Oshxona

Gamburger: Dunyoni zabt etgan taom

Gamburger: Dunyoni zabt etgan taom

Endi bunga ishonish qiyin, lekin bundan yuz yil ilgari hech kim, ikkita nonning orasiga qovurilgan kotlet solingan taom shunchalik mazali boʻlishi mumkin, deb oʻylamagan edi. Nemis oshpazlarining innovatsion gʻoyasi aholining barcha qatlamlari oʻrtasida tezda tanildi. 

Gamburger: Dunyoni zabt etgan taom

Taomning mashhurligi oʻsib borishi, har kim uni oʻzining ixtirosi deb jar solishiga olib keldi. Amerika va boʻshqa davlatlarning oshpaz mutaxassislari taomning tayyorlash qoidalariga kim koʻproq hissa qoshganligi mavzusida koʻp baxslar oborishgan, baʼzilari esa oʻzini taom muallifli deb shon-shuhratga ega bolishni istagan. Oxir oqibat, shon-sharaf olishga urinishlar, gamburger eng noaniq tarixli taomlardan biriga aylanganligi bilan yakunlandi. Biz tarixiy arxivlarni koʻrib chiqdik va aslida burgerning "otasi" kimligini aniqlashga harakat qildik.

Gamburger: Dunyoni zabt etgan taom

"Gamburger" soʻzi Germaniyaning yirikligi boʻyicha ikkinchi shahri - Gamburg nomidan kelib chiqqan. Bitta versiyaga koʻra, retsept Amerikaga nemis muhojirlari bilan birga kelgan. Oʻsha paytda, gamburger non ichiga solingan qovurilgan choʻchqa goʻshti edi.

Boshqa versiyaga koʻra, gamburgerga Nyu-York shtatidagi Gamburg shahrining nomi berilgan. 1885 yilda aka-uka Charlz va Frenk Menchis Gamburgda (Amerika) boʻlib oʻtgan yarmarkada ikki non orasiga joylashtirilgan qovurilgan mol goʻshti yeyishni taklif qilishdi. Aytishlaricha, ular sendvich uchun ishlatiladigan choʻchqa kolbasasining tugagani sababli, uni mol goʻshti bilan almashtirishga qaror qilishdi.

Oʻsha yili Charli Nagrin Seymurda oʻtkazilgan yarmarkada ikki boʻlak non orasiga joylashtirilgan goʻsht boʻlaklarini sotdi. Uning fikriga koʻra, bunday taom tadbir uchun eng mos boʻlgan, chunki uni yoʻlda yeyish mumkin. U oʻzining pazandalik ijodini "Charli Gamburger", deb nomladi.

Gamburger: Dunyoni zabt etgan taom

Nyu-York restoranlarida birinchi marta "gamburger" atamasi 1834 yilda paydo boʻlgan. “Gamburg steyki” nomi birinchi bor 1884 yilda "Evening Boston" jurnalida uchraydi.

Talsa shaharlik Oskar Viber Bilbining oilasi ularning ajdodlari birinchi gamburgerni pishirgan, deb daʼvo qilishadi. Bu 1891 yilda sodir boʻlgan. Oskarning bobosi kotletlar pishirgan va ularni xamirturush bilan toʻldirgan. 1995 yilda gubernator Frank Keing Talsani "gamburgerning haqiqiy vatani" deb atadi.

Gamburger: Dunyoni zabt etgan taom

Burgerning zamonaviy versiyasi juda koʻp navlarga ega. Hatto Mikelin yulduzli restoranlari xamir va maydalangan goʻsht boʻlagi bilan turli xil variantlarni taklif qilishadi. Oddiy kafe va fastfoodlar bilan ularning taomining, ehtimol, faqat umumiy nom bogʻlab turadi. Choʻzilma kotletlar va sintetik non oʻrniga bu restoranning oshpazlari frie gralari, qora truffel va kobe mol goʻshtini afzal koʻrishadi.

Bunday burgerning narxi 1000 dollargacha yetishi mumkin. Steakhouses menyusida siz yanada arzon versiyani topishingiz mumkin, uning asosi - premium navli maydalangan marmar mol goʻshti - odatdagi ribeye va mignonga qiymasiga munosib muqobil.

Gamburger: Dunyoni zabt etgan taom
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar