Oshxona

Inson nomi bilan bogʻliq taomlar

Inson nomi bilan bogʻliq taomlar

Oʻtgan asrda moskvalik mashhur pazandalardan biri Stroganov ijod qilgan taomga uning nomi qoʻyilgan. U mol goʻshtining son qismidan qalinligi 2 sm keladigan parchalar kesib oladi-da, toʻqmoqlab yupqaligini 0,5 smga keltiradi. Soʻngra goʻsht boʻlaklarini somoncha usulda toʻgʻraydi. Ustidan ziravorlar va tuz sepib sariyogʻda qovuradi. Soʻngra qaymoqli sardak bilan dimlaydi. Garniriga esa qovurilgan kartoshka qoʻyadi.

Inson nomi bilan bogʻliq taomlar

Ingliz tilida “bif” mol goʻshti degan maʼnoni anglatadi. “Shteks” soʻzi esa – nemis pazandasining ismi. Shteksga qadar hech kim bunday taom tayyorlamagan.

Inson nomi bilan bogʻliq taomlar

Oʻtgan asrda yashagan polshalik novvoy Jozef ijodiga mansub pecheniedir. Novvoyning Katerina ismli sevgilisi bor edi. Ularning muhabbat qissalari baxtli yakun topmadi. Ular  bir-biriga yetisha olmaganlar. Qalbi kuygan oshiq novvoy esa yurak shaklidagi pechenieni yaratib,unga sevgilisi Katerinaning nomini beradi.

Inson nomi bilan bogʻliq taomlar

Sendvich yeguligi ham inson nomi bilan bogʻliq. Ammo oʻsha inson oshpaz emas qimorboz boʻlgan. Ziqnaligidan birovga bir tiyinini ham oʻtkazmaydigan bu kimsa ertadan kechgacha qimor oʻynash bilan vaqtini oʻtkazar edi. Kunlarning birida goʻsht yeb turganida, boshqa bir qimorbozlar uning taomidan totib koʻradi. Bu holga u gʻavgʻo koʻtaradi. Ertasi kuni esa quruq nonning oʻzini yeydi. Yana bir kun oshpaz bir ishtaxa ochar yegulikni “Sendvich! Sendvich!” deb maqtab sotadi. Ushbu taom barchaga yoqib uni qanday qilib oʻylab topganini soʻrashganida esa bu gʻoyani Sendvichdan olganini  aytadi. Yaʼni Sendvich ikki kartaning orasiga pulni qistirib oshpazga topshirganida, oshpaz unga ikki boʻlak nonning orasiga solingan goʻshtni olib kelib berar edi. Bugungi kunda ushbu yegulikning obroʻsi yuqori va u juda keng ommalashgan.  

Inson nomi bilan bogʻliq taomlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar