Gruziyaga sayohat: Mamlakatning eng goʻzal maskanlari bilan tanishing!

Bugungi kunda Pankisi - bir muddatga boʻlsa ham shahar shovqinidan tin olib, vaqtni togʻlar bagʻrida oʻtkazishga imkon beradigan sokin joy sanaladi. Hudud oʻzining tabiiy goʻzalliklari bilan bir qatorda mahalliy aholisi ila dong taratgan. Bu yerda Kistinlar istiqomat qilishadi, ular etnik jihatidan chechenlarga yaqinroqdirlar.

Tabiatning ushbu yodgorligidan tashqari mazkur hududda Martvil kanoni va shu nomdagi ibodatxona ham bor. Bu yergacha yetib olish oson ish emas, ammo tabiat bilan yolgʻiz qolish va haqiqiy goʻzallik tushunchasining nima ekanligini his qilish uchun sharsharaga chiqsangiz arziydi.

Bu atrofi oʻrmonlar bilan qurshalgan, Xrami daryosi boʻylab joylashgan qadimgi ibodatxona maskani hisoblanadi. Ibodatxona devorlaridagi freska hamda boʻrtma naqshlar juda katta tarixiy qiymatga ega. Ularning aksariyat qismi nurab ketgani ham rost, bunga 1988 yildagi zilzilaning taʼsiri katta boʻlgan. Ayni paytda mazkur hudud qiziquvchan sayyohlarni oʻziga jalb qilib turadi.

Ulkan kraterlar bilan qoplangan va birorta ham oʻsimlik koʻzga tashlanmaydigan yassi togʻga kelgan inson oʻzini oyga borgandek his qilsa ajab emas. Bu yerda Samsari va Didi Abuli choʻqqilari, ulkan gruzin koʻllari - Tabatskuri va Paravani joylashgan, ushbu koʻllarni yer osti manbalari suv bilan taʼminlab turadi.

Lagodexi Milliy bogʻi subtropik oʻsimliklari bilan bir qatorda yirik koʻl va sharsharasi orqali tillarga tushgan. Tarixiy qiymatga ega boʻlgan joy sifatida esa Machi qalʼasini tilga olish mumkin.

Vashlovani milliy bogʻi Gruziyadagi eng ajoyib joylardan biri sanaladi, uni odatda Yevropaning tabiat parklari bilan taqqoslaydilar. Milliy bogʻ hududida dinozavrlarning toshga qorishib ketgan qoldiqlari topilgan, bundan tashqari hududda bir nechta loy vulqonlari ham bor.

Togʻ qismida joylashgan mazkur suv havzasi Iori daryosi suvlari bilan toʻldirib turiladi va baliqlarga juda boy. Mazkur hududda sharqiy Gruziyada yashaydigan deyarli barcha baliqlar jamlangan. Shunday ekan, uni baliq ovini xush koʻradiganlar uchun ajoyib maskan deya atasa boʻladi.

Sairme togʻ kurorti Gruziyaning oʻziga xos faxridir, uni boshqa mamlakatlar bilan bemalol raqobatlasha oladigan hudud sifatida bilishadi. Hududdagi mineral vannalar esa Tbilisining shifobaxsh suvlariga taqqoslanadi.

Ushbu dara mashhur ibodatxonalardan biri Ateni Sioni yonginasida joylashgan, ayni paytda hududdan topilgan qimmatli freskalarni qayta tiklash jarayonlari olib borilyapti. Hudud tarix ishqibozlari boʻlmish sayyohlarga juda maʼqul keladi.

Chiatura hududida marganets konlari joylashgan boʻlib, shaharning eng mashhur tashrif qogʻozi - arqon yoʻllaridir. Ular hududning turli burchaklarini birlashtirib turadi. Katsxi qishlogʻi esa katta tarixiy qiymatga ega.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



