Uydagi suvaraklardan samarali halos boʻlish yoʻllari

-shkaf burchaklari, idish tovoqlarda mayda qora nuqtachalarga koʻzingiz tushsa, bilingki, bu suvarakning ishi. Hasharot ahlati shunday koʻrinishga ega;
-javon yoki ahlat saqlanadigan joydan spesifik hid keladi;
-burchak- burchaklarda suvarak qoldirgan tuhumlarga koʻzingiz tushishi mumkin. Ular mayda koʻrinishda, yuzasi shaffof plyonka bilan oʻralgan boʻladi;
-koʻp qavatli uylar hamda hovlilarda koʻpincha kattaligi 3 smgacha boʻlgan qora tusli yoxud 1,3 sm li jigarrang, ola-bula suvaraklar uchraydi.

-non urvogʻi, ovqat qoldiqlariga eʼtiborsizsiz. Suvaraklar esa mazali yeguliklarni hush koʻrishadi, toʻyib tanovul qilishni ham. Kimdir siylab tursa rad etisharmidi;
-suvaraklar suv bor joyga oshiqishadi. Stol yuzasi, rakovina atrofi hoʻl boʻlsa yoki kichik koʻlmakchalar toʻplanib qolsa, bu hasharot uchun yashil chiroqdir;
-qoʻshnilaringiz ozodalikka eʼtiborli emaslar. Ularni deb har qancha uninmang, suvaraklardan qutila olmaysiz. Yo murosa qilib insofga chaqiring qoʻshnijonlarni yoki jamiki kichik tuynuklarni berkitib tashlang.

Suvaraklar paydo boʻlayotgani tasdiqlandi, har birini tutib jazoga mahkum qilganingiz bilan tag-tugi bilan qirib tashlolmaysiz. Demak, koʻmakchi usullarga murojat qilish lozim.

Borat kislotasi suvaraklarning ashaddiy dushmani. Xasharotning hazm qilish tizimiga tushgan kislota ichki aʼzolarini ishdan chiqaradi. Borot kislotasining kukun koʻrinishidagisini dorixonalardan topish mumkin:
-kukunni suvaraklar koʻp uchraydigan joylarga sepib chiqing. Xona burchaklari, kichik tuynuklar esdan chiqmasin.
-bitta qaynatilgan kartoshka pyuresi, tuxum sarigʻi, ozroq shakar va unni aralashtirib, borot kislotasini qoʻshing. Aralashmadan kichik sharchalar yasangda, hasharotlar in qurgan manzili yoki taxminiy joylarga pistirma qoʻying. Suvaraklar sharchalarni tatib koʻrishlari shart emas, teginib ketishining oʻziyoq kislota zaxri tanasi boʻylab tarqalishi uchun yetarlidir.

Navshatir spirti. Eritmning keskin hidi suvaraklarni qoʻrqitadi. Uy tozalayotganda navshatir spirtini idishga quyib, ozroq suv bilan aralashtiring. Soʻng shkaf yuzasi va burchaklarini ana shu suyuqlik bilan artib oling.
Chuqurroq shisha banka ichiga non yoki pecheniye uvoqlarini soling. Idishning ichki tomoni atroflariga esa vazelin surting. Xasharot banka ichiga tushadi, vazelin esa harakatlanishiga qoʻymaydi. Suvarak qopqondan chiqa olmaydi.

Xoʻjalik mollari sotiladigan doʻkonlarni aylansangiz, suvaraklarga qarshi sprey, yoritgich va qopqonlarni topasiz. Tayyor mahsulotdan foydalanish qulay va ishonchli, ammo bundan avval, albatta, yorligʻidagi koʻrsatma bilan tanishib chiqing. Kichik yoshdagi bolalar salomatligiga taʼsiri haqidagi boʻlimni ham koʻzdan qochirmang. Sprey sepilganidan keyin xona burchaklarini tozalab olish kerak.

- Uyda chiqindi toʻla chelaklarni qoldirmang. Har kuni ertalab ishga ketayotganda chiqindi haltasini olib chiqib keting. Chelak saqlanadigan joyni esa kunora tozalab turing;
- Vannaxona, rakovina yonverini quruq saqlang. Oila aʼzolaringiz choʻmilgandan keyin ham bir sidra artib oling.Suvaraklar suvsiz qolsa, xonadoningizga yaqinlashmaydi.
- Devor burchaklaridagi yoriqlarni berkiting. Istasangiz qurilish hom ashyosidan foydalaning yoki taxtachalar yordamida teshikchalarni bartaraf eting;
- Uy tozalayotganda gilam va paloslarni koʻtarib tagini artishga odatlaning;
- Kechqurun uyquga yotishdan oldin, dasturxonda non uvoqlari qolmasligiga, yeguliklar usti yopiq holatda saqlanishiga diqqat qiling;
- Har kuni honani shamollating. Bu nafaqat suvaraklarni qoʻrqitish uchun kerak, balki oila aʼzolarining salomatligi uchun ham muhimdir.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



