Dunyo odamlari uchun olamshumul yangilik boʻlgan 8 artefakt

Sahifamizda ana shunday artefaktlar bilan tanishib, tarixga doir qarashlaringizni qaytadan jonlantirasiz.

2004 yilda Sasseks hududidan topilgan tosh boʻlaklari dinozavrning tosh qotgan miyasi ekanligini kim ham bilibdi deysiz? Uning yoshi 133 million yilga teng boʻlib, olimlar maxsus mikroskop yordamida uning aslida nima ekanligini aniqlashga muvaffaq boʻldilar. Ushbu topilmani haqiqatan noyob buyum deya atasa arziydi.

Prussiya urushlari, Napoleonning harbiy yurishlari, Britaniya qoʻshinining Janubiy Afrika va Hindistonga yurishi vaqtida askarlar tomonidan yaratilgan qoʻl mehnati namunalari qanday ekanligini hech tasavvur qilganmisiz?
Mana bu oʻziga xos yopinchiq erkaklar tomonidan qoʻlbola usulda yaratilgan boʻlib, ularning ayrimlari hayotlarida ilk marta qoʻllariga igna olgan boʻlishlariga qaramay, haqiqiy mahorat nima ekanligini boshqalarga osonlikcha koʻrsatib qoʻyishgan. Avvallari olimlar askarlarning gospitallardagi davolanish vaqtida yopinchiq toʻqiganlarini tahmin qilar edilar, ammo keyinchalik askarlar ularni janglar vaqtida, harbiy harakatlar oʻrtasidagi tanaffuslar vaqtida yaratganlari maʼlum boʻldi. Ushbu betakror qoʻl mehnati namunalari 2017 yilda ilk marta ommaga namoyish qilingan.

2017 yilda olimlar astrolopitek odamining suyak qoldiqlarini omma qarshisiga havola qilar ekanlar, uning yoshi 3,6 million yilga teng ekanligini aytib oʻtishgan. Bundan tashqari, ushbu skeletning deyarli butun holatda saqlangani ham kishini hayratga qoldiradi. Uning umumiy holati avstrolopitek odamlarining zamonaviy odam qiyofasiga juda yaqin boʻlganini isbot etdi. Topilma Janubiy Afrikadagi Sterkfonteyn darasida qoʻlga kiritilgan boʻlib, ekspertlar fikriga koʻra, u qoyadan yiqilib tushgan qiz bolaga tegishli.

Klod Mone taniqli fransuz rassomi boʻlib, koʻplab sanʼat asarlaridan iborat katta kolleksiyaga egalik qilgan. Ammo bu haqida bilgan odamlar soni haddan tashqari kam edi, sababi rassom ushbu maʼlumotni boshqalardan sir saqlab kelgan. Afsuski, ijodkor ushbu sirni saqlash uchun biror chora koʻrmagan, aynan shu sababli ham olimlar uning kartinalarini 2017 yilga kelibgina qoʻlga kirita oldilar.
Uning kolleksiyasi tarkibida Pissaro, Sinyaka va Mane kabi rassomlarning suratlari saqlangan.

Aniqlanishicha, tishlarni qimmatbaho toshlar bilan bezash gʻoyasi biz oʻylaganchalik yangi narsa emas. Shimoliy Amerika hududidan topib oʻrganilgan mahalliy amerikalikning tishlari yarim qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan edi. Ushbu muolaja oddiy odamlar orasida ham yetarlicha ommabop boʻlgan. Odatda bu kabi ishlar uchun parma, qatron va suyak kukuni asosidagi yelim ishlatilgan.

Zamonaviy skanerlash imkoniyatlari tufayli Budda haykali ichida eramizdan avvalgi XI−XII asrlarda hayot kechirgan buddaviylar ruhoniysi Lyutsyuan moʻmiyosi bor ekanligi aniqlandi. Ushbu fakt olimlarni hayratga solib qoʻydi. Eng qizigʻi shundaki, moʻmiyo ichidan tana aʼzolari jmas, duo matnlari yozilgan qadimgi qoʻlyozmalar topilgan.

Xitoydan katta amaldorlardan biriga tegishli boʻlgan va u dafn qilinayotgan vaqtda birga qoʻshib koʻmilgan maishiy buyumlar qoʻlga kiritildi. Qabrning aynan kimga tegishli boʻlgani maʼlum emas. Topilmalar orasida bronzadan ishlangan turli-tuman idishlar boʻlgan. Arxeologlar shu yaqin atrofda qadimgi mozor ham bor ekanligi, bu yerdan ham koʻplab tarixiy artefaktlarni qoʻlga kiritish mumkinligini maʼlum qilib oʻtganlar.

Polsha va Peru olimlari bundan 1200 yil avval hayot kechirgan Peru malikasining tashqi qiyofasini zamonaviy 3D printerining yordami bilan qayta tiklashga muvaffaq boʻldilar. El Kastilo de Uarmey Peruda inklardan avvalroq hayot kechirgan uarilar anʼanalariga xos tarzda dafn qilingan. Qirolicha tanasi koʻplab taqinchoqlar va maishiy buyumlar bilan birga tuproqqa qoʻyilgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



