, Xitoy oshxonasi va taomlari bizning odatiy taomlardan butunlay farq qiladi. Odatda mazkur oʻlkada shirinliklarnia sosiy taomdan alohida isteʼmol qiladilar. Shunda ham desert sifatida yengil yegulik tanlab olinadi.

 

Nima uchun Xitoy ayollari juda ham yosh koʻrinadilar? Sirlarni bilib oling!

Xitoyda aksariyat insonlar oʻz taomnomalarini dengiz mahsulotlari bilan toʻldirishadi. Bu esa tanadagi moddalar almashinuvchi jarayonini tezlashtirib, organizmdagi tuz miqdorining kamayishiga olib keladi. 

Nima uchun Xitoy ayollari juda ham yosh koʻrinadilar? Sirlarni bilib oling!

Yuz sohasidagi yorqin ravishda namoyish qilingan mimika harakatlari teri yoshligini saqlashga qarshi kurashadi. Sokin va hotirjam qiyofa esa - botoks muolajasining tabiiy koʻrinishidir. Yuz mushaklari qanchalik kam ishlasa, mimik ajinlar ham shunchalik kam boʻladi.

 

Nima uchun Xitoy ayollari juda ham yosh koʻrinadilar? Sirlarni bilib oling!
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar