Poyabzal bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga qodir 6 maslahat


Agar yangi olgan poyabzalingiz qadam tashlashingiz mobaynida gʻirchillagan tovush chiqarib asabingizga tegsa bolalar upasidan foydalaning. Uni poyabzalning patakiga yoki boʻlmasa tagiga sepib qoʻyishning oʻzi sizni muammodan halos etadi.

2. Yoqimsiz hid
Poyabzaldagi nohush hidni ketkazish uchun ishlatilgan qora choy paketchasini uni ichiga solib qoʻying. Ertasi kuni hid ketganiga guvoh boʻlasiz.
3. Ifloslangan oppoq keda
Oppoq poyabzal kirlansa qanday qilib tozalash mumkin? Osh sodasini idish-tovoq yuvish vositasi bilan aralashtiring. Shotka yordamida poyabzal ustini tozalang. Kedangiz yangidek boʻlib qoladi.

4. Baland poshnali oyoq kiyimdan keyingi ogʻriq
Oyoqlar tez baland boshnadan charchab qolayotgan boʻlsa, quyidagi usulni sinab koʻring: oyoqning nomsiz barmogʻiga plaster yopishtirib oling. Nima uchun deysizmi? Ushbu barmoqda nerv toʻqimasi mavjud boʻlib, bogʻlab olish orqali unga boʻlgan bosim kamayadi. Siz esa poshnada oʻzingizni qulay his etasiz.

5. Xiralashib qolgan poyabzal
Charm tufliyingiz yetarlicha yaltiramay qolsa, uni badan uchun moʻljallangan losyon bilan tozalang. Bu orqali siz poyabzalingiz jilolanishiga yordam berasiz.

6. Juda tor poyabzal
Bir oz oyoqni siqib turgan poyabzalni qanday qilib tez fursatda kengaytirish mumkin? Paypoqni namlab poyabzalni kiying. Hona ichida bir necha daqiqa aylaning. Natijani oʻzingiz seza boshlaysiz.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



