Sayohat

Yulduzlar haqida. “Burgut” laqabli UFS chempioni – Habib Nurmagomedov: hayoti, janglari va oilasi

Yulduzlar haqida. “Burgut” laqabli UFS chempioni – Habib Nurmagomedov: hayoti, janglari va oilasi
Yulduzlar haqida. “Burgut” laqabli UFS chempioni – Habib Nurmagomedov: hayoti, janglari va oilasi

Habib Abdumannopovich Nurmagamedov - Dogʻistonlik universal jang sanʼati boʻyicha sportchilar orasida "Burgut" laqabini olgan jangchi hisoblanadi. U UFC da yengil vazn toifasida qatnashadi. Bu sportchi 2018 yilning aprel oyida El Yakvintoy bilan boʻlib oʻtgan jangda gʻolib boʻlgani tufayli tarixda UFC chempionlik titulini olgan birinchi rossiyalik sportchi sharafiga erishdi.

Yulduzlar haqida. “Burgut” laqabli UFS chempioni – Habib Nurmagomedov: hayoti, janglari va oilasi

Habib 1988 yilning 20 sentabrida dogʻistonning togʻli hududidagi Sildi qishlogʻida avar millatiga mansub boʻlgan oilada dunyoga keldi. Deyarli shu hududda yashovchi erkaklarning hammasiga jangchilik qobiliyati ota-bobosidan meros boʻlib qolgan, Habibning qarindoshlari ham bundan mustasno emaslar. Uning otasi Abdumannop Nurmagamedov - erkin kurash boʻyicha sport ustasi, amakisi esa sambo boʻyicha 1992 yilning chempioni, togʻasi boʻlsa kurash boʻyicha taqdirlangan.

Yulduzlar haqida. “Burgut” laqabli UFS chempioni – Habib Nurmagomedov: hayoti, janglari va oilasi

Habib va uning ukasi Abubakr qarindoshlarining izidan ketishdi, ular yoshligidan kurash bilan shugʻullanishni boshlashdi. Abdumannop aka ularning birinchi murabbiyilari edi, u bolalarini yoshligidan ringda jang qilish uchun tayyorladi. Habib uch yoshidan boshlab kurash usullarini oʻrgana boshladi, besh yoshida gilamga qadam qoʻydi.

Yulduzlar haqida. “Burgut” laqabli UFS chempioni – Habib Nurmagomedov: hayoti, janglari va oilasi

Habib 10 yoshga toʻlganida, oilasi bilan Maxachkalaga koʻchib oʻtdi. U yerda otasida imkoniyat tugʻildi u yosh iqtidorli sportchilar guruhini yigʻdi, ularni qatorida Habib ham bor edi.

U 15 yoshigacha boshqa bolalar qatori edi: maktabga borardi, mashgʻulotlarini qoldirmasdi, koʻpincha koʻchadagi bolalar bilanurushib turardi. Bir kuni Habib pul topish maqsadida tan soqchi boʻlib ishgakirmoqchi boʻldi, lekin uning oilasi bunga qarshi chiqdi.

Katta boʻlgan sari Habib kuchga toʻlib borardi hamda raqiblari orasida ajralib turardi, buni koʻrgan otasi oʻgʻli noyob qobiliyat egasi ekanligini hamda u butun dunuoga tanilgan jangchi darajasiga erishishi mumkinligini tushunib yetdi . Avvaliga Abdulmannop Nurmagomedov oʻgʻlini dzyudo ustasi boʻlib yetishishiga ishonar va kelajakda uni tatami ustida koʻrishni xohlardi. Biroq keyinchalik u Habibni aralash jang sanʼati boʻyicha yetuk janchi boʻlib yetishiga ishondi. Bundan tashqari Habibning oʻzi ham jang sambosiga intilardi.

Yulduzlar haqida. “Burgut” laqabli UFS chempioni – Habib Nurmagomedov: hayoti, janglari va oilasi

Sambistlar orasida uning qahramonlari ham bor edi – Fyodor Yemelyanenko, Rustam Xabilov, Rustam Muxtorov, ularni ustaligini koʻrib hali ham hayron qoladi. Habib ularni har biridan nimadir oʻrganardi, otasining harkatlari tufayli boshlangʻich tayyorgarlik yaxshi oʻtdi va oʻziga boʻlgan ishonchi ortib bordi hamda yuksak martabalarga erishdi.

23 yoshida Nurmagomedov UFC tarixidagi rossiyalik eng yosh jangchi edi. Amerikaliklar Xabibni mahoratini koʻrib, katta baho berishdi va sportchini oʻzlarini tashkilotlariga taklif qilishdi. Shu vaqtdan boshlab avar xalqining “Burgut” laqabli oʻgʻli dunyoni koʻp ringlarida janglarda qatnashgan va gʻalaba qozongan. Chaban telpagi jangchining ramzi hisoblanadi – u shu bosh kiyimni kiyib, oʻz xalqiga va avarlar anʼanasiga sodiq ekanligini bildiradi.                  

Yulduzlar haqida. “Burgut” laqabli UFS chempioni – Habib Nurmagomedov: hayoti, janglari va oilasi

U kuchli raqiblari boʻlmish Gleyson Tibau (iyul 2012), Kamol Shalorus (yanvar 2012), Tiago Tavares (yanvar 2013) larni nokaut holatiga tushirgan yoki oʻzini mahsus boʻgʻish uslubi bilan magʻlub qilgan.

2014-2015 yillar sportchi uchun oson kechmadi: U yengilmaslik statusini saqlab qolgan boʻlsada, lekin bir qancha qattiq jarohatlar ham olgan edi. 2016 yilda u Darrel Xorcherni magʻlub etib, gʻalaba bilan ringga qaytgandi.

Maykl Jonson bilan boʻlib oʻtgan jangdagi gʻalaba Habibni judayam qattiq shugʻullanganini tasdiqlardi: amerikalik raqibi unga juda past baho bergani tufayli 3- raunddayoq magʻlub boʻldi. Hakam jangni toʻxtatishga majbur boʻldi, chunki Habib Jonsonga qarshi boʻgʻish uslubini ishlatganida, Jonson jangni toʻxtatishga ham qodir emasdi.

Yulduzlar haqida. “Burgut” laqabli UFS chempioni – Habib Nurmagomedov: hayoti, janglari va oilasi

Bir necha bor Habib Nurmagomedov va Toni Ferguson oʻrtasidagi jang buzildi. Ular 2014 yilning yozida ringda uchrashishlari kerak edi, ammo Rossiyalikning jarohati tufayli rejalar barbod boʻldi. 2016 yil aprel oyida Fergusonning jarohati sababli uchrashuv boʻlib oʻtmadi. Jang 2017 yilning martiga qoldirildi va yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi: vaznni tortib olishdan oldin, Habib buyrak toshlari bilan shubha qilingan holda kasalxonaga yotqizildi.

Habib Nurmagomedov va “noreal” laqabli jasur irlandiyalik Konor MakGregor bilan boʻlgan jang koʻplab shov-shuvlarga sabab boʻldi.

Maykl Jonson ustidan gʻalaba qozonishi bilan hali ringdan tushmagan Nurmagomedov MakGregorni jangga chorlab, uni “Irlandiyalik tovuqi” deb atadi. MakGregor Nurmagomedov bilan aytishib oʻtirmadi va shunchaki "Sen men bilan bellashishga loyiq emassan", deb javob qaytardi. Biroq, 2017 yilning yozida u fikrini oʻzgartirdi. Bokschi Floyd Meyveyzer bilan jangga tayyorgarlik koʻrayotgan chogʻlarida u Rossiyalik jafokor bilan ham bellashish niyati borligini bildirdi. Habibning oʻzi ham intervyulardan birida 2017 yilning dekabr oyida ularning uchravi boʻib oʻtish ehtimoli borligini aytib oʻtdi.

Yulduzlar haqida. “Burgut” laqabli UFS chempioni – Habib Nurmagomedov: hayoti, janglari va oilasi

Biroq, 2017 yil 30 dekabr kuni Nurmagamedov ringda MakGregor bilan emas, balki Rio-de-Janeyrolik jangchi Edson Barboza bilan uchrashdi. Rossiyalik sportchining otasi taʼkidlashicha, Barbosa ajoyib barabanchi, ammo ikkinchi bosqichga kelib “hamma narsa joyiga tushadi”. Va shunday boʻldi ham. Habibning ustunligi birinchi davrada yaqqol koʻrinib turdi. Uchinchi raundda oxirigacha dadil turgan braziliyalik yiqilidi va Nurmagomedov UFC dagi 9-gʻalabasi va sport karyersidagi 25-gʻalabasi uchun taqdirlandi.

Yulduzlar haqida. “Burgut” laqabli UFS chempioni – Habib Nurmagomedov: hayoti, janglari va oilasi

Va nihoyat 2018 yil 6 oktyabr kuni MakGregor bilan boʻlib oʻtgan jang Dogʻistonlikning gʻalabasi bilan yakunlandi. Birinchi davrada Habib ustunlikka ega boʻlib, oʻzini shaxsiy uslubi, yaʼni boʻgʻishdan foydalandi. Irlandiyalik deyarli 5 daqiqa davomida polda yotdi. Ikkinchi raundni ham Nurmagomedov boshqardi. Uchinchi raundda jangchilar qaddilari tik holda bir-birlariga toʻqnash kelishdi, MakGregor raqibga bir nechta zarbalar berdi, ammo uning holdan toyganligi aniq edi.

Yulduzlar haqida. “Burgut” laqabli UFS chempioni – Habib Nurmagomedov: hayoti, janglari va oilasi

“Toʻrtinchi raund final edi: Habib boʻgʻish texnikasini qoʻlladi va Konor taslim boʻldi”. Ammo jang shu bilan tugamadi. Sudyalarning hukmini kutmasdanoq Nurmagomedov sakkizburchakli ringni tashlab zalga yugurdi. MakGregor jamoasining jujitsu boʻyicha murabbiyi Dillon Denis bilan toʻqnashuv boʻldi. Bu vaqtda Dogʻistonliklar jamoasidan ikki kishi Konorni tepdi. Politsiya ringga yugurdi. Nurmagomedovning gʻalabasi hisobga olingan, ammo uning uchta oʻrtoqlari politsiyaga olib ketildi. Irlandiyaliklar ularga ariza yozmagan, keyinchalik u qasos olishni, revanshni istayotganini twitter orqali bildirdi.

2018 yil 7 aprelda Habib Toni Ferguson bilan nihoyat ringda uchrashishi kerak edi, ammo jang yana bekor qilindi. Bu safar Toni aybi bilan – u jarohat oldi. Jangdan bir kun oldin Nurmagomedov Ferguson oʻrniga El Yakvinta unga qarshi ringga tushishini bilib oldi. Jang Nurmagomedovning gʻalabasi bilan yakunlandi (garchi El 5ta turda ham omon qoldi va Habib jangni muddatidan oldin yakunlay olmadi) va sportchi yengil vaznda chempionlik kamariga sazovor boʻldi. Shunday qilib u UFC chempionligi unvonini qoʻlga kiritgan birinchi Rossiyalik MMA jangchisi boʻldi.

Habib islomni tan oladi, ichmaydi, chekmaydi, ukasi bilan Makkani muntazam ravishda ziyorat qiladi va Qurʼondagi buyurilgan  amallarni bajaradi, shu jumladan, Ramazon oyida jang qilmaslikka qatiyan rioya qiladi.

“Men uchun Ramazonda roʻza tutish har qanday jangdan muhimroqdir”.

U hech kimni shahsiy hayotiga aralashtirmaydi, shuning uchun hozirgacha uning atrofidagi odamlar ayolining yuzini koʻrishmagan. Xotini hamma vaqtini uyda oʻtkazadi qizi (2015) va oʻgʻlini (2017) tarbiyalaydi, turmush oʻrtogʻini muvafaqiyati va farovonligi uchun Allohga ibodat qiladi.

Yulduzlar haqida. “Burgut” laqabli UFS chempioni – Habib Nurmagomedov: hayoti, janglari va oilasi

Koʻplab taniqli shaxslar Habibning doʻstlaridir, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov shular jumlasidandir. 2017 yil bahorida Nurmagomedov taniqli bokschi Mayk Taysonning uyiga tashrif buyurdi. Sportchilar sovgʻalar bilan almashdilar: Tayson mehmonga dasxat qoʻyilgan qoʻlqopni, Habib esa unga oʻzinikiga oʻxshash telpakni hadya qildi.

2019 yil 7 sentyabrida Nurmagomedov ringda amerikalik Dastin Poirier bilan uchrashdi. Habib raqibini uchinchi raundda yiqitdi –Dogʻistonlik qattiq siqish texnikasini qoʻlladi va Poirier jangni toʻxtatishni soʻradi.

Jangdan soʻng uyiga qaytgan Habibni xushxabar kutar edi - uning rafiqasi Patimat uchinchi farzandlariga homilador ekanligini bildirdi.

Yulduzlar haqida. “Burgut” laqabli UFS chempioni – Habib Nurmagomedov: hayoti, janglari va oilasi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar