Kasalliklarni yengib omadga erishgan yulduzlar

Taniqli model Bella Xadid har kuni suratga olish ishlari oʻrtasidagi tanaffuslar vaqtida osma ukol olishi haqida bilasizmi? Mashhur realiti shou yulduzi Kim Kardashyan esaeng katta orzularidan biri psoriaz kasalligi ustidan gʻalaba qozonish ekanligini aytgan edi. Bugun turli kasalliklar va muammolarga qaramay, hech qachon mehnat qilishdan tinmaydigan, oʻz sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishgan yulduzlar haqida suhbatlashamiz.

2017 yilda Ledi Gaga oʻzida surunkali fibromialgiya kasalligi bor ekanligi haqida soʻzlagan edi. Xonanda 2013 yilda tanasida chidab boʻlmas ogʻriqlar kuzatilayotgani, buning sababini aniqlay olmayotgani haqidagi maʼlumotlarni muxlislari bilan boʻlishgan. “Men fibromialgiya kasalligi bilan ogʻrigan insonlarga yordam berishni va ularni imkon qadar birlashtirishni istardim. Biz barchamiz oʻz hikoyalarimiz orqali oʻzaro yordam berishimiz mumkin” degan edi taniqli xonanda.
Fibromialgiya bilan ogʻrigan insonlar uyqu sifatining yomonligi, mushaklardagi ogʻriq, doimiy charchoq, hotiraning yoʻqolishi, eʼtiborsizlikdan aziyat chekadilar. Bugungi kunda dunyodagi odamlarning 4%i aynan mana shu kasallikka chalingan ekan.

Afsonaviy aktrisa Merilin Monro haqidagi mish-mishlar haddan tashqari koʻp. Ayrim tarixchilar uning biroz gʻalatiroq qadam tashlashiga sabab bir oyogʻi ikkinchisidan kaltaroq boʻlgani ekanligini aytishadi. Aktrisa esa ushbu kamchilikni bildirmaslik maqsadida qadam tashlagan vaqti raqsga tushgandek harakat qilib yurgan.
Bundan tashqari aktrisada ruhiy muammolar ham yetarlicha boʻlgan. U uyqusizlik va eyforiya hurujlaridan aziyat chekkan. Kasallik uning ish faoliyatiga ham taʼsir qilgan, suratga olish ishlariga salbiy taʼsir koʻrsatgan.

Kim Kardashyanning bir kun davomida millionlab dollar ishlab topishini koʻpchilik biladi. U 2017 yilda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Yangi yil bayramiga eng katta sovgʻa – uning uchun psoriazning yoʻq boʻlib ketishi ekanligini aytib oʻtgandi. U koʻp yillar davomida buning uchun maxsus parxez tutgan, har kuni teriga kerm surtib yurishga majbur boʻlgan, koʻplab dori vositalarini qabul qilgan.

“Yuradigan murdalar” seriali yulduzi Norman Ridus ham salomatlik bobidagi koʻplab muammolarga duch kelgan.
U 2005 yilda Germaniyada avtohalokatga uchragan, shundan keyin aktyor chap koʻzidan ayrilgan. Bundan tashqari, yuzining chap tomonidagi suyaklari parchalanib ketgan. Operatsiyalar vaqtida unga 4 ta metall shtift qoʻyilgan, chap koʻzi esa titan plastina bilan almashtirilgan.

2015 yilda Bella Xadidga ogʻir kasallikka chalingani aytildi, unga Laym kasalligi tashhisi qoʻyilgan. Ushbu kasallik kana chaqishi oqibatida paydo boʻladi, Bellaning onasi va ukasi ham aynan mana shu kasallikdan aziyat chekadilar. Kasallik doimiy bosh ogʻrigʻi, mushaklardagi ogʻriq, zaiflik, bezgak, charchoq, qisman shollik, uyqusizlik va tushkunlik bilan kechadi. Bella har kuni osma ukol oladi va muntazam ravishda antibiotiklarni qabul qiladi. Baʼzan supermodel ogʻriqlar sababli suratga olish ishlarini bekor qilishga ham majbur boʻlar ekan.

Taniqli reper Lil Ueyn bolalikdan tutqanoq kasaligidan aziyat cheksa-da ijodda katta yutuqlarga erisha oldi. Oʻzining aytishicha, kasallikni yengishda unga onasi katta yordam bergan.
2017 yilda reper 3 ta ketma-ket hurujdan keyin zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan.
“Avval ham koʻp bora huruj boʻlardi, ammo bu safar ahvolim haqiqatan yomon edi. Oʻlib qolishim ham mumkin boʻlgani sababli tez yordamni chaqirishga majbur boʻldik. Bu hurujlar shunchaki boʻlgani yoʻq, ular muntazam ravishdagi stresslar, charchoq va dam olmasligim sababli kelib chiqqandi”.

2015 yilda xonandaga teri silining bir turi deya tashhis qoʻyilgan. Ushbu kasallikda teri toshmalar bilan qoplanadi, charchoq va mushaklarda ogʻriq hissi paydo boʻladi. Kasallik oqibatida xonanda chuqur tushkunlikka tushgan. Selena kimyo terapiyasi kursi uchun gastrol safarlarini toʻxtatgan. Ahvoli bir muddatga yaxshilangan, ammo tez orada kasallik qayta bosh koʻtargan. 2017 yilga kelib unga dugonasi Fransiya Raysaning buyragi koʻchirib oʻtkazildi.

Xonanda Sia oʻzi haqida boshqalarga soʻzlab berishni unchalik yoqtirmaydi. Ammo uning hayoti kurashlar bilan toʻla. U Londonga koʻchib kelganidan keyin sevgan insoni avtohalokat oqibatida olamdan oʻtdi, shundan keyin xonanda chuqur tushkunlikka tushib qoldi.
Aynan mana shu vaqtda unga Greyvs kasalligi tashhisi qoʻyildi. Ushbu kasallik odatda mushaklar zaifligi, jizzakilik va uzoq uhlash bilan kuzatiladi. 2010 yilda xonanda salomatligi sababli konsertlarini bekor qilgan ham edi.

Jek Osborn 2012 yilda oʻziga hotiraning yoʻqolishi tashhisi qoʻyilgani haqida maʼlum qildi. Uning bir koʻzidagi koʻrish qobiliyati 60 % ga kamaygan. Jek bugungi kunda aynan shu kasallik bilan ogʻrigan bemorlar uchun hayriya fondini tashkil qilgan. Uning aytishichа, mazkur kasallik “hayotning yakuni” degani emas.

Taniqli supermodel Jiji Xadid Xashimoto kasalligidan aziyat chekadi. Bu qalqonsimon bezning surunkali yalligʻlanishi boʻlib, endokrin tizimiga katta zarar yetkazadi. Uni davolash haddan tashqari qiyin. Jiji hastalik tufayli soʻnggi yillarda juda ozib ketdi, nashrlar esa modelning anoreksiyaga chalinganini tahmin qilgandilar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



