Sayohat

Rossiya imperiyasi uchun tanlab olingan kelinlar taqdiri

Rossiya imperiyasi uchun tanlab olingan kelinlar taqdiri

Tarixdan maʼlumki, maʼlum bir mamlakat shahzodasining biror oʻlka malikasi bilan turmush qurishi avvalo mamlakatlar orasidagi xamkorlik aloqalariga ijobiy taʼsir qilgan. Bu siyosiy manfaatlar uchun zarur edi - malika va shahzoda nikohi ularning vatanlari orasida hamisha yaxshi aloqalar boʻlishini taʼminlangan. Ammo bu borada muammolar ham boʻlgan. Rus shahzodalarining sevgan yori faqatgina oliynasab qizlar orasidan tanlab olingan. Kelin imperiyaga qadam qoʻygan paytda boʻlgʻusi qirolicha nomiga tayyor holatga kelgan, uni Yevropaning kichik knyazliklari orasidan ham izlab topishlari mumkin edi. 

Rossiya imperiyasi uchun tanlab olingan kelinlar taqdiri

Keyinchalik kelinchaklar tanlovi xorijning nufuzli oilalari orasida ham davom etdi, sababi bu kabi qizlar katta sarpo-suruqqa ega boʻlmasa ham, saroy hayotiga tayyor deya baholanardi. 

Rossiya imperiyasi uchun tanlab olingan kelinlar taqdiri

 

1743 yilda Yekaterina I ning qizi Yelizaveta Petrovna taxt vorisi uchun kelin izlay boshladi. U nabirasi Pyotr I ning yonida mashhur Yevropa oilalaridan birida tugʻilgan, boy boʻlmasa ham, oʻzining odob-ahloqi, tarbiyasi bilan qirollik oilasida yashay oladigan qiz boʻlishi, kelgusida imperatorni har jihatdan qoʻllab-quvvatlay olishi kerakligini aytardi.

U tanlov borasida Germaniyaning Shtettin shahrida yashovchi malika Sofiya Frederikani koʻz ostiga oldi. Uning otasi Prussiya qirolining saroyida xizmat qilar, oilasi esa Angliya, Shvetsiya, Prussiya qirollik oilalari bilan qarindosh sanalardi. Qiz juda yaxshi taʼlim olgan boʻlib, horij tillari, raqs sanʼati va etiket qoidalarini juda yaxshi oʻzlashtirgandi. Ammo qizning tabiati oʻgʻil bolalar kabi shiddatga moyil edi,bu esa uning ota-onasini havotirga solardi. Qizcha shoʻxlik qilishni yoqtirar, oʻgʻil bolalar bilan koʻchalarda bezorilik qilib yurardi. Sofiya ajoyib tarbiyasi bilan bir qatorda keskinligi, mardligi va qaysarligi bilan ajralib turgan. Bu uning ota-onasini koʻp tashvishga solardi. Ammo aynan mana shu sifatlar uning dunyoga mashhur qirolicha sifatida dong taratishiga asos yaratib berdi. 

Rossiya imperiyasi uchun tanlab olingan kelinlar taqdiri

Malikani rus saroyiga olib kelganlaridan keyin Yelizaveta uning husnidan lol boʻlib qoldi. Oradan ikki yil oʻtib Yekaterina ismini olgan malika Pyotr III bilan oila qurdi. Toʻy marosimi paytida kelin 16, kuyov esa 17 yoshda boʻlgan. Yoshlar ushbu nikohni saqlab qolish juda qiyin ish ekanligini juda tezkorlik bilan anglab yetdilar, sababi ularning har ikkisi ham turli sharoitlarda, turli muhitda tarbiya topgan edilar. Ilk tanishuv paytida yuzaga kelgan yoqimli taassurotlar ham oʻz-oʻzidan yoʻq boʻlib ketdi.

Eng achinarlisi, imperator rafiqasini "zahiradagi xonim" deya atar, son-sanoqsiz xushtorlari bor ekanligini ayolidan berkitib oʻtirmasdi ham.

Bu esa malikaning eriga boʻlgan nafratini yanada oshirar va tushkunlik domiga uloqtirardi. Ushbu oilaning kun kelib yoʻq boʻlishi aniq edi. Qarangki, taxminlar rost boʻlib chiqdi va ular birgalikda baxtli hayot kechirishni uddalay olmadilar.

Rossiya imperiyasi uchun tanlab olingan kelinlar taqdiri

 Yekaterina II ham huddi Yelizaveta Petrovna kabi imperator ayoli unga har jihatdan munosib boʻlishi kerakligini juda yaxshi anglar edi. Shu sababli ham u oʻz oʻgʻli PavelPetrovich uchun kelin tanlash masalasiga juda jiddiy yondoshdi.  Yevropaga daniyalik diplomat Asseburg yuborildi. U uzoq yillar davomida rus saroyida xizmat qilgan va imperatorning ishonchiga sazovor boʻlgandi. Diplomat 3 yil davomida oʻlkaning nufuzli oilalarida mehmon boʻldi. Oqibatda uning tomonidan imperator rafiqasi boʻlishga arziydigan ikkita nomzod taklif qilindi: ularning birinchisi malika Vilgelmina boʻlsa, ikkinchisi malika Sofiya edi. Ikkinchi nomzod hali juda yosh boʻlgani sababli kelin sifatida malika Vilgelmina tanlab olindi.

Malika haqiqatan ham oʻz jozibasi va husni bilan koʻzga tashlanib turar edi. Diplomat qizga nisbatan aqlli va farosatdi deya taʼrif bergandi ham. U taxt vorisining suratini bir marta koʻrgach, unga oshiq boʻlib qoldi. Shu tariqa qizni imkon qadar tezroq Rossiyaga olib kelish  va toʻy qilish chorasini koʻra boshladilar.

1773 yilda kelin uchun 3 ta kemadan iborat guruh joʻnatildi. Kemalarning biriga graf Razumovskiy boshchilik qilgan. U boʻlgʻusi imperatorning yaqin doʻsti boʻlib, malikani bir bor koʻrgach unga oshiq boʻlib qoldi. Qiz ham uning oddiy graf ekanligini tushunmadi, yigitni oʻz yori deb oʻyladi. Ammo keyinchalik vaziyat aniqlashgach, qiz oʻz yorini izlab yoʻlga tushdi. 1779 yilda toʻy marosimi boʻlib oʻtdi. Shahzoda oʻz yoriga juda qattiq koʻngil berdi. Ammo malika shunchalar aqlli ediki, tez orada siyosat ishlariga aralashib ketdi, hukumatni liberallashtirish tarafdori ekanligini ochiq namoyish qila boshladi. Biroq oradan koʻp vaqt oʻtmay, 1776 yilda tugʻruq vaqtida olamdan koʻz yumdi. 

Rossiya imperiyasi uchun tanlab olingan kelinlar taqdiri

Pavel Petrovich oʻzining birinchi ayoli oʻlimidan keyin juda oʻzgarib qoldi. U hech kim bilan ortiqcha soʻzlashmay, hamisha xomush holatda yurardi. U sevimli ayolining oʻlimiga koʻnika olmayotgan edi. Shu sababli ham imperator onasi zudlik bilan yangi kelin izlash payiga tushdi. Aytishlariga koʻra,  Yekaterina II shunchalar qahri qattiq ayol boʻlganki, kelinining dafn marosimidan bir kun oʻtib, oʻgʻliga darhol kelin topish kerakligi, imperator yonidagi joy boʻsh qolmasligi haqida uqtirgan. Nomzod sifatida esa avvaldan tanish boʻlgan malika Sofiya tanlab olingan.

Bu paytga kelib malika Sofiya ulgʻayib qolgan, imperator rafiqasi nomiga mukammal nomzod qiyofasida edi. U ham Yekaterina II kabi Germaniyaning Shtettin shahrida tugʻilgan. Malikani tarbiya qilishda oiladagi asosiy rol kimga tegishli ekanligini qizga qattiq uqtirilgandi. 

Rossiya imperiyasi uchun tanlab olingan kelinlar taqdiri

Shahzoda Pavel onasining  undovi bilan Shtettinga qarab yoʻl olgan va Malika Sofiya bilan shaxsan oʻzi uchrashgan. Rossiya taxtining sohibi qizni yoqtirib qolgan va u bilan oila qurish qaroriga kelgan. Malika Sofiya esa Rossiyaga kelib Mariya Fedorovna ismini olgan va 1776 yilda ularning toʻylari boʻlib oʻtgan. Oradan bir yil oʻtib ularning oilasida Aleksandr ismli oʻgʻil farzand tugʻildi. Imperator va uning rafiqasi umumiy hisobda 10 ta farzand koʻrganlar. Aytishlaricha, ayol oʻlguniga qadar yori uchun mukammal rafiqa boʻlishga intilgan, doim chiroyli va latofatli qiyofada boʻlgan. Turmush oʻrtogʻiga nisbatan boʻlgan muomalasi, oʻzini tutish qobiliyati va oliy darajasi tarbiyasi koʻpchilik qizlarga namuna qilib koʻrsatilgan.

Rossiya imperiyasi uchun tanlab olingan kelinlar taqdiri

 AleksandrPavlovich ulgʻayib, oila qurish vaqti kelgach, uning buvisi Yekaterina II kelin tanlash vazifasini yana bir bor oʻz zimmasiga oladi. Odatiy anʼanaga koʻra, kelinni xorijlik malikalar orasidan izlashga kirishadi. 1790 yilga kelib oʻzining ishonchli odamlaridan biri Karlsrueni ikki nafar Baden malikasi uyiga yuboradi va ular haqida maʼlumot yigʻishni buyuradi.

Eng qizigʻi, ushbu opa-singillarning onasi Pavel Petrovichning birinchi rafiqasi malika Vilgeminaning singlisi boʻlgan. Shu tariqa 13 yoshli malika Luiza Avgusta va 11 yoshli malika Frederika Doroteya Peterburgga olib kelinadi. Boʻlgʻusi imperator qizlar bilan tanishgach, ularning birini oʻziga yor sifatida tanlashi kerak edi. Shahzoda malika Luizani yor sifatida tanlashga qaror qiladi. 

Rossiya imperiyasi uchun tanlab olingan kelinlar taqdiri

Luiza asta-sekinlik bilan saroy qonunlariga koʻnika boshlaydi, shu bilan birga toʻy uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuboriladi.Yosh malika mana shu paytda oʻzining bu yerlarga begona ekanligini qalban his qilgan. Kattalar hamisha oʻz ishlari bilan mashgʻul boʻlar, yori boʻlmish shahzoda Aleksandr esa oʻta jiddiy yigit boʻlgani sababli malika bilan ortiqcha gaplashmasdi ham. Ammo malika tez orada boʻlgʻusi yorining yuragiga yoʻl topa oladi, shu tariqaAleksandr unga muhabbat izxori yozilgan maktub tutqazadi. Malika Luiza uchun begona saroydagi yagona tirgak - shahzoda Aleksandr boʻlib qoladi.

 Yelizaveta ismini olgan malikaning goʻzalligi koʻpchilik tomonidan eʼtirof etilardi. Uni koʻrgan shoirlar imperator yori haqida ajoyib asarlar yozishgan. Ayrimlarning taxmin qilishlaricha, malika Luiza Pushkinning sirli ilhom parisi boʻlgan emish. 

Rossiya imperiyasi uchun tanlab olingan kelinlar taqdiri

XIX asr boshlarida Napaleonnning  Fransuz armiyasi Yevropaga hujum qilishni boshladi. Prussiya qiroli oʻz oilasi bilan himoya izlab rus isperatori Aleksandr I ning yoniga keladi.

Bu paytlarda qirolning qizi malika Friderika-Sharlotta-Vilgelmina 16 yoshda edi. Shu tariqa u rus imperatorining ukasi Nikolay Pavlovich bilan tanishadi. Yoshlar bir koʻrishdayoq bir-birlarini yoqtirib qoladilar. Ularning nikohlari rus-german aloqalarini yaxshilash uchun yordam berishi kerak edi. Ammo shahzoda Nikolay taxt vorisi sanalmasdi. Tantanali toʻy marosimi 1816 yilda boʻlib oʻtadi. Malika boshqa rus malikalari kabi Aleksandra ismini oladi.  Prussiya malikasi tez orada butun saroy odamlarining koʻnglidan joy topa olgan, qaynonasi bilan ham oʻta iliqmunosabatlar oʻrnatgan. 1818 yilda ularning oilasida oʻgʻil farzand dunyoga keladi va bolakayni amakisi sharafiga Aleksandr deya nomlaydilar.

Rossiya imperiyasi uchun tanlab olingan kelinlar taqdiri

Juftlik siyosat va hukmronlikdan uzoqda, oʻzlarining qulay va ajoyib uylarida hayot kechirishardi. Ammo ularning tinch hayotlari uzoqqa bormadi. 1819 yilda imperator oʻz vorisi shahzoda Nikolay bilan koʻrishmoqchi ekanligini maʼlum qildi. Imperatorning oʻzidan keyingi ukasi Konstantin taxtdan voz kechgandi.

Shu tariqa shahzoda Nikolay imperatorga aylandi, rafiqasi esa yori bilan birgalikda saroyga koʻchib keldi. 

Rossiya imperiyasi uchun tanlab olingan kelinlar taqdiri

Nikolay I hukmronligi paytida uning oʻgʻli Aleksandr taxtni otasidan qabul qilib olish uchun tayyorgarlik koʻrishni boshladi. 16 yoshga toʻlgach, davlat ishlarini oʻrganishga kirishdi, avval mamlakat boʻylab, keyin esa xorijga safarlar uyushtirdi. Safarlarning birida Yevropadagi opera teatriga borgan shahzoda Gessen malikasi bilan uchrashib qoldi va uni bir koʻrishdagi muhabbat bandi etdi.

Maksimiliana-Vilgelmina-Mariya 1824 yili Darmshtadt shahrida Gessen gertsogi va Baden gertsoginyasi oilada tugʻilgan edi. Qiz juda ham kamtar, taqvodor va mehribon boʻlgan.

Rossiya imperiyasi uchun tanlab olingan kelinlar taqdiri

Imperatorlik tojining vorisi qizning goʻzalligidan aqlini yoʻqotdi, vataniga qaytgach, onasiga bu haqida maʼlum qildi. Shahzodaning onasi  nomzod malika bilan shaxsan oʻzi uchrashish uchun uning uyiga bordi va nikohga rozilik berdi. 

Keyinchalik Mariya ismini olgan malikaning Aleksandr II bilan birgalikda kechirgan oilaviy hayoti avvaliga tinch va baxtli tarzda oʻtgan. Ular 8 nafar farzand koʻrganlar. Malika shovqinli tantanalarni yoqtirmas, koʻpincha yolgʻiz oʻtirishni maʼqul koʻrardi. Bundan tashqari hayriya ishlari bilan ham shugʻullangan. Balet va opera maktabiga asos solgan,koʻplab ezgu ishlarni amalga oshirgan.

Rossiya imperiyasi uchun tanlab olingan kelinlar taqdiri

 

Aleksandr II ning oʻgʻli Nikolay ota-onasi tomonidan Yevropa yuborildi va unga oʻzi uchun munosib yor topish vazifasi yuklatildi. Kopengagenga kelgan shahzoda Daniya malikasi bilan uchrashib qoldi. Nikolay oʻzi orzu qilgan qiz aynan shu ekanligini bilgach, unga uylanishga qaror qiladi. Ammo 1865 yilning aprel oyida Italiya boʻylab sayohat qilayotgan shahzoda qattiq kasal boʻlib qoladi va umrining oxirgi kunlarini qarindoshlari, shuningdek Daniya malikasi qurshovida oʻtkazadi. Rossiya imperatorlik tojining vorisi olamdan oʻtgach, malika qattiq tushkunlik holatiga beriladi. Uning salomatligi yomonlashib, kundan kunga ozib ketardi.

Tez orada boʻlgʻusi imperator sifatida Aleksandr IIning ikkinchi oʻgʻli Aleksandr Aleksandrovich nomi tilga olinadi. U marhum akasidan butunlay farq qilar, oʻta sokin tabiatli, jiddiy, odamovi yigit edi. 

Rossiya imperiyasi uchun tanlab olingan kelinlar taqdiri

Fojiali hodisadan keyin Aleksandr III va Daniya malikasi yaqindan tanishgan.  Aleksandr II ushbu vaziyatdan xabar topgach, Daniya malikasiga maktub yoʻllab, uni oila aʼzosi sifatida koʻrish istagi borligini maʼlum qiladi.

1866 yilda  Aleksandr III Daniya malikasining qoʻlini soʻraydi va qizga Mariya Fedorovna ismi beriladi. Oradan bir yil oʻtib ularning oilalarida oʻgʻil farzand dunyoga keladi va unga Nikolay deb ism beradilar. Ushbu oila Rossiya imperiyasining eng mustahkam juftliklaridan biri sifatida eʼtirof etilgan. Ular birgalikda 30 yil umr kechirganlar. 

Rossiya imperiyasi uchun tanlab olingan kelinlar taqdiri

 

Malika Alisa Britaniya qirolichasi Viktoriyaning nabirasi boʻlib, Gessen gertsogining qizi edi. U 1872 yilda Germaniyaning Darmshtadt shahrida tavallud topgan.  Qizaloq bolalikdan quvnoq va shoʻx boʻlgan. Ammo malikaning bolaligi oson kechmadi. 6 yoshlik paytlarida akasi vafot etdi. Uning qaygʻusi qizning onasini yengib qoʻydi. 1878 yilda  shaharda epidemiya tarqaldi, oqibatda malikaning singlisi vaonasi ham halok boʻldilar. Qirolicha Viktoriya nabirasini Angliyaga olib ketishga qaror qildi. Shu tariqa uni inglizlarga hos usulda tarbiya qildilar. Malika Alisa musiqa, rassomlik, otda yurish sanʼatini oʻzlashtirdi. Ammo yaqinlaridan judo boʻlgan qizaloq shovqinli tadbirlarni juda yomon koʻrar, koʻp vaqtini yolgʻizlikda oʻtkazardi.  Uning kulgusini eshitgan biror odam saroyda topilmasdi. Malika 12 yoshlik paytlarida opasining toʻyi payti oʻz taqdiri - rus shahzodasi Nikolay bilan tanishib qoldi. Ularning ikkinchi uchrashuvlari 1889 yilda boʻlib oʻtdi, 1894 yilda esa yoshlar oila qurdilar.

 

Rossiya imperiyasi uchun tanlab olingan kelinlar taqdiri

 

Rossiya imperiyasi taxtining oxirgi sohiblari juda koʻp qiyinchiliklarni boshdan kechirishdi. Dahshatli kasallik oʻgʻillarini azobladi, Birinchi jahon urushi boʻlib oʻtdi, boʻlgʻusi imperator balet raqqosasini sevishi haqidagi mish-mish tarqaldi. Oqibatda, ularning oilasi fojiali tarzda halok boʻldi. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar