Oshxona

“Napoleon” torti: paydo boʻlish tarixi va batafsil fotoretsept

“Napoleon” torti: paydo boʻlish tarixi va batafsil fotoretsept

Uning paydo boʻlish tarixiga doir tahminlar turlicha: ushbu tahminlar uning turli joylarda va turli odamlar tomonidan yaratilgani haqida soʻzlaydi. 

“Napoleon” torti: paydo boʻlish tarixi va batafsil fotoretsept

Afsonalardan biriga koʻra, Napoleon Bonapartning saroyida juda makkor oshpaz yashagan. U imperatorning sevimli oshpazi boʻlishni orzu qilardi. Shu tariqa uning yonida obroʻ orttirish uchun avval hech kim tayyorlab koʻrmagan va butunlay noodatiy yegulik pishirishga qaror qiladi. Oshpaz makkor reja tuzadi va fransuzlarning galeta pirogini sotib olgancha uni oʻrtasidan ikkiga boʻladi. Keyin esa ustiga qaynatma krem surtib, yangi gʻoyani “Napoleon” degan nom bilan dasturxonga uzatadi. Oshpaz shu tariqa imperator va saroy amaldorlarining nazariga tusha olgan ekan. 

“Napoleon” torti: paydo boʻlish tarixi va batafsil fotoretsept

Afsonalarning yana biriga koʻra, retsept Napoleon Bonapartning shaxsan oʻziga tegishli. Unda aytilishicha, kunlarning birida Jozefina Napaleonni tanish freylina bilan koʻrib qoladi. Imperator esa oʻzining vafodor ekanligini isbotlash maqsadida antiqa shirinlik oʻylab topgani va bu freylinani ajoyib retseptni yodlab olishi uchun chaqirganini aytadi. Jozefina imperatordan agar gapi rost boʻlsa shirinlik retseptini aytib berishini talab qiladi. Napaleon esa shu zahoti tiliga kelgan masalliqlarni birma-bir sanab, shirinlik pishirish usulini ixtiro etadi. Jozefina retseptni amalda sinab koʻrish vazifasini saroy oshpaziga topshiradi, shu tariqa mashhur tort dunyo yuzini koʻradi. 

“Napoleon” torti: paydo boʻlish tarixi va batafsil fotoretsept

“Napoleon” tortiga tegishli tahminlarning barchasi shuning oʻzi bilan tugamaydi. Aytishlaricha, mashhur shirinlikni 1912 yilda Moskvada ilk bor tayyorlaganlar. Tort birinchi marta Bonapart qoʻshinlarining Rossiyadan quvib chiqarilishi sharafatiga tayyorlab koʻrilgan. Birinchi shirinlik uchburchak shaklda tayyorlangan boʻlib, u Napoleonning mashhur bosh kiyimi shaklini yodga solgan. Shirinlik shu zahotiyoq mashhur boʻlib ketgan, ammo oradan vaqt oʻtishi bilanilk koʻrinishi toʻrtburchak shakliga oʻzgargan. 

“Napoleon” torti: paydo boʻlish tarixi va batafsil fotoretsept

Bugungi kunda “Napaleon” torti qandolatchilik sohasidagi klassik tushunchalardan biriga aylangan. 

Kerakli masalliqlar:


695 gr sariyogʻ

595 gr un

185 gr suv

0,25 choyqoshiq sirka

bir chimdim tuz

10 dona tuxum sarigʻi

500 ml sut

2 oshqoshiq kraxmal

150 gr shakar

1 banka quyultirilgan sut (qaynatilgani)

“Napoleon” torti: paydo boʻlish tarixi va batafsil fotoretsept

Sariyogʻ mikser yordamida koʻpirtiriladi va uning ustiga oz-ozdan unning yarmi solib boriladi. Aralashma plyonka ustiga joylanadi va yoyib chiqiladi. Plyonka bir necha bor buklangach, 2 soatga sovutgich ichiga joylab qoʻyiladi. 

“Napoleon” torti: paydo boʻlish tarixi va batafsil fotoretsept

Un va sariyogʻ oʻzaro uvoqlab olinadi. Aralashma ichiga suv, sirka va tuz qoʻshiladi. Xamir plyonka ustiga joylashtirib, yupqa yoyiladi va sovutgich ichiga solib qoʻyiladi. 

“Napoleon” torti: paydo boʻlish tarixi va batafsil fotoretsept

Xamir bir necha bor buklab chiqiladi va qaytadan sovutgich ichiga joylanadi. 

“Napoleon” torti: paydo boʻlish tarixi va batafsil fotoretsept

Tingan xamir un sepilgan stol ustida yoyiladi. Yoyilgan xamir bir necha boʻlakka boʻlib chiqiladi. 

“Napoleon” torti: paydo boʻlish tarixi va batafsil fotoretsept

Korjlar 220 daraja haroratda 20 daqiqa pishiriladi. 

“Napoleon” torti: paydo boʻlish tarixi va batafsil fotoretsept

Krem uchun tuxum sarigʻi, kartoshka kraxmali, shakar, sut, sariyogʻ, quyultirilgan sut va tuz kerak boʻladi. Sut qaynash holatiga keltiriladi, tuxum sarigʻi shakar va kraxmal bilan aralashtiriladi. 

“Napoleon” torti: paydo boʻlish tarixi va batafsil fotoretsept

Massaliqlar ustidan sut quyiladi. Keyin esa massa qaytadan olov ustiga qoʻyiladi va past olovda qaynatib olinadi. 

“Napoleon” torti: paydo boʻlish tarixi va batafsil fotoretsept

Krem ichiga sariyogʻ, tuz va quyultirilgan sut qoʻshiladi. 

“Napoleon” torti: paydo boʻlish tarixi va batafsil fotoretsept

Har bir korj qoʻl bilan bir nechta qavatga ajratiladi va orasiga krem surtib ustma-ust taxlanadi. 

“Napoleon” torti: paydo boʻlish tarixi va batafsil fotoretsept

Korjdan qolgan uvoqlar tortning yon tomoniga sepib chiqiladi. 

“Napoleon” torti: paydo boʻlish tarixi va batafsil fotoretsept

Tayyor tortning ustki qismi krem hamda shokolad yordamida bezatiladi. 

“Napoleon” torti: paydo boʻlish tarixi va batafsil fotoretsept
“Napoleon” torti: paydo boʻlish tarixi va batafsil fotoretsept
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar