Yulduzlar haqida. Xit qoʻshiq qahramonlari: birgina qoʻshiq orqali boyib ketgan ijrochilar


Kim nima desa desin-u, ammo hayoti davomida birgina uch daqiqalik qoʻshigʻi bilan dunyoga tanilib, uning orqasidan umrining oxirigacha yetadigan boylikka ega boʻlish yomon natija emas. Keling, birgina xit qoʻshigʻi bilan esda qolgan mashhur ijrochilarni yodga olamiz.

Bir paytlar “Macarena” butun dunyoda mashhur boʻlgan ispan tilidagi xit qoʻshiq boʻlgan. Bu kompozitsiya 1993 yilda yaratilgan, ammo 1996 yilda unga ishlangan klipdan keyingina mashhurlikka erishgan. Ushbu qoʻshiqning xit darajasiga koʻtarilishiga taʼsirli musiqa bilan birgalikda klipdagi joʻshqin raqslar ham sabab boʻlgan. Raqsning murakkab boʻlmagan, sodda va joʻn harakatlari hammaga yoqib tushgan, uni istalgan odam bemalol xatosiz qaytara olar edi.
Qoʻshiqni ijro etgan ispaniyalik duet Los Del Rio 1960 yilda tashkil etilgan edi. Macarena butun dunyoda jaranglay boshlaganida esa uning ijrochilari Antonio Monxe va Rafaelo Perdigones sal kam ellik yoshda edilar. Xit qoʻshiq AQSH ning oʻzida 4 million tirajda chiqarildi, umumiy toʻliq adadi esa 11 million nusxani tashkil etgan. Bu 22 yil avvalgi 1997 yildagi koʻrsatgich. Antoniyo va Rafael qoʻshiqdan tushgan daromadning faqatgina 25% ga egalik qila oldilar. Biroq bu narsa ularning boyib ketishlariga bemalol yetdi.
https://www.youtube.com/watch?v=Msy4ape2uQ0

Bugungi kunda milliardli prosmotr bilan hech kimni ajablantira olmaysiz. Biroq 2012 yilda bunday natijaga birgina klip – ajib koreys qoʻshiqchisi PSY tomonidan ijro etilgan Gangnam Style qoʻshigʻi erishdi. Oradan 8 yil oʻtsa hamki bu qoʻshiq hali hanuz oʻziga nisbatan qiziqish uygʻotib kelmoqda: oʻtgan yili bu klip 300 million marta koʻrilgan. Bu xitning mashhurligi dunyo musiqa industriyasiga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi: avvallari asosan Shimoliy Amerika hamda Yevropa musiqachilarining qoʻshiqlari dunyo miqyosidagi mashhurlikka erishgan boʻlsa, oxirgi oʻn yillikda boshqa davlat va kontinentlar ham bu sohada oʻzlarini koʻrsata olyapti.
Maʼlumki, YouTube har 1000 prosmotr (koʻrilgan natija) uchun 1 dollardan 4 dollargacha pul toʻlaydi: bugungi kunga kelib, Gangnam Style 3 milliarddan ziyod koʻrilgan. Bu esa PSY birgina shu videosi uchun YouTubening oʻzidan eng kamida uch million dollar daromad oldi, degani.
https://www.youtube.com/watch?v=9bZkp7q19f0
Taʼtillar hamda yozgi diskotekalarning yana bir xiti. Ishonish qiyin, lekin bu qoʻshiqning dastlabki vesriyasi biroz vazmin hamda raqsga moʻljallanmagan edi. Nomi ham Lambada emas, “Llorando Se Fue” edi. Ijrochilari ham Kaoma fransuz guruhi emas, Boliviyaning Los Kjarkas jamoasi edi. “Llorando Se Fue” qoʻshigʻi 1981 yilda yaratilgan edi.
https://www.youtube.com/watch?v=sKCzgJTfAa4
Qoʻshiq muallifi Gonzalo Ermosning soʻzlariga qaraganda, “Llorando Se Fue” qoʻshigʻ lotin-amerika musiqasi asosida dunyoga kelgan. Lambada qoʻshigʻi dynyo miqyosida mashhur boʻlgandan keyin 1990 yilda Los Kjarkas jamoasi oʻzlariga qarashli qoʻshiq va musiqaning noqonuniy yoʻl bilan oʻzlashtirganligi uchun Kaoma gurihining prodyuserini sudga beradilar va bu jarayonni yutib chiqadilar. Shu tariqa ular ushbu mashhur qoʻshiqning hammualliflariga aylanib, undan kelgan daromadga teng sherik boʻladilar.
https://www.youtube.com/watch?v=iyLdoQGBchQ

Bu qoʻshiq Meksikaning eng mashhur qoʻshigʻi boʻlmasada, taniqlilaridan biridir. Buni yosh pianinochi Konsuelo Velaskes yozgan. Bu ayolning koʻpgina musiqalari ispancha qoʻshiqlar olamida ancha ommalashgan, biroq dunyo miqyosidagi mashhurlikka faqatgina Besame Mucho qoʻshigʻi erisha olgan.
Bruklinlik bastakor Sanni Skaylar bu qoʻshiqni amerikalik tinglovchilar uchun biroz oʻzgartirish kiritib taqdim qilgan. Maʼlumotlarga qaraganda, mashhur qoʻshiqdan tushgan daromadga bastakor yangi uy sotib olgan hamda farzandlarining kollejda tahsil olishlarini taʼminlab bera olgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



