"Qizil barqut" torti: Kelib chiqish tarixi, tayyorlash usuli va bezatish sirlari

Tortni pishirish uchun sariyogʻ, un, kakao, lavlagi, ozuqaviy boʻyoqlar kerak boʻladi. 1972 yilda nashrdan chiqqan Jeysm Bird muallifligidagi kitobda mazkur tortning 3 hil retsepti keltirilgan. Ular bir-biridan tarkibidagi yogʻ va sariyogʻ miqdori bilan farqlangan. Masalliqlar tarkibidagi kakao biskvitning yorqin rangga ega boʻlib chiqishi uchun yordam beradi. Tortning rangi qizil boʻlgani uchun ham unga "Qizil barqut" deya nom berilgan.

Ikkinchi jahon urushi yillarida ozuqaviy mahsulotlar tanqisligi yuzaga kelgan, shu sababli ham oshpazlar shirinliklarning rangini yaxshilash uchun qaynatilgan lavlagidan foydalana boshlaganlar. Qaynatilgan va qirgʻichdan oʻtkazilgan lavlagi keyinchalik ushbu tortning zaruriy mahsulotlaridan biriga aylangan. Bugungi kunga kelib esa uning oʻrniga faqatgina ozuqaviy boʻyoqlardan foydalaniladi.
1950 yillarga kelib desert Kanadada, "Eaton’s" doʻkonlar tarmogʻida keng tarqaldi. Tarmoq uni oʻziga xos yegulik sifatida sotishni boshlagan. Tortning retseptidan xabardor boʻlgan sotuvchilar buni qattiq sir saqlashlari kerak edi.

• 300 gr un
• 500 gr shakar
• 1,5 stakan oʻsimlik yogʻi
• 120 gr sariyogʻ
• 4 dona tuxum
• 200 ml qatiq
• 300 gr tvorog
• 50 gr kakao
• 2 choyqoshiq soʻndirilgan soda
• 2 choyqoshiq qizil rangli boʻyoq
Kremiga:
• 120 gr qaymoqli sariyogʻ
• 200 gr shakar
• 300 gr tvorog
1. Un va kakao kukuni birgalikda elakdan oʻtkaziladi.

2. Barcha quruq masalliqlar (un, soda, shakar va kakao) alohida, suyuq masalliqlar (qatiq, yogʻ, boʻyoq va tuxum) alohida idishda aralashtiriladi.
3. Har ikki aralashma oʻzaro birlashtiriladi va mikser yordamida koʻpirtirib olinadi.

4. Xamir yarim soat tindiriladi. Keyin esa ikkiga teng boʻlinadi va qoliplar ichiga quyib chiqiladi. Biskvit 180 daraja haroratda pishirib olinadi.
5. Pishgan korj qolipdan ajratiladi.

6. Krem uchun tvorog, shakar va sariyogʻ oʻzaro koʻpirtirib olinadi. Istakka koʻra, krem ichiga ozroq vanilin qoʻshishingiz ham mumkin.

Birinchi biskvit ustiga krem surtib olingach, ustidan ikkinchi biskvit joylashtiriladi. Tortning ustki qismini krem bilan qoplash, gilos, yongʻoq, glazur, eritilgan shokolad bilan bezatish mumkin.




Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



