Qiziqarli

Dunyoning eng nufuzli oliygohlari reytingi

Dunyoning eng nufuzli oliygohlari reytingi
Dunyoning eng nufuzli oliygohlari reytingi

Mana uch yil davomida Oksford universiteti nufuzli oliygohlar reytingida sharafli birinchi oʻrinni egallab kelmoqda. Bu oliygoh “Buyuk Britaniya va Irlandiyaning qadimgi universitetlari” guruhiga hamda “Buyuk Britaniyaning eng yaxshi 24 universitetlari” obroʻli guruhiga kiradi.

Dunyoning eng nufuzli oliygohlari reytingi

Kembridj universiteti – Buyuk Britaniyaning qadimiy va yirik oliygohlaridan biri boʻlib, Oksford universitetidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.

Bu yerda talaba va aspirantlarining oʻqish va ilmiyishlari bir necha fakultet, ilmiy-tekshirish instututlari, laboratoriyda olib boriladi.

88 nafar Nobel mukofoti laureatlarining nomi Kembridj universiteti bilan bogʻliq, shuning uchun ham u dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida sharafli oʻrinlardan birini egallaydi. 

Dunyoning eng nufuzli oliygohlari reytingi

Stenford universiteti – AQSH dagi xususiy universitet boʻlib, AQSH hamda dunyodagi eng nufuzli va reytingi baland oliygohdir. Palo-Alto shahri yaqinida joylashgan.

Universitet yiridik, tibbiyot, texnik, musiqa va boshqa koʻplab fakultetlardan iboratdir. Tizimda shuningdek, turli xil maktablar hamda ilmiy-tekshirish markazlari faoliyat yuritadi.

Universitet Kremniy vodiysida joylashgan. Uning bitiruvchilari Hewlett-Packard, Electronic Arts, Sun Micro systems, Nvidia, Yahoo!, Cisco Systems, Silicon Graphics va Google kabi kompaniyalarning asoschilaridir.

Dunyoning eng nufuzli oliygohlari reytingi

Reytingning toʻrtinchi oʻrnini Massachusets texnika instituti egalladi.

Massachuset texnika instituti – universitet va ilmiy-tekshirish markazidan iborat boʻlib, AQSH ning Massachusets shtati, Kembridj shahrida joylashgan.

Massachuset texnika instituti dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri hisoblanib, reytingda yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi, robototexnika va sunʼiy intellekt yoʻnalishida novator hisoblanadi.Uning taʼlim muhandislik dasturlari, information texnologiya, iqtisodiyot, fizika, ximiya va matematika sohasidagi dasturlari mamlakatda yuqori baholanadi.

Institutda shuningdek, menedjment, tilshunoslik, siyosisat, falsafa kabi boshqa yoʻnalishlar ham faoliyat yuritadi.

Dunyoning eng nufuzli oliygohlari reytingi

Kaliforniya texnika universiteti – xususiy universitetlardan biri boʻlib, Kalifornuya shtatining Pasadina shahrida joylashgan, AQSH ning yetakchi universitetlaridan biri hisoblanadi hamda aniq fanlar va muhandislikka ixtisoslashtirilgan.

NASA avtomatik kosmik apparatlarining katta qismini ishga tushiruvchi reaktiv harakat laboratoriyasi aynan mana shu institutga qarashli.

Kaliforniya texnika universitetining 17 ta bitiruvchilari va 18 nafar professorlari Nobel mukofotining laureatlaridir. 

Dunyoning eng nufuzli oliygohlari reytingi

Garvard universiteti – AQSH va butun dunyodagi mashhur va qadimiy oliygohlaridan biridir. Massachusets shtatining Kembridj shahrida joylashgan.

Nobel mukofotining 75 nafar laureatlari student,oʻqituvchi va xodim sifatida ushbu universitet bilan bogʻliq boʻlganlar.

Garvard universiteti bitiruvchilarining orasida milliarderlar sonining koʻpligi bilan mamlakatda birinchi oʻrinni egallaydi,kutubxonasi esa  - mamlakatdagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi.

Dunyoning eng nufuzli oliygohlari reytingi

Prinston universiteti – xususiy tadqiqot universitetlaridan biri boʻlib, AQSH dagi eng qadimgi va mashhur oliygohlardan biridir. Mamlakatning eng nufuzli taʼlim maskani hisoblanadi.

Prinston universiteti aniq, gumanitar, ijtimoy va texnik fanlar boyicha bakalavr va magistratura diplomlarini taqdim qiladi.

Universitet meditsina, huquq, biznes hamda din boʻyicha  maktablarga ega emas, biroq ijtimoiy va xalqaro munosabatlar Maktabi hamda muhandislik Maktablarida professor darajasini taqdim etadi.

Dunyoning eng nufuzli oliygohlari reytingi

Yel universiteti – AQSH dagi xususiy oliygohlardan biridir. Amerikaning eng nufuzli sakkiz oliygohlaridan biriga kiradi. Garvard, Priston universitetlari bilan birga esa “Katta uchlik” ni tashkil qiladi.

Universitet 12 ta boʻlinmadan iborat: 4 yillik taʼlimga asoslangan Yel kolledji, aniq va gumanitar fanlarni oʻz ichiga olgan turli mutaxassisliklar boʻyicha aspirantura, shuningdek huquq, tibbiyot, biznes hamda tevarak atrofni muhofaza qilish sohasi boʻyicha mutaxassis tayyorlovchi10 kasb fakultetlari.

Dunyoning eng nufuzli oliygohlari reytingi

Imperatorlikka qarashli London kolledji  - Janubiy Kensingtondagi oliy oʻquv yurtlaridan biri boʻlib, ilm, muhandislik, tibbiyot va biznesga ixtisoslashgan.

Ushbu kolledj Londonninh Oksford hamda Kembridj universitetlari bilan birga Oltin uchlik, deb nomlanuvchi eng nufuzli oliygohlar guruhiga kiradi.

Dunyoning eng nufuzli oliygohlari reytingi

Chikago universiteti – 1890 yilda tashkil etilgan boʻlib, xususiy tadqiqod universiteti hisoblanadi, AQSHning Illinoys shtati, Chikago shahrida joylashgan.

Universitet kolledj, turli mutaxassisliklardagi aspirantura, 6 ta professional taʼlim institutidan tashkil topgan. 87 nafar Nobel mukofotining laureatlari ushbu dargohda taʼlim olganlar, bu  AQSH universitetlari oradida rekordli koʻrsatgich hisoblanadi. Nobel sovrindorlarining 17 nafari oʻz tadqodlarini Chikago universitetining hududida olib borganlar. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar