Nikoh toʻyi uchun yilning eng yaxshi faslini tanlaymiz!

Koʻpchilik toʻy uchun yilning eng ideal davri bahor deya hisoblaydi. Tabiat uygʻongan, atrof muhit yashilga burkangan, uzoq oʻkalardan qushlar qaytgan, osmon juda musaffo va och koʻk tusni egallagan...

Bahor toʻyining afzalliklaridan:
- eng yaxshi mutaxassislar (toastmaster, fotosuratchi, toʻy tashkilotchisi va boshqalar) xizmatlarining narxlari koʻtarilib ulgurmagan boʻlishi;
- Toʻyxonaning ancha hamyonbop narxi;
- Suratga olish uchun goʻzal tabiiy koʻrinishlar;

Bahordagi nikohning kamchiliklari:
- oʻzgaruvchan ob-havo; (ochiq havoda tashkillashtirilgan toʻyning senariysiga xalaqt qilishi tabiiy).

Toʻy uchun eng mashhur mavsum - yoz hisoblanadi.
Afzalliklar aniq:
- Issiq ob-havo, uning yordamida har qanday uslubdagi toʻy libosini tanlashingiz mumkin, hatto kalta va ochiqroq variantni ham;
- tabiatda toʻy qilish imkoniyati;
- toʻy yurishi va fotosessiyalar uchun joy tanlash cheksizligi.

Shu bilan birga, yozgi toʻyda koʻplab kamchiliklar mavjud boʻlib, ularning asosiy qismi quyidagilardir:
- toʻy xizmatlari uchun narxlar bahorga nisbatan 2-5 marta koʻtariladi;
- Roʻyxatga olish idorasida va toʻy fotosuratlari uchun mashhur joylarda navbatlar koʻpayishi;
- kuchli issiq, sogʻligʻidan shikoyati bor odamlarga noqulaylik, toʻy shirinliklarining tez buzilib qolishi;

Kuzda toʻy yuqorida keltirilgan yozgi nishonlarning barcha kamchiliklarini hisobga olsak, koʻpgina kelinlar va qizlar toʻy uchun yilning eng yaxshi vaqtini kuz deb hisoblashadi. Bunga rozi boʻlmaslik ham qiyin.

Uning afzalliklari:
- Iliq, lekin unchalik ham issiq havo boʻlmaydi;
- Toʻy fotosessiyasini oʻtkazazish uchun juda ajoyib manzaralarning koʻpligi ;-Toʻy tashkilotchilari, mutahassislar, suratchilarning yozga nisbatan pastroq bahoda ishlashlari;

Kuz toʻyining kamchiliklari qatorida, ob-havo juda injiq va noaniq boʻlib qolishi ham bor, aynan shu uchun koʻplab bayram gʻoyalari amalga oshmay qolishi ham mumkin. Ehtimol, bu asosiy kamchilik emasdir, hatto yagona kamchilik ham boʻlishi mumkin.

Va nihoyat toʻy uchun koʻpincha tanlanmaydigan qish fasliga yetib keldik. Negadir koʻp kelin –kuyovlar ushbu faslda toʻy qilishdan qoʻrqadilar. Bekor qilishadi ham. Qish faslida toʻy qilishning juda koʻp siz bilishingiz kerak boʻlgan afzalliklari bor. Shunday qilib qish faslining afzalliklarini sanashni boshlaymiz:
-Yil davomidagi toʻy xizmatlari narxining eng past darajada boʻlishi;
- Mutaxassislar borasida keng tanlov, bu davrda ular deyarli ishsiz boʻlishadi;
-Sotuvga endi kirib kelayotgan toʻy liboslarining ulkan assortimenti;
- Yangi yil bayrami munosabatlari bilan shaxarlarda yoqilgan turli tuman ajoyib chiroqlarning porlagan manzarasi;

Qishki toʻylar ham kamchiliklardan mustaso emas, ammo bu toʻgʻirlab boʻlmaydigan darajada emas:
- toʻy libosini tanlashda tanlov cheklanganligi ( faqat yengi uzun koʻylaklar) va kelin uchun shuba ehtiyoji;
-Suvli koʻllar va loyli koʻlmaklar;
-Sovuq havo sharoitlari (muz) tufayli uzoq vaqt talab qilishi mumkin;
- Juda sovuq havoda limuzin yurishga qiynaladi;

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



