Dunyoning eng hashamatli va qimmat poyezdlari


Yuqorida aytib oʻtkanimizdek, bunday serhasham poyezdga chiqishning oʻzi boʻlmaydi – gap faqatgina uning chipta narxida emas. Baʼzi dabdabali poyezdlar yoʻnalish boʻyicha yiliga bir martagina chiqishlari mumkin. Bunday poyezdlarga chiqishni xohlovchilar soni esa yetarli, shuning uchun ularga chipta sotib olish uchun ham bir necha oy davomida navbatda turish zarur.


Chipta narxi: 1 160 dollardan boshlanadi
Bu Sharq bilan Gʻarbni birlashtirgan temir-yoʻl liniyasining ilk poyezdi edi. Ushbu poyezd Agata Kristining “Sharqiy expressdagi qotillik” asari sababli ham mashhur boʻlgan.


Chipta narxi: 2 217 dollardan boshlanadi
Har qanday besh yulduzli mehmonxona bilan tenglasha oladigan bu poyezd Singapurdan Malaziya hamda Bangkokka qarab yoʻl oladi.



Chipta narxi: 5 730 dollar
Dunyoning eng chiroyli va serhasham yoʻlovchi poyezdlaridan biri hisoblanadi. U Buyuk Britaniya qirolichasiga qarashli eski Blue Express poyezdining uslubini takrorlaydi.


Chipta narxi: 1 200 dollardan boshlanadi
Rovos Rail kompaniyasiga tegishli ushbu retro-poyezd Afrikaning gʻururi hisoblanadi. Vagonlar 1930 yillar qirolicha Viktoriya davriga mos uslubda bezatilgan. Unda sayohat qiladigan har qanday sayyoh oʻzini eski davrga tushgandek his qiladi. Poyezd yoʻnalishi boʻyicha Afrikaning eng diqqatga sazovor joylaridan oʻtadi. Vagonlarning katta manzarali oynalari yoʻlovchilarga tevarak-atrof manzarasidan bahra olish imkonini beradi.


Chipta narxi: 2 935 dollardan boshlanadi
Kichikligiga qaramasdan haddan tashqari qulay va shinam boʻlgan bu poyezd butun Shotlandiyani aylanib chiqadi. Uning vagonlaridan biri esa spa-salonga aylantirilgan.


Chipta narxi: 6 840 dollardan boshlanadi
Osiyodagi eng hashamatli va qimmat poyezd. Hindiston qirollik saroyining nusxasi hisoblanadi.



Chipta narxi: 5 274 dollardan boshlanadi
Dunoning eng mashhur va hashamatli poyezdlaridan biri hisoblanadi. Yiliga faqatgina bir marta sayohatga chiqadi hamda uchta yoʻnalish boʻyicha harakatlanadi.


Chipta narxi: 740 dollardan boshlanadi
Poyezd Janubiy Afrikaning janibiy sohili boʻyidagi manzarali yoʻnalish boʻyicha harakatlanadi. Poyezdning manzaralli oynalari yoʻlovchilarga sayohat davomida Afrika jirafalari, antilopalari va bizonlarini tomosha qilib ketish imkonini beradi.

Chipta narxi: 15 495 dollardan boshlanadi
Dunyodagi eng qimmat yoʻlovchi poyezd hisoblanadi. Vagonlardan birida bar, pianino va shaxsiy kutubxona joylashgan. Moskva-Vladivostok yoʻnalsihi boʻyicha harakatlanadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



